Reja: Mavzuning manbalari. IX asrning birinchi choragida xalifalikdagi ijtimoiy siyosiy ahvol



Download 367,14 Kb.
Sana11.03.2022
Hajmi367,14 Kb.
#489995
Bog'liq
9-maruza slaydi (1)


9-MAVZU. TOXIRIYLAR DAVLATI VA SAFFORIYLAR DAVLATI.
Ma’ruzachi: B.S.Nazirov
REJA:
1. Mavzuning manbalari. IX asrning birinchi choragida xalifalikdagi ijtimoiy siyosiy ahvol.
2. Toxir ibn Xusayn va toxiriylar davlati. Toxiriylar davrida ijtimoiy xayot.
3. Toxiriylarning ma’muriy boshkaruv tizimi. Toxiriylar davlatining maglubiyatga uchrashi.
4. Safforiylar davlatining tashkil topishi.
5. Safforiylar davrida ijtimoiy iqtisodiy hayot.
IX asrda O‘rta Osiyo hududida hali ham arablar hukmronligi davom etardi. Ammo erk va hurlik singari oliyjanob tarixiy an’analarga sodiq bo‘lgan avlod-ajdodlarimiz arab bosqinchilariga qarshi kurashni bir daqiqa bo‘lsada to‘xtatmadilar va mustaqil markazlashgan davlat barpo qilishga intildilar. Bu harakat arab istilochilarini har doim tahlika va qo‘rquv ostida saqlab turdi. Ular joylardagi, hatto o‘zlaridan chiqqan hukmdorlarga ham shubha bilan qarar va ishonmas edilar.
Xolid ibn Barmoq — Barmoqiylar misolida buni ko‘rib ishonch hosil qilamiz. Barmoqiylar Xuroson va Movarounnahrni idora qilish bilangina cheklanib qolmadilar. Ularning ta’siri markaziy arab xalifaligida ham kuchli bo‘lgan. Abbosiylar hukmronlik qilgan davrda qariyb ellik yil mobaynida davlatni idora qilishning mas’ul lavozimlari Balxdan chiqqan barmoqiylarning qo‘lida bo‘lgan. Abbosiylar bunday mas’uliyatli lavozimlarni barmoqiylar qo‘liga berishga majbur bo‘lsalarda, biroq ularning faollashib borayotganligidan qo‘rqar edilar. 786–809-yillarda xalifalik qilgan Xorun Ar-Rashidning barmoqiylar xonadoniga qaqshatqich zarba berganligini shu ma’noda tushunsa bo‘ladi. U hatto o‘ziga yaqin bo‘lgan qishloqlar aholisini ham qirib tashlagan. Hokimiyat tepasiga barmoqiylar o‘rniga Tohiriylar keladi. Tohiriylar Xurosonning yirik oqsuyak yer egalaridan bo‘lib, bu sulolaning asoschisi Tohir ibn Husayn edi. Bu sulola asli Hirot viloyatining Bushang shahridan edi. Tohir 809–813-yillarda Xorun ar-Rashidning o‘g‘illari Ma’mun bilan Amin o‘rtasidagi bo‘lgan kurashda Ma’mun tomonida bo‘ldi, unga Bag‘dodni va xalifalik taxtini egallashda yordam berdi.
Ma’mun 813-yilda xalifalik taxtiga o‘tirgach, Tohir ibn Husayn katta hurmat va e’tiborga loyiq nufuzli kishi bo‘lib qoldi. 821-yilda u Xurosonning noibi etib tayinlandi. Movarounnahr ham Xuroson noibligi tarkibiga kirardi. Uning qarorgohi Nishopurda edi. Tohir o‘z qo‘l ostidagi keng viloyatlarni mustaqil davlatga aylantirish uchun ochiqdan ochiq harakat qildi. U noiblikka tayinlangan kundan bir yil o‘tar-o‘tmas, jome masjidida juma namozida o‘qiladigan xutbadan xalifa nomini chiqarib tashlashga buyruq berdi. Bu o‘sha davr uchun xalifaga qarshi ko‘tarilgan isyon bilan teng edi. Bu voqeadan ko‘p vaqt o‘tmay Tohir ibn Husayn to‘satdan vafot etdi. Shundan keyin Tohirning har bir qadamini kuzatib yurgan xalifa uni zaharlab o‘ldirgan degan gap tarqaldi. Xalifa bunday mayda-chuyda gaplarga asos qoldirmaslik maqsadida Xuro son noibligi taxtiga Tohir ibn Husaynning og‘illari Talxa va Abulabbos Abdullohni navbat bilan qo‘ydi va Tohiriylar nasliy sulolasiga asos soldi. Abulabbos Abdulloh noibligi davrida (830–844) xalifaga rasman qaram — vassal bo‘lsa-da, amalda mustaqil davlatga aylanib, poytaxtni Marvdan Nishopurga ko‘chirdi. Buning eng asosiy sababchisi xalifalik hukmronligini xavf ostida qoldirgan va tez-tez ko‘tarilib turadigan xalq qo‘zg‘olonlari edi.
Ana shunday qo‘zg‘olonlardan biri 806-yilda bo‘lgandi. Xalifalikni zirqiratgan bu qo‘zg‘olon Nasaf, Buxoro, Usrushon, Shosh, Xorazm va boshqa hududlarni qamrab oldi. Qo‘zg‘olonga isyonkor arab lashkarboshisi rofe ibn lays boshchilik qildi. qo‘zg‘olon Mu qanna an’analarini davom ettirdi. Bu harakat, ayniqsa, Shosh shahrida kuchli tus oldi. Chunki bu yerda VIII asrning 80-yillarida yengilgan Muqanna muxlislari ko‘proq yashiringan edilar. Qo‘zg‘olonni har galgidek turklar yana qo‘llab-quvvatladilar. Qo‘zg‘olonchilar Samarqandni egalladilar. Xalifa Ma’mun bu harakatning xalifat uchun o‘ta xavfli ekanligidan tashvishda edi va uni bostirish uchun turli vositalarni ishga soldi. Nihoyat qo‘zg‘olon 810-yilda bostirildi. Uni bostirishda Somon ibn Asad faol qatnashdi. Bu ishda Somonxudodning nabiralari — Asadning o‘g‘illari Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyoslar katta hissa qo‘shdilar. Ular aslida Balx viloyatining Somon qishlog‘i oqsoqoli Somonxudotning avlodlari bo‘lganlar. Somon ibn Asad va farzandlari xizmatlari evaziga xalifa Ma’mun Nuh ibn Asadni Samarqandga, Ahmad ibn Asadni Farg‘onaga, Yahyoni Shosh va Usturshonaga, Ilyosni Hirotga noib etib tayinladi. Bu voqea 819–821-yillarda ro‘y beradi. Ana shu tariqa Movarounnahrda somoniylar sulolasi qaror topdi. Albatta bu yerda Tohirning Somon ibn Asad o‘g‘illarini yaxshi bilganligi va ularga xayrixohligi ham katta ro‘l o‘ynagan. Somon hali Marvda noib bo‘lib turgan paytida Tohir ibn Husayn va xalifa Ma’munning diqqatini o‘ziga tortgan edi.
Somon Ma’munning ta’sirida otashparastlik dinidan chiqib, islom dinini qabul qilgan.Aniq bo‘lmagan ma’lumotlarga qaraganda aka-uka Somoniylarning, xususan Ahmad ibn Asadning ahvoli og‘irlashib qoladi. Farg‘ona va Usturshonada xalifalikka qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilib, Ahmad o‘z noibligini tashlab ketadi. Qo‘zg‘olonni Tohirning o‘g‘li Talxa bostirgach Ahmad Farg‘onaga qaytadi va bu yerda uzoq vaqt hokimlik qiladi. Nuh Samarqandda 819–820-yildan 841–842-yilgacha, Ahmad Farg‘onada 819–820-yildan 864–865-yil -gacha, Yahyo Shosh va Usturshonada 819–820-yildan 855–856-yil-gacha noiblik qiladilar. Noiblik alohida xizmatlari uchun in’om — mukofot tariqasida berilgan. Mansab bilan bir qatorda foydalanish uchun yer-mulklar ham hadya qilingan. Somoniylar ikkinchi darajali noiblar bo‘lganliklaridan ularga mis tangalar (falsalar), tohiriylarga esa ayni zamonda kumush tangalar (dirham) zarb qilishga ham ruxsat berilgan. Somoniylarga in’om qilingan yerlarning naqadar boy bo‘lganligini IX asrdagi mashhur arab geografi Ibn Hurdodbekning viloyatlarning soliq miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan bilsak ham bo‘ladi. Uning yozishicha, butun Sug‘d hududi xalifalik xazinasiga tohiriylar orqali 326 ming muhammadiy dirhamdan to‘lab turgan. Farg‘ona Ahmad ibn Asad orqali 280 ming, Yahyo ibn Asad orqali Shosh — 607 ming, Usturshona — 50 ming dirhamdan to‘lagan. Iqtisodiy yuksalish harbiy qudratni ham belgilagan. Movarounnahrda 600 ming suvoriy va piyoda qo‘shin bo‘lgan. Hozirgi O‘zbekistonning shimoliy chegaralariga yaqin viloyatlarda asosan ko‘chmanchi turk qabilalari yashaganlar. Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimlarida ularning shaharlari ko‘p bo‘lgan. Ko‘chmanchi turkiy qabilalar Movarounnahr vohalarida sug‘diylar, farg‘onaliklar, xorazmliklar va boshqalar bilan birga umumiy hayot kechirardilar.
IX asrning birinchi yarmidan e’tiboran turkiy-o‘g‘uzlar Movarounnahrning o‘troq va madaniy hayot kechirayotgan vohasi xalqlariga hujumlar uyushtirib, ularni tez-tez bezovta qila boshlaganlar. Shu boisdan ham Abdulla ibn Tohir X asrning 30- yillarida turk-o‘g‘uzlardan himoyalanish uchun Farobod (Qizil Arvotga yaqin) va Dohiston (Mashhadi Misriyon)da mustahkam ravotlar qurdirgan, hatto o‘z o‘g‘li Tohirni qo‘shinga bosh qilib, turk-o‘g‘uzlarga qarshi jang qilish uchun urushga yuborgan. Bunday istehkom devorlari Buxoroda (Kampir devor nomi bilan hozirgacha mashhur), Samarqandda (Qiyomat devor deb ataladi) va boshqa joylarda ham qurilgan.
Ko‘chmanchi turk qabilalari IX asrning birinchi yarmida Yahyo ibn Asad hokimlik qiluvchi Shosh (Chosh)ga tez-tez hujumlar uyushtirganlar. Yahyoning iltimosiga binoan va uning ishtirokida akasi Nuh ibn Asad 840-yilda Isfijobning turk hokimiga qarshi yurish qildi va tarixiy g‘alabaga erishdi. U Isfijobda ulkan va mustahkam mudofaa devori qurdirgan.
Nuh ibn Asad 841-yilda vafot etdi. Manbalarning guvohlik berishicha, Samarqand viloyatini bir vaqtlar aka-uka Ahmad va Yahyo birgalikda idora qilganlar. 855-yilda Ahmadning o‘g‘li Nasr ibn Ahmad Samarqand noibligiga tayinlanadi. Bu hol Movarounnahrda Ahmad ibn Asad nufuzining oshuviga olib keladi. 856-yilda Yahyo ham vafot etdi. Ahmad endi Shosh va Usrushon noibligini ham o‘z qo‘liga oladi va bu viloyatlarni o‘g‘li Yoqub ibn Ahmadga beradi.Ana shu tariqa IX asrning o‘rtalariga kelganda Buxoro, Qash -qadaryo viloyatlari va Chag‘anrud (hozirgi Surxondaryo) vodiylaridan boshqa Movarounnahrning barcha hududi Ahmad va uning o‘g‘illari ta’siri doirasiga kirdi. Bu ishga Tohir ibn Abdulla (844–862) qarshilik qilmadi. Chunki endi somoniylar ustidan ilgarigidek ota-bobosi singari hukmronlik qila olmasligini yaxshi bilardi. Sababi, tohiriylar sulolasi borgan sayin inqiroz sari yuz tutmoqda edi.
IX asrning 60-yillaridan e’tiboran tohiriy hukmdorlarga qarshi xalq harakatlari kuchaydi. Bu harakatga g‘oziylar boshchilik qildilar. («G‘oziylar» asosan ko‘chmanchi qabilalar hujumini bartaraf qilish maqsadida kambag‘al hunarmandlar va yersiz ziroatchilardan tashkil topgan qurolli qo‘shin.) G‘oziylar harakatini aka-uka Yoqub va Amr binni Lays boshqardilar. Ular dastlab Seistonda hokimiyatni qo‘lga olgach, 873-yilda tohiriylarning qo‘shinlariga katta zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar. Shu davrdan e’tiboran tohiriylar sulolasi barham topdi va Xurosonda hokimiyat Safforiylar qo‘liga o‘tib ketdi. Rasmiy suratda Xuroson va Movarounnahr ustidan hukmronlik qilib turgan tohiriylar sulolasining inqirozga uchraganligi Movarounnahrdagi mahalliy hokimlarning o‘lkani to‘la mustaqilligini ta’minlash sari harakatlari uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi.
Endi bu davrda somoniylar siyosiy kurash maydonida erkin harakat qila boshladilar va ular Movarounnahrda markazlashgan bir butun davlat barpo qilishga kirishdilar. Birlashtirish g‘oyasini shaharliklar ham, dehqonlar ham qo‘llab-quvvatladilar. Chunki birlashgan va markazlashgan yagona va qudratli davlatgina ko‘chmanchi qabilalarning hujumini daf qila olishi mumkinligini ular yaxshi bilar edilar. Markazlashgan yagona va qudratli davlat kuchli harbiy kuch yaratish imkoniyatini berardi.
Savol va topshiriqlar:
1. Ayting-chi, nega Arab xalifaligi og‘ir siyosiy tanglikka uchradi?
2. O‘ylab ko‘ring-chi, Movarounnahrda mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘ldi?
3. Safforiylar davlatiga qanday tarixiy sharoitda asos solindi?
5. Tohiriylar davlati qanday vujudga keldi?
ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАХМАТ
Download 367,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish