323497
0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
A. RAZZOQOV,
SH . TASHM ATOV,
N . 0 ‘R M 0 N 0 V
IQTISODIY
TA’LIMOTLAR
TARIXI
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
oliy o‘quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan oliy o ‘quv yurtlarining
iqtisodiy ta ’lim yo‘na!ishIari talabalari uchun
darslik sifatida tavsiya etilgan
Toshkent
♦IQTISOD-MOLIYA»
2007
65.04
R18
Taqrizchilar: iqtisod fanlari doktori, professor A.U.Abduraximov;
iqtisod fanlari doktori, professor Sh.Sb.Shodmonov
Darslikda qadimdan to hozirgi davrgacha paydo bo'lgan iqtisodiy fikr, g‘oya,
qarash va ta’limotlaming mazmuni, mohiyati, ulaming evolutsiyasi va bugungi
kundagi ahamiyati tarixiy ketma-ketlik asosida yoritilgan. Awal hukmronlik
qilgan sinfiylik, partiyaviylik tamoyillaridan holi holda, har bir ta’limotning
mohiyatiga obyektiv baho berishga harakat qilingan. Ayniqsa, tanqid etib kelingan
bozor iqtisodiyoti (kapitalistik munosabatlar) to’g’risidagi ta’limotlarga keng
o’rinberilgan. Sharq, jumladan Markaziy Osiyodagi mutafakkirlarning g’oyalari
birinchi marta ma’lum tartibda e’ion qilinmoqda. Mustaqil 0 ‘zbekiston
Respublikasining erkin bozor munosabatlariga o’tish xususiyatlari ko‘rsatilgan.
Har bir bobda qisqacha xulosalar, tayanch tushuncha, nazorat va muhokama
uchun savollar berilgan. Darslik oliy o'quv yurti talabalari, aspirant, ilmiy
xodimlar va iqtisodiyot tarixi bilan shug‘ullanuvchilarga mo‘ljallangan.
Razzoqov Abduxalil
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Oliy ta’lim muassasalarining talabalari uchun
darslik / A A Razzoqov, Sh. H. Tashmatov, N. T. O’rmonov; Mas’ul muhanir
S.S.G‘ulomov; 0 ‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
- T.: Iqtisod-moliya, 2007. - 320 b.
Tashmatov Sh. H,, O’rmonov N. T.
BBK 65.04*73
ISBN 978-9943-13-032-6
© «IQTISOD-MOLIYA*, 2007
© AA. Razzoqov, Sh. H. Tashmatov,
N. T. O’rmonov, 2007
«Tarixiy x o tirasiz kelajak yo‘q», - d eg an edi 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti, akademik I.A. Karimov. H ar qanday tarixni
o ‘rganish, awalo, hozirgi kun va kelajak uchun ahamiyatlidir. Shu
nuqtayi nazardan qaraganda, iqtisodiy ta’lim otlar tarixini o ‘rganish
katta nazariy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot
tarixi (xalq xo'jaligi tarixi) va iqtisodiy ta’limotlar tarixi iqtisodiyot
fanining faktologiya va metodologiya asoslarini ta’minlovchi va yaratuvchi
asos sifatida ahamiyatlidir. Shu sababli bu fanlar iqtisodiyot fanining
ajralmas va tarkibiy qismidir1.
Iqtisodiy fanlarning o‘zaro aioqadorligi
Aniq - iqtisodiy fanlar,
tarmoqlar iqtisodiyoti,
korxonalar iqtisodiyoti,
mamlakatlar iqtisodiyoti
lnformatsion - tahliliy,
iqtisodiy - matematik
usullar; statistika
xo'jalik faoliyati tahlili
UMUMIY
IQTISODIY
NAZARIY A
M axsus iqtisodiy shakl
va tashkilotiar iqtiso
diyoti, moliya; kredit;
marketing tabiatdan
foydalanish iqtisodiyoti
va boshqalar
Tarixiy - iqtisodiy fanlar,
iqtisodiy ta’limotlar tarixi,
iqtisodiyot tarixi
1 Общая экономическая теория (Политэкономия). Учебник. М., «Промо
медиа», 1995. с. 30.
Sobiq sovetlar tuzum i davrida ko‘pgina fanlar, shu jumladan,
iqtisodiyot fani siniiylik, partiyaviylik mafkurasi asosida o'rganildi,
marksizm-leninizm g‘oyalari birdan-bir to‘g‘ri ta’limot deb qabul qilindi
va barcha masalalar yechilgan, tarixga, uzoq o‘tmishga hech qanday
hojat yo‘q, degan umumiy kayfiyat yuzaga keldi. Sotsialistik va
kommunistik jamiyat qurishda dasturulamal bo‘lgan mafkuraga muqobil
bo‘lgan barcha fikrlar tanqidga uchradi; asosiy e’tibor markscha-lenincha
iqtisodiy ta’limotni o ‘rganishga, kapitalizm, bozor munosabatlarining
kelajagi yo‘qligini zo‘rma-zo‘raki «isbotlash»ga qaratildi.
Ammo bu yo‘l tarix sinovidan o‘tmadi.
Hozirgi davr olimlari awalgilardan ko‘ra ko‘proq biladilar, bu ob-
yektiv jarayon, ammo biz ular tufayli ham ko‘p narsalarni o ‘rgan-
ganimizni inkor qilmasligimiz shart.
Mustaqil taraqqiyot yo‘liga o ‘tgan o ‘zbekistonlik olimlar oldida
ko‘pgina fanlar kabi, iqtisodiyot fani borasida ham katta ishlami amalga
oshirish vazifasi turibdi. Iqtisodiyot insoniyat tarixi kabi qadimiydir.
Iqtisodiyotga oid fikr, g‘oya, qarash, nazariya va ta’limotlar ham ko‘p
mingyillik tarixga ega. Lekin ulam ing asosiy qismi yozuv paydo
bo‘lganidan so‘ng, yozma manbalardan bizgacha yetib keigan. Bu
manbalar, ulardagi g‘oyalar, awalo, insoniyatning muqaddas mulkidir.
Uni topish, o ‘rganish va kelajak uchun saqlash savobli bo‘lsa, ulardagi
nodir fikrlami hayotga tatbiq etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat
kasb etadi, katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Iqtisodiyot baynalmilal hodisa bo‘lib, uning oldida turgan vazifalar
barcha xalqlar va mamiakatlar uchun bir xil, ammo ular rivojlanish
davomida turlicha natijalarga erishganlar. XVIÏI asr oxirida klassik
iqtisodiy maktab vakillari Adam Smit va David Rikardo obyektiv,
ya’ni inson xohishiga bog‘liq bolm agan, ammo ular tomonidan o ‘rga-
nilishi mumkin b o ‘lgan qonunlar asosida amal qiluvchi xo‘jalik tizimi
to‘g‘risidagi ta ’lim ot yaratdilar. Ulaming fikricha, davlatning iqtisodiy
siyosati bu qonunlarga xilof bo'lm ay, aksincha, bu qonunlarga
suyanishi kerak, ana shunda iqtisodiyot ravnaq topadi va aksincha.
Demak, bu qonun va qonuniyatlami bilish, ulardan amaliyotda to ‘g‘ri
foydalanish hayot talabi bo‘lib bormoqda.
Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi deyarli to ‘rt ming yillik rivoji davomida
bir qancha bosqichlami bosib o ‘tdi. Ulaming turli yo‘nalishlari va
maktablari mavjud.
Hozirda 0 ‘zbekiston Respublikasidagi 60 dan ortiq oliy o ‘quv
yurtlarining ko‘pchlligida «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» iqtisodiy zarur
fan sifatida o ‘qitilm oqda. Ayrim akadem iya, ko llej, iqtisodiy
yo‘nalishdagi litsey, o‘rta maktablarda «Iqtisodiyot tarixi» va «Iqtisodiy
ta’limotlar tarixi» ham maxsus fan sifatida o ‘qitilmoqda. Ammo bu
fanlami o ‘qish va o‘qitish bilan bog‘Iiq bo‘lgan uslubiy ishlar faqat
bir kafedrada olib borilmoqda.
Awalgi o ‘quv qo‘llanm am iz 1997-yilda nash r etilgan bo'lib,
ma’lum m a’noda davr sinovidan o ‘tdi. Bu fanni o ‘qitish, o ‘rganish,
o ‘quv-uslubiy materiallar yaratish davomida qo ‘llanm ani yanada
takomillashtirish bo‘yicha takliflar va mulohazalar bildirildi. Markaziy
Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g‘oyalarini kengaytirish borasida
ancha ishlar qilindi. Taniqli iqtisodchilar i.f.d., professorlar H.Sobirov,
1-chizma. Iqtisodiyotning turli yo‘naIishlari va maktablari
Q.Yo‘ldoshev, N.Yo‘ldoshev, A.Razzoqovlar tomonidan mamlakati-
miz hududida yashab, ijod etgan donishmandlaming iqtisodiy merosi
to ‘g‘risida bir qancha ilmiy maqolalar va o‘quv qoMlanma chop etildi.
2000- yili T D IU da «Iqtisodiy meros va jahon tajribasi» mavzusida
respublika iimiy-amaliy konferensiyasi o ‘tkazildi va uning materiallari
(2001-yil, 9.75 b.t.) nashr qilindi.
Shulami hisobga olib, darslikka alohida ikki bob kiritildi. Unda
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g‘oyalari keltirildi. Bunda
keyingi davrda boshqa m intaqalarda chiqarilgan adabiyotlaming
tajribasidan foydalanildi.
U m um an, respublikamizda «Xalq xo‘jaligi va iqtisodiy ta ’limotlar
tarbd» (08.00.02) fani bilan u yoki bu darajada shug‘ullanayotgan
barcha kuchlam i birlashtirish, dastur, o‘quv qo‘llanma, darslik tay-
yorlash, malakasini oshirish, ilmiy daraja olishga imkon beruvchi
ixtisoslashgan kengash ochish, birgalikda konferensiya va boshqa anju-
manlami o‘tkazish, ilmiy tadqiqotlar olib borish vaqti yetdi.
Ushbu darslik Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti «Iqtisodyot
nazariyasi» kafedrasi a’zolari i.f.d., professor, 0 ‘zbekiston Respublikasida
xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi A.A. Razzoqov, i.f.d. Sh.H.
Tashmatov (11-14-boblar) hamda i.f.n. N. 0 ‘rmonov (3-4,22-boblar)
tomonidan yozilgan. Har bob oxirida qisqacha xulosalar, asosiy tushuncha
va iboralar, nazorat va mulohaza qilish uchun savollar keltirildi.
K IR ISH
«IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI*
KURSINING PRED M ETI VA USLUBI
«Iqtisodiy ta ’Iimotlar tarixi» kursi iqtisodiy fanlar tizimida muhim
o‘rin egallaydi.
Insoniyat o‘zining ko‘p ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy
va ijtimoiy taraqqiyot yo‘lini bosib o ‘tgan. Har bir davrda u yoki bu
mamlakatda ayrim shaxslar (olim yoki hokimlar) tom onidan shunday
iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g‘oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari
surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va xalqlar
ravnaq topgan, ba’zida tanazzulga uchragan. Ana shu iqtisodiy g‘oyalami
h ar to m o n lam a chuqur o ‘rg an ish , tahlil etish , u la r orasidan
umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib, hozirgi davrga, ya’ni
hayotga tatbiq etish amaliy va nazariy jihatdan foydalidir.
«Iqtisodiy ta’Iimotlar tarixi» fanining predmeti bo‘lib, m a ’lum
davrlardagi ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy
g‘oyalar va ijtimoiy konsepsiyalaming vujudga kelishi, rivojlanishi va
almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi.
Bu g‘oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar
va yo‘nalishlaiga tegishlidir. Iqtisodiy ta’Iimotlar tarixi mustaqil fan
sifatida eng qadimgi davrdan boshlab, to hozirgi zamongacha vujudga
kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash, nazariya va ta ’limotlami
o‘z ichiga oladi.
Uslubiy jihatdan bu fan iqtisodiy tahlilning ilg‘o r m etodlari
yig‘indisidan iborat bo‘lib, tarixiy induksiya, mantiqiy abstraksiya va
boshqa usullardan keng foydalanadi.
«Iqtisodiy ta’Iimotlar tarixi» fani «Iqtisodiy nazariya» fani bilan
chambarchas bog‘liq, lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiy nazariya»
fanida eng muhim iqtisodiy kategoriyalaming so‘nggi davr uchun tahlili
beriladi, ammo bu nazariyalar har doim ham turg‘un bo£lmaydi va
vaqt davomida, ayniqsa, keskin o ‘zgarishlar davrida evolutsiyada bo‘ladi.
«Iqtisodiy ta ’limotiar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari
tom onidan ilgari surilgan g‘oya, qarash, nazariya, qonun, ta’limot,
konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy
qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlaming manfaatlari nuqtai nazaridan
tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo‘jalik obyekti bilan
chambarchas bog‘liqligini namoyon etadi. «Eskiigan nazariyalami ular
faqat inkor etilganligi sababli prinsipdailmiy emas deyish mumkin
emas», - deb yozadi taniqli iqtisodchi T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan
yangi qarashlar awaígilar asosida, ulami qabul qilish, rivojlantirish
yoki inkor etish natijasida paydo bo‘lgan. Ba’zi mutaxassislar faqat
yangi nazariyalamigina o‘rganishni taklif etishadi, ammo bu so‘nggi
nazariya awalgi ko‘p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlaming yakuniy qisqacha
xulosalari sifatida namoyon b o iad i yoki bugun biz «yangi» degan fikr
m a’lum vaqtdan keyin o‘zgarishi mumkin.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa, iqtisodiyot nazariyasi fani
bilan bevosita bogliq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi ancha keng davmi qamrab
oigan va mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o‘rganish orqali xalq xo‘jaligi
tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar hamda aniq iqtisodiy
predmetlami o ‘zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishning
shart-sharoitlari va oqibatlarini tahlil etishga katta ko‘mak beradi.
Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti to‘gk-
risidagi flkrlar
Do'stlaringiz bilan baham: |