A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

Adam  Sm it
 tomonidan  1776-yili  chop  etilgan  «Xalqlar 
boyligi» asarida asosan to la  tahlil etib berilgan.  Ba’zi iqtisodiy g‘oyalar 
esa qadimdan m a’lum.  Ulami o ‘rganish va eng muhimi, hayotga tatbiq 
etish yaxshi  samara  beradi.
Bu fanni chuqurroq o ‘rganish tufayli bir qancha yechimini kutayot- 
gan  nazariy  masalalarga  oydinlik  kiritish  imkoni  tug‘iladi.  Masalan, 
bozor munosabatlarining ibtidosi hanuzgacha aniq yechimga ega emas. 
Ayrim olimlar bu jarayonni xususiy mulk, sinfiy jamiyat yuzaga kelishi 
bilan  bog'lasalar,  ayrimlari  (R.Xeylbroner,  L.Turou)  uni  kapitalizm 
bilan,  aniqrog‘i,  «ishlab  chiqarish  omillari»  paydo  bo ‘lishi  bilan 
izohlaydilar  (mehnat,  yer  va  kapital  tovarga  aylangach,  bozor tizimi 
yuzaga  kelgan  ekan).  Keyingi  fikr bo‘yicha bozoming  ibtidosi  XVIII 
asrda Angliyada boshlandi.
0 ‘z davrida ilg'or Sharqning ortda qolishi, G ‘arbning ilgarilab ketishi 
sabablari, kelajak to‘g‘risidagi prognozlar ham muammo bo‘lib turibdi.
S


Darslikda shu masalalami hal etishga oid fikr-mulohazalar beriladi.
Iqtisodiy  ta ’limotlar tarixini  o ‘rganishda  m a’lumni  davrlashtirish 
tizimidan  foydalaniladi.
Taniqli  iqtisodchi  olim  J.K.Gelbreyt:  «Amalda  iqtisodiy  g‘oyalar 
o‘z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo‘lib, ular bilan cham bar- 
chas  bog‘langandir;  bu  g‘oyalarni  u la r  tushuntirib  b eray o tg an  
dunyodan  mustaqil  ravishda  ajratib  qarash  mumkin  emas;  bu  dunyo 
esa doimo o ‘zgarishda bo'ladi, agar bu g ‘oyalar o ‘z maqsadlariga to ‘la 
javob  berishni  ko‘zlasalar,  doimo  shunga  mos  ravishda  o ‘zgarib 
turishlari  kerak»,  -  deb  yozgan  edi.
Kapitalizm  davrida  xo‘jalik  va  ijtimoiy  hayotda  baynalm ilallik 
(in te rn a tsio n a liz m )  kuchayganligi  tu fay li,  iqtiso d iy   fik rn in g  
rivojlanishi  ham   yagona jahon jarayoniga  aylana boshladi,  Oqibatda, 
klassik iqtisodiy maktab asoschilari A S m it va D.Rikardoning qarashlari 
qisqa vaqt ichida butun jahonga ma’lum bo ‘ldi, vaholanki, undan awalgi 
ko‘pgina  nazariyalar  ayrim  m am lakatlarda  ko‘pchilikka  m a ’lum  
bo‘lmasdan «o‘lik mol» sifatida yotgan.
Ammo  hozirgi  davrgacha  jam langan  barcha  iqtisodiy  g'oyalam i 
ma’lum  sistemaga  solish  va  shu  asosda  o ‘rganish  maqbuldir.  A m m o 
o‘tgan davr  hodisalari vag‘oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga 
zo‘rma-zo‘raki  moslashtirish  mumkin  emas.  Bu  tarixni vulgar  zam o- 
naviylashtirishga, o‘rganilayotgan davming xususiyatlarini inkor etish­
ga olib keladi.
Bu  fan  doim  rivojlanishda bo‘lib,  bir-birini to ‘ldiruvchi evolutsion 
(mavjud  g‘oyalaming yanada  chuqurroq takomillashuvi)  va  inqilobiy 
(butunlay  yangicha  konsepsiyalar  vujudga  kelishi)  yoHlari  mavjud. 
Inqilobiy o‘zgarishga misol sifatida A.Smit va uning izdoshlari g‘oyalari, 
m arjinalistik  to ‘ntarish,  yangi  klassik  y o ‘nalish  (A .M arsh all), 
J.M.Keynsning  iqtisodiy  qarashlarini  keltirish  mumkin.  0 ‘tish  davri 
iqtisodiyoti  b o ‘yicha  g'oyalar  hozirgi  davrning  muhim  qarashlari 
majmuasiga  kiradi va  nihoyatda  dolzarbdir.  Bu  masala  O 'zbekiston 
misolida qarab chiqildi.
Taniqli  davlat  arbobi  Uinston  Cherchill  (1874-1965):  «Qayerga 
borishimizni bilish uchun, qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz 
kerak», - degan edi.  Bu g‘oya nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, unda bosib 
o‘tilgan  yo‘lni  to ‘g‘ri  baholash  va  istiqbolni  ko‘zlash  haqida  gap 
boradi.


Iqtisodchilaming  tadqiqotlaridagi  asosiy  bosh  g‘oya  -  jamiyat, 
insoniyat,  ayrim  shaxslaming  boyligi  masalasidir.  Maqsad  bir,  lekin 
unga  eltadigan  yo‘llar  nihoyatda  xilma-xil  ekanligini  ko‘ramiz.  Ilk 
kapitalistik  munosabatlar vujudga  kelgan  davrgacha  (XV  asr)  bo'lgan 
iqtisodiy  g‘oyalardagi  umumiylik  shuki,  barcha  donishmandlar  va 
ulaming  yozgan  asarlarida  mehnat  va  yer  boylikning  asosiy  vositasi 
ekanligi turli yo‘llar bilan talqin etiladi,  ularda ishlab chiqarish sohasi 
asosiy  deb  hisoblangan.
XV-XVII  asrlarda  (qisman  XV1I1  asr  boshlarida)  yangi  iqtisodiy 
ta ’limot  -  merkantilizm  vujudga  keldi.  Merkantilizm  to ‘g‘risida  qisqa 
m a’lumot beradigan bo‘lsak, uning mohiyati iqtiscxliy siyosatda mamlakatda 
va  davlat  xazinasida  nodir  metallami  ko‘proq  to‘plash,  ta’limotda  esa 
m uom ala  (savdo,  pul  oboroti)  sohasidagi  iqtisodiy  qonuniyatlami 
izlashdir,  u awalgi  davrdagi g‘oyalardan  keskin farq qiladi.
Keyingi  muhim  o ‘zgarish,  bu  klassik iqtisodiy  maktabning  yuzaga 
kelishidir  (XVIII  asr).  Bu  iqtisodiy  ta’limot  ichida  fiziokratizm  ham 
vujudga  keldiki,  uning  umri  uncha  uzoq  bo'lmadi.  Klassik  maktab 
g ‘oyalari hozirgi davrda ham  turli shakllarda qayta namoyon bo‘lmoqda 
(neoklassik,  liberal,  neoliberal...).  Marks  nomi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
marksizm ta’limoti  (nobozor iqtisodiyot)  ham tarixda muhim  o‘rinni 
egallaydi.  Hozirgi  davrda  bu  ta ’limot  to‘g‘risida  imkoni  boricha 
gapirmaslikka,  ayniqsa,  yozmaslikka  harakat  kuchayib  bormoqda, 
k o ‘proq  uning  faqat  salbiy  tomonlarini  tilga  olish  «moda»ga  kirgan. 
Bunda  «jon»  bor,  albatta,  chunki  1917-yili  Rossiyada  boshlangan 
marksizmni hayotga tatbiq etish jarayoni samarasiz tugadi.  Keyinchalik 
shu yo‘lga o‘tgan bir qancha mamlakatlarda ham eksperiment samarasiz 
yakunlandi.  Lekin tarix uchun insoniyatga bu saboq juda muhim,  shu 
sababli uni chetlab o‘tish adolatdan emas, deb hisoblaymiz.  Darslikda 
xayoliy  sotsialistlar  va  markschilaming  iqtisodiy  g‘oyalari  ham  o‘rin 
olgan,  uning  tarixiy  taqdiri  berilgan.
XIX asr 2-yarmida  awalgi g‘oyalarga marksizmga muqobil  ravishda 
vujudga  kelgan va  umumlashtirilgan  holda  maijinalizm  deb  ataladigan 
ta ’limot  hozirgi  zamonning  asosiy  iqtisodiy g‘oyasi  hisoblanadi.  Lekin 
shuni  ham  alohida  ta’kidlash  kerakki,  biror ta’limot  doimo  sof holda 
amalda deyarli qo‘llanilmaydi.  Har bir ta’limotning  ko‘plab turli oqim 
va yo‘nalishlari mavjud.  Odatda,  sof erkin bozor munosabatlari deyarli 
uchramaydi.  Bozor munosabatlarining unsurlari, ular o‘rtasidagi nisbat 
ham  doimo o ‘zgarib turadi.  Demak, iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining


muhim  xususiyatlaridan  bin,  bu  uning  doimo  harakatda,  o ‘zgarish, 
rivojlanishda  ekanligidir.  Bir  mamlakat  chegarasida  iqtisodiy  ta’limot 
ta’siri ostida iqtisodiy siyosat har doim  rivojlanishda bo‘lishi kerak.
Darslikda  0 ‘zbekiston  misolida  bozor  m unosabatlariga  o ‘tish 
iqtisodiyoti  konsepsiyasi  xususiyatlari  bayon  etiladi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining boshqa fanlardan farqli xususiyati 
shuki,  har bir g‘oya,  ta’limot  uni  yaratgan bir yoki bir guruh  insonlar, 
olimlar,  davlat  rahbarlarining  faoliyati  bilan  cham barchas  bog‘liq 
holda beriladi.
Iqtisodiyot bo‘yicha  Nobel  mukofoti laureati  M ilton  Fridmenning 
fikricha, fanni o‘rganishda olimlaming «avtobiografiya va biografiyalariga 
murojaat qilish, shu yo‘l bilan olimlami aforizm va misollar yordamida 
rag ‘batlan tirish   kerak,  faqat  sillogizm   (d e d u k tiv   fikrlash)  va 
teoremalar bilan  cheklanmaslik  zarup>.
Sharq,  xususan,  Markaziy  Osiyo  donishm andlarining  iqtisodiy 
g‘oyalarini  o ‘rganish,  aslini  olganda,  endi  boshlandi,  shu  sababli  ki- 
tobning bu bo'iimi yangi materiallar bilan to‘lib borishiga ishonchimiz 
komil.
Yetakchi  mamlakatlar  taraqqiyotining  asosiy  omillaridan  bin,  bu 
davlatlar iqtisodiyotining bo‘layotgan o‘zgarishlarga tez adaptatsiyasidir, 
ya’ni  moslashuvidir.
AQSH davlati tarixida qisqa vaqt davomida iqtisodiy siyosat bir necha 
bor almashdi va iqtisodiy ravnaq saqlab qolindi. Buyuk depressiya (1929- 
1933)dan  keyingi  davrda  AQSH  prezidenti  D.Ruzvelt  «yangi  yo‘l» 
kursi  bilan  J.M .Keynsning  iqtisodiy  g‘oyalarini  am alda  qo‘lladi 
(davlatning iqtisodiyotdagi roli keskin oshdi,  vaholanki undan awalgi 
yillari xususiy  mulk  (99  foiz)  asosiy va  yetakchi  bo‘lgan).
Keyinroq  prezident  R.Reygan  davrida  davlatning  iqtisodiyotdagi 
roli  ancha  kamaytirilib,  liberal  (erkin)  iqtisodiyotga  keng  yo‘l  ochib 
berildi  (reyganomika),  oqibatda bu  prezident  davrida  qo'shimcha  14 
million kishi tadbirkorligiga yo‘l ochib berildi, yangi-yangi millioneriar 
vujudga keldi. Xuddi shunday holat B.Klinton davrida ham qayd etildi.
Buyuk Britaniya iqtisodiyotida ham buni ko‘rish mumkin (tetcherizm). 
Iqtisodiy  siyosat  va  iqtisodiy  g‘oyalaming  bir-biri  bilan  chambarchas 
bog‘liqligini  isbotlovchi misollami  ko‘plab  keltirish  mumkin.
Ayniqsa,  «sotsialistik»  deb  atalgan  riv o jlan ish   y o 'lid an   voz 
kechmagan Xitoy va Vyetnam davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti ham


diqqatga sazovordir. Bozor iqtisodiyoti unsurlarining keng rivojlanishiga 
imkon beruvchi  iqtisodiy islohotlar tufayli katta  yutuqlarga  erishildi.
Iqtisodiy ta ’limotlar tarixiga, balki boshqa fanlarga ham xos bo‘lgan 
yana bir xususiyat shuki, iqtisodiy g‘oyalar doimo dialektik rivojlanishda 
bo‘lib, ulam ing tahliliga so‘nggi nuqta qo'yish qiyin.Bundan bir necha 
yuz yil aw al yuzaga kelgan fikr va g‘oyalaming ma’nosi ustida tortishuv 
va  baxslar  hali  ham  davom  etib  kelmoqda.  Masalan,  hanuzgacha 
K.Marksning  qiymat  (ruscha  -  «стоимость»)  to‘g‘risidagi  flkri  aslida 
qimmat  (ruscha  -  «ценность»)  bo‘lgan,  degan  fikr  mavjud.  Marks 
asarlarini  nemis  tilidan  tarjimada  yocl  qo‘yilgan  xato  tufayli  jiddiy 
tushunmovchilik yuzaga kelgan, deyilgan (Блауг М.  Экономическая 
мысл  в  ретроспективе.М.,1994).
Bunda dialektik mantiq bor, albatta, lekin yuqorida ta’kidlanganidek, 
awalgi g‘oyalar tufayli,  odatda,  yangi g‘oyalar yuzaga keladi,  shuning 
uchun  bu  g‘oya  «yaxshi»,  unisi  «yomon»  tarzida  baholash  adolatdan 
bo‘lmaydi. A.Smitning mashhur asarida kelgan  antik  dunyo,  merkantilizm,  fiziokratizm  ta’limotlari  tahlil 
etilgan,  Yevropaning  iqtisodiy  tarixi  sinchiklab  o ‘rganilgan.
Yetakchi g‘arb olimlari ko‘p hollarda to‘rt buyuk shaxsning g‘oyalariga 
alohida urg‘u berishadi:  bular Smit,  Marks, A.Marshall va Keynsdir.
Bu  olim larning  iqtisodiy  g‘oyalarida  mavjud  ta ’lim otlarning 
ko‘pchiligi o ‘z in’ikosini topgan va ular jahon iqtisodiy g‘oyalari rivojiga 
alohida hissa q o ‘shgan shaxslardir.
Iqtisodiy  ta ’limotlar  tarixi  fani  bo‘yicha  yaratilgan  adabiyotlarga 
to‘xtaladigan  bo ‘lsak,  bu masala o‘zbek o‘quvchilari uchun eng nozik 
masala deyish  mumkin.
1997-yili  «Fan»  nashriyoti  tom onidan  e ’lon  qilingan  o ‘quv 
qollanm adan (2000 nusxa) so‘ng, 2001 yilda Toshkent moliya instituti 
tomonidan  ham   qo‘llanma  (300  nusxa)  nashr  etildi.
2001-yil  Q .Y o ‘ldoshev  va  Q.  M uftoydinlovlar  to m o n id a n  
tayyorlangan «Iqtisodiy ta’limotlar tarixidan» nomli qo‘llanmada Sharq 
iqtisodiy  g‘oyalari  tahlil  etiladi.  Yu.B.  Yusupovning  rus  tilida  (1999) 
chop  etilgan  m a’ruzalar  matni  ham  diqqatga  sazovordir.
2000-yildan  boshlab  TD IU   magistraturasida  «Iqtisodiy  nazariya» 
mutaxassisliklari  uchun  « 0 ‘rta  Osiyo  mutafakkirlarining  iqtisodiy 
g‘oyalari»  maxsus  kursi  o ‘qitila  boshlandi,  shunga  mos  namunaviy 
dastur,  m a’ruzalar  matni  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlar  tayyorlanib, 
amalda qo‘llanilmoqda.



Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish