Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet415/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

O’tkir qon yo’qotish.
Jarohatlanishlarda ko’pincha o’limning to’g’ridan 
to’gri sababchisidir. Qon ketish tashqi va ichki qon ketishlarga bo’linadi. 
Organizm tanasida bo’lgan qonning 40-50 foizi yo’qotilganda yoki tana 
473


og’irligidan 4-4,5 foiz qon yo’qotilishi natijasida o’lim kuzatiladi. Shunday qilib, 
agar katta odam 2-2,5 l qonini yo’qotsa, bu o’limga sababchi bo’ladi. 
L.N.Gubarning (1968) ma’lumotiga ko’ra, 1-1,5 l qon yo’qotilganda 
jarohatlanishdan keyin 33,3 foiz, 2 l dan ko’p qon yo’qotilganda – 83,3 foiz 
jabrlanuvchi o’lishi mumkin.
Ko’p (massiv) qon ketishdan o’lgan odamni murdasi tekshirilganda uning 
terisi va shilliq pardasining kuchli oqarganligi ko’zga tashlanadi. Murda dog’lari 
kuchsiz rivojlangan, ichki organlari va mushaklarining kamqonliligi, oqarganligi 
ko’rinadi. Yurak chap qorinchasi endokardi tagida o’tkir qon yo’qotishga 
xarakterli mayda nuqtali yoki yo’lli qon quyilish dog’lari kuzatiladi. Bunga 
Minakov dog’lari deyiladi.
Biroq o’limning sodir bo’lishi yo’qotilgan qonning miqdorigagina emas, 
balki qon yo’qotish tezligiga ham bog’liq bo’ladi. Katta qon tomirlari 
jarohatlanganda (aorta, uyqu arteriyasi, son arteriyasi) tez o’lim hatto 1 l dan kam 
qon yo’qotilganda ham kuzatilishi mumkin. Bu, o’z navbatida, organizmni 
umumiy qonsizlanishi bilangina emas, balki arterial bosimni keskin pasayishi va 
bosh miyaning qonsizlanishi bilan bog’liqdir. O’tkir qon ketishdan o’lgan 
kishining murdasini tekshirishda katta qon ketish belgilari topilmasligi ham 
mumkin. Bunday hollarda o’limning to’g’ridan to’g’ri sababchisi o’tkir qon ketish 
hisoblanadi (Avdeev M.I., 1976).
Agar sekinlik bilan qaytadan qon ketgan taqdirda, hatto, ancha qon 
yo’qotilgan bo’lsa ham (2,5-3 l) tiriltirilish qobiliyatiga ega bo’lishi mumkin. Yosh 
bolalar, kasallar va kuchsizlangan kishilar nisbatan uncha katta bo’lmagan qon 
ketishidan ham o’lishi kuzatiladi. Ko’pincha o’lim qon yo’qotilishi, shok, sovuq 
haroratning ta’siri va charchash tufayli ham sodir bo’ladi.
Shok.
Ko’pchilik tadqikotlar shokning etiologiyasi va patogenezini 
o’rganishiga qaratilgan bo’lsa ham bu jarayonni tushunishda bir xil fikrga 
kelinmaganligini ko’rsatadi.
Shok - har xil tashqi tassurotlarga javoban organizmning og’ir holati bo’lib, 
birinchi navbatda, yurak-qon tomirlari sistemasi faoliyatining og’ir buzilishi bilan 
474


xarakterlanadi.
Hozirgi davrda «shok» tushunchasi faqatgina mexanik jarohatlanishlar 
natijasida rivojlanadigan (travmatik shok, gemorragik shok) patologik holat 
bo’libgina qolmasdan, balki kuyishdan (kuyishdan keyingi shok), allergik 
reaktsiyalar (anafilaktik shok), sepsisdan (septik shok) va boshqalardan keyin ham 
rivojlanadigan holatdir.
Barcha bunday patologik holatlar uchun umumiysi makro- va ayniqsa 
mikrotsirkulyatsiya sistemasida ko’proq yoki ozroq bir xil o’zgarishlarning 
bo’lishidir. Bunga qon aylanishning markazlashuviga javoban harakatlanuvchi qon 
hajmining etishmovchiligi (faqat markaziy organlar – yurak va bosh miyada qon 
aylanishining kuchayishi) hamda qolgan boshqa organ va to’qimalar 
kapillyarlarida qon oqishining kamayishiga javob reaktsiyasi misol bo’la oladi. 
Kapillyarlarda qon aylanishning buzilishi organ va to’qimalarda modda 
almashinuvining o’zgarishi va metabolik atsidoz rivojlanishiga sababchi bo’ladi. 
Kapillyarlarda qonni yig’ilishi va qonning oqish tezligini keskin susayishi 
natijasida qon plazmasi oraliq to’qimaga chiqishi tufayli qon uyushib qoladi va 
qon hujayralari agregatsiyasi, ya’ni trombotsitlarni bir-biriga yopishishi, 
eritrotsitlarni tanga ustunchalari shaklida yig’ilishi (sladj-sindrom), shuningdek 
ularni kapillyarlarda spontan uyushishi kuzatiladi. Bunday jarayon shok paytidagi 
«disseminirlangan tomir ichi uyushuv» sindromi nomi bilan belgilanadi.
Murdani sud tibbiyotida tekshiruvda shok diagnostikasida klinik 
ma’lumotlar, jarohatlanishlarning xarakteri, shuningdek shokka xos patologik 
o’zgarishlarni baholash muhim ahamiyatga egadir. Demak, shok tashxisi klinik 
tashxis bo’lib, bunda ekspert shok uchun xarakterli simptomlarni topish uchun 
kasallik tarixini sinchiklab taxlil qilishi zarur. Buni har doim ham osonlikcha 
amalga oshirib bo’lmaydi, chunki jarohatlanishda shokning va massiv qon 
yo’qotishlarning simptomlari bir-biriga o’xshaydi.
Ko’pgina klinitsistlarning ko’rsatishicha shokning klinik belgilari 
jarohatlanishning dastlabki soatlarida 75-foiz qon yo’qotish darajasi bilan bog’liq.
Shokdan erta o’lganda odatda murdani kesib ko’rishda yurak bo’shlig’i va 
475


katta qon tomirlarida qonning miqdori kamligi, qonning suyuq holatdaligi, ichki 
organlar kapillyarlarining to’laqonligi, shuningdek «shokli buyrak» belgisi 
(po’stloq qismining kamqonligi, yukstamedullyar zonasi va piramidalarining 
to’laqonligi hamda keyinchalik – buyrak kanalchalarining distrofik va nekrotik 
o’zgarishlari) va ba’zan «shokli o’pka» (dimlanish to’laqonligi, alveolalar shishi, 
atelektazlar, tangasimon shakldagi eritrotsitlar va mikrotromblarning kapillyarlar 
hamda arteriolalarda joylashuvi) ko’zga tashlanadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish