www.ziyouz.com
kutubxonasi
40
va eng asosiy ustozlaridir. Lekin imomimiz boshqa hech kimga nasib bo‘lmagan darajada juda
ko‘pchliliqdan saboq olganlar. Rasulullohni ko‘rgan sahobalarni ko‘rgan 4 ming kishidan dars olgan
ekanlar. Imomimiz tavallud topgan 80-yilda hali sahobalarning hayotlari bor edilar. Jumladan, Ko‘fa
shahrida Imomi A’zam 9 nafar sahoba bilan muloqotda bo‘lganlar. 8 erkak va 1 ayol sahobani
ko‘rganliklari haqida kitoblarda bayon qilinadi.
Janobi Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni qo‘rgan kishi sahoba, sahobalarni ko‘rgan kishi
tobein hisoblanadi. Sahobalar va tobeinlarning maqomi Rasulullohning hadislarida bunday bayon
qilinadi: "Zamonlarning eng yaxshisi — mening zamonim. Insoniyat paydo bo‘lganidan to
Qiyomatgacha men yashagan zamondan yaxshi zamon bo‘lmaydi. Mening zamonimdan keyin
sahobalarim yashagan zamon ham yaxshi zamon. Sahobalarimni ko‘rgan tobeinlar yashagan zamon
ham yaxshi zamon. Lekin tobeinlardan keyin zamon buzilib, yolg‘on yoyilib, odamlar orasida fitna-
fasodlar ko‘payib ketadi". Siz bilan bizning imomimiz — hazrat Imomi A’zam rahmatullohi alayh
sahobalar yashayotgan zamonda tavallud topdilar va sahobalar bilan muloqotda bo‘ldilar. O‘zlari
tobeinlar qatoriga kirdilar.
Imomi A’zam abu Hanifa rahmatullohi alayh ilm olish bobida, ilmiy darajalari miqyosida tengsiz
edilar.
Biz Ahli sunna val jamoa mazhablari to‘rtta dedik, ya’ni to‘rtta eng katta ulamo 4 mazhabga
asoschi ekanliklarini e’tirof etamiz. O‘sha ulamolarni nomma-nom sanasak, o‘z mazhabimizning
darajasi yanada ayon bo‘ladi:
Imomi A’zam rahmatullohi alayh 80-yilda tug‘ilganlar.
Imomi Molik ibn Anas 93-yilda tug‘ilganlar.
Imomi Shofe’iy 150-yilda tug‘ilganlar.
Imomi Ahmad bin Hanbal 164-yilda tug‘ilganlar.
Demak, eng avval tug‘ilgan, payg‘ambar asrida tug‘ilgan imom bizning imomimiz Imomi A’zam
rahmatullohi alayhdir. U zotning Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning sahobalariga hamzamon
bo‘lganliklari haqida aytdik. Boshqa Imomlar esa sahobalarning suhbatlarini ololmaganlar. Shuning
uchun ham ular bizning imomimizni o‘zlariga ustoz, deb bilganlar.
Mazhab boshliqlaridan biri Imomi Shofe’iy shun-day e’tirof qiladilar: "Odamlar hammalari —
barcha ulamolar Qur’onu hadisni anglashda, masala ilmida Abu Hanifaga bola-chaqalikka yaraydi,
xolos, Abu Hanifa bilan raqobat qilish darajasiga chiqqan inson yo‘q".
Imomi Molik bin Anas rahimahullohu esa: "Men hadis ilmini bilishda, janob Rasulullohning oxirgi
hadislarini yetkazishda, eng sahih hadislarni anglab yetishda Imomi A’zamga o‘xshagan boshqa
insonni uchratmadim", deydilar va bu zot ham doimo Imomi A’zamni o‘zlariga ustoz deb sanaganlar.
Haqiqatan, Imomi A’zam rahmatullohi alayh Imomi Molikka hamda boshqa ikki imomga ham
ustoz edilar. Chunki navbatdagi imom — Imomi Shofe’iy rahmatullohi alayh Imomi A’zam vafot
qilgan 150-yilda tug‘ilgan edilar va bu kishi bir muddat Imomi A’zamning shogirdi Muhammad bin
Hasandan dars olganlar. Demak, Imomi Shofe’-iy Imomi A’zamning "nabira" shogirdi bo‘lar ekanlar.
To‘rtinchi mazhab asoschisi Imomi Ahmad ibn Hanbal esa Imomi Shofe’iydan dars olganlar.
Demak, u kishi bizning Imomimizga "chevara" shogird ekanlar. Imomimiz shu qadar buyuk, barcha
boshqa mazhablarning imomlariga ham ustoz bo‘lgan zot ekanlar.
Bizlar hozirda o‘sha zamonlardan uzoq bo‘lganimiz, ilmli kishilarning oramizda kam bo‘lgani,
uzoq yillar davomida dinimiz ta’limotlaridan bebahra yashaganimiz uchun ana shu zotlarning
manzilatlarini bilmasdan, ularga yarash-maydigan, mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan ayblarni ham ularning
shaxsiyatiga taqab gapirib yuradigan kishilar ham oramizda yo‘q emas. Shuning uchun ham
Imomimizning tarjimai hollarini, boshqa imomlarning u zot haqida e’ti-roflarini yaxshi bilsak, shunda
u kishining maqomlariga aqlimiz yetadi va xar xil gaplardan o‘zimizni tiyamiz.
—
Imomi A’zam u qadar hadisga mohir bo‘lmagan ekan, u kishi Ko‘fada yashab o‘tganlari,
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |