Иқтисодий ислоҳотлар, хусусий мулкчиликнинг шаклланиши.ЎЗбекистонда бозор муносабатларининг рвожланиши



Download 5,93 Kb.
Sana26.04.2023
Hajmi5,93 Kb.
#931906
Bog'liq
Иқтисодий ислоҳотлар, хусусий мулкчиликнинг шаклланиши.ЎЗбекисто-fayllar.org


Иқтисодий ислоҳотлар, хусусий мулкчиликнинг шаклланиши.ЎЗбекистонда бозор муносабатларининг рвожланиши

ИҚТИСОДИЙ ИСЛОҲОТЛАР, ХУСУСИЙ МУЛКЧИЛИКНИНГ ШАКЛЛАНИШИ.ЎЗБЕКИСТОНДА БОЗОР МУНОСАБАТЛАРИНИНГ РВОЖЛАНИШИ

Режа:

Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritilishi O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish uchun qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratdi. Bizning diyorimizda bozor munosabatlari yangilik emas. Ming yillar davomida ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan ajoyib mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyoning to‘rt tomonga chiqarib savdogarlik qilgan, mol almashgan.

Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilib dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o‘zining hayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:


  • iqtisod siyosatdan ustun turib, mafkuraviy tazyiqlarsiz, o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog‘i kerak;

  • davlat bosh islohotchi o‘rnida bo‘lib, u islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim;

  • bozor munosabatlariga o‘tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart;

  • bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o‘tkazish;

  • ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo‘nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tish evolutsion yo‘l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur.


Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko‘ra ustuvor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi.

Bir tizimdan ikkinchisiga o‘tishning asta-sekin, evolyutsion ravishda bo‘lishi muhimdir. Iqtisodiy islohotlar mamlakatni maqsad sari asta-sekin, qadam-baqadam ilgarilatib borishi, bozor munosabatlarining ayrim jihatlarini va umuman butun tizimini shakllantirishi lozim.

Birinchi bosqich:


  • Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o‘tish davridagi bir-biriga bog‘liq, ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to‘g‘ri keldi: ma’muriy buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning g‘oyat muhim yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berildi.

Ikkinchi bosqich:


  • Ikkinchi bosqichda I.A. Karimovning “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” (1995-yil) asarida qo‘yilgan choralarni, xususan, xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, milliy valyutani mustahkamlash, iqtisodiy tarkibiy-strukturasini tubdan o‘zgartirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. 2000 yilda xususiylashtirish davlat dasturi bo‘yicha ko‘zda tutilgan 167 obyekt o‘rniga 374 obyekt xususiylashtirildi. Ularning negizida 152 ta xissadorlik jamiyati, 103 xususiy korxona tashkil etildi. Shu yili davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan 14,3 milliard so‘m mablag‘ tushdi. Bu 1999-yilgi ko‘rsatishdan 1,6 barobar ko‘pdir.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g’oyalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha samarali mexanizmlar o’z vaqtida joriy qilinmagani ham jiddiy muammo bo’lib qolmoqda. Shuningdek, texnologik qoloqlik, resurs va energiyani tejaydigan texnologiyalar, muqobil energiya manbalarini tatbiq etishning sustligi ham iqtisodiy taraqqiyot yo’lida to’siq bo’lmoqda”, deya ta’kidlab o’tgan.


Demak, innovatsiyani hayotga joriy qilishdan maqsad biror bir ijobiy natijaga erishishdir. Bundan shuni anglash mumkinki, innovatsiya sohasi o‘z-o‘zidan investitsiya sohasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida innovatsion-investitsion faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin:


  • korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish;

  • eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish;

  • ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan real sektor korxonalarining raqobatdoshligini oshirish;

  • elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish;

  • ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash.

O’zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida innovatsiyalar, avvalo uning barqaror o’sishi uchun zarurdir. Yangi texnologiyalarga investitsiyalar raqobatbardosh, yuqori talab bilan iste’mol etiladigan tovarlar ishlab chiqarishga yordam beradi.

Foydalanildi:



e-journal.uz
gazeta.uz
denemetr.uz
http://fayllar.org
Download 5,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish