47-DARS
1-mashq
.
Ergashgan qo’shma gap turlarini va ergash va bosh gaplarni aniqlang.
1.Shunday
yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim.2.Endi siz-larga muborak
topshiriq shuki, har biringiz alohida-alohida ketasiz.3.Eng yaxshi yo’l shuki, yaxshi do’st –yor
diydoridan ayrilishni ixtiyor etmaydi.4.Shu narsa qiziqki,
uyquda ham miya faoliyatini
to’xtatmaydi.5.Ahmad shuni biladiki, dushman bu tepalikni qattiq qo’riqlaydi.6.Tilagim shuki ,
tog’a, ayam bilan ukam kishilarga muhtoj bo’lmasin.7.Shunday odamlar borki, kelajakni oldindan
bashorat qila oladilar.8.Anvarga shunisi qiziq tuyuldiki, bu yerda
hamma daraxtlar bir chi-ziq
ustida saf turadi.9.Bilingki, salomat bo’lish gapirib malomatga qolishdan afzal. 10.Kimki dushmani
bilan urushayotib ham insonparvarlikni unutmasa, albatta yengadi.11.Kim birovlarga yaxshilik
qilsa,uning obro’yi baland bo’ladi.12.Bu sa-vollardan ma’lum bo’ldiki,
aybnoma uydirma
emas.13.M.Yusuf ijodining o’ziga xos xususiyati shundaki, juda oson o’qiladi, sodda
xalqchil.14.Sevgi
shunday nav-bahorki, u tikandan gul qilur.15.Kimki ilm urug’ini sepsa, u
ulug’lik mevasini tera-di.16.Shuni anglamoq kerakki, ota-ona uchun farzanddan yaqin kimsa yo’q.
2-mashq
.
Ergashgan qo’shma gap turlarini va ergash va bosh gaplarni aniqlang.
1.Kim suvni
ichgandan so’ng yolg’on gapirsa, uning qulog’i o’sib ketarmish.2.Bu-ning natijasi shu bo’ldiki,
To’laganning qanshariga musht tushdi.3.Shu narsa aniq-ki, tarixni
yaxshi bilmagan odam oxir-
oqibatda qul sifatida kun kechiradi.4.Kim yalqov bo’lsa, uning qo’lida obo dyer ham xarob
bo’ladi.5.Bir narsa aniqki, ahvol yomon.6.Qisqa gap shuki, odam so’zi bilan taniladi.7.Bu o’rinda
shuni aytish kerakki, Qalandarovlarni o’sha davr hayoti yarata boshlagan edi.8.Donolarning o’giti
shundayki, so’zning lazzati uni gapirishda emas, balki uni eshitishdadir. 9.Qalbingiz
nimani
buyursa, siz menga shuni buyuring.10.Men senga shunday narsalarni keltirayki, ularni tushingda
ham ko’rmagansan.11.Shundan ehtiyot bo’lingki, birovning ota-onasini haqorat qiling.12.Kimki
taqdirga
tan bersa, u hayot to’lqinida g’arq bo’lib ketadi.13.Shuni bilib qo’yingki, siz suyangan
tog’ning tagi nurab qolgan.14.Qizig’i shuki, shu ko’rinishiga ovozi muloyim.15.Kimki birovga
yomonlik qilsa, u shu dunyoning o’zidayoq jazosini ko’radi.