Johilki, hasad bo‘lg‘ay aning jahlig‘a zam, Nur el ko‘zidin anglasa o‘z ko‘zida kam



Download 40,5 Kb.
Sana22.04.2022
Hajmi40,5 Kb.
#575195
Bog'liq
RUBOIYLAR SHARH


1-TOPSHIRIQ

Johilki, hasad bo‘lg‘ay aning jahlig‘a zam,


Nur el ko‘zidin anglasa o‘z ko‘zida kam.
Ko‘zlarni alishmoqqa chekib tiyg‘i sitam,
El ko‘zini ham o‘yg‘ayu o‘z ko‘zini ham.
***
Johil ya’ni nodonning bilimsizligiga hasad ham qo’shilib, elning ko’zida nur ko’rsa, o‘zining ko‘zidagi nurni boshqalarnikidan kam deb biladi va ko‘zlarni almashlashga qaror qiladi. Ko‘zlarni almashlash uchun sitam tiyg‘i bilan elning ko‘zini ham o‘yadi, o‘zining ko‘zini ham o‘yadi. Va oqibatda elni ham, o‘zini ham ko‘r qiladi.

2-TOPSHIRIQ


Farzand ato qullug‘in chu odat qilg‘ay,


Ul odat ila kasbi saodat qilg‘ay,
Har kimki, atog‘a ko‘p rioyat qilg‘ay,
O‘g‘lidin anga bu ish siroyat qilg‘ay
**
Farzand padarini e’zozlab, nima desa, “xo‘p” deb turmoqni, otasining pand-nasihatlariga amal qilmоqni o‘ziga оdat qilsa, bu odati tufayli u saоdatga erishadi, unga baхt-u iqbоl eshiklari оchilib, martaba pillapоyalaridan ko‘tarilib bоravеradi. Qaysi farzand otasining so‘zlariga ko‘p rioya qilsa, bo‘ysunsa, uning o‘zi оta bo‘lganida, o‘z оtasiga qilgan hurmat-ehtirоmi o‘g‘lidan qaytadi. Zеrо, Hadisi sharifda aytilganidеk:”Оtangga riоyat qil – bоlangdan qaytadi”.

3-TOPSHIRIQ


Oltin-kumush etma kasbi davlat kunidin-
Kim tortar adab ulusni mehnat tunidin,
Gar yo‘qtur adab, nee sud oltun unidin,
Elning adabi xushroq erur oltunidin.
**
Davlating borida, omading kulgan kunlarda qora kunlarimda asqotadi deb oltin-kumush yig‘ishni o‘zingga kasbi odat qilma. Og‘ir kunlarda, boshga ish tushganida odamni odob-axloqi qiyinchilikdan olib chiqadi. Agar adabi bo‘lmasa kishining oltin-unidan nima naf? Insonning odobi uning oltinidan, boyligidan yaxshidir, barchaga xush yoqimli qiluvchidir.

4-TOPSHIRIQ


Juz jud-u saxo uuyini manzil qilma,
Imsokni saxo yuuziga hoyil qilma,
Qil yaxshiliq-u demakni doxil qilma,
Minnat bila yaxshilig‘ni botil qilma.
Ehson-u saxovat uyidan boshqa joyni manzil qilma. Baxillikni saxovat yuziga to‘siq qilma ya;ni baxillk bilan saxovatni to’sib qo‘yma. Yaxshilik qil-u ammo qilgan yaxshiligingni hech kimga aytuvchi bo‘lma. Qilgan yaxshiligini aytish – bu minnat qilishdir. Minnat bilan qilgan yaxshiligingni buzma, zoye qilma.

5-TOPSHIRIQ


Ulkim, ishi bevaqt-u mahal bo‘lmag‘usi,
Har ishtaki, sa’ay etsa xalal bo‘lmag‘usi,
Qonun bila kimgakim, amal bo‘lmag‘usi,
Ul qilmog‘i juz ranj-u zalal bo‘lmag‘usi.
* *
Kimki bevaqt-u bemahal ish qilmasa, nima ishga bel bog‘lasa, sa’y harakat qilsa ishiga hech narsa xalaqit qilmaydi, xalal bo‘lmaydi. Kimki davlat chiqargan qonunlarga amal qilmasa, rioya qilmasa, o‘ziga faqat azob va ziyondan boshqa narsa keltirmaydi

6-TOPSHIRIQ


Har kom sanga gar yetsa taammuldin bil,
Nokooomli q ursa yuz, tag‘ofuldin bil,
Maqsudg‘a ki yetmaging tavakkuldin bil,
Xasmingg‘a zafar hilm-u tahammuldin bil
**
Har safar maqsadingga yetganingda bilki, bu muvaffaqiyat - chuqur o‘ylash, diqqat bilan fikrlash, mulohaza yuritishning natijasirdir. Agar maqsadingga yetolmasang bilki, bu - tanlagan yo’ling noto’g’ri ekanligini bilib bilmaslikka solishing oqibatidir. Har qanday maqsadga yetishning yagona yo’li tavakkul - Tangriga umid bog‘lash, barcha hоllarda va amallarda Allоhga suyanish, o`zini bir faоliyat asbоbi hisоblab, barini Хudоga tоpshirishdir. Dushmaning ustidan zafar qozonishning yo‘li esa sabrlilik-u chidamdir.
7-TOPSHIRIQ
Donish tila-yu har sori gar ketgaysen,
Hifz aylamasang varaq yig‘ib netgaysen,
Saa’y aylaki, hifzi ganjig‘a yetgaysen,
Yo‘q ulki, kutub sa’y ila jam’ etgaysen.
**
Bilim olish, oliy ma’lumotli bo’lish uchun har tomonga ketasan. Ammo olgan kitobingni o‘qib, yodlamasang, o’zlashtirmasang, varaq yig‘ib netasan? Kitobni o‘qib-o’zlashtirishga tirish, harakat qil, shunda uning asl ma’nolar xazinasini yod olishga, esda tutishga erishasan. Bo’lmasa faqat kitoblar yig’ib, kutubxona jamlaysan, xolos. O’qilmagan kitobdan senda hech qanday bilim hosil bo’laydi.
8-TOPSHIRIQ
Tavrungda gunah kechurmoqin mavjuud et,
Sud qilibon bu nav’ki, beehaad suud et,
El g‘ussasini singurmoqin maqsuud et,
Bu sheva bila oqibating mahmuud et.
**
Birovdan gunoh o‘tsa, kimdir xato qilib qo‘ysa, kechirmoqni odat qil. Bu tarzda, ya’ni xatokorni kechirish, qilgan xatosi tufayli uning diliga ozor yetkazmaslik orqali unga naf yetkazib, bundan o‘zingga behad foyda qil. Elning senga yetkazgan ozori, g‘am-g‘ussasini singirmoqni o‘zingga maqsad qil. Bu bilan oqibatingni, oxiratingni yaxshi qil. Chunki, oxiratda bandaning gunoh-savoblari hisob-kitob qilingan paytda, bandasining birovlardan yetgan ozori va gunohlarni kechirib yuborganligi aytilganida, Alloh “Men kechirimlilikda, karamda barchadan buyukman”, deb kechirimli bandasining qilgan gunohlarini o‘tib yuborar ekan. Shuning uchun Navoiy kechirimlilik bilan oqibatingni, oxiratingni yaxshi qil, deydi.
9-TOPSHIRIQ
Xo‘b el bila suhbat tutubon xo’o‘b o‘lg‘il,
Yaxshini talab qilg‘ilu matluub o‘lg‘il,
Shirin so‘z ila xaalqqa marg‘uub o‘lg‘il,
Yumshoq de hadisingni-yu mahbuub o‘lg‘il.
**
**
Yaxshi odamlar bilan suhbatlashib, so‘zlaridan ta’sirlanib, ular kabi yaxshi bo‘lgaysan. Yaxshini, yaxshi odamni, ezgu so‘zni, xayrli ishni talab qil, ista, va oqibatda o‘zing ham boshqalar bir ko’rishni, suhbatini olishni orzu qiladigan odam bo‘lgaysan. Shirin so‘z bo‘l, shunda xalqqa ma’qul, sevimli bo‘lasan. Yumshoq so‘zlash bilan barchaning mehrini qozonib, do‘stiga aylanasan.
10-TOPSHIRIQ
Nafs uyiga sabr ila imorat angla,
Besabrlig‘in aning sharorat angla,
Ish sabr sori anga ishorat angla,
Sabrni zafar sori bashorat angla.


**
Nafsingga sabrdan imorat qur, uni sabr qilish bilan boshqar. Nafsingning besabrligini yomonlik, yaramaslik deb bil. Chunki, shoshilish – shaytondir. Sabrsiz nafs seni balolarga giriftor qiladi. Nafsing nimani talab qilsa, darrov uni amalga oshirishga urinma, unga sabr qilishni uqtir. Sabrni zafar sari, har boshlagan ishingda muvaffaqiyat qozonishingga xushxabar, deb bil.
Download 40,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish