ehtiyot bo’lish lozimki, hamrohingiz also nodon bo’lmasin.18.Shuni sezdimki, oila a’zolari bir-biri
bilan juda inoq ekan.19.Kim alam chekmadi umrida bir bor, u meni anglamas-anglamas
also.20.Maslahatim shuki, bugun o’zga bir go’shaga chekining.21.Saxiylikni odat qilgan bo’lsa
kim, qo’lidan davlati ketmasin uning!
1-mashq.
Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda tinish belgilarning qo’yilish sababini tushuntiring.
1.Avval ular bizga yetib olishsin, keyin birga jo’naymiz.2.Yuragida qanday dard bor –mana bu
menga sir.3.Kuz keldi, yig’im-terim boshlandi.4.To’rt mashina o’g’it yubordik –fermerlarga
vaqtida taqsimlansin.5.Yog’ib yubordi-da yomg’ir, nihoyat,
osmon dil qulfini zaminga
sochdi.6.Yaxshi o’g’il-el obro’si, yaxshi qiz uy obro’si.7.Bulbul sayrar, chumchuq chiqchirar,
xabar berar asl zotidan.8.Sodiqjon to’xtadi, orqasidan kimdir kelayotgan edi.9.Sabr bila bog’liq ish
ochilur, ishida oshiqqan ko’p toyilur.10.Kampirning jig’i-biyroni chiqdi;ombordan olib chiqqan bir
savat paxtasi bilan chig’irig’ini ko’rsatib, vaysagancha, uyiga kirib ketdi.11. G’animlar duch kelar-
jang bo’lar puxta.12.Mening bir jaydari falsafamdir shu:hargiz iltimosga kuning qolmasin.13.Qiz
uni ushlab qolgani urindi juda qiyna-lib ketdi:qo’llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari
tirmalandi.14.Eshakni yaydoq minib bo’lmaydi –yiqiladi kishi.
2-mashq.
Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda tinish belgilarning qo’yilish sababini tushuntiring.
1.Quyosh tik ko’tarilgan,uning otashi yer yuzini yondirishga
qasd qilgandek avjga mingan
edi.2.Menga chiroq bermas edilar, sham sotib olishga pulim yo’q edi.3.Oq-shom tushgan,osmon
yulduzlarga to’lib ketgan.4.Pag’a-pag’a mayin qor osmondan quyilib turadi;shamolning sekin,
bo’g’iq guvillashi eshitiladi.5.Uyning peshtoq shaklida qurilgan uchta tor derazasi yerdan ancha
ko’tarilgan,derazaning xira oyna-lari quyosh nurida rang-barang tovlanadi.6.Qishloqlar
bir-biriga
o’zshamaydi, hammasining o’ziga xos arxitekturasi bor.7.Iyul oyining quyoshi hamma yoqni olov
seli bilan to’ldirgan, havo allaqanday oq alanga bilan jimgina yonganday. 8.Saodatxon darchani
ochib yubordi, uyga muzdek kuz havosi kirdi.9.Dovulli shamol esar, sharros yomg’ir
quyardi.10.Tashqarida shamol chiyillar,zalvorli havo to’lqinlari vagonga qattiq bir narsaday urilar,
tunuka tomning allaqayeri “qirs-qirs” etib qo’yardi.11.Bir tomonda yon-bag’ri kemirilgan Farhod
tog’i mag’rur turar, pastlikda jilvalangan Sirdaryo yaltillab oqar edi.12.Havo musaffo, osmon
moviy tus olgan.13.Boltavoy Siddiqjonga ketmon keltirib berdi va uni kuzatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: