7 0’zb 8-14
1.Sug‘d yozuvidagi bitiklar quyidagi qaysi hududlardan topib o‘rganilgan?
1) Mug‘ qal’asi, 2) Varaxsha, 3) Turfan shahri,
4) Afrosiyob, 5) Oltoy, 6) Quva.
A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6
2. Somoniylar davlati ravnaq topgan davrda uning tarkibiga qaerlar kirgan ?
1.Movaraunnahr 2. Xorazm 3. Afg‘onistonning shimoli
4. Xuroson 5. Janubiy-sharqiy Iroq
6. Shimoliy –sharqiy Eron
A) 1,2,4,6 B) 1,4,5 C) 1,3,6 D) 1,4,6
3. Kimning davrida Zodagon dehqonlarning ko‘pi o‘z chokarlari va kadivarlari bilan islomni qaytadan qabul qilib, arablar tomoniga o‘tadilar?
A) Ashros B) Umar ibn Abdulaziz C) Nasr ibn Sayyor
D) Qutayba ibn Muslim
4. Arablar qachondan boshlab Movaraunnahr hududini to‘liq bosib olishga kirishdi?
A) VII asr II yarmi B) VIII asr boshi C) VIII asr o‘rtalari D) 654 yildan
5. G‘urak va Qutayba o‘rtasidagi jangda G‘urakning yengilish sababi?
A) Ular o‘rtasida jang bo‘lmasdan sulh tuzildi
B) Tarxun taxtdan tushirilgani bois G‘urak Qutaybaga sulh taklif qildi
C) Kuchlar teng emas edi D) G‘urak taslim bo‘lgan edi
6. Movaraunnahr va Xurosonda kimning davrida xalifalik hukmronligi tugadi?
A) Tohir ibn Husayn B) Ismoil Somoniy C) Amr ibn Lays D) Ya’qub ibn Lays
7. Kimning sa’iy harakatlari bilan arablar bilan mahalliy zodagonlar o‘rtasida ma’lum darajada ittifoq yuzaga kela boshladi.?
A) Ashros B) Nasr ibn Sayyor C) Umar ibn Abdulaziz
D) Qutayba ibn Muslim
8.Qachondan xalifalikda umaviylar hukmronligini ag‘darib tashlash uchun keskin harakat boshlanib ketdi.?
A) VIII asrning 50 yillari B) VIII asrning 40 yillari
C) Muhammad ibn Alining kurash boshlashi oqibatida
D) B va C to‘g‘ri
9. Xalifa Mu’tazid kimga Xuroson va Movarounnahr ustidan hukmronlik qilish huquqini beruvchi farmon chiqargan?
A) Ismoilga B) Amir ibn Laysga
C) Ya’qub ibn LaysgaD) Tohir ibn Husaynga
10. O‘g‘uzlar davlatiga asos solinmasdan oldin qaysi davlatning qo‘li ostida edi?
A) Turk hoqonligi B) Ular ko‘chmanchi chorvador bo‘lgan C) Arab xalifaligi D) Hech qaysi davlatning qo‘li ostida bo‘lmagan
11. Somoniylar davrida bosh boshqaruv mahkamasi qaysi bo‘lgan?
A) Amir dargohi B) O‘nta Devon
C) Hojib ul buzruk D) Vazir devoni
12. Ma’lumki Ismoil Somoniy dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi. Ular ismoil Somoniy davlatining qaysi tomonida joylashgan edi?
A) Janubiy – sharqiy B) Shimoliy –sharqiy C) Janubiy – g‘arbiy D) Shimoliy – g‘arbiy
13. Movarounnahr shaharlarida noiblik qilayotgan Somonxudot avlodlarining mahalliy noibligi qaysi davlat tomonidan tan olingan edi?
A) Arab xalifaligi B) Safforiylar
C) Toxiriylar D) Barchasi to‘g‘ri
14. Parchalanib ketgan O‘g‘uzlarning bir qismi qaysi tomonga siljib, yangi sulola – saljuqiylar boshchiligida Old Osiyo mamlakatlarini istilo qilishga kirishadi.
A) G‘arbga B) Shimoliy –sharqga C) Janubiy – g‘arbga D) Shimoliy – g‘arbga
15. 775 yil katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qilgan hukmdorni aniqlang?
A) Mu’tazid B) Ma’mun
C) Horun ar Rashid D) Mansur
16. Qarluqlar Turk hoqonligi hududiga kirgan davr ?
A) VI- VII asr V) VI asr II yarmi C) VII – VIII asr boshi D) VII asr boshi
17. Qarluqlar qadimda qaerda yashagan?
A) Oloyning g‘arbi Irtish daryosining o‘rta oqimida
B) Sirdaryo va orol bo‘ylarida C) Oltoyning g‘arbi va Irtish daryosining quyi oqimida
D) Oltoyning g‘arbi va Irtish daryosining o‘rta oqimida
18.Arab xalifaligida Mahalliy zodagonlar Movarounnahr va Xurosonni nafaqat o‘z tasarruflariga o‘tkazib oldilar, balki xalifalik markazida ham hokimiyatni boshqarishda tobora ko‘proq rol o‘ynaydigan bo‘lib qoladilar.Bunga yo‘l ochib bergan omil?
A) Ma’mun va Amin o‘rtasida kurash
B) Tohir ibn Husaynning Xuroson va Mavaraunnahrga noib qilib tayinlanishi
C) Xalifa Xorun ar Rashidning yuritgan siyosati
D) Barcha javoblar to‘g‘ri
19. Qaysi sulolaning hokimiyat tepasiga kelishi Xuroson va Mavaraunnahrda Arab xalifaligining tugaganligidan dalolat berar edi?
A) Safforiylar B) Somoniylar C) Toxiriylar D) A va B javoblar to‘g‘ri
20. Kimning davrida hamma vioyatlarga arablardan amirlar tayinlanadi?
A) Qutayba B) Abul Abbos Saffoh
C) Abu Muslim D) Umar ibn Abdulaziz
21. Madrasa qaysi so‘zdan olingan?
A) Fors B) Arab C) Turk D) lotincha
22. Quyidagilardan kumush dirham zarb qildirgan shaxsni toping?
A) Ahmad B) Nuh C) Nasr D) Barchasi to‘g‘ri
23. Qarluqlar qaysi davlatlar bilan savdo sotiq ishlarini olib borgan?
A) Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Mavaraunnahr
B) Hindiston, Yaqin va Uzoq sharq
C) Yettisuv, Mavaraunnahr, Old osiyo D) Sharqiy Turkiston, Mavaraunnahr
24. Qaysi somoniy hukmdor davrida yaxshi qurollangan harbiy qo‘shin va saroyning maxsus muntazam sarbozlar qismi tuzilgan ?
A) Ismoil Somoniy B) Nasr II C) Nuh D) Nuh II
25. Muqanna qo‘zg‘olonida Nima asbabdan mahalliy mulkdor tabaqa vakillari arablarga yordam bera boshlaydilar.
A) Narshax va Samarqand taslim bo‘lgach B) Ular qo‘zg‘olonning yengilishiga ko‘zi yetib, o‘z mulklaridan ajralib qolishni xoxlamas edi C) Muqannaning Som qa’lasi qamal ilingandan keyin D) Samarqanddagi ikki yillik qarshilikdan so‘ng
26. Quyidagilardan Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni tarqalgan hududlar noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang?
1. Xorazm 2. Buxoro 3. Kesh 4. So‘g‘d 5. Farg‘ona
6. Marv 7. Shosh
A) 1,2,5,7 B) 2,4,5,7 C) 1,2,3,4 D) 1,5,6,7
27. O‘g‘uzlar davlati qachon parchalangan ?
A) IX asrning I choragi B) X asrning I choragi
C) IX asrning II choragi D) X asrning II choragi
28. Safforiylar hokimiyat tepasiga kelganda xurosonning poytaxti qaer edi?
A) Marv B) Hirot C) Nishopur D) Gazna
29. Amir Mu’tazid kimga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqargan edi?
A) Amr ibn Lays B) Ismoil Somoniy C) Ya’qub ibn Lays D) Nasr
30. Quyidagi hukmdorlardan qaysi biri davrida poytaxt dastlab Samarqand bo‘lgan?
A) Ismoil Somoniy B) Ahmad C) Nasr II D) To‘g‘ri javob yo‘q
31. Xorun ar Rashiddan keyin dastlab taxtga kim o‘tirdi?
A) Amin B) Ma’mun C) Toxir ibn Husayn D) Mu’tazid
32. O‘g‘uzlar davlati parchalangach , ikkinchi qismi dastlabki kirib kelgan hududi?
A) Shimoliy Kavkaz B) Movaraunnahr
C) Old Osiyo D) Sirdaryo va Orol bo‘ylari
33.Qarluqlar tog‘ jilg‘alari bo‘ylarida qanday kasb bilan shug‘ullangan?
A) Chorvachilik B) Dehqochilik C) Qo‘ychilik D) Savdo –sotiq
34. O‘g‘uzlar islom dinini qabul qilgandan yarim asr o‘tgach ………..?
A) O‘g‘uzlar davlati parchalanib ketdi B) Narshaxiy tu’g‘ildi C) Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o‘tadi.
D) Qarluqlarning kata qismi musulmon bo‘ladi
35. Arabistonda yagona e’tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati qachon boshlandi?
A) VI asr oxiri B) VII asr boshi C) VII asr I yarmi D) VII asr oxiri
36. Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoro hukmdori qo‘shinini yengib undan boj, tovonlar undirib olgandan keyin …………………?
A) Termiz shahrini egallaydi B) Marvga qaytadi
C) Yurishlarni davom ettiradi D) A va B to‘g‘ri
37. Qaysi xalifa Amr ibn Laysga Xuroson va Movarounnahr ustidan hukmronlik qilish huquqini beruvchi farmon chiqargan?
A) Xalifa Xorun ar-Rashid B) Xalifa Ma'mun
C) Xalifa Abul Abbos Saffoh D) Xalifa Mu'tazid
38. X-XII asrlarda Bolosog'un shahri qaysi davlatlaming poytaxti bo'lgan?
A) g'aznaviylar, qoraxoniylar B) qoraxoniylar, qoraxitoylar
C) saljuqiylar, xorazmshoblar D) g'aznaviylar, saljuqiylar
39. Quyidagi davlatlar va ularning poytaxti to'g'ri ko'rsatilgan javob variantini aniqlang.
1) Qarluqlar davlati; 2) O'g'uzlar davlati; 3) Qoraxitoylar davlati; 4) Kidariylar davlati.
a) Bolasog'un; b) Balx; c) Suyob; d) Yangikent.
A) 1-d; 2-c; 3-a; 4-b B) 1-b; 2-c; 3-d; 4-a
C) 1-c; 2-d; 3-a; 4-b D) 1-c; 2-d; 3-b; 4-a
40. Quyidagi voqealar va ularning sanasi to'g'ri ko'rsatilgan javob variantini aniqlang.
1) Yoqub va Amir ibn Lays boshchiligidagi qo'zg'olonchilar Nishopurni egalladi;
2) Ismoil Somoniy Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga zarba berdi;
3) Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi qo'zg'olon ko'tarildi;
4) Tohir ibn Husayn xutbadan xalifa nomini chiqartirib tashladi.
a) 893-yil; b) 873-yil; c) 806-yil; d) 822-yil.
A) 1-c; 2-b; 3-d; 4-a B) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d
C) 1-b; 2-c; 3-a; 4rd D) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c
41. Quyidagi qaysi voqea Xuroson noibi Ashros davrida amalga oshirilgan?
A) islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jiz’ya soliqlarini olish bekor qilindi
B) kumush tangalar zarb qilish va muomulaga kiritish joriy etildi
C) aholidan qo‘shimcha ushr solig‘ini yig‘ib olish joriy etildi
D) Islomni yangi qabul qilgan kishilar jiz’yadan ozod qilingan
42. Sharqda Islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylangan shahar ?
Buxoro B) Samarqand C) Marv D) Hirot
43. Ahmad nechanchi yilda vafot etgan?
A) 860-yilda B) 862-yilda
C) 865-yilda D) 864-yilda
44. VIII asrning 40 yillarida arab xalifaligida ….**
A) madaniy hayot yuksaldi
B) Toju taxt uchun kurash kuchaydi
S) Yagona xalifalik kuchaydi
D) Butun axoli islomga buysundirildi
45. Abu Muslim boshchiligidagi kuzgolonni dastlab kimlar kullab kuvvatlagan edi **
A) Hunarmandlar V) harbiylar
S) o’rta hol axoli D) arab zadagonlari
46. Arablar jangsiz Marv shahrini egallashlaridan 99 yil o'tgach ...1) Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini egalladi; 2) Sug'dda G'urak va Divashtich boshchiligida qo'zg'olon ko'tarildi; 3) xalifa Marvon II taxtdan ag'darildi;
4) Movarounnahrda Muqanna qo'zg'oloni boshlandi; 5) Abul Abbos Saffox xalifa deb e'lon qilindi; 6) Arab xalifaligida umaviylar sulolasi ag'darilib, hokimiyat tepasiga abbosiylar keldi
A) 1, 3, 5 B) 3, 5, 6 C) 2,4,5 D) 1,2, 6
47. Movarounnahr istilo qilingach, zabt etilgan o'zga mamlakatlar qatorida, bu o'lkada ham faqat islom dinigina emas, balki arab till va uning imlosi ham joriy etildi. Buning asosiy sababi nima edi ?
A) fan va maorifning yuksalishi
B) dunyoviy ilmlarga bo‘lgan talab oshishi
C) bu zaminda mashhur allomalar kamol topishi
D)chunki arab tili xalifalikning ham davlat tili, ham fan tili bo‘lishi
48. O‘g‘uzlar davlati qachon tashkil topgan?
A) VIII asr o‘rtalarida B) IX asr oxiri X asr boshida
C) IX asr boshida D) XI asr o’rtalarida
49. 751-yilda qaysi hududida Xitoy qo‘shinlariga zarba berib, ularni mamlakat hududidan quvib chiqardilar.
A) Valiyon B) Buxoro C) Talos D) Taroz
50. Ilk o‘rta asrlarda qishloq jamoasi ustida o‘z ta’sirini o‘rnatgan, mulkdor tabaqa qanday atalgan?
A) kadivar B) dehqon
C) chokar D) shayx