Tibbiyot amaliyotida marhumning qarindoshlari hamda operatsiya
qatnashchilari uchun operatsiya stolidagi o’limdek dahshatli holatning uchrashi
tasodifiy holdir. Odatda bunday hollarda murdani patologoanatomik tekshirishdan
o’tkaziladi va kliniko-anatomik konferentsiyada muhokama qilinadi. Marhumning
qarindoshlari shikoyatiga ko’ra jinoiy ish qo’zg’atilganda sud tibbiyoti ekspertizasi
tayinlanadi.
Agar bemor operatsiya stolida yoki operatsiyadan keyingi yaqin vaqt ichida
o’lib qolganda sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkazish shartlariga kiradi:
1) jarohatlanishlar va asoratlari tufayli operatsiya qilinganda;
2) agar operatsiyaga bemorni noto’g’ri tayyorlaganligi
yoki operatsiyani
noto’g’ri qilinganligiga shubha tug’ilganda;
3) narkozdan o’limga taxmin qilinganda;
4) operatsiyadan keyingi yaqin davrda bemorni to’g’ri kuzatilganligiga
shubha tug’ilganda sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkazilishi shartligini doimo esdan
chiqarmaslik zarur.
Operatsiya stolidagi o’limning to’g’ridan to’g’ri sababi xilma-xildir.
Operatsiyani boshida to’satdan o’lim yurakni reflektor to’xtashi, laringo- va
bronxospazm, yurak-qon tomiri kollapsi, operatsion va psixoemotsional shok va
boshqalardan sodir bo’lishi mumkin. Operatsiyaga tayyorlanmagan kasallarda (tez
yordam mashinasida olib kelingan bemorlar) niqobli narkoz paytida ko’pincha
qusish kuzatilib, qusuq massasining nafas yo’liga tushishi tufayli tez o’lim yuzaga
keladi. Bunday oqibatga oshqozondagi narsalarni sekinlik bilan nafas yo’llariga
oqib kirishi – regurgitatsiya holatiga ham olib kelishi mumkin. Bundan tashqari,
nafas yo’llariga yasama tishlarni tushib qolishi tufayli asfiksiyadan o’lim ko’zga
tashlanadi. Nafas oluvchi havoda anestetiklarning yuqori kontsentratsiyasining
to’satdan oshishi, og’riqni qoldiruvchi moddalarni kontsentrlangan eritmasini vena
ichiga tez yuborish natijasida kollaps holati sodir bo’lib, yurakni to’satdan
to’xtashi ko’rinadi.
Operatsiya jarayonidagi o’limning eng ko’p sababi o’tkir
massiv qon
yo’qotish hisoblanadi. Bundan tashqari, o’limga yurakning reflektor to’xtashi
497
(refleksogen zonada uzoq intensiv muolajalar o’tkazilganda), og’riq qoldiradigan
preparatlar dozasining oshirilishi va boshqalar) ham olib kelishi mumkin.
Operatsiyadan keyin yoki operatsiyadan keyingi yaqin vaqt ichida traxeo-
bronxial bo’shliqlarga shilliq massasi, qusuq massasi,
qon aspiratsiyasi tufayli
asfiksiyadan o’lim yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, nafas tiklangach,
birdaniga to’xtab qolishidan (rekurarizatsiya holati, mushak relaksantlari ta’sirida
tugallanmagan sindrom), o’tkir qon ketishidan ham o’lim kuzatiladi. Ko’pincha
o’limning sababi operatsiyadan keyingi pnevmoniya, o’pka atelektazi hisoblanadi.
Xirurgik operatsiyalar vaqtida yoki xirurgik
operatsiyalardan keyin
birdaniga ko’pincha o’limning sababi va tanatogenezini aniqlashda anchagina
qiyinchiliklar tug’iladi, chunki ko’pincha patologoanatomik ma’lumotlar kam va
xaraktersiz bo’ladi. Shuning uchun ham murdani kesib ko’rilgunicha tibbiyot
hujjatlarini (kasallik tarixi, operatsiya jurnali, narkoz kartasi va boshqalar) alohida
sinchiklab o’rganiladi. Anesteziolog va operatsiya qilgan xirurg bilan suhbat
o’tkaziladi. Tergovchining ruxsati bilan ularni murdani kesib ko’rishga
taklif
qilinadi.
Murdani kesib ko’rish paytida, ayniqsa, operatsiya maydoni yaxshilab
qaraladi. Organlar ajratilgunga qadar xirurg tomonidan nima qilinganligi
tekshiriladi. Operatsiya paytidagi kesilishlar, qo’yilgan
drenajlar, kateterlar
ko’zdan kechirilib, tikilgan iplarning mustahkamligi, anastomozlar,
atrofdagi
to’qimalarning holati (qon quyilish), seroz bo’shliqlari (qon va ekssudat borligi)
ko’riladi. Shuningdek ichki organlar to’lig’icha ajratilguncha xalqum, xiqildoq,
kekirdak va bosh bronxlar tekshirilishi zarur.
Odatda murdani kesib ko’rish havo emboliyasi sinamasi o’tkazilishi bilan
boshlanishi talab qilinadi. Murdani ichki tekshirish jarayonida ichki organlardan
gistologik tekshirish uchun bo’lakchalar olinishi zarur. Anestetiklarni dozasini
oshirilganligiga shubha tug’ilganda sud kimyoviy
tekshirish uchun qon, orqa
miya suyuqligi, siydik, bosh miya moddasi, dori yuborilgan joyidagi teri, teri tagi
kletchatkasi va mushakdan material olinadi. Sud kimyoviy tekshirish uchun
tergovchi narkoz uchun ishlatilgan moddaning qoldig’ini ham jo’natishi kerak.
498
Qon ketish to’xtamagandagi o’limda qonni ivish komponentlari holatini o’rganish
maqsadida bioximik tekshirish uchun qondan foydalaniladi.
Operativ muolajaning sababchisi hisoblangan qandaydir kamchiligi bo’lgan
organlarning anatomik preparatlari ekspert komissiyasining a’zolariga va kliniko-
anatomik konferentsiyada ko’rsatish uchun saqlanadi.
Bunday hollarda tarkibiga xirurg va anesteziologlar kiritilgan komission
ekspertiza yordamida ekspert xulosasi tuziladi va ekspertning oldiga qo’yilgan
savollar echiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: