Microsoft Word imomi a'zam buyuk imomimiz lotin ziyouz com doc



Download 448,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/56
Sana01.02.2022
Hajmi448,17 Kb.
#424632
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56
Bog'liq
Alouddin Mansur. Imomi A\'zam - buyuk imomimiz

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
33
"Sudxo‘r bo‘lgan kishilar Qiyomat Kunida qabrlaridan turmaydilar. Magar jin chalgan majnun kabi 
turadilar". Ya’ni Qiyomatda, kimning kim ekanligi oshkor bo‘ladigan, Olloh oldida kofirlar, dinsizlar, 
munofiqlar sharmanda bo‘ladigan Soatda Olloh taolo o‘sha jazolanuvchilarning suratlarini ham 
o‘zgartirib, boshqalar oldida ularning kim ekanligini shundoq qo‘rinib — bilinib turadigan holatda 
tiriltirar ekan. Do‘nyo va Oxirat Egasi bo‘lgan Olloh taolo sudxo‘rlarning Qiyomat Kunidagi 
holatlaridan bizga xabar beryaptiki, ular jin urgan majnun kabi turadilar, bunga sabab, ularning: "Bay 
— oldi-sotti ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku", deganlaridir. Ya’ni, bay bilan sudxo‘rlikning farki yo‘q, 
deganlari uchun shu jazoga mustahiq bo‘ladilar. Holbuki, Olloh bayni halol, sudxo‘rlikni harom 
qilgan. 
Bas, kimga parvardigoridan nasihat yetgach, sudxo‘rlikdan to‘xtasa, u holda avval o‘tgani o‘ziga 
va uning ishi Olloh taologashg hukmiga havola qilinadi. Ya’ni, sudxo‘rlikning harom ekani xususida 
Yaratgan Parvardigorimizning hukmini bilgandan so‘ng, mana shu harom ishdan to‘xtagan kishilarga 
Olloh taolo bundan avval qilgan xatolaringiz kechiriladi, buyog‘iga halol bo‘linglar, deb yo‘l beradi. 
Demak, "O‘zi xohlasa afv qilar va kim sudxo‘rlikka qaytsa — o‘shalar jahannam egalaridir va unda 
abadiy qolajaklar. Olloh sudxo‘rlikning foydasini yo‘q qiladi va sadaqalarning foydasini ziyoda 
qiladi". Ya’ni, ba’zi bir sudxo‘rlar olayotgan foizlari bilan boyib ketyapman, deb o‘ylaydilar, lekin 
atrofga qarasalar, ko‘p holatlarda mana shunday harom yo‘l bilan boyigan odamlar bir kunda hamma 
narsadan mosuvo bo‘lib qolganlariga tarix va shu qunimizda behisob misollar bor. Sudho‘rlikning 
foydasi yo‘q bo‘ladigan foydadir, deydi Olloh taolo. Ammo qo‘lida bor odamlar yaxshiliklar qilsalar, 
birovlarga sadaqotlar qilsalar, ularga o‘sha sadaqotlari evaziga yaxshiliklarni, boylikni ziyoda qilishini 
mehribon Ollohimiz va’da qiladi. 
"Olloh har qanday sudxo‘rlikni halol, deb biladigan ko‘rnamakni va sudxo‘rlik kiladigan 
jinoyatchini sevmaydi". Mana shu oyatlardan ma’lum bo‘ladiki, sudxo‘rlik dinimizda qaytarilgan, 
harom qilingan ish ekan. Yana bir oyati karima: 
Ey mo‘‘minlar, Ollohdan qo‘rqingiz. Va agar chindan mo‘‘min bo‘lsangizlar sudxo‘rlik sarqitlarini 
tark qilingiz. (Ya’ni, odamlarga bergan qarzlaringizdan chiqadigan foydani olmangiz)" (Baqara surasi, 
278-oyat.) 
Mana bu dinimizning naqadar mukammal ilohiy din ekanligiga ochiq dalolatdir. Demak, sudxo‘rlik 
insonga bu dunyoda ham, Oxiratda ham foyda bermas ekan. Aksincha, sharmanda qilar ekan. 
— 
Sudxo‘rlik nima sababdan harom qilindi? Axir bir qarashda birovga tijorati yurishib ketsin 
uchun pul berib, ya’ni, yaxshilik qilib, qilgan yaxshiligi evaziga avvaldan kelishib qo‘yilgan foydani 


Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz 

Download 448,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish