www.ziyouz.com
kutubxonasi
36
qila olmasanglar, bitta bilan kifoyadaninglar, deb ta’kidlaydi. Adolat qilmoqlik shu qadar zarur ishki,
go‘yo ikki xotin egasi bo‘lgan kishining butun vujudi ikkiga bo‘linadi. Har ikkala ayolga ham barobar
ko‘z bilan qarash zarur bo‘ladi. Ko‘z ochib ko‘rgan ayolini farzandlari bilan tashlab yoshroq ayolga
ketib qolish Islomga zid ishdir. Yoki birovni o‘z nikohiga olib, so‘ng uni bir shar’iy nikohidagi ayol
kabi emas, balki harom o‘ynash kabi maxfiy tutib, biri bilan oshkora va boshqa biri bilan pinhona
hayot kechirish shariatga ham, ado-latga ham zid amallardandur. Chunki kichik ayol ham men
falonchining oilasiman, deb ayta olishi uchun bu narsa el oldida ma’lum bo‘lishi kerak. Shuning
uddasidan chiqolmagan kishilarning ikkinchi xotinga uylanishlari ularning gunohkor bo‘lib
qolishlariga sabab bo‘ladi. Ammo, adolat qila olgan kishilarga shariatimiz ijozat beradi. Biz oilaviy
turmush masalasidagi mana shu o‘ta nozik jihatni yaxshi bilib olishimiz kerak.
Keling, suhbatimiz boshida biz eslagan oyati karimaga yana bir bor qaytaylik. Toki undagi ba’zi
bir tushunchalar kitobxon uchun mavhum bo‘lib qolmasin: "Agar yetim qizlarga adolat qila
olmaslikdan qo‘rqsangiz, Sizlar uchun nikohi halol bo‘lgan ayollarga ikkita, uchta, to‘rtgadan
uylanaveringlar". Demak, shu oyati karimaning hukmi bilan qodir bo‘lgan va adolat qila oladigan
kishilarga ijozat bo‘ladi.
Endi yetim qizlar xususida. Masalan, ota-onasidan kichikligidayoq yetim qolgan qizni bir oila o‘z
tarbiyasiga olar ekan va bu oila o‘sha qizga yaqin qarindosh bo‘lmasa, qiz uchun bu oila a’zolari
nomahram sifatida qoladi. Kizni tarbiya-lagani uchun bu oila Olloh oldida ko‘p savobga ega bo‘ladi,
lekin mahramga — o‘z farzandiga aylanib qolmaydi. Shu sababdan o‘sha yetim qiz balog‘at yoshiga
yetgandan keyin o‘z qaramog‘iga olgan oila boshlig‘ining taqdir taqozosi bilan bu qizga uylanishiga
shariat ruxsat beradi va, albatga, mahrlarini to‘la bershpga buyuradi. Lekin kiz o‘zining qo‘lida
bo‘lgani uchun uning mahrini bermasdan, adolat qilmasdan uylansa, gunohkor bo‘lishini Olloh bizga
xabar qiladi. Ya’ni, begona-ni olgandek mahrini to‘la ado qilishga buyuradi.
—
Yuqorida yana: "Yoki qo‘lingizdagi cho‘rilar bilan kifoyalaning", degan jumla ham o‘tdi...
— Qur’oni Karim nozil bo‘lgan zamon quldorlik davri edi. Bu ana o‘sha zamondagilar uchun
bo‘lgan murojaat edi. Hozir quldorlik zamoni bo‘lmagani uchun, tabiiyki, cho‘rilar ham yo‘q. Islom
kufr bilan, boshqa dindagi odamlar bilan jihod-g‘azotlarda asir olinadigan kishilarning erkaklarini qul,
ayollarini cho‘ri qilib olishga ijozat berar edi. Chunki asirga tushib qolgan musulmonlarga ham
dushmanlar shunday munosabatda bo‘lar edilar. Hozir esa cho‘rilar haqida gap bo‘lishi mumkin emas.
Xulosa shuki, ko‘pxotinlikni harom deyishga bizning huquqimiz yo‘q Chunki Qur’on bu
ko‘rsatmani ochiq bayon qildi. Lekin ijozat berishda nihoyatda ehtiyot bo‘lish lozim. Men bir xotindan
ko‘proqka uylangan va ular o‘rtasida adolat qilmaydigan ayrim kishilarga achinaman. Ularning juda
ko‘pchiligi adolat qila olmaganligi, ya’ni birini oshkor, birini maxfiy tutish bilan Ollohning oldida
gunohkor bo‘lmoqdalar.
Hazrati Rasululloh sallallohu alayhi vasallam marhamat qilib: "Kimning birdan ortiq ayoli bo‘lsa
va shu ayollari o‘rtasida adolat qilmasdan turmush kechiradigan bo‘lsa Qiyomat Kunida o‘sha
insonning yarmi qaytib tiriladi, xolos, yarmi yo‘q bo‘ladi", dedilar. Bu Oxiratdagi sharmandalik —
qattiq azobdir. Shuning uchun adolat qila olish qo‘lidan kelmaydigan kishilar ko‘pxotinlik masa-lasida
o‘ylabroq qadam bossalar to‘g‘ri bo‘ladi.
MAZHAB
Mazhab masalasi keyingi yillarda kishilar og‘zidan tushmasdan, ko‘pchilik tolibi ilmlar, ahli ilm,
ahli ibodat o‘rtasida ayrim tushunmovchiliklarga sabab bo‘layotgani sir emas. Bizlar mazhab masalasi
haqida ajdodlarimizdan davomli ravishda asrlar davomida o‘rganib, odatlanib kelgan yo‘limiz naqadar
Qur’onu hadisga muvofiq ekanini bilganimiz uchun gapiramiz. Kishilarning mazhabga bee’tiborligi
ularning mazhab o‘zi nima, asoschilari kimlar ekanligini bilmaganliklaridandir, ya’ni jaholatdandir.
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |