15.8. Kasalxonada o’lgan shaxslar murdasini sud tibbiyotida tekshirish
Keyingi davrda jarohatlanishning har xil turidan kasalxonalarda o’lgan
shaxslarning murdasini sud tibbiyotida tekshirish ancha ko’paydi. Odatda, voqea
sodir bo’lgan joyda topilgan murdani tekshirishga qaraganda bunday murdalarni
tekshirish ancha murakkabdir, chunki o’layotgan davrda jabrlanuvchida
jarohatlanishning birlamchi morfologiyasi u yoki bu darajada o’zgaruvchan bo’lib,
kasallik tarixidagi yozuvlar ko’pincha to’liq bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |