1. Somoniylar davrida bosh boshqaruv mahkamasi qaysi bo‘lgan?
A) Amir dargohi
B) O‘nta Devon
C) Hojib ul buzruk
D) Vazir devoni
2. Ma’lumki Ismoil Somoniy dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi. Ular ismoil Somoniy davlatining qaysi tomonida joylashgan edi?
A) Janubiy – sharqiy
B) Shimoliy –sharqiy
C) Janubiy – g‘arbiy
D) Shimoliy – g‘arbiy
3. Movarounnahr shaharlarida noiblik qilayotgan Somonxudot avlodlarining mahalliy noibligi qaysi davlat tomonidan tan olingan edi?
A) Arab xalifaligi
B) Safforiylar
C) Toxiriylar
D) Barchasi to‘g‘ri
4. Parchalanib ketgan O‘g‘uzlarning bir qismi qaysi tomonga siljib, yangi sulola – saljuqiylar boshchiligida Old Osiyo mamlakatlarini istilo qilishga kirishadi.
A) G‘arbga
B) Shimoliy –sharqga
C) Janubiy – g‘arbga
D) Shimoliy – g‘arbga
5. 775 yil katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qilgan hukmdorni aniqlang?
A) Mu’tazid
B) Ma’mun
C) Horun ar Rashid
D) Mansur