Hozirgi davrda reanimatsion muolajalar va intensiv terapiyada etakchi
o’rinni transfuzion terapiya tashkil qiladi. Har xil transfuzion vositalarning
qo’llanilishidan ko’pincha turli asoratlar rivojlanadi.
Qon quyish paytidagi asoratlar to’liq o’rganilgan bo’lib, bular quyidagilarga
bo’linadi:
1) qon quyish paytidagi texnik kamchiliklar bilan bog’liq asoratlar (yurakni
o’tkir kengayishi, tromboz va emboliyalar);
2) reaktiv xarakterdagi asoratlar (bir biriga to’g’ri kelmaydigan qon
quyilishdagi
transfuziyadan keyingi shok, anafilaktik shok, tsitratli zaharlanish,
transfuziyadan keyingi pirogenli reaktsiya, massiv qon quyilgandan keyingi
sindrom);
3) quyiladigan qon orqali yuqumli kasallikllik qo’zg’atuvchisining tashilishi
(gepatit, zaxm va boshqalar).
Gemotransfuzion asoratlari orasida mutloq ko’pchiligi bir biriga to’g’ri
kelmaydigan qonning quyilishiga bog’liq.
Og’ir hollarda o’lim gemotransfuzion shok kuzatilgandan so’ng
birinchi
soatda kuzatiladi, biroq ko’pincha jabrlanuvchi o’tkir buyrak etishmovchiligidan
ikkinchi haftada o’ladi.
Sud tibbiyoti ekspertizasi paytida murdadan, qon quyish sistemasi va
ampuladan qoldiq qonni tekshirish uchun, albatta, olinishi zarur,
shuningdek
(to’g’ridan to’g’ri qon quyilayotganda) donorning qonidan uni guruhini aniqlash
uchun olinadi. Bioximik tekshirish uchun murdani qonidan azot qoldig’ini
miqdoriy aniqlash uchun olib tekshirish tavsiya etiladi.
Massiv transfuziya sindromi transfuzion terapiyaning eng ko’p uchraydigan
asoratlaridan biri hisoblanadi, chunki qisqa muddat ichida o’nlab litr miqdorda qon
va boshqa suyuqliklar quyilishi mumkin. Bu sindrom bir-biri bilan qo’shiluvchi va
tananing ko’p joyi jarohatlangan jabrlanuvchini davolashdagi deyarli muqarrar
hamrohdir. Biroq ko’pchilik hollarda murdani kesib ko’rishda massiv qon va
suyuqliklarni quyilish patologiyasi va jarohatlanish keltirib chiqargan belgilarni bir
biridan ajratishning imkoniyati bo’lmaydi.
494
E.A.Lujnikov (1982) ma’lumotiga ko’ra, zaharlanishda organizmning asosiy
detoksikatsiya usullari quyidagicha:
1) organizmda tabiiy detoksikatsiyani kuchaytirish usullari (oshqozonni
yuvish, ichaklarni tozalash, jadallashtirilgan diurez, davolash giperventilyatsiyasi);
2) organizmda sun’iy detoksikatsiya usullari,
bular orasida intrakorporal
(peritonial dializ, ichak dializi, oshqozon-ichak sorbtsiyasi) va ekstrakorporal
(gemodializ, gemosorbtsiya, plazmosorbtsiya, limfosorbtsiya,
qonni
almashtirilishi, plazmaforez);
3) antidotli detoksikatsiya usuli.
Hozirgi davrda har xil ekzogen zaharlanishlarni intensiv davolashda
toksikologik markazlar amaliyotda keng qo’llanilmoqda. Biroq ko’pgina
detoksikatsion usullar og’ir assoratlarga olib kelish mumkin. Hatto oshqozonni
yuvish kabi oddiy muolajalar natijasida ba’zan oshqozonda bo’lgan narsalarning
aspiratsiyasi tufayli o’pka yallig’lanishi mumkin.
Jadallashtirilgan diurez usuli muqarrar ravishda buyrakni o’ziga xos
jarohatlanishi – osmatik nefrozning sababchisi hisoblanadi. Bunda buyrakning
massasi 1,5-2 marta kattalashadi va 400-600 g ni tashkil qiladi (Permyakov N.K.,
Zimina L.N., 1982). Buyraklar shishgan,
kapsulasi osonlikcha olinadi, yuzasi
doimo silliq bo’ladi. Kesib ko’rilganda po’stloq qavati kengaygan, och-qizil holda
ko’rinib, piramidalari aniq chegaralangan hamda to’k-qizil rangda ko’zga
tashlanadi. Mikroskop tagida epitelial hujayralarning keskin kattalashganligidan
kanalchalarning bo’shlig’i torayganligi kuzatiladi.
Sun’iy detoksikatsiya usullari patologiyasi orasida yuqumli asoratlari muhim
tanatologik ahamiyatga egadir. Bularga peritoneal dializ o’tkazishdagi tarqalgan
yiringli peritonitning rivojlanishi, ekstrakorporal gemodializda doimiy arterial
shunt zonasida yiringlashning oqibatida «shunt-sepsis» sodir bo’lishi kiradi.
Murdada bunday asoratlarning diagnostikasida odatda qiyinchilik tug’ilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: