www.ziyouz.com
kutubxonasi
43
rahmatullohi alayh, xususan, hadisni tushunishda, uni rivoyat qilishda juda katta mas’uliyatni
zimmalariga olgan ekanlar. Hadis yetkazgan ula-molar bu kishining hadisga bo‘lgan ehtiyotkorliklarini
tan olib, e’tirof qilganlar. Imomi A’zam rahmatulloh alayh bir hadisni hadis deb aytish uchun
o‘zlaricha qoida qilgan ekanlar: "Shu hadisni yetkazgan roviydan eshitgan soatdan tortib to kitobga
yozib yoki birovga so‘zlaguncha bo‘lgan muddatda agar bir daqiqa shu hadis yoddan chiqib qolgan
bo‘lsa, u hadisni kitobga yozish, yoxud birovga aytishga hech kimning haqki yo‘q", der ekanlar. Ya’ni,
hadisning mazmuninigina emas, balki undagi so‘zlarning har bir harfigacha yetkazish mas’uliyatini
zimmalariga olgan ekanlar. Hadis rivoyat qilgan boshqa ulamolar uchun esa hadisning mazmunini
yetkazib qo‘yishgina kifoya qilgan.
Endi ayrim kishilarning Imomi A’zam ba’zi 100 minglab hadis rivoyat qilgan ulamolarga nisbatan
juda oz hadis rivoyat qilgan, degan da’vosiga javob beramiz. Imomi A’zam rahmatullohi alayh
haqiqatan ham boshqa muhaddis ulamolar darajasida ko‘p hadis rivoyat kilgan emaslar. Lekin bu holat
u kishining hadisni kamroq bilishlariga dalil bo‘lmaydi.
Masalan, Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning eng ulug‘ sahobalaridan bo‘lgan, uzoq vaqt
Rasulullohning yonlarida turgan, dini Islomning quvvatlanishiga sabab bo‘lgan zot hazrati Umar
roziyallohu anhu Payg‘ambar alayhissalomdan bor-yo‘g‘i 134 ta hadis rivoyat qilganlar, xolos. Janobi
Rasululloh hayotlarining so‘nggi 3 yilidagina hamsuhbat bo‘lgan Abu Hurayradan esa bir necha ming
hadis rivoyat bo‘lgan. Bizlar ozroq hadis rivoyat qilganlari uchun Umar roziyallohu anhu Abu
Hurayraga qaraganda dinni ozroq bilar edi, demaymiz-ku?! Demak, rivoyat qilingan hadisning sanog‘i
bilan kishining ilmi o‘lchanmaydi. Qolaversa, hadislarning rivoyatidan ko‘ra Imomimiz o‘sha
hadislarning diroya-tini, ya’ni to‘g‘ri anglashni avvalga qo‘yganlar.
Hadis rivoyat qilganlarning hammasi ham hadisni Imomimiz kabi anglagan, Imomimiz kabi talqin
qilgan emaslar.
Mana, bir misol: A’mash degan bir zot o‘tgan. U Imomi A’zam rahmatullohi alayhga zamondosh
bo‘lgan muhaddis ulamolardan biri edi. O‘sha kishi bir kuni Imomi A’zamning shogirdlari Abu
Yusufga ta’na qilib, sening domlang imom Abu Hanifa bir masalada Payg‘ambar alayhissalomning
hadislariga qarshi ish qilyapti, dedi. Abu Yusuf so‘radi: "Qaysi masalada?" Tobein muhaddislardan
bo‘lgan A’mash roziyallohu anhu aytdilar: "Birovning nikohida bo‘lgan cho‘ri boshka bir quldorga
sotilsa, savdo bitishi bilanoq taloq tushib qoladi va u ayol ozod bo‘lib, navbatdagi xo‘jayinining uyiga
ersiz holda yetib boradi. Domlang Abu Hanifa esa, birovning nikohida bo‘lgan cho‘ri sotilsa, u o‘z
eriga taloq bo‘lib qolmaydi. Balki faqat eri taloq qilsagina navbatdagi xojasiga boshi ochiq hodda
ketadi, deydi. Bu gapi bilan domlang Paig‘ambar alayhissalomning hadislariga zid ish qilgan
bo‘lmaydimi?''
Shunda Abu Yusuf: "Mening imomim o‘sha sotilgan cho‘ri boshi ochiq ayolga aylanib qolmaydi,
degan masalani chiqarishda Siz rivoyat qilgan hadisga asoslanganlar. Axir Siz bizga bir hadis rivoyat
qildingiz. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning ayollari Oysha onamiz roziyallohu anhu
bir Barira degan cho‘rilarini ozod qilganlarida uning eri bor edi. Basira Rasulullohning oldilariga kelib,
men mana bu yerdan ozod bo‘ldim, endi erimning nikohidan ham chiqib ketdimmi, deb so‘raganda,
endi bu sening ixtiyoring, o‘sha ering hal qiladi, uning ixtiyoridan agar taloq bersa, chiqib ketasan,
dedilar, degandintiz-ku?!"
Mana shu hadisni rivoyat qilgan A’mashning o‘zi uni Imomi A’zamchalik anglamagan ekanlar.
Shogirdning javobidan so‘ng A’mash, Olloh u kishidan rozi bo‘lsin, Imomi A’zamning hadisni
naqadar yaxshi anglashiga, hatto uni rivoyat qilgan odamning o‘zidan ham yaxshiroq anglashiga qoyil
qolgan ekanlar.
Demak, Sizu bizning Imomimiz hukm chiqarishda, masala bobida tengsiz bo‘lgan ekanlar. Har bir
hadisga Ollohdan qo‘rqib yondashadigan ahli taqvo buyuk bir zot ekanlar.
—
Ustoz, endi imomimiz Imomi A’zam rahmatullohi alayh yashab o‘tgan muhit haqida
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |