3- mavzu. Parafinlar reja



Download 110,56 Kb.
bet1/2
Sana21.01.2022
Hajmi110,56 Kb.
#394106
  1   2
Bog'liq
3- mavzu. Parafinlar


3- mavzu. Parafinlar

REJA

1. Parafinlar

2. Past parafinlar.

3. Yuqori parafinlar.

4. parafinlarni ajratish
Yuqorida aytilganidek, organik moddalar ishlab chiqarish uchun xom- ashyo manbalaridan biri hisoblangan parafinlar xaqida gaplashamiz.

Parafinlar. Organik sintez uchun texnik jixatdan muxim bo‘lgan parafinlarni (to‘yingan uglevodorodlarni) quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1.Past parafinlar (C1dan C5 gacha).

2. YUqori parafinlar (C10 dan C40 gacha).

Past parafinlar. Parafin uglevodorodlari: metandan (CH4) to butangacha bo‘lgani (C4H10) oddiy sharoitda gazsimon moddalar, pentanlardan C5H12 to C16H34 gachasi past temperaturada qaynaydigan suyuqliklardir. Ularni xossalarini 1-jadvaldan ko‘rish mumkin.

1-jadvaldagi raqamlardan ko‘rinishicha, metandan boshqa uglevodorodlar bosim ostida suv bilan sovutilganda kondensatsiyalanish xossasiga ega. n- butan va izobutanlarni qaynash temperaturasi bir-biridan katta farq qilganligi sababli, izomerlarni rektifikatsiya usuli yordamida ajratish mumkin.

Past parafinlar suvda va qutbli erituvchilarda yomon eriydi, lekin boshqa uglevodorodlar va qattiq adsorbentlarga yutilish xususiyatiga ega. Ularning molekula massasi ortishi bilan yutilish xususiyatiga ham ortib boradi, shuning uchun S1,S2,S3,S4 parafinlarni adsorbsiya yo‘li bilan ajratish mumkin. Past parafinlar havo bilan portlovchi aralashma hosil qiladi, shuning uchun ularni ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish sexlari A kategoriyasiga mansub bo‘ladi.

1-jadval

Past parafinlarni xossalari



Organik sintez uchun xom-ashyo sifatida, asosan metan, n-butan, izobutan, izopentan ko‘proq qo‘llaniladi.

Yuqori parafinlar. To‘g‘ri zanjirli uglerod atomidan iborat parafinlar organik sintezda xom-ashyo sifatida muhim o‘rinni egallaydi. Ularni S16-gacha bo‘lgan vakillari xona sharoitida suyuqlik, S16-dan yuqorilari esa qattiq moddalar hisoblanadi. Ularni suyuqlanish temperaturasi uglerod zanjiri ko‘payishi bilan ortib boradi, n- parafinlarni suyuqlanish temperaturasi tarmoqlangan izomerlarga nisbatan yuqori bo‘ladi.

Neft mahsulotlaridan ajratish vaqtida n-parafinlar aralashma xolida ajraladi. Ular orasida yumshoq va qattiq parafinlar muhim ahamiyatga ega. YUmshoq parafinlarning tarkibi C11-C20 uglevodorodlardan iborat bo‘lib, ular 200 dan 320-350 0C interval orasida qaynaydi.

Qattiq parafin C20- C35 uglevodorodlaridan iborat bo‘lib, ular 300-350 dan 450-500 0C qaynaydi.

2. Past parafinlarni ajratish. Past parafinlarning (C1-C5) asosiy manbai tabiiy va yo‘ldosh gazlar, neft zavodlarida hosil bo‘ladigan gazlardir.

2-jadval

Uglevodorod gazlari tarkibi (xajm %)



Gaz

CH4

C2H6

C3H8

C4H10

C5H12

N2 va x.k.

Tabiiy gaz

70-97,5

0,1-8

0,1-4

0,001-1

0-0,3

1-15

Gaz kondensat konlaridagi gaz

75-90

3-9

1-3

0,5-1

0,5-1

1-4

Yo‘ldosh gaz

Separatordan so‘ng

Stabillangandan so‘ng

35-90


1-5

4-20


5-15

3-30


20-30

2-13


30-40

1-4


15-25

0,5-11


-

Tabiiy gazlar deb, gaz konlaridan olinadigan gazlarga aytiladi. Yo‘ldosh gazlar deb, neft konlaridan neftni qazib olish vaqtida ajralib chiqadigan gazlarga, aytiladi. Bu gazlarning bir qismi separatorlar yordamida ajratiladi, qolgan qismi esa neftda erigan xolda qoladi va neftni stabillash jarayonida ajratiladi, ya’ni uchuvchan komponentlarni haydab olinadi. Turli gazlar tarkibi 2- jadvalda kursatilgan.

2-chi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tabiiy gaz asosan, metan va etan olish uchun man’ba bo‘lishi mumkin. Tabiiy gaz va gaz-kondensati konlaridagi gazlar tarkibi bir-biriga yaqin. С35 parafinlarni olishda yo‘ldosh gazlar muhim ahamiyatga ega.

Gazlarni fraksiyalarga ajratish moslamalari. Yo‘ldosh gazlarni ajratish uchun absorbsiya, adsorbsiya, kondensatsiya va rektifikatsiya usullaridan foydalaniladi. Ularni orasida eng ko‘p qo‘llaniladigani rektifikatsiya bo‘lib, bu usul yordamida 2-4 MPa bosim ostida sovuqda yo‘ldosh gazlar individual komponentlarga ajratib olinadi.

Metan, etanni boshqa uglevodorodlardan ajratishda past xaroratdagi rektifikatsiya bilan adsorbsiya usuli birgalikda qo‘llaniladi. Yo‘ldosh gazlarni qayta ishlash korxonalarida gazlarni ajratish uchun gaz fraksiyalovchi qurilmalardan (GFK) foydalaniladi.

Bu qurilmalar 6-10 kolonnadan iborat bo‘lib, ulardagi tarelkalarning miqdori 400-700 atrofida bo‘ladi. S1-S5 uglevodorodlarini ajratish sxemasi bilan tanishamiz (1-rasm). Yo‘ldosh gaz 1-kompressorda suv yordamida sovutilgandan so‘ng 2-rektifikatsiya kolonnasiga yuboriladi, u erda C1-C3 uglevodorodlar ajratiladi. Flegma hosil qilish uchun 3-deflegmatorda sovutish vositasi sifatida suv yoki qaynovchi propandan foydalaniladi. Engil fraksiya 5-kolonnada rektifikatsiya jarayoniga yuboriladi. U erda flegma hosil qilish uchun sovutish jarayonida qaynovchi propandan foydalaniladi. Kolonnaning yuqori qismida gaz, qoldiq qismida esa suyuq propan qoladi.



1-rasm. C1 -C5 uglevodorodlarini ajratish texnologik sxemasi:

1- kompressor; 2,5,6,7,8,9-rektifikatsiya kolonnalari; 3-deflegmatorlar; 4-qaynatgichlar 10-drossel ventil

C4H6 dan iborat og‘ir fraksiya 2-kolonnadan 0,8 MPa bosim ostida 6- kolonnaga yuboriladi va u erda C4 fraksiya xaydaladi va 7-kolonnaga rektifikatsiya jarayoniga yuboriladi. Natijada 98% (mass) normal va izobutan fraksiyalari hosil bo‘ladi. 6-kolonnadagi kub suyuqligi 0,3 MPa bosimgacha drossellanadi va rektifikatsiyalanish uchun 8-kolonnaga keladi. U erda C5 uglevodorodlar boshqalaridan ajratiladi. 9-rektifikatsiya kolonnada esa C5 fraksiyalar n-pentan va izopentanga ajratiladi. Pentan va butanlar izomerlarini qaynash temperaturasi bir-biriga yaqin bo‘lganligi sababli, ularni ajratish uchun kolonnalarga 100-180-tagacha tarelka o‘rnatiladi




Download 110,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish