www.ziyouz.com
kutubxonasi
45
eng ulug‘ deb tan olinishi o‘sha masalalarning puxtaligi va Qur’onu hadisga muvofiqligidandir. 83
ming masalani aytishga bir odamning umri kifoya qilishi o‘ta mushquldir, lekin Olloh Imomimizga ana
shunday ne’matni in’om ettan ekan. Tarix davomida butun dunyodagi musulmonlarning qariyb yarmi
Imomi A’zamning mazhabida bo‘lganlar. Hozir ham shunday. Bu Imomimizning masalala-ri naqadar
puxta va to‘g‘riligidan dalolatdir.
Shu kunda yer yuzida 1,5 milliard atrofida musulmon bor. Shulardan taxminan 700 million nafari
bizning mazhabdagi musulmonlardir.
Ahmad ibn Hanbalning mazhabida 15 million atrofida, xolos (esingizdami, bu mazhabdagilar
"omin"ni jahriy aytadilar), endi o‘zingiz ayting: 700 million musulmon bir mazhabda, 15 million
musulmon ikkinchi mazhabda bo‘lsa, bizning qaysi mazhabga ergashmog‘imiz afzalroq bo‘ladi?
Janobi Rasulullohdan so‘rasak, u zot, agar musulmonlar biror masalada ikki toifaga bo‘linadigan
bo‘lsa, qaysi toifadagi odamlarning sanog‘i ko‘p bo‘lsa, o‘shanga ergashinglar, adashmaysizlar,
deydilar. Demak, mantiqan olinganda, bizning mazhabimiz shunday muborak mazhabki, ergashgan
odam adashmaydi.
Imomi A’zam rahmatullohi alayh masalalarining yashovchanligi shundaki, hech qachon biron
masalani yolg‘iz o‘zlari aytib kitoblarga yozdirmaganlar. O‘zlarining eng peshqadam shogirdlaridan
muftiylik maqomidagi 40 kishiga havola qilganlar. Ulardan o‘rtaga qo‘yilgan masalani asoslab
berishni, agar asosi zaifroq bo‘lsa mazkur masalaga qarshi boshqa masala qo‘yishni talab qilar ekanlar.
Demak, 40 na-far muftiyning muhokamasidan o‘tgan masalagina Imomi A’zamning masalasi sifatida
kitoblarga kiritilar ekan. Shu bois ham mazhabimizni maslahat mazhabi, sho‘ro mazhabi ham deb
ataydilar. Shuning uchun ham bizning mazhabdagi fiqh kitoblariga murojaat qilsak, ayrim hollarda
Imomi A’zam aytgan bir gap aytilib turib, yonida shogirdlaridan birining gaplari ham aytiladi.
Imomimiz qaysi olimning hujjati quvvatliroq bo‘lsa, o‘shaning gapini kitobga tushirishni buyurar
ekanlar. Va o‘zlarining gaplarini ham xato deyishib va xatoligini isbotlab bersalar, qabul qilarkanlar.
Mana shu tufayli ham bu mazhab dunyoning, islom olamining ko‘p taraflariga yoyildi.
Suhbatimiz davomida Imom Shofe’iy butun ulamolar Imomi A’zamga bola-chaqalikka yaraydi,
raqobat qilishga hech kimning imkoni yo‘q, degan gapini eslatgan edik. Bu gapning ikki ma’nosi bor.
Birinchisi, chindan ham hech kim masala bobida Imomi A’zamga barobar emas degani bo‘lsa, ikkinchi
ma’no shuki, boshqa jamiki ulamolar qilgan masalalar — Imomi A’zamning masalalaridan foydalanib
chiqarilgan masalalardir, degani. Imomi A’zam aytmay ketgan bironta ham masala yo‘q, degan ta’kid
ham shundan.
Imomimizning taqvolariga kelsak, Ollohdan qo‘rqishlarini o‘rganadigan bo‘lsak, u zot har bir
musulmon uchun bir maktab, yuksak namuna bo‘la oladigan hayotni yashab o‘tganlar. Imomimiz
tijorat bilan ham shug‘ullangan edilar, aniq-rog‘i, tujjorlik Imomi A’zamning kasblari edi. Olloh taolo
Imomimizga bu kasbda ham barakotlar ato qilgan.
Imomi A’zamning tijoratdagi halolliklari tarihda doston bo‘lib qolgan. Bu haqda zamondoshlari -
do‘stlari ham, dushmanlari ham yozib qoldirganlar. Mana ba’zi lavhalar: Imomimiz bir tojir sheriklari
bilan boshqa yurtga mol yuboribdilar. Mol ikki xil navli bo‘lib, biri sifatli, ikkinchi xili sifatsizroq
ekan. Imomimiz sheriklariga molni ikki xil narxda, yaxshisini kimmatroq, yomonini arzonroq sotasan,
deb tayinlabdilar. Lekin mol yetkazilgan yurtda aynan shu narsa taqchil bo‘lganligidan, molning
hammasi bir xil — qimmat narxda sotilib ketibdi. U kishi 30 ming kumush tangalik savdo qilib
Ko‘faga qaytibdi. Shunda Imomimiz o‘sha sheriklaridan: "Ikki xil navli molni ikki xil narhda
sotdingmi?" deb so‘rabdilar. U kishi, yo‘q, odamlar o‘sha qimmat narxga ham rozi bo‘lib sotib
olaverdilar, deb javob beribdi. Shunda Imomi A’zamning dili og‘rib, o‘sha 30 ming tanga Olloh
yo‘lida sadaqa bo‘lsin, debdilar. "Lekin men bu sadaqadan savob umid qilishga Ollohdan hayo
qilaman, odamlarni aldab savdo qilibsiz, shuning uchun endi oramizdagi sheriklik ham bitdi", deb 15
yillik sheriklaridan ham voz kechgan ekanlar. Birovning haqidan qo‘rqish, ya’ni Ollohdan qo‘rqish
Imomi A’zam rahmatullohi alayhda shu darajada quvvatli ekan.
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |