www.ziyouz.com
kutubxonasi
39
bo‘lishi bilan din 4 ga bo‘linib qolar ekan?! Balki o‘sha xilma-xillik, har diyorda mana shunday
ulamolar o‘tib, ular boshqargan mazhablarga odamlarning ergashishi — Olloh taoloning O‘z
bandalariga in’om etgan ne’matidir. Payg‘ambar alayhissalomning sahobalariga zamondosh bo‘lgan
Islom xalifalaridan Umar bin Abdulaziz: "Yaxshiyamki Payg‘ambar alayhissalom sahobalari o‘rtasida
ayrim masalalarda xilma-xil rivoyatlar kelgan ekan, agar hammalari bir xil rivoyat kilganlarida din
qiyinlashib ketar edi. Men o‘sha sahobalar o‘rtasida ixtilof bo‘lmasligi va hammasi faqat bir xil rivoyat
qilishlari haqqiga butun dunyo boyligining berilishini va’da qilsalar ham xursand bo‘lmas edim",
degan edi. O‘sha sahobalar o‘rtasidagi ixtiloflar dinimizni yengil qiladi, har mintaqadagi musulmonlar
o‘zlarining imomlariga ergashadilar, Qur’onu hadisga itoat qiladilar. Bu juda katta ne’matdir.
Demak, mazhablar o‘rtasidagi ixtiloflar juz’iydir. Bu aqidadagi emas, balki ayrim ibodatlardagi
ixtiloflardir. Mazhablar boshliqdari esa birbirlari bi-lan do‘st-birodar, bir-birlariga ustoz-shogird
bo‘lgan kishilardirki, bu haqda, inshoolloh, batafsil to‘xtalamiz.
Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning sahobalari ayrim masalalarda ixtilof kildilar, dedik.
Lekin bu narsa ularning oralarida dumshanlikka, adovatga sabab bo‘lmadi, balki ularning itgifoqliklari
bardavom bo‘ldi. Shuningdek, bizlar ham mazhablar o‘rtasidagi ixtiloflardan kelib chiqib, o‘z
mazhabimizdagi yo‘lni haq deb, boshqa mazhabdagilarni nohaq demaymiz. Dunyo miqyosida tan
olingan to‘rtta mazhabning barchasi haqdir. Farq faqat afzal va joiz degan nisbatdadir. Biz e’tiqod
qilgan mazhab — afzal, boshqa mazhablar esa — joiz, ya’ni ular ham to‘g‘ri mazhablardir. Lekin
afzalrog‘i bizning mazhab, deb e’tirof etamiz. Undan nariga o‘tish, ya’ni, faqat bizning mazhab haq,
boshqa mazhabdagilar dindan adashgan kishilar deyish adashishlikdir. Balki, mana shu narsa adovatga
sabab bo‘ladi.
—
Hurmatli ustoz, hazrati Imomi A’zamning shaxsi haqida batafsilroq so‘z yuritsangiz...
— Janobi Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ummatlari bo‘lgan musulmon birodarlarimizga
tarix davomida xizmat qilib o‘tgan ulamolarimizni, xususan, Imomi A’zamdek buyuk shaxsni tanitish
ulamolarning vazifalaridir. U kishining tarjimai hollarini naqadar aniq bilsak, u kyshining yuritgan
yo‘llarining ham naqadar haq ekanligini aniq bilib, ishonishimizga sabab bo‘ladi.
Janobi Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "Alloh taolo har bir insonga bir mansab — martaba
ato qilgan. Birov oliymaqom zot bo‘lsa, birov bir oz quyiroq maqomda hayot kechirib o‘tadi. Sizlar har
bir insonni imkoniyatinglar qadar o‘z manzilatlariga qo‘yinglar. Ya’ni, Buyuk shaxslarga behurmatlik
nazari bilan qaramanglar va bepisandlik bilan ularga bee’tibor bo‘lmanglar", deb marhamat qilganlar.
Ana shu ulug‘ martaba egalari bo‘lgan Ollohning do‘stlaridan, bizga dinimizni barkamol yetkazib
ketgan ulamolardan, eng peshqadam zotlardan biri bo‘lgan zot — hazrati Imomi A’zam rahmatullohi
alayhdir. U kishining asl ismlari No‘‘mon, otalarining ismi Sobit, bobolarining ismi Zuto bo‘lgan ekan.
Zuto Qobul shahrida tavallud topganlar. Qavmiyatlari, millatlari forslardan. Dini Islom kelib,
musulmonlar butun dunyoni fath qilib, Qobulga borganlarida bu kishi asir bo‘lib Ko‘fa shahriga kelib
qolgan ekanlar. Zuto dini Islomni qabul qilganlaridan so‘ng, uni qulliqdan ozod qiladilar va u ozod
musulmonlar qatoriga qo‘shiladi. Zutodan Ko‘fada Sobit ismli farzand dunyoga keladi. Sobitdan esa
bizning Imomimiz — hazrat No‘‘mon ibn Sobit, laqablari Abu Hanifa, unvonlari Imomi A’zam
bo‘lgan zot Ko‘fada tavallud topdilar. Imomi A’zam — Ulug‘ Imom deganidir. Bu martabaga boshqa
hech bir mazhab boshlig‘i yetib borgan emas. Boshqa mazhablarning boshliqlari imomimizni Imomi
A’zam, deb sharaflaydilar, lekin ularning o‘zlarini hech kim Imomi A’zam demaydi. Bizlar o‘shanday
Ulug‘ Imomning mazhabidagi kishilardirmiz.
Imomi A’zam rahmatullohi alayh hijriy 80-yilda tavallud topganlar. Demak, Payg‘ambar
alayhissalomning Asri Saodatlarida, birinchi asrda tug‘ilganlar, Ko‘faning o‘zida o‘sib-ulg‘ayganlar.
Shu yerdagi eng katga ulamolardan dars oldilar. To Qiyomat turadigan mazhabga asos solish
darajasidagi ilmlarini o‘sha Ko‘fada egallaganlar. Bu kishining ustozlari Hammod ibn Abu Sulaymon
degan zot edi. U Ko‘fa shahrining faqihi, katta muhaddis olimi edilar. Bu zot imomimizning eng katta
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |