1-mavzu: Biologik xilma-xillik fanining maqsadi, vazifalari.
Reja:
1. Kirish
2. Biologik xilma-xillik nima?
3. O‘zbekiston va umum jahon uchun bioxilma-xillikning muhimligi.
4. O‘zbekiston va bioxilma-xillik haqida KonvensiY.
Таянч иборалар: Biologik xilma-xillik, тurlar xilma-xillig, ekotizimli xilma-xillik, biosfera, milliy strategiya, konvensiya, biologik resurslar.
Kirish
Kursni o‘qitishdan maqsad yurtimizdagi bioxilma-xillik muammolarini o‘rgatishdan iborat. Oxirgi 40-50 yil oldin olib borilgan siyosat tufayli, ya’ni qishloq xo‘jalik sektorini noto‘g‘ri va ekologik xavfli rivojlanishi oqibatida O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarini biologik resurslariga jiddiy ziyon yetkazildi. Bu narsa ayrim ekotizimlarning buzilishiga olib keldi, boshqalarida juda og‘ir va qoldirdi va respublikadagi umumiy ekologik barqarorlikni jiddiy xavf ostiga qo‘ydi.
Qo‘rilgan zarar ro‘yxatidan Orol dengizining qurishi va unga tutash hududlarning salbiy o‘zgarishi, daryo qirg‘oqbo‘yi o‘rmonlari (to‘qaylar)ning yo‘q bo‘lishi, cho‘l va dashtlar inqirozi, suv yig‘iluvchi tog‘ hududlari buzilmagan qisqarishi kabilar o‘rin olgan.
Orol inqirozi vaziyatni nazorat qilishga ehtiyotsiz yondoshuv uchun iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatdan javob berishga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi. Mustahkam ekologik barqarorlik va tabiat tizimining faoliyat ko‘rsatishini qo‘llab – quvvatlashda biologik resurslarning ahamiyatini to‘g‘ri tushunishni har tomonlama rag‘batlantirish lozim bo‘ladi. Kelajakda davlatimiz barqaror rivojlanish yo‘liga o‘tishi uchun bioxilma – xillikni saqlash va buzmasdan foydalanish masalalari davlat taraqqiyotini rejalashtirishda o‘z aksini topdi.
Ekologik muhit barqarorligida tabiiy sistemalar va biologik resurslar rolini alohida e’tiborga olish kerak. Kelajakda, davlatni mustahkam rivojlanish yo‘lida, biologik resurslardan oqilona foydalanish va bioxilma-xillikni saqlash yo‘llarini ishlab chiqish xozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun Biologik xilma-xillik va uning muhofazasi faning vazifalari:
- Biologik xilma-xillik tushunchasi mohiyatini va uni nafaqat O‘zbekiston balki butun dunyo uchun muhimligini o‘rganish .
- O‘zbekiston bioxilma-xilligining hozirgi zamon holati. salmog‘i va ahamiyati.
- O‘zbekistonda biologik xilma-xillik va uning muhofazasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.
- Bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan milliy strategiya va harakat rejasi, bu borada olib borilayotgan boshqa tashkiliy ishlarni o‘zaro aloqasi.
O‘zbekiston o‘zining barqaror rivojlanishi uchun biologik xilma – xillik resurslarni saqlashi muhim ekanligini e’tirof etib, 1995 yilda biologik xilma – xillik Xalqaro Konvensiyaga qo‘shildi. Mazkur hujjat ushbu Konvensiya doirasida zimmaga olingan majburiyatlarni bajarish uchun jadallashayotgan ishlarning birinchi va tarkibiy bosqichi hisoblanadi.
O‘zbekiston nisbatan agrar mamlakat hisoblanadi va shu bois ham ko‘p jihatdan tabiiy – biologik resurslarning holatiga bog‘liqdir. Ilgari O‘zbekistonning rivojlanishi muvozanatlanmagan, ishlab chiqarishga, ayniqsa qishloq xo‘jaligiga haddan ziyod ahamiyat qaratilar, shu bilan birga tabiiy resurslarni boshqarish va muhofaza qilishga yetarli e’tibor berilmas edi. Boshqaruvning yuqori darajada markazlashuvi, tabiiy manbalarni tiklash va ulardan oqilona foydalanish o‘rniga ularning talofat ko‘rishiga olib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |