ISLOM DININING O`RTA ASRLARDA YEVROPAGA TASIRI
Reja:
1.Islom dinining Yevropaga kirib kelishi.
2.Islom dini va Xristianlik dini
3.yevropa.
O‘z davrida Andalus islom madaniyatining G‘arbga uzatilishidagi yirik ko‘prik vazifasini o‘tagan. Yevropa renessansining yuzaga kelishida ham aynan Andalus diѐri muhim rol o‘ynagan. Andalus o‘z taraqqiѐtining cho‘qqisiga chiqib, ulkan yutuqlarga erishgan vaqtda Yevropaning ko‘plab qirollari va hukmdorlari ilm-fan va madaniyat bobida Andalus musulmonlariga o‘xshash mavqega erishish uchun bel bog‘ladilar. Bu maqsadga yetishish uchun esa maxsus hayʼatlar tashkil etib, ularni Andalus jomealariga yuborishdan o‘zga choralari qolmagan edi.
Fransuz tarixchisi Faliyer “Andalus rekonkistasi” nomli asarida: “Yevropada tashkil etilgan ilmiy hayʼatlar musulmon Andalusiyasiga yuborilar va ular u yerdagi universitetlarda ilm-fan va sanʼatni o‘rganishardi. Bu saʼy-harakatlar natijasi o‘laroq Angliya, Fransiya, Germaniya, Gollandiya va Toskaniya kabi Yevropa mamlakatlarida buyuk markazlar va saroylar insho etildi”, deya taʼkidlaydi. Yevropada tashkil etilgan hayʼatlarning yildan-yilga soni ortib, Andalus tomon yo‘l ola boshladi. 924 sanada ularning tarkibi tahminan 700 erkak va aѐllardan iborat holga yetgan edi. Bu hayʼatlardan biri Fransiya qiroli Lui VI ning tog‘avachchasi malika Yelizaveta boshchiligidagi guruh bo‘lsa, Britaniyadan yo‘lga chiqqan hayʼat boshida Uels hukmdori Georgning qiz jiyani Duban turardi. Keyinroq Savoy, Bavariya, Reyn, Saksoniya va boshqa yerlardan ham hayʼatlar yo‘lga chiqa boshladi. Bavariya qiroli Fillip xalifa Hishom I ga maktub yuborib, unda o‘z mamlakatidan bir hayʼatning Andalusga kiritilishi va u hayʼatning Andalus diѐrining turmush-sharoiti, nizomlari-yu huquqi, madaniyati haqida maʼmulotlar to‘plab, o‘z mamlakatlari uchun foydali jihatlarni o‘rganishlariga ruhsat berishini so‘ragan edi. Xalifa ham bu talabni munosib ko‘rib, unga rozilik bildirgan. Boshqa Yevropa qirollari ham ayni harakatlarni amalga oshirdilar.
Uels qiroli Georgning jiyani boshliq hayʼatda saroy aʼѐnlari va zodagonlarning qizlaridan 18 tasi mavjud bo‘lib, ular Ishbiliya tomon ketisharkan, saroy noziri Sifaylik ismli kishi ularga hamrohlik qilardi. Bu nozir o‘zi bilan qirolining xalifa Hishom III ga ѐzgan maktubini ham olib kelar edi. Mazkur maktub matnini ingliz tarixchisi Jon Doinburs “O‘rta asrlarda oliyjanoblik unsuri bo‘lgan arablar” nomli asarida nashr ettirdi. Maktub mazmuni quyidagicha edi: “Angliya, Uels, Shvetsiya va Norvegiya qiroli Georg II dan Andalusdagi musulmonlar xalifasi, azamat sohibi, maqomi ulug‘ Hishom III ga. Taʼzim va maqtovdan so‘ngra obod o‘lkangizdagi ilm va sanoat muassasalarining ruhi ila yuzaga chiqmish buyuk taraqqiѐt haqida xabar topdik.
To‘rt tarafdan jaholat hukm surgan o‘z mamlakatimizda ilm nurlarining tarqalishi va soyangizga ergashmoq ila yaxshi bir ibtido bo‘lsin uchun o‘sha fazilatlardan farzandlarimizning ham oz bo‘lsa-da, foydalanishlarini istadik. Birodarimning qizi malika Dubanni ingliz ashroflaridan tashkil topgan hayʼatning raisi qilib tayinladim. Ularga eʼtibor ko‘rsatilishidan, hamrohlari ila ko‘magingiz ostida, himoyangizda o‘qib- o‘rganib yuksalmoqlari xususida lutfingizdan umidvormiz. Kichik malika ila birlikta dargohi humoyuningizga kamtarona bir hadya ham yuboryapman. Samimiy sevgi va taʼzimlarimla ikrom etilmish bu hadyani qabul etishingizni so‘rab qolaman. Itoatkor xizmatkoringiz Georg”.
Xalifa Hishom qirol Georgning ushbu maktubiga musulmonlarning bag‘rikenglik va marhamatlarini o‘zida namoѐn etgan shu nafis va balog‘atli javobni berdi:
“Mehribon va rahmli Alloh nomi ila;
Olamlarning robbi Allohga hamd bo‘lsin, salot va salom rasullarning sayyidi Nabiysiga bo‘lsin. Angliya, Shotlandiya va Skandinaviya qiroliga.Siz kirishgan tashabbusning xabarini oldim va davlat arkoni ila istishora qilganimdan so‘ng taklifingizni qabul etdim.
Qirolligingizga bo‘lgan muhabbatimizning taʼkidi uchun ham yuborganingiz hayʼatning xarajatlarini musulmonlarning baytulmolidan o‘tagaymiz. Hadyaningizga kelsak, uni mamnuniyatla qabul qildim. Bilmuqobala, sizga Andalusning qimmatbaho gilamlaridan jo‘natyapman. Bular farzandlarimizning mehnatlari mahsulidir. Zoti oliyingizga hadyadir. Bu hadyada muhabbat va ittifoqimizning dalillarini ko‘rsatishga kifoya qiluvchi ishorani topursiz. Vassalom. Andalus diѐrida Rasulullohning xalifasi Hishom”.
Turk tarixchisi Abdurahmon Sharaf bu hadyalar hususida: “Uels qirolining xalifa Hishomga yuborgan sovg‘alari uch ziro uzunligida ikkita oltin shamdon va 22 ta tilla idishlar majmuasidan iborat edi” deb ѐzadi. Vilemb boshliq Bavariya qiroli tomonidan yuborilgan hayʼatga kelsak, u 215 o‘g‘il-qiz talabalardan iborat edi. Bular Andalus bo‘ylab jomealarga tarqatildilar. U yerlarda ilm-fan, sanʼat, xususan, to‘qimachilik, naqsh, tabobat, dorichilik, qurolsozlik, shishasozlik, qog‘oz ishlab chiqarish, kema yasash, porox, qalʼalar inshooti va bularga qo‘shimcha ravishda astronomiya, kimѐ, fizika, ziroat kabi turli fanlarni ham o‘zlashtira boshladilar.
Bu hayʼatdan sakkiz kishi mamlakatlariga qaytmay, Islomni qabul qilib, Andalusda qoldilar. Hayʼatdagi uch qiz esa mashhur Andalusiyalik kishilar bilan turmush qurib, zakovatli va isteʼdodli farzandlar dunѐga keltirishdi. Masalan, Abbos ibn Mirdos Falakiy ulardan biri edi. Shu tarzda Fransiya, Gollandiya, Italiya, Germaniya va Belgiyadan kelgan hayʼatlar orasidan ko‘p sonli ѐsh qizlar Andalusga kelib, musulmon bo‘ldilar. Belgiyadan malika Mariya Gobje, Germaniyadan Robika Start, Angliyadan rohiba Janet Simpson va Gollandiyadan Kont sir Jakning qizi Svetta kabi ko‘plari musulmonlar bilan turmush qurishdi. Yevropa mamlakatlaridan Andalusga hayʼatlar kelishi bilan bir qatorda Yevropaning baʼzi qirollari va hukmdorlari Andaluslik olim, muhandis va sanʼatkorlarni mamlakatlarida universitet, fabrika kabi turli muassasalar qurish uchun ham daʼvat etdilar.
Milodiy IX asr boshlari va keyingi davrlarda Angliya, Gollandiya, Saksoniya va Yevropaning boshqa o‘lkalarida turli ilmlarda peshqadam bo‘lgan90 ga yaqin musulmon olimlari shartnoma bilan Andalusdan keltirilgan edilar. Ular yuborilgan joylarida har xil muassasalar insho etishlari maqsad qilingan. Bu kabi olimlar arab tiliga qo‘shimcha ravishda lotin va ispan tillarini ham biladiganlar ichidan tanlab olinardi. Zikr qilingan davlatlar yuqoridagilardan tashqari, turli sanʼat sohalari bilimdonlari bo‘lgan 200 ga yaqin mutahassislarni ham daʼvat etishgan edi. Bular, xususan, kemasozlik, to‘qimachilik, shisha ishlab chiqarish, binokorlik sanʼati va ziroatchilik sohalari vakillari hisoblangan. Baʼzi musulmon muhandislar Britaniyadagi Temza darѐsi ustidan Halijham nomi bilan mashhur bir ko‘prik bino qilishdi.
Bu so‘z esa Andalus xalifasi Hishom ismining buzilgan shakli edi. Inglizlar uning fazilatini eʼtirof etgan holda hamda o‘z muhandislarini ularning mamlakatiga jo‘natgani sababidan ko‘prikka uning ismini berishdi. Yanamusulmonlar tomonidan Bavariyadagi kalisoning qubbalari ham ishlandi. Bugun Olmoniyaning Shtutgart shahridagi suv ombori Amadeo deb nomlanmishki, bu ham uni bunѐd etgan musulmonning ismi – Ahmadning o‘zgargan shaklidan boshqa narsa emas. Shuningdek, 1512 yilda Lissabonda Angliya ustidan g‘alaba qozongan Gollandiya dengiz floti ham musulmonlar tomonidan barpo etilgan edi. Bu flot qo‘mondoni esa o‘zini “Toriq dengizi admirali” deb atardi. Andalus madrasalarida tahsil olib, Islom madaniyatini Yevropaga ѐygan kishilardan biri 945-yilda tug‘ilgan fransuz rohibi Gerbert edi. Andalusga tashrif buyurgan Gerbert uch yil davomida Ishbiliya va Qurtuba shaharlarida riѐziѐt, falakiѐt va boshqa fanlarni o‘rgandi.
So‘ngra mamlakatiga qaytgan bu odam islom madaniyatni tarqatishga urinsa-da, o‘z xalqidan bo‘lgan baʼzi odamlar uning bu harakatlariga kufr va sehr tamg‘asini urib, unga tazyiq o‘tkazishdi. Shu sababdan u o‘z mamlakatini tark etib, Rimga keldi. Rim hukmdorining maslahatchisiga aylanib, kardinallik darajasigacha ko‘tarildi. 999-yilda esa Silvester II nomi bilan papalik maqomiga o‘tirdi. Yangi vazifasida avvalo arab raqamlari va nizomini Yevropaga kiritdi. U yo‘lga qo‘ygan bu tizim Yevropada hali hamon joriy bo‘lib turibdi. Unga o‘xshash shaxslar orasida boshqa bir fransuz rohibi Abѐr ham bor bo‘lib, u islom manbalariga tayangan falsafa va boshqa ilmlarda peshqadam shaxs bo‘lgan. Musulmon olimlar qo‘lida tarbiya topgan kishilar orasida Shimoliy Ispaniyadagi Asturiya va Leon qiroli Sancho ham bor edi. Dalmatsiya qirolining o‘g‘li Herman Andalusda tahsil ko‘rgan yevropalik talabalardan astronomik asboblar va usturlob haqida o‘rganib, ularni mamlakatiga olib kelgan. Andalusning Ishbiliya va Qurtuba shaharlaridagi tib madrasalarini 20 ga yaqin yevropalik talabalar tamomlashga muvaffaq bo‘lgan. Bular orasida
bo‘lgan ingliz rohibi Siburman papa Pi III ga xususiy shifokorlik qilgani tarixdan maʼlum. Porloq davrida Andalus Islom madaniyatini Yevropaga ѐygandan so‘ng u yerda musulmonlarga qarshi qatl va nasroniylashtirish harakatlari boshlangach, Andaluslik musulmon olimlar Ispaniyaning turli viloyatlariga, Italiya, Fransiya va boshqa o‘lkalarga tarqalib, Yevropa Renessansining tug‘ilishiga sabab bo‘lgan bilim va tajribalarini ham o‘zlari bilan olib ketgan edilar Andalus Yevropaga ko‘plab tuhfalar taqdim qildi. Bu tuhfalardan eng qimmatlisi qog‘oz edi. Islom olamida dastlabki sifatli qog‘ozlar Samarqandda ishlab chiqarilgan, ilk qog‘oz fabrikasi esa 794-yilda Bag‘dodda Horun ar-Rashidning vaziri Yahѐ ibn Xolid Barmakiy tarafidan qurilgan. Shu yergacha Salim Toha Takritiyning “Yevropa Andalusga hayatlar yuborar edi” nomli maqolasi tarjimasi taqdim qilindi. Qog‘oz ishlab chiqarish Bag‘doddan Shimoliy Arfika orqali Andalusga qadar yetib bordi.
Barcha insonlar qog‘ozdan keng istefoda eta boshladilar va bu musulmonlar qo‘lida ko‘proq kitoblar jamlanishiga ѐrdam berdi. Qog‘ozdan foydalanish Makkada 797 yilda, Misrda 800 yilda, Andalusda 950-yilda, Konstantinopolda 1100 yilda, Sitsiliyada 1102 yilda, Italiyada 1154 yilda, Germaniyada 1128 yilda, Angliyada esa 1309 yilda boshlandi. Musulmonlar qog‘ozni Sitsiliya va Ispaniyaga olib bordilar, bu yerdan esa Fransiya va Italiyaga tarqaldi. XII asrda Fransiyadan Ispaniyaning Kompostela shahriga tashrif buyurgan nasroniylar ulkan hayrat va qiziqish bilan bu yerdan qog‘oz sotib olib, uni mamlakatlariga olib bordilar. Shu tariqa qog‘oz Andalus va Sitsiliya orqali Yevropaning turli o‘lkalariga kirib borgan edi. Fillip Hitti Andalusda ѐzma matnlarni ko‘paytirish bilan bog‘liq bir tajribaga diqqat qaratadi: Ispaniyadagi davlat hukmdori Abdurahmonning kotiblaridan biri rasmiy ѐzishmalar uchun mo‘ljallangan maktublarni uyida ѐzardi va ularni muayyan turdagi bosma texnika, balkida, qolip bosmasi usuli bilan ko‘paytirilishi uchun maxsus firmaga yuborar edi.
U yerdan ko‘paytirilgan holda keltirilgan maktub nusxalari viloyatlardagi davlat maʼmurlariga jo‘natilgan. O‘sha davrlarda Yevropa musulmon olamiga nisbatan ilm-fanning eng quyi pog‘onalarida kezib yurardi. Cherkov o‘zini Tangrining dunѐdagi yagona tamsilchisi sifatida ko‘rar, taʼlim faqatgina shu cherkov doirasida cheklanib qolgan edi. Din kishilari o‘z hokimyatlarini saqlab qolish yo‘lida yangiliklarga qarshi chiqishar edi. U davrlarda ilm-maʼrifatga faqatgina maʼlum bir toifa va ѐ din xizmatchilari erishishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xoslik deb qaralgan. Yevropada to XII asrga qadar kafedral va monastir maktablari taʼlim va maʼrifat tarqatuvchi yagona markazlar bo‘lib kelgan. Tibbiѐt bobida musulmon o‘lkalari dori, amaliѐt va boshqa turli muolaja metodlarini qo‘llaѐtgan bir davrda Yevropada botil eʼtiqodlar hukmron bo‘lib, ular sehr yo‘li bilan hastalikni ketkazishga urinar edilar. Usoma ibn Munqizning “Kitobul eʼtibor” nomli asarida ѐzilishicha, moxov kasaliga chalingan bir farang askari shifo istab rohibga borganida, rohib davolash usuli sifatida uning boshi uzra xoch simbolini o‘yib chizadi. Keyin esa o‘yilgan joyga tuz sepib, askarning o‘limiga sabab bo‘ladi. Qilgan ishini esa askarning ichiga kirib olgan shaytonni uning tanasidan chiqarib yuborish sifatida talqin qiladi. Yevropa xalqlaridan kasal bo‘lganlari ko‘p hollarda shifoni Ispaniya janubidan qidirib, yo‘lga chiqar edilar.
Shulardan biri Leon qiroli Sancho edi. U qorniga suv to‘planib, hasta bo‘lib qoladi. Shunda u zamonasining eng mashhur tabibi Abulqosim Zahroviy qo‘lida muolaja olish uchun xalifa Abdurahmon III dan izn so‘ragan. Abdurahmon ham unga iltifot ko‘rsatib, Qurtubaga kelishiga ruxsat bergan. Umuman olganda, Yevropa har sohada Andalusga murojaat qilgan. Qayd etish lozimki, yevropaliklar qo‘shnilari andalusliklardan ko‘plab yutuqlarni o‘zlashtira oldilar. XI-XII asrlarda Toledoda boshlangan tarjima faoliyatlari soyasida Yevropa o‘zligini kashf qilishga erishdi. Arabchadan lotinchaga tarjima jaraѐni Renessans va Reformatsiya davrlariga qadar davom etdi. Shu davr oralig‘ida Yevropa ulkan ilmiy xazinani o‘zida jamladi. So‘ngida esa ilm-fan bobidagi ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirishga muvaffaq bo‘ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.Islom tarixi
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |