Ekspertiza
– bu ilmiy amaliy tekshiruv usuli bo’lib, uning maqsadi o’zining
oldiga qo’yilgan qandaydir aniq savolga javob berishdan iboratdir. Bunday
tekshiruv o’tkazuvchi va xulosa beruvchi mutaxassisga ekspert deyiladi.
«Sud ekspertizasi» atamasiga ekspertizaning har xil turlari kirib, bular
trassologik, ballistik, harflarni aniqlovchi, yong’in-texnik, sud-tovarshunosligi,
sud-buxgalteriya, sud-tibbiyoti, sud-psixiatriya ekspertizalari va boshqalar
hisoblanadi.
Sud tibbiyotida har xil tekshiruv usullari qo’llaniladi. Ularning ko’pchiligi
sud tibbiyoti uchun muhimdir. Masalan, dog’da qon borligini aniqlashning
guruhlarga, turlarga aloqadorligini aniqlash, o’q otar qurollari bilan jarohatlanishda
murdalarda kirish va chiqish teshiklarining diagnostikasi, qaysi masofadan
otilganlikni aniqlashda va boshqalarda alohida ahamiyatga egadir.
Boshqa hollarda, sud tibbiyoti fani alohida tibbiyot fanlari qatorida ayrim
tibbiyot sohalari usullari (gistologik, mikrobiologik, bioximik, rentgenologik va
b.q) dan ham foydalanadi.
Hozirgi davrda sud tibbiyoti laboratoriyalarida tibbiy-kriminalistika
4
tekshiruv usullari ham keng qo’llanilmoqda. Bu usullar jarohatlangan ob’ektdagi
jarohatlovchi asbobning turi, o’limning vaqti, jarohatlar mexanizmi, noma’lum
shaxs murdasining shaxsini hamda jarohatlanishning tiriklik belgilarini aniqlashda
keng qo’llaniladi.
Bundan tashqari, sud tibbiyotida ayrim jarohatlanishlarni tajribada modelini
chakirish usuli ham keng tarqalgan bo’lib bunda shubhalaniluvchi qurolni turini
aniqlashda foydalaniladi. Buning uchun murdalarga, eksperimental hayvonlarga
jarohatlanish etkaziladi. Bunday hollarda, albatta, tirik shaxsning guvohligi talab
qilinadi va tajribalar tergovchining qaroriga binoan o’tkaziladi.
Sud tibbiyoti fani va sud tibbiyoti ekspertizasi tibbiyotga aloqador va
aloqador bo’lmagan fanlar bilan chambarchas bog’langandir.
Tibbiyotga aloqador fanlardan patologik anatomiya, patologik fiziologiya,
xirurgiya, travmatologiya, terapiya, akusherlik va ginekologiya va boshqalar bilan
aloqador bo’lsa, tibbiyotga aloqador bo’lmagan fanlarga – sud kriminalistikasi, sud
ximiyasi, jinoiy va fuqarolik huquqi, jinoiy va fuqarolik jarayonlari kiradi.
Normal anatomiya va rentgenoligik anatomiyalar noma’lum odamlar
shaxsini va yoshini aniqlashda, murdalarni tekshirish, suyaklar yoki suyak
qoldiqlarini o’rganishda keng qo’llaniladi.
Patologik anatomiya fani to’satdan o’limning xususiyatlarini tekshirishda
muhim ahamiyatga ega bo’lsa, normal yoki patologik fiziologiya esa sud-tibbiyoti
ob’ekti hisoblangan tirik odam organizmida sodir bo’ladigan jarohatlanishlar va
kasalliklarni ekspert tahlilida hamda ayrim faktor va sharoitlardagi o’limning
vujudga kelishi mexanizmlarini o’rganishdagi o’rni muhimdir.
Travmatologiya fani jarohatlanish tashxisini aniqlashda, jarohatning yuzaga
kelish sharoitlari va isbotlash mexanizmi, shuningdek jarohatlanish sababi
manba’sini – jarohatlovchi asbobni yoki qurolni turini belgilashga oid
ma’lumotlarni o’rganishda sud tibbiyoti ekspertizasiga ko’maklashadi.
Sud toksikologiyasi esa kasalliklar va zaharlanishlarni solishtirma tashxisi,
ekspert tahlili asosida zaharlarnish bor yoki yo’qligini bilishda, o’limning sodir
bo’lish holati, klinik belgilari, jabrlanuvchi yoki murdalarni sud tibbiyoti usulida
5
tekshiruv natijalari, sud-kimyoviy, fizik, mikroskopik, mikrobiologik va boshqa
laboratoriya tekshiruv xulosalarini o’rganish orqali sud tibbiyotiga yordamlashadi.
Akusherlik va ginekologiya fanlari sud tibbiyoti ekspertizasiga bahsli jinsiy
holatlar va jinsiy jinoyatga oid ekspertiza o’tkazishda ko’maklashadi.
Sog’liqni saqlash tashkilotlari tibbiyot xodimlari kasb huquqbuzarliklari
ekspertizasida muhim o’rin egallaydi.
Mamlakatimizda sud tibbiyoti fani qonunni himoya qiluvchi organlar
faoliyatiga yaqindan yordam berish bilan birgalikda sog’liqni saqlash organlari
faoliyatida hamda davolash profilaktik ishlarni sifatini yaxshilashda ham alohida
ahamiyatga egadir.
O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligining maxsus buyrug’ida
sud-tibbiyoti ekspertizasi xodimlariga quyidagi talablar amalga oshirilishi
ko’rsatilgan:
1)
sud-tibbiyoti voqealarini kliniko-anatomik konferentsiyasida doimiy
ravishda muhokama qilish va klinik hamda patologoanatomik tashxisni
bir-biriga to’g’ri kelmagan hollarda hamda tibbiy yordam ko’rsatishda
yo’l qo’yilgan kamchiliklar haqida davolash muassasasi rahbarini o’z
vaqtida habardor qilish;
2)
to’satdan o’lim, transportdan jarohatlanish, turmush va sanoatda
zaharlanishlarni oldini olish chora-tadbirlarini ko’rish, shuningdek
davolash yordami ko’rsatishdagi kamchiliklarni aniqlash to’g’risida
tavsiyalar ishlab chiqish.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |