www.ziyouz.com
kutubxonasi
44
to‘xtalsangiz. Chunki u yoki bu shaxs haqidagi ma’lumotlarni to‘la idrok qilish uchun o‘sha shaxs
yashagan zamon va makon to‘g‘risida bir oz tasavvur bo‘lishi kerak...
— To‘g‘ri, O‘ktambek. Biz avvalroq Imomi A’zam rahmatullohi alayhning Ko‘fada tavallud topib,
o‘sha yerda dastlabki ilmiy ma’rifatlarini hosil qilganlari haqida gapirdik. Sizning savolingizga javob
tariqasida bu sha-hardagi diniy va ilmiy iqlimning naqadar yaxshi bo‘lganligi to‘g‘risidagi
gaplarimizga yana ba’zi qo‘shimchalar bo‘ladigan jihatlarni aytay:
Bu shahar hazrati Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning eng ulug‘ sahobalaridan,
Payg‘ambarimizdan keyingi ikkinchi xalifa bo‘lgan hazrati Umar ibn Hattob zamonlarida — hijriy 17
yilda barpo bo‘lgan shahardir. Islom tarixidan ma’lumki, dinimizning dunyoga tarqalishidagi eng
muhim davr hazrati Umar roziyallohu anhu xalifalik qilgan yillarga to‘g‘ri keladi. Jumladan, Iroq
mamlakatlarining islom askarlari tomonidan zabt etilishi ham hazrati Umarning xalifalik yillariga
to‘g‘ri kelgan. Iroq zabt etilgandan so‘ng, hazrati Umar roziyallohu anhu hijriy 17 yilda Ko‘fa shahrini
barpo qilishga qaror qilgan ekanlar va shu shaharda yashaydigan kishilarga islomiy ilm o‘rgatsin uchun
suhbatimiz davomida zikr etib o‘tilgan ulug‘ sahoba Abdulloh ibn Mas’udni jo‘natgan ekanlar.
Mana shu joyda bir e’tiborga loyiq nuqta bor. Hazrati Umar hazrati Abdulloh ibn Mas’udni
Ko‘faga jo‘natar ekanlar, u zotning ortidan ko‘faliklarga yuborgan salomlarida mana bunday gap bor
ekan: "Islom davlatining poytaxti Madinai Munavvaradaga musulmonlar — hammamiz Abdullohning
ilmlariga tashnamiz. Lekin hozir o‘zimizni qo‘yib sizlarga yuboryapman Abdullohni. Sizlar
foydalaninglar. Lekin unutmangki, Madinadagi butun sahobalar Abdullohning ilmiga muhtojdirlar".
Demak, Abdulloh ibn Mas’udning ilmi shu darajada mukammal ekan. Bu zot Ko‘fada islomiy
ma’rifatni shu qadar yoydilarki, natijada hazrati Umardan keyin xalifalik qilgan zot — hazrati
Usmondan so‘ng xalifa bo‘lgan hazrati Ali Ko‘fani Islom davlatining poytaxtiga aylantirdilar. Hazrati
Ali xalifa sifatida Ko‘faga kirib kelgan davrda bu yerda 4 ming nafardan ziyod juda yetuk bilimli
ulamo bor edi. Bularning barchasi Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan ta’lim olgan edilar. Bu
holatni ko‘rgan hazrati Ali: "Abdullohning mukofotini Ollohning o‘zi bersin. Ko‘fani ilmga to‘ldirib
qo‘yibdi-ku!" deb marhamat qilganlar.
Endi hazrati Alining o‘zlariga kelsak. Bu kishining ilm darajalari haqida Rasululloh sallallohu
alayhi vasallam, "Ilm shahri bo‘lsa u — menman, bu shaharning darvozasi Alidir", degan edilar.
Ummati Muhammadiya ichidagi eng bilimdon kishilardan bo‘lgan hazrati Ali Abdulloh ibn
Mas’udning Ko‘fa shahridagi mehnatlarini yuqorida aytilganidek, yuqori baholagan ekanlar.
Hazrati Imomi A’zam rahmatullohi alayh mana shunday iqlimda unib-o‘sganlar... Rivoyatlarda
keladiki, Imomi A’zamning bobolari Zuto otalari Sobitni go‘daklik chog‘ida hazrati Alining oldiga
olib borib, o‘g‘limning haqiga duo qiling, deb iltimos qiladi. Shunda hazrati Ali roziyallohu anhu,
o‘g‘lingga Olloh muborak zurriyot ato qilsin, deb duo qilgan ekanlar. Mana shu ulug‘ sahobaning
duolari ijobat bo‘lib, Sobitga — Zutoning o‘g‘li Sobitga Olloh No‘‘mon degan farzandni ato qildiki,
bu Siz bilan bizning imomimiz Imomi A’zam No‘‘mon ibn Sobit Abu Hanifadirlar.
Shunday qilib, Imomimiz diniy ilmda mukammal bo‘lib, xususan, hadis ilmida ham shu qadar
mahoratli bo‘lgan ekanlarki, bu haqda Hasan ibn Ziyod degan zot, Imomi A’zam shaxsan 4 ming hadis
rivoyat qilganlar, deydilar. Shu to‘rt ming hadisning teng yarmini ustozlari Hammod ibn Sulaymondan
rivoyat qilganlar, qolgan 2 mingini boshqa tobeinlardan rivoyat qilganlar, deb aytganlar. Bu
Imomimizning hadis ilmidagi mahorati haqida zamondoshlarining e’tirofidandir. Ko‘fa shahridagi bu
go‘zal iqlim Imomi A’zam tug‘ilgan davrga to‘g‘ri kelgan edi. Bu davrda suhbatimizning avvalida
aytganimizdek, Ko‘fada 1500 sahoba yashagan edi. Demak, bu sahobalarning ilmlaridan bahra olgan
imomimiz Imomi A’zam rahmatullohi alayh shunday ilmda tengsiz bir maqomda hammaga ustoz
bo‘lib, nafaqat oddiy musulmonlarga, balki din peshvolari bo‘lgan mujtahid ulamolarga ham ustozlik
darajasiga chiqqan ekanlar. Ulamolardan biri hazrati Imomi A’zam rahmatullohi alayhni eng kamida
83 mingta masala aytganlar, deydilar. Bu - to Qiyomat so‘ralishi mumkin va lozim bo‘lgan hamma
masalalarga Imomi A’zam javob aytganlar, deganidir. To‘rt mazhab ichida Imomi A’zamning mazhabi
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |