A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

«Nikomaxov ahloqi» 
va 
«Siyosat» 
kitoblarida mavjud. 
U: 
«Qui- tirikqurol, qandaydir tirikmulk», -
 degan edi. Uning fikricha, 
jamiyatning quldor va qullaiga bo‘linishi - tabiiy va qonuniy holat bo‘lib, 
odamlaming tabiatan turli-tumanligidandir.  U  «haqiqiy boylik» (tabiiy) 
ni  tan  olgan,  uni  iste’mol  qiymatlarining  yig‘indisi  deb  bilgan  va  bu 
bilan bog‘liq faoliyatni iqtisodiyotga tegishli soha deb bilgan.  Quldorlik 
xo‘jaligini mustahkamlash uchun o‘rtacha ta ’minlangan quldorlar sinfini 
yuksaltirish  kerak,  buning  uchun  davlat  tomonidan  odil  almashinuvni 
ta’minlash zarur.  Olim  masalani ahloqiy tom ondan hal etishga urinsa- 
da, birinchi marta almashuv qiymatini tahlil etdi va qiymatning m ehnat 
nazariyasi  kurtaklarini  yaratdi.  Tovarlaming  almashuv  qiymati  tovar 
bahosining  yaratilish  shakli  ekanligini  tushunib  yetdi.  K.Marksning 
formulalarini qo‘ltaydigan bo‘lsak,  T-T munosabati T-P-T ga  aylanadi 
va 5 ta «loja» 1 uyga yoki ma’lum miqdordagi pulga tenglashtirilishi mumkin. 
Platonga  nisbatan Aristotel  pulning  mohiyatini  kengroq va  chuqurroq 
anglab  etdi.  Ammo  u  tovar  ishlab  chiqarishinmg  rivojlanmaganligi  va 
qiymatni to‘la tushunmaganligi tufayli tovarlar pul tufayli bir-biri bilan 
solishtirilishi  mumkin  degan  xato  xulosalarga  keldi.  Natural  xo‘jalik 
tarafdori  bo‘lgan  olim  muomalaning  T -P -T   shaklinigina  tan  olgan 
(talabni  qondirishga  moljallangan  holat),  savdo  va  sudxo‘rlik tabiatga


zid  bo‘lib,  bulami  pul  qilish  san’atiga  xos  narsa  deb  bilgan  va  uni 
xrematistikaga tegishli degan.
Aristotel uchun idéal  (bekam-u ko‘st) xo‘jalik -  bu uncha katta bo‘l- 
magan  dehqonchilik  xo‘jaligi  (unda,  albatta,  qullar  ishlagan)  bo‘lib,  u 
deyarli  kerakli  barcha  mahsulotni  yaratuvchi  (natural  xo‘jalik)  bo‘lishi 
shart edi. Ayrim yetishmagan narsalami esa qo‘shnilardan «odil aimashuv» 
asosida olish kerak. Bu olimning xizmati shundaki, u birinchilardan bo‘lib 
iqtisodiyotning  ayrim  kategoriyaiarini  berdi  va  ma’lum  darajada  ular 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni aniqladi. Aristotelning iqtisodiy tizimi bilan 
A.Smitning  «Xalqlar  boyligi»  asaridagi  fikrlar  hamohangligini  ko‘rish, 
qiymat  qonunining  hosil  bo‘lishi  mexanizmini  tushunish  mumkin.
Qiymat
  iqtisodiyotning  asosiy  kategoriyasi  hisoblanadi.  Tarixan 
uni talqin etishda ikki yo‘nalish bor.  Birinchi yo‘nalishda tovar qiymati 
obyektiv  bo‘lib,  uning  manbayi  shu  tovami  ishlab  chiqarish  uchun 
sarflangan mehnat hisoblanadi. Ikkinchi yo'nalishda qiymat tushunchasi 
subyektiv narsa bo‘lib, odamlar tomonidan tovaming foydaliligi boshqa 
biron foydalilik bilan solishtirish tufayli yuzaga keladi.
Aristotelning g‘oyalarida ikkala yo‘nalish kurtaklari mavjud. U qiymat 
qonuni  muammosini  qo‘yadi,  lekin  unga  to ‘la javob  topa  olmaydi.  U 
almashuvda  tovar  qiymatlari  tenglashtirilishini  ko‘radi.  «Nikomaxov 
ahloqi»  asarida  u  shunday  fikr  yuritadi: 
«Jamiyaî  ikki  vrachdan  tashkil
 
bo'lmaydi,  balki  vrach  va  dehqondan,  umuman,  bir  xil  va  teng
 
bo'lmaganlardan  tashkil  topadi.  Âna  shunday  odamlami  bir-biriga
 
tenglashtirish  zarur.  Shuning  uchun  almashuvga  uchraydigan  barcha
 
narsalami  tenglashtirish,  solishtirish  zarur.  Xullas,  hamma  narsa  biror
 
narsa bilan o*lchanishi kerak.  EHkdo'z mahsulotining dehqon mahsulotiga,
 
dehqon  mahsulotining  etikdo'z  mahsulotiga  bo'lgan  to'gri  munosabati,
 
tcfffri tenglamasi topilishi kerak».
 Lekin o‘sha narsa nima ekanligi aytilmaydi. 
Savolga javob izlab u o‘z fikrini shunday davom ettiradi: 
«biz nima uchun
 
almashamiz.,  chunki  menga  sening  tovaring,  senga  esa  mening  tovarim
 
kerak»,
  degan  oddiy  qisqacha xulosalarga  keladi.  Tovarlaming tengligi 
pul  tufayli  amalga  oshadi,  deydi  u.  Hamma  narsa  biron  narsa  bilan 
o ‘lchanishi  kerak.  Bu,  awalo,  ehtiyoj,  u  barcha  narsani  boglovchi 
asos.  Ehtiyojni  almashtirish  uchun  (odamlar  kelishuvi  bilan)  pul  - 
chaqa paydo bo‘ldi. Aristotelning bu fikrida hozirgi zamon maijinalizm 
g‘oyalari yotadi,  ya’ni  tovarlaming foydaliligi asosiy o ‘ringa chiqadi.
Bu  olimning  iqtisodiyot  (ekonomika)  ni  xrematistikaga  qarama- 
qarshi  qo‘yishi  xarakterüdir.  U  o'ylab  topgan  «xrematistika»  matni


«xrema» so‘zidan olingan bo‘lib, mulk, egalik mazmuniga ega. Aristotel 
iqtisodiyot  (ekonomika)  deganda  hayot  uchun  zarur  bo‘lgan  mah- 
sulotlar (iste’mol qiymatlari)  ni  ishlab  chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
tabiiy  xo‘jalik  faoliyatini  tushunadi  (dehqonchilik,  hunarmandchilik 
va  mayda  savdo).  Bu  almashuvni  ham  o‘z  ichiga  oladi,  ammo  zarur 
shaxsiy  talab-ehtiyojlarai  qondirish  chegarasidan  chiqmasligi  kerak. 
Bu faoliyat chegaralari ham tabiiy soha bo‘lib, insonning ongli shaxsiy 
iste’moli doirasida bo‘Iishi kerak.
«
Ekonomiya
»  so‘zi  dastlab  uy  xo‘jaligini  yuritish  san’ati  sifatida 
yuzaga kelgan bo‘lsa, keyingi davrda u ko‘proq va asosan «ekonomika» 
m a’nosida qo‘llaniladi va xarajatlami qisqartirish,  m a’lum resurslami 
sarflashda tejamkorlikni anglatadi.  Hozirgi davrda bu  atama ko‘proq 
quyidagilami  anglatadi:
1. Tuman, hudud,  mamlakat,  mamlakatlar guruhi yoki jahon xo‘ja- 
ligi (masalan Jah o n  iqtisodiyoti, 0 ‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqalar).
2. Xalq xo‘jaligining, to‘la ishlab chiqarishning ayrim shart-sharoitlari 
va elementlari (aholi, mehnat, boshqarish va boshqalar), ayrim tarmoqlar 
(sanoat, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, ta’limva boshqa­
lar)  ni  tadqiq  etadigan  ilmiy  soha.
3.  M a’lum  iqtisodiy  tizimni  tashkil  etuvchi  ishlab  chiqarish,  taq- 
simot, almashuv, iste’mol jarayonidan tashkil topuvchi odamlar o'rta- 
sidagi  ma’lum  tarixiy-iqtisodiy  munosabatlar  majmuasi.

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish