Tibbiyot instituti talabalari uchun


Jarohatlanish muddati va tirikligini aniqlash



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet421/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

15.7.3. Jarohatlanish muddati va tirikligini aniqlash
Ekspertning amaliy faoliyatida agar jaroatlanish davridan to o’lim sodir 
bo’lganiga qadar bir necha soat yoki kunlar o’tgan taqdirda ko’pchilik hollarda 
jarohatlarning tiriklik belgilari aniq ko’zga tashlanadi. Agar jarohatlanish agonal 
davrda yoki o’lim kuzatilgach juda tezlikda yuzaga kelgan bo’lsa, bunda bu 
masalani echishda anchagina qiyinchiliklar tug’iladi.
Bu savolni hal qilishdagi printsipial murakkablik shundaki, organizm 
o’limidan keyin alohida to’qimalar va organlar ancha muddatgacha har xil tashki 
tassurotlarga, shuningdek jarohatlanishlarga javob reaktsiyasini beradi va bu aniq 
tiriklik xususiyatlarini eslatadi.
Murdani bir joydan boshqa joyga tashishda ba’zan murdada jarohatlanishlar 
kuzatilishi mumkin. Bunda o’lgandan keyingi shilinishlar, uncha katta bo’lmagan 
teri yaralari, murdani boshiga urilganda hatto kala suyagining sinishi kuzatiladi. 
Bundan tashqari, qobirg’alar va tush suyagining sinishi, reanimatsiya 
muolajalarida yurak va jigarning yorilishigacha bo’lgan anchagina o’lgandan 
keyingi jarohatlanishlar sodir bo’lishi mumkin. Kalla suyagining yorilib ketishi 
murda muzlaganda yoki kuyib ketganda ko’zga tashlanadi. Ko’pincha suvdan 
topilgan murdalarni tanasi suv osti kemasi qanotlari, vintlari ta’sirida o’lgandan 
keyin ham jarohatlanish hollari ko’rinadi. Murdalar hashoratlar va hayvonlar 
tomonidan ham jarohatlanadi.
O’lgandan keyin ba’zan qasddan odam o’ldirilganligini yashirish maqsadida 
(temir yo’l tasmasiga murdani qo’yib ketish, sirtmoqda murdani osish va 
boshqalar) tan jarohatlari etkaziladi.
Tiriklik vaqtidagi jarohatlanishlarga organizmni umumiy va jarohatlanish 
joylashgan joyning mahalliy reaktsiyalari kiradi. Yurak-qon tomiri faoliyati 
481


natijasida sodir bo’ladigan o’zgarishlardan massiv tashqi va ichki qon ketishlar 
muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, organ va to’qimalarning kamqonligi, 
jarohatlangan joyda qon quyilishlar, yog’, to’qima, hujayra va havo emboliyalari, 
jarohatlangan joyda qon tomirlari trombozining borligi ham jarohatlanishlarni 
tiriklik belgilaridir. Bundan tashqari tiriklik belgilariga regionar limfa tugunlarida 
eritrotsitlarning bo’lishi, qonni, jarohatlangan organ va to’qimalar 
bo’lakchalarining yutilishi, nafas yo’llarida qurumni bo’lishi hamda yong’in 
paytida qonda karboksigemoglobinni topilishi ham misol bo’la oladi.
Travmatik shish, yallig’lanish reaktsiyasi va jarohatlangan to’qimaning 
qisqarishi (ayniqsa mushakning) jarohatlanishning mahalliy tiriklik belgilari 
hisoblanadi.
Qon ketish faqat tiriklik vaqtida uchraydi. Voqea sodir bo’lgan joyda katta 
qon yo’qotish (1-2 l) belgisi sifatida qonning yig’ilishi, kiyimlarga qonning 
shimilishi, murdani tekshirganda qonni bo’shliqlar, to’qimalarda yig’ilishi, 
Minakov dog’ining topilishi jarohatlanishni tiriklik paytida sodir bo’lganligidan 
darak beradi.
Jarohatlanish joyi va undan biroz uzoqroqda to’qimalarda qon quyilish 
jarohatlanishning tiriklik belgisi hisoblanadi. O’lim tez sodir bo’lganda qon 
quyilish kamroq bo’lmaydi, ammo shuning o’zi to’g’ri xulosa chiqarish uchun 
etarli bo’lmaydi.
Adabiyotlarda o’lgandan keyin qon quyilish mumkinligi haqida eslatiladi. 
Bunday holatning bo’lishi qator tadqiqotchilarning tajribalarida ham tasdiklangan. 
Tiriklik vaqtidagidan farqi o’lgandan keyingi qontalashlar uncha katta bo’lmagan 
maydonni egallaydi va unda qon uyushmalari hosil bo’lmaydi, leykotsitlarning 
miqdori ko’paymaydi hamda ular atrofida tiriklik vaqtidagi qon quyilishga xos 
travmatik shish kuzatilmaydi. Agar makroskopik jihatdan farqlash qiyin bo’lsa 
gistologik tekshirish o’tkaziladi. Biroq ba’zan bu ham tiriklik yoki o’lgandan 
keyingi qon quyilishning xarakterini aniqlash imkoniyatini bermasligi mumkin 
(Djeyms-Levi D.E., 1975).
Qonni aspiratsiyasi va yutilishi tufayli qonning mayda bronxlarga tushishi, 
482


shuningdek yutilgan qonni faqatgina me’dada emas, balki 12-barmoqli va ingichka 
ichakda bo’lishi ham kuzatiladi. Qonni o’lgandan keyin nafas yo’llari va me’daga 
oqib tushishi odatda kamroq miqdorda bo’lib, bunda qon bronxlar va ichaklarga 
chuqur kirib keta olmaydi.
Tiriklik paytidagi jarohatlanish joyida to’qimalar yallig’lanish 
reaktsiyasining boshlang’ich belgilari dastlabki 30 daqiqada ko’zga tashlana 
boshlab, bu qon tomirlarining to’laqonligi, leykotsitlarning girdobsimon 
joylashuvi, travmatik shishning dastlabki ko’rinishlari bo’lishi bilan 
xarakterlanadi. Gistologik tekshirishda yallig’lanish reaktsiyasining belgilari 3-4 
soatdan keyin ko’zga tashlanadi.
Jarohatlanishning tiriklik belgilarini diagnostikasini yaxshilash uchun 
keyingi davrda gistologik usuldan tashqari, bioximik, elektroforetik, emission 
spektral taxlil, biofizik usullar ham taklif qilingan. Ayrim fermentlar aktivligini 
bio- va gistoximik usullar bilan aniqlash hamda ayrim makro- va 
mikroelementlarni spektral usulida tekshirish diqqatga sazovordir.
Raekallio J. (1966-1970 yillar) ning ko’rsatishicha, tiriklik vaqtida paydo 
bo’lgan yarada 2 zona – markaziy va periferik zona kuzatilib, markaziy zonada 
qator fermentlar aktivligining pasayishi kuzatilsa, periferik zonada esa juda tez va 
hatto 5-10 daqiqadan keyin jarohatlanishda nordon va ishqorli fosfataza
suktsinatdegidrogenaza va boshqalarning fermentativ aktivligi oshadi. Bundan 
tashqari erkin gistamin va serotoninni miqdori ham ancha ko’tariladi. Yuqorida 
keltirilgan tekshiruv usullari jarohatlanishning tiriklik xususiyati va vaqtini 
aniqlashda juda muhimdir.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish