Tibbiyot instituti talabalari uchun


Kasalxonada o’lganlarda jarohatlanishning birlamchi morfologik



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet425/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

15.8.1. Kasalxonada o’lganlarda jarohatlanishning birlamchi morfologik 
ko’rinishining o’zgarishi
Kasalxonada o’lgan shaxslarda tabiiy tiklanish jarayoni, yiringli nekrotik 
asoratlari, xirurgik va boshqa tibbiy muolajalar natijasida jarohatlanishlarning 
birlamchi morfologik ko’rinishi o’zgarishi mumkin.
Bunday o’zgarishlar ko’pgina sud tibbiyoti ekspertizasi savollarini echishda 
qiyinchilik to’g’diradi. Ayniqsa jarohatlanishning miqdori, xarakteri, aniq 
o’lchamlari va joylanishi, ularning hosil bo’lish mexanizmi, jarohatlovchi 
asbobning o’ziga xos xususiyatlari va boshqalarni bunga misol qilib ko’rsatish 
muhim ahamiyatga egadir.
Jarohatlanishdan keyin qancha ko’p vaqt o’tgan bo’lsa, jarohatlanish 
shuncha ko’p o’zgargan bo’ladi. Sud tibbiyoti tashxisi uchun muhim ahamiyatga 
ega bo’lgan ayrimlari tiklanish jarayoni natijasida to’lig’icha yo’qolib ketishi 
mumkin. Masalan, V.A.Kozlov (1974) ning ma’lumotiga ko’ra, o’tmas vosita 
ta’sirida kichkina shilinish, kontalashlar, mayda qon quyilishlar va ichki 
organlarning yuzaki yirtilishi odatda jarohatlanishdan keyin 2 haftagacha 
saqlanadi. Yumshoq to’qimalardagi katta qon quyilishlar 5 hafta va undan ko’proq 
saqlansa-da, biroq ular qon ketish manbaidan ancha katta maydonga tarqalishi 
487


mumkin. Bu o’z navbatida jarohatlovchi ta’sir joyni aniqlashdagi masalani 
echishdagi ahamiyatini kamaytiradi. Yiringlovchi gematoma ham kattagina 
masofaga tarqalishi – tushishi, masalan, chanog’idan soniga tushib buerdagi 
kletchatkani eritishi va terini ko’chirishi mumkin. Bu esa avtomobil g’ildiragini 
tanadan o’tishi tufayli teri ko’chganmi yoki faqat gematomani yiringli 
yallig’lanishidan sodir bo’lganmi degan masalani echishda qiyinchilik tug’diradi.
Jarohatlanish belgilarini ancha o’zgarishi bilan bog’liq sud tibbiyoti 
tashxisidagi qiyinchiliklar xirurgik muolajalar natijasida, jumladan yaraning 
chetlarini kesilishi va tikilishi, jarohatlangan oyoq-qo’llarning amputatsiyasi, 
jarohatlangan organni yoki qismlarini olib tashlash, kalla suyagining trepanatsiyasi 
va boshqalarda tug’iladi.
Boshqa tibbiy muolajalar ham jarohatlanishning ko’rinishini o’zgartirishi 
mumkin. Masalan, teri qoplamasini gigienik ishlashda ayrim xarakterli 
jarohatlanishni ko’rsatuvchi ifloslanish belgilari yo’qotiladi. Operatsiyaga 
tayyorlashda operatsiya maydonidagi sochni olish paytida ko’pincha shilinishlar 
kuzatilib, bularni notekis yuzadan siljitish belgilariga juda o’xshatish mumkin.
Reanimatsiya jarayonida anchagina jarohatlanishlar sodir bo’lib, ba’zan 
bularni voqea sodir bo’lish paytida olgan jarohatlanishdan qiyin farqlanadi.
Davolash muolajalari natijasida u yoki bu travmatik o’lim uchun xarakterli 
umumiy morfologik ko’rinishlar o’zgaradi. Bunda shok va qon yo’qotishlarga 
qarshi qaratilgan muolajalar, shuningdek intensiv transfuzion terapiya jiddiy ta’sir 
ko’rsatishi mumkin. Masalan, agar jabrlanuvchiga massiv qon yo’qotishdan 
o’layotgan kishiga ko’p miqdorda qon va qonni o’rnini bosuvchi suyuqliqlar 
quyilganda bunday murdada qon yo’qotishdan o’limga xos morfologik belgilar 
topilmaydi.
Sud tibbiyoti ekspertizasi uchun jabrlanuvchi haqida kasallik tarixida 
yozilgan ma’lumotlar jarohatlanishning birlamchi ko’rinishi o’zgarishi tufayli juda 
muhim ahamiyatga egadir. Afsuski, ko’pgina kasallik tarixida jarohatlanish chala 
va noaniq yoziladi. Ba’zan jabrlanuvchidagi shilinish va qontalashlar umuman 
ko’rsatilmaydi. Biroq bu jarohatlar qanday bo’lishidan qat’iy nazar, buning sud 
488


tibbiyoti eksperti uchun ahamiyati muhimdir.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish