turli tavakkallardan xalos qiladilar. Barcha xo‘jalik ishlariga rah-
barlikni palata topshirig‘iga ko‘ra amaldorlar yoki ziyolilar olib bora-
dilar. Sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari milliy savdo
omborlarida
saqlanib, o ‘sha yerdan savdo do'konlariga sotuvga chiqariladi.
Jon Brey. J.Breyning «Mehnatga nisbatan adolatsizlik va uoi
bartaraf etish yo‘llari» nomli kitobi 1839 yilda nashr qilindi. T.Godskin
va J.Greyning pamfletlari kabi Breyning kitobi ham katta shuhrat
qozondi. U ham ishchilar orasidan yetishib chiqqan bo‘lib, bosma-
xonada harf teruvchi va muqova qiluvchi bo‘lib ishlar edi. Dunyoda
adolatsizliklar qayerdan vujudga kelishini, jamiyat va davlat nima
ekanligini, m ehnatning zaruriyati, kapital jamg‘arish va ayirboshlash
xususiyatlarini o ‘rganishga o‘z e’tiborini qaratdi.
Uning fikricha, ayirboshlash tengsizligi bir sinfga hech narsa bilan
shug‘ullanmaslikni va dabdabali yashashni ta ’minlaydi, boshqa bir
sinfni og‘ir m ehnatga mahkum etadi.
J.Brey hech qanday siyosiy saylov islohotlari bu tartibni o ‘zgartir-
maydi, deydi. M avjud tartibdagi ishchilar sinfî qanchalik aqlli, yuqori
m a’naviyatli yoki mehnatsevar kuch bo‘lishidan qat’i nazar, to ‘g‘rüab
bo‘lmaydigan qullikka mahkumdirlar. Shuning bilan birgalikda, u
ishchilar sinfining kurashi kishilarga qarshi emas, balki tuzumga
qarshi, u kapitalistlar bilan yoki kapital bilan emas, balki kapitalni
qo‘llash usuli bilan ekanligini uqtiradi.
12.4. M arksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari
Sismondi Prudon, qisman Smit, Rikardo, xayoliy sotsialistlar va
boshqalar kapitalistik tizimning bir qancha negativ tomonlarini ochib
bergan edilar, Ana shu illatlar bu davrda keskin kuchaydi, mehnat va
kapital, ishchilar va sohibkorlar o ‘rtasidagi qarama-qarshilik tobora
ortibbordi. 1831-34-yillarFransiyada Lion to‘quvchilari, 30-40-yillarda
Angliyadagi vuddistlar va chartistlar harakati ishchilar sinfming musta-
qil sinf sifatidagi chiqishlari edi. 1844-yilda Sileziya to‘quvchilarining
qo‘zg‘oloni Germaniyadagi inqilobiy harakat darakchisi bo‘ldi. 1848-
yilda buijua inqilobi tufayli marksizmning vujudga kelish jarayoni yanada
kuchaydi. Awalgi davrdagi iqtisodiy talablar asta-sekin siyosiy tus ola
boshladi.
Vujudga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoit va awalgi davrdagi
bir qancha iqtisodiy g‘oyalar asosida, birinchi navbatda klassik iqtisodiy
maktab, utopik sotsializm ta’limotlari tufayli marksizm shakllandi.
Kapitalistik tuzum, hozirgi davr till bilan aytganda, bozor iqtisodining
bekam-u ko‘st emasligi, uning ijobiy tom onlari bilan birga hal etilishi
shart bo'lgan muammolarining ham mavjudligi yangi iqtisodiy ta ’lim ot
paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi.
12.5. K.Marksning iqtisodiy ta ’limoti
K.Marksning bosh iqtisodiy asari «Kapital» bo‘lib, unda asosiy
iqtisodiy g‘oyalar ilgari suriladi (1-jildi 1867-yilda nashr etilgan).
Marksning iqtisodiy merosida klassik m aktab g‘oyalari asosiydir. Bu
olimning tadqiqot predmetida iqtisodiyotda ishlab chiqarish sohalari
muammolaming tahlili ustuvordir. V. Petti tadqiqotlariga baho berib,
ishlab chiqarishning buijua munosabatlarini ichki aloqalari o ‘rga-
nilishini ta’kidlaydi.
Tadqiqot uslubi boshqa olimlardan keskin farq qilmaydi, iqtisodiy
jarayonlar siyosat va davlatga nisbatan ustuvor hisoblanadi, am m o
kapitalizm va shunga muvofiq xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmi
o‘tkinchi deb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: