Microsoft Word imomi a'zam buyuk imomimiz lotin ziyouz com doc



Download 448,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/56
Sana01.02.2022
Hajmi448,17 Kb.
#424632
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
Alouddin Mansur. Imomi A\'zam - buyuk imomimiz

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
47
Siz bilan bizga dars bo‘ladigan, namuna bo‘ladigan va bu kishini tanimaydiganlar yaxshiroq tanib 
olishlariga sabab bo‘ladigan fazilatlardandir. 
Imomimiz Imomi A’zam rahmatullohi alayhning dunyoga kelishlari va umuman, hayotlari haqida 
hazrati Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning hadislarida ishorat berilganligi to‘g‘risida ulamolar 
tarafidan aytiladi. Ja-nobi Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bir muborak hadislarida: "Haq din agar 
yerda emas, osmonda, Surayyo yulduzida bo‘lsa ham, fors ahlidan bo‘lgan kishilar ana shu iymonga 
yetib borib, ahli iymon bo‘lib o‘tadilar", deb bashorat qilganlar. Ulug‘ ulamolarimizdan Jaloliddin 
Suyutiy mana shu hadis Payg‘ambar alayhissalom tarafidan hazrati Imomi A’zamning dunyoga 
kelishlariga bashorat va ishoratdir, deydilar. Ulamolar shunday talqin qiladilar va biz ham shu talqinga 
ishonamiz. Haqiqatan ham, Rasulul-loh sallallohu alayhi vasallam ummatlari orasida Imomi A’zam 
roziyallohu anhu darajasida Qur’onu hadisni yaxshi anglaydigan, masala bobida u zotning manzilatiga 
yetgan kishi qaytib dunyoga kelmadi. Bu zotning ilmlari, taqvolari, ibodatlari haqida bir qadar aytdik. 
Endi u kishining axloqlari xususida ikki og‘iz so‘z. 
Imomi A’zam rahmatullohi alayh shu qadar go‘zal xulqli inson ekanlarki, zamondoshlari u 
kishining shu fazilatlarini tan olib, eng chiroyli xulq Imomi A’zamning xulqidir, deb e’tirof qilganlar. 
Bu xususda ko‘p katta ulamolardan bayonotlar qolgan. Imomimiz, suhbatimiz davomida 
aygganimizdek, ahli tijorat bo‘lganlar. Olloh taolo bu zotga halol rizqu nasiba bergan, bekamu ko‘st, 
boy-ba-davlat bo‘lib yashab o‘tganlar. U kishining doimiy saxovatlaridan hamma bahramand bo‘dgan. 
Imomimiz Olloh taolo bergan ne’matga shukronasini tashqi ko‘rinishdaham ko‘rsatib o‘tganlar. Doimo 
chiroyli va pokiza kiyimlarda yurganlar. Bu haqda ham zamondoshlari guvohlik berib ketganlar. 
Shunday baland maqomga erishgan zot nihoyatda tavozeli, xokiisor, kamtar kishi ekanlar. Ma’lumki, 
kishiga Olloh taolo bir fazilat bersa, qanchalik baland maqomga ko‘tarilsa, uning hasadgo‘ylari ham 
shunchalik ko‘payadi. Imomimiz Imomi A’zam ham mana shunday holatdan benasib emas ekanlar. 
Ya’ni, bu kishining ham holatlariga hasad qilgan, sha’nlariga yarashmagan gaplarni aytgan kishilar 
ham tarihda yo‘q emas. Hozirda ham ayrim kishilar Imomimizning kimliklarini, u kishining tarjimai 
holla-rini yaxshi o‘rganmay turib ana shunday hasadgo‘ylarning gaplari quloqlariga tushishi bilanoq, 
o‘sha gaplarga ishona qoladilar, o‘zlari ham "chuvab" ketadilar. Bu, albatta, jaholat - bilmaslik 
oqibatidir. Imomimiz esa o‘shanday hasadgo‘ylarni ko‘rganlarida: "Bizlarni yomonlagan kishilarning 
gunohini Olloh kechirsin, bizlarni yaxshi ko‘rganlarni Olloh rahmat qilsin", deb duo qilar ekanlar. 
Ya’ni, yomonlikka yomonlik bilan javob qilmas ekanlar. Bu hayotlari davomida juda ko‘p ko‘ringan 
holatdir. 
Bir kuni Imomimiz ko‘chada ketayotganlarida o‘shanday badxulq kishilardan ikkitasi Imomi 
A’zamning sha’nlariga yarashmagan haqoratlarni qilibdi. Har qanday kishining ham g‘azabini 
qo‘zg‘aydigan bunday haqoratlarni eshitgan Imomi A’zam ularga e’tibor bermay, o‘z yo‘llarida davom 
etaveribdilar. Haligi ikki badxulq ham so‘kinishdan to‘xtamay Imomimizning ortidan ergashib 
kelaveribdi. Nihoyat, Imomimiz o‘z uylariga yetib keladilar-da, eshiklari oldida to‘xtab, haligilarga: 
"Birodarlar, men uyimga yetib keldim. Agar haqoratlardan qolgani bo‘lsa, so‘kib olinglar, men kutib 
turaman, tugaganda uyimga kirib ketaman", degan ekanlar. Bu kishi shu darajada xokisor, tavozeli, 
kamtar bo‘lgan ekanlar. 
Yana bir misol: halolni haromdan ajrata olmaydigan, o‘zi kambag‘al, bechora bo‘lsa ham 
kalondimog‘, birovlarni so‘kib, diliga ozor yetkazib maza kiladigan kishilar bo‘ladi. Imomimizning 
o‘shanday bir qo‘shnilari bor ekan. U Olloh taolo harom qilgan ichkilikka giriftor, har kecha mast 
ekan. Imomi A’zam sha’nlariga hajvlar aytar, baqir-chaqir qilib u zotga ozor berar ekan. Imomimiz 
toqat bilan uning haqoratlarini eshitaverar ekanlar. Itgifoqo, bir quni qo‘shnining xonadonidan 
odatdagi baqir-chaqir, so‘kinish, xaqorat sasi kelmay qolibdi. Imomimiz xavotirlanib xabar oldirdilar. 
Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha badxulq qo‘shni badxulqligi tufayli mirshablarning qo‘liga tushib, hibsga 
olinibdi. Imomi A’zam uni Xudo jazolabdi deb qo‘ya qolmasdan, darhol amirning huzuriga boribdilar. 
Mening bir ayolmand kosib, kambag‘al ko‘shnimni qandaydir ayb bilan zindonband qilibdilar. O‘sha 


Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz 

Download 448,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish