www.ziyouz.com
kutubxonasi
48
qo‘shnimni ozod qiling, unga mening o‘zim kafilman, deb iltimos qilibdilar. Ko‘faning amiri, albatta,
Imomi A’zamning kim ekanligini bilar edilar. Shuning uchun u kishining hurmatidan nafaqat badxulq
qo‘shnini, balki keyingi ikki kun davomida hibsga olinganlarning hammasini qo‘yib yubordilar.
Shundan so‘ng u qo‘shniga Xudo insof berdi. U zindondan to‘g‘ri Imomi A’zamning huzuriga keldi.
Tavba qilib, Imomimizga shogird bo‘ldi.
Tarix kitoblarining guvohlik beripshcha, u kishi keyinchalik katta olim bo‘lib ketgan ekanlar.
Zamondoshlarning ta’kidlashlariga qaraganda, Imomi A’zam ancha-muncha kishilarni bir
qo‘rishdayoq holatlariga qarab qanday odam ekanliklarini aniq aytib bera oladigan darajada farosatli
kishi bo‘lgan ekanlar. Juda ko‘pchilik mana shu narsani tan olib e’tirof etadi.
Imomi A’zamning masala bobida beqiyos bo‘lganliklariga yana bir misol. Bu misol hozirgi zamon
uchun unchalik ajablanarli bo‘lmasa-da, Imomimiz yashagan davr uchun ancha mushkul edi. Ya’ni,
aksari masalalarni Imomi A’zam o‘z farosatlari bilan yechar edilar. Bunga bir misol, Ko‘fada bir ayol
egizak farzand ko‘ribdi. Egazaklar bir-birlariga bellaridan yopishgan hodda tug‘ilibdilar. Hozir
bundaylarni Siyom egizaklari deb ataydilar. Bir oz fursat o‘tgach, o‘sha ikki chaqaloqdan birining ajali
yetib o‘ladi, ikkinchisi esa tirik. Agar bu holat bizning zamonda ro‘y bersa, darhol jarrohlar aralashib
masalani nashtar bilan hal qilib qo‘ya qoladilar. Lekin gap 1300 yil avval bo‘lgan voqea xususida,
tabobat rivojlanmagan davrda ro‘y bergan voqea haqida ketyapti. Xullas, hamma hayron. O‘likni
qo‘ymoqchi bo‘lsalar, uning tirik sherigi bor. Ko‘mmasalar ...
Shunda hech kim jo‘yali bir javob aytolmagan mazkur masalaga Ollohning ilhomi bilan Imomi
A’zam javob qiladilar. U kishi, bu bola ko‘miladi, lekin shundoq qo‘miladiki, tirik bola yerning ustida
qoladi, deydilar. Xuddi shundoq ko‘madilar va Ollohning qudrati bilan sanoqli kundan so‘ng yer o‘sha
marhum farzandni tirik farzanddan ajratib oladi. Tirik bolaning hayoti mana shunday saqpab qolinadi.
Keyin uni Imomi A’zamning o‘g‘li deb ataydilar. Imomimizning bu "o‘g‘li" uzoq yillar umr ko‘radi.
Insoniyat tarixida juda kam uchraydigan mazkur hodisaga bog‘liq masalani hal qilishda Imomimiz
favqulodda farosatli ekanliklarini namoyish qilganlar.
—
Imomi A’zam rahmatullohi alayhning mansabga munosabati qanday edi ?
— Bu ham batafsil to‘xtalishga arziydigan mavzudir. Imomimizning ilmiy darajasi qanchalik
yuksak, odamiyligi mislsiz ekanligini davlat boshliqlari ham, albatta, bilar edilar. Ko‘fa viloyati va
shahrining hokimi Ibn Hubaya Imomi A’zamga Ko‘fa viloyatiga qozi bo‘lishni taklif qiladi.
Imomimiz, men qozilik lavozimida ishlashga Ollohdan qo‘rqaman, deb hokim taklifini rad etadi. Gapi
qaytganidan g‘azablangan hokim, taklifimni qabul qilmasangiz, zindonband bo‘lasiz, sizni har kuni o‘n
darra uradilar, deb tahdid qiladi. Shunda Imomi A’zam rahmatullohi alayh: "Ollohning oxirat
Diyoridagi azobidan bu dunyodagi hokimning azobi, albatta, yengil bo‘ladi, men roziman", deydilar.
Shu tariqa zindonni qozilikka almashtiradilar. Xursandlik bilan hibsga olinib, zindon-band qilinadilar.
Imomi A’zamni zindonband qilganlaridan so‘ng 10 qun davomida hokimning huzuriga olib borar
ekanlar. Hokim u zotdan, o‘ylab ko‘rdingizmi, rozilik berasizmi endi qozi bo‘lishga, deb so‘rar ekan.
Rad javobi-ni eshitgach, g‘azablanar, yana 10 darra urishga buyurar ekan. Imomimiz kaltaklanib
zindonga qaytgandan so‘ng yig‘lar ekanlar. Hamzindonlari bu holatdan hayron. Nihoyat, Imomimizdan
nega bunday qilayotganlarini so‘rashga jur’at qilibdilar. Axir sizga lavozim bermoqchilar-ku, uni
tezroq qabul qilingu shu azoblardan qutuling, deyishibdi. Shunda Imomi A’zam rahmatullohi alayh:
"Men kaltak zarbidan yig‘layotganim yo‘q Onamga rahmim kelganidan yig‘layapman. U kishi mening
zindonga tushganimdan, kaltaklanayotganimdan boxabarlar. Onam qanday chidayaptilar ekan! Meni
mana shu narsa yig‘latyapti", degan ekanlar. Shu tariqa 10 kunni azobda o‘tkazibdilar. O‘n birinchi
kunga o‘tar kechasi hokimning tushiga janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallam kiribdilar.
Payg‘ambarimiz hokimga, "Mening sunnatimni tiriltirib dunyoga yoyayotgan zotni zindonga olib
kirishdan qo‘rqmaysanmi?" deb tanbeh berdilar. Shundan so‘ng hokim tong otishi bilanoq shaxsan o‘zi
zindonga kirib, Imomi A’zam rahmatullohi alayhdan uzr so‘rabdi, u zotni ozod qilibdi.
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |