A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

«Agar
 
ishlab  chiqarish  qanchalik  yuqori  bo'Isa,  ishchining  yashashi  uchun
 
zarur  vositalardan  tashqari  ko'pgina  isie 'moi  buyumlarini  yaratishi
 
mumkindir.  Bu  chegirma yerga  xususiy  mulkchilik  va  kapital  mavjud
 
sharoitda  renta  holiga  aylanadi  va  kishilar  tomonidan  m ehnatsiz


o‘
zlashtiriladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  renia  olishning  asosiy  usuli
 
yerga xususiy mulkchilik  va  kapitaldir»
 (К.Родбертус  «К  познанию 
наш его государственно-хозяйственного строя.  Пять теорем». М., 
1935,  стр.115).  K.Rodbertusning nazariyasi  va  qisqacha  xulosalarla- 
riga  yuqori  baho  berish  mumkin,  chunki  u  A.Smit  va  D.Rikardo 
iqtisodiy ta’limotlar bilan yaqindan tanish va bu ta ’limotlami chuqur 
ilmiy tahlil qilgan edi.
Shuningdek, olim o‘z xatlarining birida qo‘shimcha qiymat va uning 
vujudga  kelishini  Marksdan  oldinroq  ko‘rsatganligini  va  aniq  qilib 
tushuntiiganligini yozadi. Bu bilan u o‘zming qo‘shimcha qiymat naza- 
riyasidan  Marks  ijodiy foydalanganligini  va  hatto  «o‘g ‘irlab»  o ‘ziniki 
qilganligini  isbotlamoqchi bo ‘ladi.  Shuni  aytish  zarurki,  Marks ta’li- 
motiga nisbatan aytilgan bu  tanqidlar Marksning o ‘ziga ham  ma’lum 
edi.  Marksning vafotidan keyin nemis kateder-sotsialistlari bu masalani 
yana qayta  ko‘tardilar.  U lam ing asosiy maqsadlari  Marks ta ’limotini 
kuchsizlantirish va uning ta ’sir doirasini kamaytirish  edi.  0 ‘z davrida 
F. Engels bu fikrlar uydirma ekanligini va Rikardoning qiymat nazariya- 
sidan so‘l rikardochilar K.Rodbertusdan oldinroq  foydalanganliklarini 
aytdi.  Shuningdek,  u  K.Rodbertus  qo‘shimcha  qiymatning  foyda  va 
yer rentasiga aylanish qonunini, kapitalistik sinflar o ‘rtasida qo‘shimcha 
qiym atning  taqsimlanishi,  qonunni  to liq   tushunmay,  faqat  renta 
nazariyasi bilan cheklanib  qolganligini ham  ko‘rsatib o ‘tdi.
K.Rodbertusning  iqtisodiy  g‘oyalari  yuqorida  qayd  etilgan  asosiy 
asaridan  tashqari,  to ‘rtta  «ijtimoiy  xati»da  bayon  etilgan.  Unda  u 
qiymatning  mehnat  nazariyasini  tahlil qildi.  Qiymat  ijtimoiy  zaruriy 
m ehnat va mehnat xarajatlari bilan aniqlanib, bu o‘rinda bir xü mehnat 
xarajatlari  har  qanday  ishlab  chiqarishdan  qat’i  nazar bir xil  qiymat 
hosil qiladi  deb ko‘rsatiladi.  Bundan tashqari,  mehnat  doimo qiymat 
vujudga keltirishi alohida ta ’kidlanadi.  F.Engels «Falsafa qashshoqligi» 
asarining so‘zboshisida  K.Rodbertus qarashlaridagi bu holatni keskin 
tanqid qilib, o'zining qiymat nazariyasida mehnatning ijtimoiy zaruriy 
xarakterini  inkor  etishini  yozadi.
K.Rodbertusning fikricha, mehnat qiymat o‘lchovi sifatida oltin va 
kumushdan  yuqori  turadi,  chunki  u  ish  kunini  o‘zgarmas  o ‘lchov 
deb  hisoblaydi.  Bu  o ‘rinda  «mehnat  kunlari»  ham  izohlanadi.  Lekin 
olim xayoliy fikrlarga beriüb, kapitalistik tovar xo‘jaligi sharoitida pulning 
zaruriyatini  to ‘g ‘ri  tushuntirib  bera  olmadi.  K.Rodbertus  o ‘zining


taqsimot  nazariyasida  klassik maktab  vakillari  yo‘l  qo‘ygan  xatolam i 
takrorlaydi. Taqsimot nazariyasi quyidagi tartibda tahlil qilinadi va uch 
bosqichdan  iborat  bo‘ladi.  Birinchi  bosqichda  K.Rodbertus  ijtimoiy 
(miUiy)  mahsulotni  ish  haqi  va  rentaga  bo‘Iinishini  ko‘rib  chiqadi. 
Ikkinchi bosqichda u rentani  kapital va yer rentasiga bo‘lishga o ‘tadi. 
Vanihoyat, uchinchi bosqichda K.Rodbertus barcha foyda va yer renta- 
sining  kapitalist  va  yer egalari  o ‘rtasidagi  taqsimotini  ko‘rib  chiqadi. 
K.Rodbertus  ijodiy  faoliyatining  so‘nggi  yillari  qiymatning  m ehnat 
nazariyasidan  uzoqlashib,  mayda  ishlab  chiqaruvchilar manfaatlariga 
mos  tushuvchi jamiyatni  qayta  qurish  loyihalarini  e’lon  qilish  bilan 
bog‘liq  bo‘ladi.  Kapitalizmni  Rodbertuschasiga  isloh  qilishni  sinfly 
kurashsiz,  evolyutsion  yo‘l  bilan  amalga  oshirishni  ko‘zda  tutar  edi. 
Bu yo‘l keyingi islohotchilik yo‘nalishidagi nazariy maktab tom onidan 
qo‘llaniladi. Bu olimning asaiiari rus tilida to‘la chop etilgan: К.Родбертус 
«Экономические сочинения» M., ОГИЗ. Сое Экгиз. Л., 1936. стр.436.
Qisqacha  xulosalar
Mayda  ishlab  chiqaruvchilar  nazariyotchilari  tom onidan  K api- 
talizmning  chuqur o‘rganilishi  iqtisodiy  ta ’limotlar tarixida  bu  m ak- 
tabning munosib o ‘mini belgilab berdi.  S.Sismondi va uning g ‘oyalari 
sanoat  inqilobi,  kapitalizmning  nihoyatda  tez  sur’atlarda  rivojlanish 
davrida birinchilardan bo‘lib, shu jamiyatni iqtisodiy negizini va ijtimoiy 
tuzumini  tanqid  qilishda  o‘z  aksini  topdi.  Bu  tanqid  mayda  ishlab 
chiqaruvchilar  manfaatlariga  mos  ravishda  oshirilib,  kapitalizmning 
inqirozlar asosida notekis rivojlanishini ko‘rsatib berdi.  Siyosiy iqtisod 
inson baxt-saodati uchun zarur bo‘lgan  ijtimoiy rivojlanishni  o ‘rgan- 
adigan fan deb yuritildi.  S.Sismondi asarlarida asosiy e’tibor m ehnat- 
kashlar,  ayniqsa,  ishchilar  sinfming  ayanchli  bir  taqdiriga  samimiy 
hamdardlik bildirishga qaratilgan.
Shuningdek,  iqtisodiy  kategoriyalami  ilmiy  tahlil  qilishda  klassik 
maktabdan, ayniqsa, A.Smit qarashlaridan nari o ‘ta olmadi. O limning 
ishlab  chiqarish  bilan  iste’mol  o‘rtasidagi  qarama-qarshilikni  ko ‘ra 
bilganligi katta xizmati bo‘lsa, mashinalashgan ishlab chiqarishning ijo- 
biy xususiyatlarini to ‘g‘ri baholamaganligi  uning jiddiy kamchiligi  edi.
P.J.  Prudonning mayda ishlab chiqarish sotsializmi Fransiyada va 
G ‘arbiy  Yevropaning  boshqa  mamlakatlarida  keng  yoyildi.  P rudon


qarashlarida ham ikkiyoqlamalik va fikrlar qorishmasini uchratishimiz 
mumkin.  Shunday bo ‘lsa ham , prudonizm g‘oyalaridagi kapitalizmni 
isloh qilish to‘g‘risidagi  fikrlardan hozir ham sotsial islohotchilikning 
ayrim ko‘rinishlarida keng foydalanilmoqda.  Prudon kapitalistik tovar 
ishlab  chiqarishdagi  qaram a-qarshilikni  shu  tovarlarni  pulga 
aylantirish yo‘li bilan bartaraf etish  mumkin deb  hisoblaydi.  U  pul- 
ning  mohiyatini  to ‘g‘ri  tushunmay,  hamma  aybni  ayirboshlashdagi 
nohaqlikdan deb biladi.
Shunday qilib,  u  tovar-pul  munosabatlarini  pul,  kapital va  foizsiz 
saqlash  kerakligini  taklif  qildi.  Barcha  kamchiliklardan  qat’i  nazar, 
Prudon kapitalistik taraqqiyotdan orqaga  qaytish mumkin  emasligini 
tushundi,  lekin  mayda  xususiy  mulkchilikni  saqlab  qolish  tarafdori 
bo‘ldi. K.Rodbertus ham o‘z asarlari bilan nemis mayda buijua nazariya- 
siga katta hissa qo‘shdi. U kapitalistlardan ishchilar sinfiga ishlab chiqarish 
mahsuldorligi oshganligi hisobidan ma’lum hissa berishlarini talab qildi.
K.Rodbertus qiymatning mehnat nazariyasida, qo‘shimcha qiymat, 
yer  rentasi  nazariyalarida  katta  ijobiy  natijalarga  erishdi.  Olimning 
yaratgan  asarlari  zam ondoshlari,  jumladan,  marksistik  iqtisodiy 
ta ’limot asoschilari tom onidan ijtimoiy fanlar rivojiga qo‘shilgan katta 
hissa deb yuqori baholandi.
Asosiy  tushuncha va  iboralar
Iqtisodiy romantizm,  mayda ishlab chiqarish, yirik sanoat,  doktri- 
na, sentimental,  liberal,  eklektik,  reaksion,  liberal  narodnik,  konsen- 
trasiya,  uchinchi  shaxslar,  xalq  banki,  ishchi  puli,  anarxizm.
N azorat  va  mulobaza uchun  savollar
1. Mayda iqtisodiyot nazariyotchilariga xos xususiyatlar nimalardan 
iborat?
2.  S.Sismondining iqtisodiy mavzudagi qanday asarlarini bilasiz?
3. S.Sismondining metodologiyasiga xos xususiyat nimalardan iborat? 
U ning fikricha boylikning manbai nima?
4. S.Sismondi ta’limotida qaysi iqtisodiy nazariya asosiy o‘rin tutadi?
5. Qiymatning manbayi nima? Uni izohlab bering.


6. Mayda buijua nazariyasining vujudga kelish sabablarini tushuntirib 
bering.
7.  S.Sismondi kapitalizmni qanday tarzda tanqid qilganini izohlab 
bering.
8. S.Sismondi daromadni nechta turga bo‘ldi?
9. S.Sismondining fikri bo‘yicha iqtisodiy krizisni izohlab bering.
10.  S.Sismondining  hayoti  va  ijodining  dastlabki  yillari  haqida 
nimalami bilasiz?
11.  Prudonning  qaysi  asarlarini  bilasiz  va  u   bu  asarlarda  qanday 
nazariyalami  ilgari  surgan?
12.  Prudon o‘z ta ’limotida qanday iqtisodiy  muammolaiga e ’tibor 
bergan?  Qaysi  iqtisodiy  nazariyani  ilgari  surdi?
13.  Prudon  davlat  tuzumining qanday shaklini  ko‘rsatib berganini 
tushuntiring.
14.  Prudonning  kapitalizmni  isloh  qilish  loyihasining  mohiyati 
nimadan iboratligiga izoh bering.
15.  K.Rodbertus qaysi nazariy maktabning vakili?
16. K.Rodbertusning qiymatning mehnat nazariyasi haqida nimalami 
bilasiz?
17.  K.Rodbertus  qo‘shimcha  qiymat  nazariyasining  o‘ziga  xos 
xususiyatlarini  aytib bering.
18. K.Rodbertus iqtisodiy ta ’limotining tutgan o ‘mi.
19.  Kapitalizmni mayda ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan tanqid 
maktabining  iqtisodiy  ta ’lim otlar  tarixida  erishgan  yutuqlari  va 
ahamiyati.


XII  b  o  b.  BOZOR  IQTISODIYOTIGA 
M U H O LÏF  G'OYALAR
12.1.  XIX  asrning  birinchi  yarmidagi  xayoliy 
sotsializmning o ‘ziga xos xususiyatlari
Xayoliy  sotsialistik  g‘oyalarning  dastlabki  ko‘rinishlarida,  ya’ni 
Platon  asarlaridan  boshlab,  T.M or  va  T.Kompanelli  asarlarining 
barchasida xususiy mulk tanqid qilib kelindi.
Bu  olimlar jam iyatni  qayta  tuzishni  taklif qilib,  nisbatan  adolatli, 
rivojjangan jamiyatni asosJab berishga iniildilar. Lekin bulaming barchasi 
xayoliy sotsializm shakllanishi arafasidagi dastlabki g‘oyalar edi, xolos. 
Xayoliy sotsializmning haqiqiy rivojlanish davri XIX asming birinchi 
yarmiga  to ‘g ‘ri  keladi.  Bu  davrda  G ‘arbiy  Yevropada  kapitalistik 
munosabatlar  rivojlanib,  sinfiy  ziddiyatlar  oshkor  bo‘ldi.  Ayniqsa, 
klassik iqtisodiy maktab vakillarining asosiy asarlarining ta’siri ko‘pgina 
maktablarda bo ‘lgani kabi xayoliy sotsialistlar qarashlariga ham jiddiy 
ta ’sir  o ‘tkazdi.  Shuningdek,  bu  davrda  sanoat  to ‘ntarilishining 
yakunlanishi  va  Yevropa  mamlakatlarida  yuz  bergan jiddiy  iqtisodiy 
o‘zgarishlar  ham   xayoliy  sotsialistlar  A .Sen-Sim on,  Sh.Fure  va 
R.Ouenlar  o‘z  asarlarida  ko‘rsatib,  mavjud  kapitalizmni  ichki  xusu- 
siyatlarini kengroq ochib berishga intildilar. Bu olimlar guruhi iqtisodiy 
fan rivojiga katta hissa qo‘shib, ilk bor kapitalistik munosabatlar abadiy 
emasligini, unda iqtisodiy inqirozlar mavjud bo‘lishini ko‘rsatib berdilar. 
Shu  jum ladan,  u lar  ham  klassiklar  kabi  texnika  taraqqiyotining 
jadallashuvi,  ilmiy  kashfiyotlar va jamiyat  ishlab chiqarishini umum- 
jahon  rivojini  iqtisodiy  siyosatning  asosiy  maqsadi  deb  hisobladilar. 
Bundan tashqari, xayoliy sotsialistlar tabiiy tartib konsepsiyasiga amal 
qilib,  jamiyat  va  alohida  olingan  insonning  ideal  ijtimoiy  tuzulishi 
modelini ilgari surdilar.
Xayoliy  sotsialistlar klassik iqtisodiy maktab vakillaridan farq qilib, 
xususiy  mulkchilikni  va  kapitalistik  ishlab  chiqarish  munosabatlarini 
tanqid qiladilar, jamiyatning barcha a’zolariga baxt keltiradigan yangi


jamiyat yuzaga keladi,deb ishchilami ishontiradilar.  Ular yangi jamiyat, 
adolatli ijtimoiy tuzum loyihalarini bayon etib,  iste’mol va taqsimotni 
qayta tashkii etish bilan cheklanib qolmasdan, balki ishlab chiqarishni 
tubdan o‘zgartirishni taklif qildilar.
Shuningdek,  ulaming  ijtimoiy  adolatni  targ'ib  qilishga  qaratilgan 
g‘oyalari  aynan  adolatsizliklardan  voz  kechishi  zarur  degan  fikrlari 
asosida  nafaqat  xayoliy  balki  bozor  iqtisodiyotiga  qarshi  qarash 
ko‘rinishini  oladi.  XIX  asming  birinchi  yarmida  ijod  qilgan  xayoliy 
sotsialistlar ta’Iimotlarida bozor iqtisodiyotiga muqobil qarashlar turlicha 
bo‘ladi.  Bu o‘rinda ushbu maktab vakillarining birinchidan, individual 
faoliyatni  kollektiv  mehnat  faoliyati bilan  almashtirish  mexanizmini 
qanday  izohlashlari  bilan,  ikkinchidan,  m ehnatkashlarni  jam oa 
tashkilotlariga  birlashish  tamoyillari  xususiyatlarini  qay  tarzda 
tushuntirishlarida o ‘z aksini topadi.
Bu  shart-sharoitga  e’tibor  berib  Sh.Jid  va  Sh.Rist  o ‘z  asarlarida 
shunday  deb  yozadilar:  «Sen-Simon  va  uning  izdoshlari  haqiqiy 
kollektivizm tarafdorlari bo‘lib,  ular jamoat  tashkilotlariga millatning 
hamma  a’zolarini  kirgizish  bunday  birlashuvni  tepadan  boshlashni 
taklif qiladilar, ya’ni milliylashtirish va boshqa jarayonlam i endi siyosiy 
hokimiyat o‘z qo‘liga oladi.
R .O uen  va  Sh.Fure  ham da  ulam ing  izd o sh lari  «Sotsialist- 
assotsiatsiyachilar»  bo‘lib,  Sen-simonchilardan  farqli  o ‘laroq  individ 
to ‘da ichida yo‘qolib ketmasligini xohlaydilar.  U lam i mayda avtonom 
guruhlar  yordamida  saqlab  qolishni  taklif qilib,  birlashuv jarayonini 
yuqoridan  emas,  balki  quyidan  borishini  m aqsadga  muvofiq  deb 
hisoblaydilar». (Жид Ш ., Рист Ш. История экономических учений.
—  М.,  «Экономика»,  1995.  Стр.170)
Nihoyat,  xayoliy-  sotsializm  namoyandalari  o ‘zlarining benuqson 
ijtimoiy tuzumlami  turlicha:  Sen-Simon  industrializm,  Fure  garmo- 
niya,  Ouen  esa  kommunizm  deb  atadilar.  Lekin  ulaming  barchasi 
ekspluatatsiyaning yo‘q bo‘lishi,  aqliy va jismoniy m ehnat o‘rtasidagi 
qarama-qarshilikning  bartaraf etilishi  hamda  xususiy  mulkning  yo‘q 
bo'lishi to ‘g‘risidagi  fikrlami  bir xil takrorladilar.  XVIII  asming oxiri
-  XIX  asming  boshlarida  G ‘arbiy  Yevropada  ishlab  chiqarishning 
hukmron  shakli  manufaktura  bo‘Iib,  fabrika  ishlab  chiqarishi  endi- 
gina  shakllanayotgan  edi.  Kapitalizmning  m oddiy  sharoitlari  va


ishchilaming  jamiyatning  asosiy  sinfi  sifatida  shakllanishi  dastlabki 
bosqichlarda edi.
Xayoliy sotsialistlar ijtimoiy adolatli jamiyatga o ‘tish yo‘Ilarini aniq 
ko‘rsata  olmadilar,  lekin  ular  sinfiy  manfaatlar  qarama-qarshiligini 
ta’kidlab o‘tdilar.  Ular ishchilar sinfiga ezÜgan jabrlanuvchi sinf sifatida 
qarab, asosiy e ’tibom i ongni rivojlantirishga, o ‘z g‘oyalarini tashviqot 
qilib, kommunalar,  «faiansterlar» orqaü hayotga tatbiq etishga qaratdilar. 
M ehnatkashlami  ozod  etishning  moddiy  sharoitlari  yaratilmaganligi 
tufayli  xayoliy  sotsialistlar bo‘lajak jamiyatning  fantastik  loyihalarini 
taklif  etdilar.  U lar  o‘zlarini  sinflardan  yuqori  qo‘yib,  jamiyatning 
barcha  a’zolari  manfaatlarini  ifoda  etayotganliklarini  ko‘rsatmoqchi 
bo'ldilar. Shuningdek, siyosiy kurash, revolutsiyalami rad etib, ijtimoiy 
adolat g‘oyalarini tashviqot  qilish yo‘li bilan jamiyatni qayta tuzishni 
orzu  qildilar.  M ana  shulaming  barchasi  g‘oyalaming  xayoliy  bo‘lib 
qolishiga sabab bo‘Idi. Biroq, xayoliy sotsializm o ‘zining chekianganligiga 
qaramasdan,  kapitalizm   oyoqqa  turayotgan  bosqichda  progressiv 
ta’limotlar qatorida alohida o‘rin egallaganligini aytishimiz lozim.
12.2.  A.Sen-Sim on,  Sh.Furc  va  R.Ouenning  iqtisodiy  qarashlari
Fransiyada buijua inqilobidan keyin kapitalizm yana tez rivojlandi. 
Jamiyat oldida doimiy ravishda ko‘ndalang bo‘lib qolgan yangi savollaiga 
fransuz  mutafakkiri  Sen-Simon birinchi bo‘lib javob berishga urindi.
Anri  Klod  de  Rebrua  Sen-Simon  (1760-1825)  Fransiya  xayoliy 
sotsializmining  namoyandasi  bo‘lib,  1789-1794-yillardagi  fransuz 
inqilobi bilan zamondosh edi.
U  aristokratlar  oilasidan  kelib  chiqqan  bo‘lib,  quyidagi  mashhur 
asarlaming  muallifidir:  «Sanoat  sistemasi  haqida»,  «Inson  haqidagi 
fan ocherklari»,  «Sanoat yoki siyosiy,  ma’naviy va falsafiy mulohaza- 
lar»,  «Yangi xristianlik»  va boshqalar.
Sen-Simon  maxsus  iqtisodiy  tadqiqotlami  amalga  oshirib,  asosiy 
e’tibomi ijtimoiy muammolarga qaratdi. U  yaxshi jamiyat to‘g‘risidagi 
umidini  aql-idrokka,  m a’rifatga  bog‘ladi;  u  insonning  aql-idrokini 
tarixiy  jarayonning  to ‘la  hokimi  va  rahbari  sifatida  bildi,  jamiyatni 
yaxshi tarzda qayta qurish yo‘Uarini tashviqot qilishni esa o ‘z ta’limoti 
amalga oshirilishining bosh vositasi deb hisobladi.
Fransuz  m a ’rifatparvarlaridan  farq  qilib,  Sen-Sim on  ishlab 
chiqarishdagi inson faoliyati, mulkchilik shakllari kabi iqtisodiy omil-


larga katta baho berdi. U «

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish