www.ziyouz.com
kutubxonasi
41
Madina va Makkada yashamaganlari uchun hadislarni kam bilar ekanlar, deb yuradigan
birodarlarimiz ham yo‘q emas...
— Janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning 124 ming adadli sahobasining 150 nafari, yana
boshqa bir rivoyatga qaraganda 1500 nafari Ko‘fada yashaganlar. Bular shunchaki ilmsiz sahobalar
emasdilar. Rasulullohdan keyin ko‘p ilmli sahobalar Ko‘faga kelganlar. Ularning eng ulug‘laridan
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu, hazrati Ali karramallohu vajhahu kabi ulug‘ zotlar xam
Ko‘fada istiqomat qilib turgandilar. Demak, Imomi A’zam tarbiyalangan muhit— Ko‘fa iqlimi
hadislarga boy bir iqlim edi. Shuning uchun Imomimiz o‘zlari taqriban 4000 hadis rivoyat qilganlar.
"Musnadi Abi Hanifa" dyogan alohida hadis kitoblari bor.
Takror bo‘lsa ham aytamizki, 124 ming sahobaning hammasi ham ilmli bo‘lmagan. Ularning
orasida cho‘poni ham, dehqoni, tijoratchisi, hunarmandi ham bo‘lgan. Shu bilan birga ulamolari ham
bo‘lgan. Shu katta sanoqdan 130 kishi muftiylik maqomiga, ya’ni har qanday masalada fatvo beradigan
maqomga yetgan ekan. O‘sha 130 sahobaning ichidan 6 kishigina mujtahid degan maqomga chiqqan
ekan. Bu Qur’onu hadis asosida masala chiqarish iqtidoriga ega bo‘lishdir. Imomimiz o‘sha mujtahid
sahobalarning olti nafaridan hadis rivoyat qilganlar. Ular Rasulullohni shunchaki bir soat ko‘rib qolgan
kishilar emas, balki U Zotning yonlarida juda uzoq vaqt hamsuhbat bo‘lgan kishilar edilar.
Abdulloh ibn Mas’ud, Abdulloh ibn Abbos, Abu Dardo, Ubay ibn Ka’b, Abu Muso al-Ash’ariy
kabi sahobalar mujtahidlik maqomigachiqqan kishilar edilar. Imomimiz bularning hammalarvdan hadis
rivoyat qilganlar.
Demak, Imomi A’zamni u qadar hadisga mohir emas, deganlar johil kimsalardir, o‘z imomini
tanimaydigan kishilardir. Yoki ular bir ulug‘ zotning manzilatini pastga tushirmoqchi bo‘lgan
badg‘araz kishilar bo‘lib chiqadi.
—
Ustoz, endi mazhablar o‘rtasidagi ayrim yaqqol ko‘zga tashlanadigan ixtiloflar haqida aytib
bersangiz?
— Buning uchun biz hozir bir masalani bayon qilamiz. Shunda, balki ko‘p mushkul hal bo‘lib,
odamlarimiz o‘rtasida tushunilmagan narsalarga aniqlik kirib qolar.
Keyingi davrda, alhamdulilloh, Olloh taolo marhamati bilan chegaralar ochilib, xorij bilan bordi-
keldi ko‘paydi. Erkin ravishda diniy bilimlarni olishimizga sharoitlar bo‘ldi. Bu shuqr qilishimiz kerak
bo‘lgan ne’mati ilohiyadir.
Lekin, shu bilan birga chegaralar ochilgach, xilma-xil oqimlar bizning diyorimizga kirib kela
boshladi. Yoxud diyorimizdan chetga safar qilganlar boshqa mazhablardagi kishilarning ibodatlariga
guvoh bo‘ldilar. Natijada, o‘rtada ayrim masalalarda ixtiloflar yuzaga chiqdi.
Shunday ixtilofli masalalardan biri avvalgi suhbatlarimizda ham bir qadar qisqaroq gapirib
o‘tganimiz — namoz ibodatlardagi "Omin" lafzini jahriy yoxud maxfiy aytish masalasidir. Bu ixtilof
mazhablar o‘rtasidagi ixtilofdir. Ma’lumki, imomimiz Imomi A’zam rahmatullohi alayh namozda
"Omin"ni maxfiy aytish lozim deydilar. Boshqa bir mazhab sohibi Ahmad ibn Hanbal rohimahullohu
namozda "Omin"ni jahriy (ovoz chiqarib) aytish kerak, deydilar. Mana ikki imom o‘rtasida ixtilof
paydo bo‘ldi. Lekin ikki imom ham behuda gapni emas, dalili, hujjati bor gapni aytdilar. Darvoqe,
Imomi Shofe’iy va Imomi Molik ham namozda "Omin"ni maxfiy aytishni tan oladilar. Faqat Ahmad
ibn Hanbal "Omin"ni jahriy aytilsin, deydilar. Bunday deyish uchun dalil sifatida u kishi hadis
keltiradilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning sahobalarydan Abdulloh ibn Zubayr
degan kishi (Olloh u kishidan rozi bo‘lsin) Payg‘ambarimiz namoz o‘qiyotganlarida "Omin"ni jahriy
aytganlar, deb hadis rivoyat qilganlar.
E’tibor qiling: Abdulloh ibn Zubayr Payg‘ambarimiz vafot qilganlarida 9 yashar bola edilar. Mana
shu kishi Payg‘ambarimiz vafotlaridan keyin namozda "Omin"ni jahriy aytdilar va boshqalarga ham
shuni tavsiya qildilar.
Yana bir sahoba Voil ibn Juhur degan zot (Olloh u kishidan rozi bo‘lsin) Payg‘ambar
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |