Telegram kanal
:@tarixolimpiada
ketishga majbur bo‘lgan va Afg‘onistonda o‘z davlatiga asos solgan. Bobur Mirzo
Qobul hukmdori bo‘lib, Dehkat qishlog‘ida turgan paytda bir kampirdan Amir
Temurning Hindistonga yurishi haqidagi hikoyasini tinglab,
bobosi kabi Hind
yurtini bosib olishga kirishadi. Bu vaqtga kelib Hindistonda ham siyosiy vaziyat
ancha murakkab edi. Bu vaqtda Hindiston mayda-mayda knyazliklarga bo‘linib
ketgan edi. Ibrohim Lo‘diy Dehli va Agra sultoni edi, lekin u Shimoliy
Hindistonda to‘la hukmronlik qila olmasdi. Bu payda Ibrohim Lo‘diyga ham o‘z
qarindoshlari tomonidan taxt da’vosi bor edi. Beharlik amakisi Olamxon Lo‘diy
Dehli taxtiga da’vogarlik qilar edi. Panjob hokimi Davlatxon Lo‘diy esa o‘zi
mustaqil siyosatni yurgizar edi. Bu paytda Mirzo Boburga Olamxon va Davlatxon
Lo‘diylar yordam berdilar. Rona Sanga Singx ham Ibrohim Lo‘diyga qarshi
yurishda o‘z yordamini taklif qilgan. Bunday siyosiy
vaziyatdan Bobur Mirzo
mohirlik bilan foydalandi va Boburiylar davlatiga asos soldi.
Davlatni Boburiylar sulolasidan bo‘lgan hukmdorlar boshqargan. Ularning
soni 17 ta bo‘lgan. Bular: Zahiriddin Muhammad Bobur (1526-1530), Humoyun
(1530-1556), Akbarshoh (1556-1605), Jahongir (1605-1628), Shoh Jahon (1628-
1658),
Avrangzeb
Olamgir
(1658-1707),
Bahodirshoh
I
(1707-1712),
Jahondorshoh (1712-1713), Farruh Siyar (1713-1719), Muhammadshoh (1719-
1748), Ahmadshoh (1748-1754), Olamgir II (1754-1760), Shoh Olam I (1760-
1788), Bedorbaht (1788), Shoh Olamgir II (1788-1806), Akbar II (1806-1837),
Bahodirshoh II (1837-1858) edilar.
Hukmdorlarning shaxsiy fazilatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, Mirzo
Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy” asarida yozilishicha,
Bobur behisob
olijanob hislatlarga ega bo‘lgan, uning mardligi va saxovatpeshaligi hamma
hislatlaridan ustun bo‘lgan. U jismonan baquvvat bo‘lib, qal’a devorlari ustida ikki
kishini qo‘ltiqlab, to‘siqlardan bemalol suzib o‘tib, 80 milcha masofani dam olmay
bir kunda otda bosib o‘tardi. Bobur olim shoh bo‘lgan. U turkiy tilni mukammal
bilishdan tashqari, arab va fors tillarini ham yaxshi egallagan. Turkiy nasrda asar
yaratish borasida uning zamondoshlaridan birortasi unga teng kela olmagan.
“Boburnoma” deb atalgan uning xotiralar to‘plami
dunyoda yaratilgan
avtobiografik asarlar ichida eng yaxshisi hisoblanadi. Uning musiqa sohasidagi
qobiliyati ham yuqori bo‘lib, u ixtiro qilgan “G‘ijjagi Boburiy”, “Xatti Boburiy”lar
bunga misol bo‘la oladi. U “Devon” yaratgan bo‘lib, turkiy she’riyatda Alisher
Navoiydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Hind tarixchisi S.R.Sharma uni “ajoyib
chavandoz, mohir mergan, chaqqon qilichboz va tolmas ovchi” deb ta’riflaydi.
Sulolaning 2-chi hukmdori Humoyun bolaligidanoq turk,
arab va fors tillarini
yaxshi o‘rgangan va bu tillarda bemalol yoza olgan. Diniy e’tiqodiga ko‘ra
musulmon bo‘lsa-da, e’tiqodida diniy fanatizm sezilmas edi. Otasi sunniy, onasi
shia mazhabidaligi uchunmi, diniy mazhablarga befarq qarar edi. Humoyun
jismonan
qaddi-qomati kelishgan, baquvvat va og‘ir mehnatga chidamli bo‘lgan.
Xumoyun 1556-yilda saroy kutubxonasidan yiqilib, fojiali o‘lim topgan.
Sulolaning 3-chi humdori Akbar tolerant (bag‘rikeng) shaxs bo‘lgan. Hindistonda
e’tiqod erkinligi yaratganligi uchun unga “Imomi Odil” unvoni berilgan.
Abulfazlning “Akbarnoma” asarida keltirilishicha, Akbarshohning bo‘yi
o‘rtabo‘ydan sal yuqoriroq, yuzi bug‘doyrang, qo‘sh-ko‘zi qora arslon kelbatli