havo (gaz), yog’, to’qimalarning mayda bo’lakchalari va boshqa zarrachalar
tushishi natijasija qonning harakatiga to’sqinlik
qiluvchi jarayonga emboliya
deyiladi. Embolning tarkibiga ko’ra emboliyaning quyidagi turlari mavjud: havo
(gaz) emboliyasi, yog’, to’qima emboliyasi, tromboemboliya, bakterial emboliya,
yot jismlar emboliyasi va boshqalarga bo’linadi.
Havo emboliyasi
bo’yinning katta venalari
va tananing boshqa qismi
venalari jarohatlanganda, jinoiy abort paytida bachadon venalari jarohatlanganida
kuzatiladi. Venaga kirgan havo qon yo’nalishi bo’ylab yurakning o’ng tomoni va
o’pkaga tushadi. Havo emboliyasidan o’lim sodir bo’lishi uchun qon tomiriga
biroz miqdorda havo kirganda ham tezlikda o’limga
olib kelishi uchun etarlidir,
chunki bu paytda yurak qorinchalari fibrillyatsiyasi kuzatilib yurak to’xtab qoladi.
Kamdan kam hollarda arterial emboliya (o’pka barotravmasida, o’pka va
yurak operatsiyalarida) kuzatiladi. Bunda havo o’pka venasi orqali yurakning chap
bo’lmachasi va qorinchasiga tushib, buerdan katta
qon aylanish doirasiga
yo’naladi. Havo emboliyasiga shubha tug’ilganda murdani kesib ko’rishda kerakli
sinama o’tkaziladi.
Yog’ emboliyasi
odatda naysimon suyaklar singanida, yog’ kletchatkalari
keng ezilganda sodir bo’lib o’limga olib kelishi mumkin. Odatda, yog’
emboliyasidan o’lim jarohatlanishdan keyin 3-5 kuni kuzatiladi. Yog’ tomchisi
venaga tushgach, qon oqimi bilan o’pka kapillyarlariga, ba’zan o’pka to’sig’idan
o’tib katta qon aylanish doirasiga tushadi va bosh miya tomirlarida joylashadi.
O’pka tomirlari yog’ emboliyasida agar o’pka tomirining to’rtdan
uch qismi
taxminan tiqilganda o’lim sodir bo’ladi. Miya jarohatlanganda hayot uchun muhim
markazlar zonasidagi tomirdan ozuqa bormasligi ham o’limni yuzaga kelishi
uchun etarlidir. Murdani kesib ko’rish paytida yog’ emboliyasini aniqlash ancha
mushkul. Oxirgi tashxis faqat gistologik tekshiruv yordamida qo’yiladi.
Havo va yog’ emboliyasidan kamroq hollarda to’qima
emboliyasi va
tromboemboliya kuzatiladi.
Qonni yutilishi
tufayli o’lim bo’yin
organlari jarohatlanganda, kallani
oldingi qismidagi asosiy suyagi va g’alvirsimon suyagi singanda sodir bo’lishi
477
mumkin. Murdani kesib ko’rilganda nafas yo’llarida qon topiladi. O’pkasi
emfizematoz shaklda bo’lib, yuzasi va kesib ko’rilganda yorug’ va xira qismlar
bo’lganligidan ola-bo’la bo’lib ko’rinadi. Qonni yutilishi
tufayli yuzaga kelgan
asfiksiyadan o’limni tasdiqlash uchun o’pka to’qimasi mayda bronxlar va
alveolalarda qon borligini aniqlash maqsadida gistologik tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: