www.ziyouz.com
kutubxonasi
37
Dini Islom Ollohning komil va so‘nggi dinidir. U bizga, butun Insoniyatga to Qiyomat o‘zgarmay amal
qilish uchun yuborilgan dindir. U ma’lum bir mintaqadagi bir millat yoxud bir qavmga bir muddat
amal qilish uchun yuborilgan din emas. Dinimizning buyukligi, uning boshqa dinlardan farqi ham
mana shundadir.
Demak, ana shunday ulug‘ va butun Olamni qamrab oladigan Ollohning so‘nggi va barkamol dini
— dini Islomni qabul qilgan kishilarning qavmlari ham, tillari ham, zamonlari ham, makonlari ham
xilma-xilligidan kelib chiqib, bu yerlarga dinni yetkazib kelgan kishilarning ta’limotlariga asosan diniy
amallarini ado etarkanlar, ana shu amallarda bir mintaqadagi musulmonlarning amallari ayrim
masalalarda boshqa mintaqadagi musulmonlarning amallaridan farqli bo‘lib qolishi mumkin. Va bu
narsa dinimizning kengligi, Olloh taoloning siz va bizga bergan katta ne’matlaridan biridir. Chunki
dini Islom Olamga yoyilishi bilan, butun olamdagi kishilarning amal qilishi uchun har tomonlama mos,
yengil, oson ravishda bo‘lishini Ollohning o‘zi ta’minlagan va bunga"sabab qilib janobi Rasululloh
sallollohu alayhi vasallamdan sizu bizga dinni yetkazib kelgan ulamolarimizning dunyoning har
tarafida paydo bo‘lishini Olloh taoloning O‘zi xohlagan ekanki, bu har birimiz uchun yaxshilikdur.
—
Mazhablar xilma-xilligi haqida, ular o‘rtasidagi ba’zi ixtiloflar haqida xar xil fikrlar
bildiradigan kishilar bor. Ba’zilar: "Qur’on bitta bo‘lsa, dinimiz bir, shariatimiz bir bo‘lsa, nega 4 ta
mazhab bo‘lishi kerak?" deb ay-tadilar. Umuman, mazhab bo‘lishi shartmi, kishining muayyan
mazhabda bo‘lishi shartmi, deb so‘raydilar.
Bu savollarga biz Rasululloh alayhissalomning hadislari bilan javob beramiz. Janobi Rasululloh
aytadilar: "Har bir ibodatingizda avvalo Ollohning kitobi — Kalomullohga murojaat qilasizlar, Unda
nima deyilgan bo‘lsa — shunga amal qilasizlar, agar Qur’onda biron masalaning javobini
topolmasangiz, u holda Mendan qolgan, Mendan o‘tgan sunnatga murojaat qilasizlar, mening
hadislarimga amal qilasizlar, agar hadislarimdan ham topol-masangiz, u holatda sahobalarimning
aytgan gaplariga ergashasiz. Chunki sahobalarim osmondagi yo‘lchi yulduzlarga o‘xshaydilar.
Manzilatlari shu qadar buyukdir, ularning qaysi biriga ergashsangiz, hidoyat yo‘liga yetaklab keta ola-
dilar. Sahobalarim o‘rtasida xilma-xil masalalar aytilishi ham Sizlar uchun Ollohning marhamatidir".
Mana shu hadisdan janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallam O‘zlaridan keyingi sahobalar
orasida ayrim ma-salalarda ixtiloflar bo‘lishi ehtimolini bayon qildilar. Kaysi sahobaga ergashsangiz
adashmaysiz, birini haq, ik-kinchisini nohaq, deyishga haqqingiz yo‘q, deb marhamat qildilar. Bu
dinimizning kengligidan dalolatdir.
Janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni bir daqiqa bo‘lsa ham iymon bilan ko‘rib qolgan
kishi sahoba deb ataladi. Payg‘ambarimizning sahobalari 124 ming nafar bo‘lgan ekan. Sahobalarning
manzilatlari shu qadar buyukki, Ollohning do‘sti bo‘lgan mingta avliyo, bir sahobaga martabada teng
bo‘lolmas ekan. Chunki, ular Rasulullohga zamondosh bo‘lib, Saodat Asrida yashagan, dini Islomni
butun olamga tarqatishda Rasulullohga ko‘makdosh bo‘lgan kishilardir. O‘sha sahobalar janob
Rasulullohning so‘zlaridan va hayotlaridan xilma-xil hadislar rivoyat qiladilarki, ayrim paytlarda bir
hadis ikkinchisiga zohirda teskari kelib qolishi ham mumkin. Bu tabiiy, albatta. Birimiz bir
sahobaning, ikkinchimiz boshqa sahobaning hadisini olar ekanmiz, garchi masalada ikki xillik tursa
ham har ikki taraf hidoyatda, to‘g‘ri yo‘dda, deb e’tiqod qilinadi. Mazhablarning o‘rtasidagi ixtilofli
masalalar mana shu yerdan kelib chiqadi. Demak, sahobalar o‘rtasidagi ixtiloflardan mazhablar
o‘rtasidagi ixtiloflar kelib chiqadi.
Lekin, biz aniq bilib olishimiz kerakki, bu "ixtiloflar" deb atalayotgan narsalar asli e’tiqodimizga
bog‘liq narsalar emas, asli aqidada, yagona e’tiqoddamizki, xech kimning orasida hech qanday ixtilof
yo‘q. Bu haqda Qur’onu hadisda mukammal ma’lumot berilgan. Hamma mazhabdagi
musulmonlarning aqidasi birdir. Faqatgina ibodat va muomalotlarimizda ayrim farqlar ko‘rinadi.
Demak, xilma-xillik Ollohning rahmati ekan, buning yomonligi yo‘q.
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |