Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/157
Sana18.02.2022
Hajmi5,61 Mb.
#456766
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   157
Bog'liq
Olimpiada

Telegram kanal
:@tarixolimpiada
Tulsidas (1532-1624) mashhur “Ramayana” dostonini yaratdi. Boburiylar 
davlatida musiqa san’ati ham yuksak darajada taraqqiy etgan. Bu davrda mahalliy 
hind musiqasi Movaraunnahr va Eron musiqa san’ati an’analari ta’sirida yanada 
boyigan. Tarixchi Haydar Mirzo (1499-1551)ning “Tarixi Rashidiy” asarida 
aytilishicha, bu yerda Movaraunnahr musiqiy asboblaridan torli-kamonli sozlar 
ko‘proq tarqalgan. 
Davlat hududida yashab faoliyat ko‘rsatgan tarixiy shaxslar, bular – Rana 
Sanga – 1527-yil Bobur bilan kurashda Sikri jangida yengilgan, Mohim Begim – 
Boburning bosh xotini, shahzodalar tarbiyachisi bo‘lgan. Gulbadanbegim – 
Boburning ma’rifatli qizi, Sherxon Sur – Humoyunga qarshi kurashda afg‘on 
qabilasi yetakchisi, Bayramxon – Akbarshohning otalig‘i va bosh vaziri, Mumtoz 
Mahal – Shoh Jahonning suyukli xotini, Zebuniso Begim – Avrangzeb 
Olamgirning shoira va olima qizi, Abulfayz Allomiy – Akbarshoh davrida ijod 
qilgan tarixchi olim, Nur Jahon Begim – Jahongirning xotini, davlat ishlarida faol 
ishtirok etgan. 
Boburiylar davlati dastlab g‘arbda Eron Safaviylari davlati bilan diplomatik 
aloqalarini o‘rnatgan. Har ikki davlatning asoschisi bo‘lgan Bobur va Ismoil 
Safaviy o‘rtasidagi munosabatlar 1508-yilda o‘rnatilgan edi. Keyinchalik Bobur 
1511-yil Samarqand taxtini egallaganida ham Ismoilning harbiy siyosiy ko‘magi 
nihoyatda katta bo‘lgan. Boburning o‘g‘li Humoyun ham Eron bilan aloqalarni 
yaxshilagan. 1540-yil Sherxon Surdan mag‘lub bo‘lgach, u Eronga shoh Taxmasp 
huzuriga panoh topgan va 1555-yil Eron davlati ko‘magida Hindiston davlatini 
qayta egallaydi. Akbarshoh davrida Movaraunnahr, ya’ni Shayboniylar davlati 
bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Shayboniy Abdullaxon II boburiylar 
hukmdori Akbarshoh huzuriga 4 marta (1572, 1577, 1585, 1588-yillar) elchi 
yuborgan. Birinchi elchilikda savdo aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Ikkinchi elchilikda 
Abdullaxon II Akbarshohga Eronni o‘zaro taqsimlab olish takliflarini aytgan. 
Uchinchi elchilikda Abdullaxon Badaxshonni shayboniylar tomonidan bosib 
olinish maqsadlarini tushuntirish bo‘lsa, to‘rtinchisi o‘g‘li Abdulmo‘minning 
Akbarshohga nisbatan hurmatsizlik qilganligi uchun uzr so‘ragan. Abdullaxon II 
Akbarshoh saroyiga bir qancha miniaturachi rassomlar, xususan Muhammad 
Murod Samarqandiyni,1585-yil o‘z elchilari bilan birga shoir Mushviqiyni ham 
yuborgan. Akbarshohning o‘g‘li Jahongirshoh va Buxoro xoni Imomqulixon 
davrida ikki davlat o‘rtasidagi elchilik munosabatlari davom etgan. Lekin 
Jahongirshohning o‘g‘li Shoh Jahon davrida Hindiston-Buxoro munosabatlari 
yomonlashadi. Avrangzeb bilan Abulfayzxon hamda Subhonqulxon o‘rtasidagi 
elchilik aloqalari davom etgan. 1747-yil Afg‘oniston davlati tashkil topgach, 
boburiylardan Ahmadshoh va Olamgir II lar Afg‘oniston bilan diplomatik 
munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan. Olamgir II janubdan kirib kelgan ingliz va 
Portugal kompaniyalari bilan ham savdo aloqalarini o‘rnatgan. 
Manbalarda yozilishicha, boburiylar davlati harbiy holatida qurolli kuchlar 
asosan besh toifaga bo‘lingan. Ular suvoriylar, jangchi fillar kavaleriyasi, piyoda 
askarlar to‘pchi va o‘qchilar guruhidir. Shuningdek, ularda uncha ko‘p bo‘lmasada 
harbiy dengiz va daryo floti qo‘shini bo‘lgan. Suvoriylar qo‘shini quyidagi 
guruhlarga bo‘lingan: “Ahadu” navkarlari - eng oliy toifadagi askarlar bo‘lib, faqat 



Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish