Microsoft Word imomi a'zam buyuk imomimiz lotin ziyouz com doc



Download 448,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/56
Sana01.02.2022
Hajmi448,17 Kb.
#424632
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56
Bog'liq
Alouddin Mansur. Imomi A\'zam - buyuk imomimiz

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
42
alayhissalomdan rivoyat qilib: "Men Payg‘ambarimiz ortlarida namoz o‘qidim, Payg‘ambarimiz 
namozda "Omin"ni oshkor ovoz chiqarib aytdilar", deydilar. Bu ham haq hadis. Lekin, Voil ibn 
Juhurning o‘zi kim edi? U Yamanning podshohi bo‘lib, boshqa dindagi kishi edi. Janob Rasulullohning 
payg‘ambar bo‘lib yuborilganlarini eshitib, u kishini Olloh hidoyat qilib, Rasulullohning huzurlariga 
kelib iymon keltirganlar. Va Payg‘ambar alayhissalomning orqalarida bir hafta namoz o‘qiganlar. 
Shynda Payg‘ambar alayhissalom namoz o‘qishning tartibini o‘rgatish uchun bo‘lsa kerak yangi 
o‘rganayotgan kishiga "Omin"ni ham jahriy aytib berganlar. Bir haftadan keyin u kishi iymonga kirib, 
namozni o‘rganib yurtlariga qaytib ketganlar va umrlarining oxirigacha Rasulullohni qayta 
ko‘rmaganlar. 
Demak, "Omin"ni ovoz chiqarib aytish kerak, degan bir sahoba Rasulullohning vafotlarida 9 
yashar bola bo‘lsa, boshqa sahoba Rasulullohni bor-yo‘g‘i bir hafta ko‘rgan kishi edi, xolos. 
Bizning imomimiz Imomi A’zam rahmatullohi alayh namozda "Omin"ni maxfiy aytish kerakligi 
to‘g‘risida Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar. Bu kishi bir kuni — 
Rasulullohning vafotlaridan keyin yonlaridagi hamsuhbatlariga: "Men Sizlarga hozir Payg‘ambar 
alayhissalomning namozlarini o‘qib beraman", dedilar. Va namoz o‘qib ko‘rsatib berdilar. Shu 
namozlarida qo‘llarini yelka barobariga ko‘tarmadilar va shu bilan birga "Omin"ni ham ichlarida 
aytdilar. Rasululloh namozni shunday o‘qiganlar, deb bayon qildilar. 
Abdulloh ibn Mas’ud boshqa bir hadislarida esa mana bunday deganlar: "To‘rt narsani namozxon 
odam pinhon o‘qiydi: "Allohu akbar", deb namozga kirgandan so‘ng "Subhanakaallohumma" deb 
boshlanadigan sanoni, "Auzu..."-ni, "Bismillah..."ni va "Omin"ni". 
Shu hadisni, ya’ni Rasululloh "Omin"ni maxfiy aytinglar, deb buyurganlar, namozlarida maxfiy 
aytganlar, degan hadisni rivoyat qilgan Abdulloh ibn Mas’ud Payg‘ambar alayhissalom bilan 22 yil 
yonma-yon turgan sahoba edilar. Payg‘ambar alayhissalom: "Qur’onni nami ketmagan holda, ya’ni 
menga nozil kilingan holida o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, Abdulloh ibn Mas’uddan o‘rganing", degan 
edilar. 
Ana endi insof bilan o‘zimiz qaysi yo‘lga yurishni tanlashimiz mumkin: Rasulullohning namozlari 
haqida gapirgan 9 yoshli bolaning gapi to‘g‘riroq bo‘ladimi, Rasulullohni umrida bir haftagina ko‘rgan 
sahobaning gapi to‘g‘riroq bo‘ladimi yoki Payg‘ambarimiz bilan 22 yil yonma-yon turgan, hatto 
Payg‘ambarning bolalaridan deb sanalib kelgan Abdulloh ibn Mas’udning gaplari to‘g‘riroq 
bo‘ladimi? 
Albatta, Rasulullohning yonlarida uzoq vaqt hamsuhbat bo‘lgan, Islom millati ichida eng katta 
olim deb tan olingan Abdulloh ibn Mas’udning gapi haqroqdir, deb e’tiqod qilamiz, afzal deymiz. 
Bizning imomimiz shu hadis asosida "Omin"ni maxfiy aytishni buyuradilar. 
Qolaversa, dinimizdagi asosiy manba — Ollohning kalomi — Qur’oni Karimga murojaat qilsak, 
Yaratgan Parvardigorimiz ibodatimiz xususida bizlarga: "Parvardigoringizga duo qilishda Ollohdan 
qo‘rqib va ichingizda duo qiling", deb buyurgan. Bu Ollohning kalomidir. 
"Omin" deb aytadigan kalimamiz duodir. Demak, bizlar duoni ichimizda aytishimiz Qur’onning 
mana shu ko‘rsatmasiga, Rasululloh hazratlarining hadislariga muvofiq bo‘ladi va shuning uchun 
imomimiz va boshqa ikki imom ham namozda "omin"ni maxfiy aytishni bizlarga kitoblarida qoldirib 
ketganlar. 
Hozirda ayrim kishilar mana shu masalaga tushunmasdan musulmonlar o‘rtasiga ixtilof solib 
qo‘ymoqdalar. Ba’zi masjidlarda dindosh birodarlar, og‘a-inilar bir-birlari bilan shu masala ustida 
"san-man"ga borib qolgan hollari ham quloqqa tushadi. Bizlar buning asosini bilsak, bu narsaning 
qaerdan, qay holatda vojib bo‘lganligini bilsak, tadqiq qilsak — inshoolloh, musulmonlarimizning 
ittifoqligiga sabab bo‘ladi. 
Men sizga imomimiz chiqargan masalalardan birini aytib berdim. Bunday masalalar mazhabimizda 
juda dalilli, isbotli va ko‘pdir. 
Masala chiqarish, Qur’onu hadisni anglash shu qadar nozik ishki, imomimiz Imomi A’zam 


Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz 

Download 448,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish