«eng g o 'za l, m ukam m ai, m ustahkam buîunjahon
assotsiaîsiyaiaridandir. Barcha qonuniy manfaatlar uygunlashgandir
».
F.Bastia 1850-yilda «Iqtisodiy garmoniyalar» kitobini chop etdi. Unda
garmoniya (uyg‘unlik)ning asosini almashuv va sof, hech narsa bilan
cheklanmagan raqobatda ko‘radi. F.Bastia o ‘z g‘oyasini isbotlashda
Seyning fikridan foydalangan bo‘lib, xizmatlar nazariyasi bunga mos
keladi, ya’ni almashuv, xarid-savdo o‘zaro teng «xizmatlar»ni al-
mashish demakdir. Sey bo'yicha bu «xizmatlar» nafaqat odamlar, balki
buyumlar va tabiat kuchlari tomonidan ko‘rsatilsa ham, Bastia jamiyat
hayotining qanday sohasida bo‘lmasin, faqat shaxsiy xizmatlami ustun
qo‘yadi. «Xizmat» deganda ishlab chiqarish davomida real niehnat
sarfmigina emas, balki shu xizmatdan foyda keltiruvchi har qanday
harakat, faoliyat va kuch tushuniladi. Bundan shu narsa aniq bo ‘lib
qoladiki, qimmat yaratishda ishlab chiqarishga faqat ishchilar emas,
balki kapitalist va yer egalari ham katta «xizmat» ko‘rsatadilar. Kapi-
talistning «xizmati» unga foiz olish imkoniyatini berishini F.Bastia
shunda ko‘radiki, kapitalist kapitalni avans yoki ssuda tarzida sarflab,
iste’molni orqaga suradi va uni kapitalistning «qurboni» deb hisoblaydi.
Bu yuqorida biz keltirgan Senioming tiyilish nazariyasining o ‘zidir.
«Tiyilish» so‘zi o‘miga «orqaga surish» so‘zi qo'yilgan, xolos.
Mehnat va kapital olrtasidagi uyg‘unlik, ya’ni garmoniyani yanada
to ‘laroq isbotlash maqsadida Bastia o ‘zining kapital jam g‘arilishi
«qonuni»ni yaratdi va unda Rikardoning foyda va ish haqining bir-biriga
qarama-qarshi ekanligi to‘g‘risidagi ta ’limotini inkor etishga harakat
qildi. F.Bastianing bu «qonuni»ga ko‘ra, mehnat va kapital manfaatlari
oliy darajada hamohangdir. Oqibatda kapitalistning foydasi va ishchining
maoshi bir vaqtda va bir miqdorda oshib boradi, hatto ishchilaming
hissasi kapitalistlamikidan tezroq o lsar ekan, demak, oqibatda kapita
listning foydasi nisbatan kamayadi. U bu fikmi isbotlashga urinib ham
o ‘tirmaydi. Uningcha, foyda normasi va kapitalistlaming milliy daro-
maddagi hissasi masalalarini qorishtirib yuborgan. Foyda normasining
pasayib borish tendensiyasi ishchilam i ekspluatatsiya qilishning
kuchayishi bilan mos kelishi mumkin, demak kapitalistlaming milliy
daromaddagi hissasi ham oshib borishini kutish mumkin.
F.Bastia o‘zining bu nazariyasi yordamida kapitalistlar va yer egalari
o ‘rtasidagi qaram a-qarshiliklarni hal etadi. U yer ren tasin i yer
egasining yoki uning ota-bobolarining shu yemi ishlash va yaxshilash
xizmati uchun berilgan mukofot deb hisoblaydi. Shunday qilib, kapital
va yer egaligi o ‘rtasidagi uyg‘unlik shu bilan hal etiladiki, yer rentasi
yerga qo‘yilgan kapital foizining bir ko‘rinishiga aylantiriladi. Bunday
izohlash yer rentasining iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyatini
inkor etadi. uning foydadan hech qanday farqi qolmaydi. Ishlanmagan
yerlardan olinadigan renta umuman bu sxemaga mos kelmaydi.
Demak, Bastianing izohi bo‘yicha o ‘sha davrdagi buijua jamiyati
turli sinflar o ‘rtasidagi o ‘z xizm atlari bilan alm ashib turu v ch i
«uyg‘unlashgan hamkorlik* jamiyati tarzida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy
erkinlik bu xizm atlar alm ashuvining ekvivalentligining garovi
hisoblanadi, chunki bu yerkinlik nomutanosib harakatlaming oldini
oladi. Proteksionizmni cheklanmagan erkin raqobat bilan almashtirish
esa sotsialistlaming jam iyatni mukammalroq iqtisodiy jamiyatga
aylantirish to ‘g‘risidagi chaqiriqlariga qarama-qarshi qo‘yiladi.
1775-85-yillardagi mustaqillik uchun Shimoliy Amerika va Angliya
o ‘rtasidagi kurashda qozonilgan g‘alaba tufayli AQSH davlati vujudga
keldi. Hokimiyat tepasiga yangi sinf - buijuaziya o ‘tirdi. AQSH bur-
juaziyasi ingliz buijuaziyasidan anchagina farq qilar edi. AQSHdagi
hukm ron sinf 1865-yilgacha qullikni saqlab qoldi va ingliz siyosiy
iqtisodiga zid ravishda o ‘z siyosiy iqtisodini yaratishga tayyor edi. Biroq
A Q SH da siyosiy iqtisod klassik asosda vujudga kelmadi. Buning sa-
babi shuki, XIX asrning 20-30-yillarida AQSHda kapitalizmning
nisbatan tez rivojlanishi ishchilar harakatining vujudga kelishíga va tez
o ‘sishiga olib keldi.
Ayni vaqtda ish tashlashlar bo'lib turdi. Siyosiy kurashning keskin-
lashuvi vulgar siyosiy iqtisod uchun zamin yaratdi. Bundan tashqari
klassik siyosiy iqtisod AQSHda qulchilikning saqlanib qolishini tanqid
qilar edi. Shu sababli AQSHda yuzaga kela boshlagan iqtisodiy fikr
klassik maktabga qarshi chiqdi. Bu g‘oyalar Genii Charlz Keri (1793-
1879) tadqiqotlarida o ‘z aksini topdi.
Yirik noshiming o ‘g‘li bo‘lgan G.Keri kommersiya sohasida katta
yutuqlarga erishdi.Yirik fabrikantga aylanib, iqtisodiy tadqiqotlajga ki-
rishdi.
1837-40-yillarda uning «Siyosiy iqtisod prínsiplarí» va 1857-59-
yillarda «Ijtimoiv fanlaming asoslarí» nomli asarían chop etildi. Bu
asaming qisqacha varianti 1865-yilda «Ijtimoiy fanlar uchun qo‘ilanma»
nom i bilan chop etildi. F.Bastia amerikalik shu olimdan ilhomlandi.
G.Ch. Ken ingliz siyosiy iqtisodiga keskin qarshi chiqib, AQSH
kapitalizmini madh etdi. Uning asosiy asari «Manfaatlar uyg‘unligi»
(1872) kitobidir. G .K enning qarashlari Angliyaga qarshi ruhda edi. U
Rikardoning ta’limoti va Maltus aqidalarini rad qildi.
G.
Kenning metodologiyasi subyektiv idealizm va mexanitsizm bilan
obyektiv iqtisodiy qonunlam i tabiat qonunlariga almashtirish bilan
xarakterlanadi.
G.Keri hamma iqtisodiy kategoriyalami ta’riflab berishga intildi. U
qiymatni insonning tabiatga hukmronligi o‘lchovi, predmetga ega bo‘lish
uchun bartaraf qilish zarur bo‘lgan qarshi harakat deb ta’rif berdi. U
narxni predmetning o ‘zini ayirboshJash evaziga pul olish qobiliyati deb
hisobladi. Kapital odamlaming tabiat kuchlarini boshqarish imkoniyatini
olishlarida yordam beradigan buyum yoki qurol deb tushundi.
G.Keri D.Rikardoning yer rentasi nazariyasini tanqid qilib, uni
yalpi kurash nazariyasi (ya’ni Rikardo shu nazariya yo‘li bilan go‘yo
sinflar o ‘rtasida urushni avj oldirdi), deb hisobladi va Rikardoni
«kommunizm otasi» deb, unga xuruj qildi. G .K enning o ‘zi esa rentani
yer egalarining mehnati uchun mukofot deb hisoblab, uni foiz bilan
aynan bir narsa deb tushundi. Kenning iqtisodiy ta’limotida buijua
jamiyatida «barcha chin va haqiqiy manfaatlaming to ia-to ‘kis uyg‘unligi»
mavjudligini isbotlamoqchi bo‘ldi. U taqsimot qonunini o‘z nazariyasiga
asos qilib oldi.
G.Keri proletariat bilan buijuaziya manfaatlarining bir xilligini go‘yo
kapitalistik jamiyatda mehnat unumdorligi oshishi bilan ish haqi ham
oshib boraveradi, shuning natijasida ishchi bilan kapitalistning iqtisodiy
ahvolidagi tafovut asta-sekin kamayadi, degan qoida bilan asoslamoqchi
bo‘ldi. G.Keri kapitalistik jamiyatda aholining nisbiy ko‘payishi va
ekspluatatsiya kuchayishi faktlarini mutlaqo inkor qilib: «Ishchilar
sinfl farovonligining oshib borishi texnika taraqqiyoti bilan bogMiq», -
dedi.
XIX
asrda Kenning qarashlari, uning antagonistik jamiyatdagi
manfaatlar uyg‘unligi nazariyasi ko‘pchilikka m a’lum bo‘lib, burjuaziya
siyosiy iqtisodini vulgariashtirishga katta ta ’sir ko ‘rsatdi. «Manfaatlar
uyg‘unligi» nazariyasining asosiy qoidalarini hozirgi zamon siyosiy
iqtisodi qaytadan tiklamoqda.
G.Keri yuqorida biz bayon etgan kapitalistik munosabatlaming
bekam-u ko‘stligi, sinfiy manfaatlaming hamohangligi va boshqa
«uyg‘unliklar» to‘g‘risida ko‘p yozdi. Lekin uning g‘oyalari Bastiadan
biroz farq qiladi. Keri qullikni qo‘lladi (bu davrda AQSHning janubida
hali qui plantatsiyalari mavjud edi). Proteksionizm siyosati ham himoya
qilindi, chunki AQSH hali yosh davlat sifatida sanoati pastligi tufayli
unga muhtoj edi, chunki Angliya sanoati bilan ochiq raqobatda yengishi
qiyin bo‘lgan. Shular tufayli Smit va Rikardolaming fritrederlik (erkin
savdo) siyosati to‘g‘ri kelmay qoldi. Ayniqsa, Rikardoning buijua
jamiyatidagi sinflar o (rtasidagi manfaatlaming qarama-qarshi ekanligi
ko‘pchilikka m a’qul bo‘lmay qoldi.
Kerining fikricha, Rikardoning tuzumida dushmanlik ruhi bo‘lib,
millat, sinf, ijtimoiy guruhlar o ‘rtasida uru sh keltirib chiqaradi.
Vaholanki, bu guruhlar o ‘rtasida bekam-u ko‘st uyg‘unlik mavjud
emish. Kerining «Manfaatlar uyg‘unligi nazariyasi» asosida uning
«taqsimot qonuni» yotadi, unga ko‘ra mehnat unumdorliglning o‘sishi
bilan ishchilar hissasi absolut va nisbiy jihatdan o‘ssa, kapitalistlar-
niki esa aksincha pasayadi. Shunday yo‘l bilan mehnat va kapital
o ‘rtasidagi antagonism yo‘q qilinadi. Bunda yaxshi m a’lum tezis -
unumli kapital g‘oyasidan foydalaniladi (unga ko‘ra tadbirkor qonuniy
foyda olishi kerak).
G.Kerining g‘oyasi bo‘yicha tovaming qiymati uni ishlab chi-
qarishga ketgan amaliy mehnat miqdori bilan emas, balki m a’lum
sharoitda sarflangan ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi.
Ammo m ehnat unumdorligining o‘sishi bilan mahsulotlami ishlab
chiqarish uchun, shu jumladan, ishlab chiqarish vositalariga sarf-
xarajatlar kamayadi. Bu esa, G.Keri bo‘yicha, kapitalning qimmati
pasayishiga olib keladi. Ishlab chiqarish vositalari kapital bilan bir
deb qaraladi. Oqibatda foiz ham, kapital egasi oladigan mahsulot
hissasi ham pasayadi, shunga mos ravishda mehnat qiymati va uning
mahsulotdagi hissasi oshib boradi. Bu g ‘oyalarning ham m asini
qo‘llash qiyin, chunki foiz qiymatning bir qismi bo‘lib, aw algi
mehnatga hech qanday aloqasi yo‘q. Mehnat unumdorligining o'sishi
ishchilaming tirikchilik vositalari qiymati pasayishi bilan bog‘liq,
bunda ishchi kuchi qiymati ham pasayadi, kapitalistning milliy
daromaddagi hissasi esa oshib boradi.
Keri kapitalist va yer egasi «manfaatlari uyg‘unligi»ni isbotlab be-
rishga intiladi. Bunda ham u Rikardoga qarshi chiqadi, ayniqsa, unum-
dorligi past yerlam i ishga tushirishga mone’lik bildiradi.
Keri Bastia kabi rentani aslida kapitalning foizi shakli sifatida qaraydi,
dehqonchilik xususiyatlarini inkor etadi. Keri «millatlar uyg‘unligi»
haqida ham gapirib, jahon ishlab chiqarishini mahalliy markazlarga
taqsimlash zarurligini aytadi, chunki bu yerlarda qishloq xo‘jaligi va
sanoat tabiiy holda uyg‘unlashgan. Shulami hisobga olib, Keri Buyuk
Britaniyaning sanoat va mustamlakachilik monopoUyasiga qat’iy qarshi
chiqadi, boshqa davlatlami agrar xomashyo manbayiga aylantirish
siyosatini inkor qiladi va shu maqsadda proteksionizmni keng qo‘llash
kerakligini aytadi. Shunisi qiziqki, buijuaziya manfaatlarini himoya
qilib, gohida fritrederlik (F.Bastia), ba’zida proteksionizm (Ch.Keri)
«uyg‘unlik»ning doimiy sharti deb e’lon qilinaveradi.
Klassik maktab rivojining bu bosqichida D .R ikardo, J.B. Sey,
T.Maltus va boshqalaming g‘oyalari muhimdir.
Rikardo Smitdan keyin yashaganligi sababli fabrikaning ahamiyatini
to‘g‘ri tushundi. Klassik g'oyalam i to‘la qo‘llagan holda, uning o'ziga
xos fikrlari mavjud. Masalan, renta nazariyasi hozirgacha ahamiyatini
yo‘qotmagan. Uning mehnat taqsimoti va tashqi iqtisodiy aloqalar
g‘oyasi nisbiy afzallik prinsipiga asoslanadi. Savdoda fritrederlik qo‘l-
lab-quwatlanadi, «Sey qonuni»ni m a’qullaydi.
Bu davrdagi iqtisodiy qarashlarda J.B.Sey alohida o ‘rin egallaydi,
uning «bozorlar qonuni» deyarli bir asr hukm ronlik qildi, uning
ishlab chiqarishni uch asosiy om illari hozirg ach a aham iyatini
yo‘qotmagan.
T.M altusning «aholi nufusi nazariyasi», arifm etik (tirikchilik
ne’matlari o‘sishi) va geometrik (aholi soni) progressiyalari, «tuproq
unumdorligi pasayib borish qonuni» katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
Maltusga xos xususiyat shuki, u inqirozlar bo'lishini tan oladi, ammo
ular vaqtincha bo‘lishini ko‘rsatadi.
Senioming «tiyilish» va «so‘nggi soat» nazariyalari sohibkorlar
(kapital egalari) va mehnatkashlar o‘rtasida hech qanday ziddiyat
yo‘q degan muammoni yechishga bag‘ishlangan. Xuddi shunday fikrlar
fransuz Bastia va amerikalik Keriga tegishli, ular iqtisodiyotda to ‘liq
uyg‘unlik mavjud degan g‘oya!ami ko‘tarib chiqadilar.
Asosiy tushuncha va iboralar
Rikardo, nisbiy afzallikprinsipi, differensial renta, fritrederlik, Sey,
«bozorlar qonuni», ishlab chiqarishning uch asosiy omili, foydalilik,
Maltus, arifmetik va geometrik progressiya, «aholi nufusi nazariyasi»,
tuproq unumdorligi pasayishi qonuni, inqirozlar, senior, tiyilish,
so‘nggi soat nazariyalari, Bastiya, Keri, iqtisodiy uyg‘unlik.
Nazorat va mulohaza uchun savoüar
1. D.Rikardoning asosiy asaridagi iqtisodiy g‘oyalar nimadan iborat?
2. N im a uchun Rikardo fabrika davrining mafkurachisi deb
hisoblanadi.
3.Nisbiy afzallikprinsipi nimani anglatadi?
4. «Proteksionizm» va «Fritrederlik»ning o ‘zaro farqi nimada?
5. J.B.Seyning asosiy qonuni nim ani bildiradi? Izohiab bering.
6. Seyning fikricha, inqirozlar bo‘lishi mumkinmi?
7. T.M altusning «aholi nufusi nazariyasi»dagi asosiy g‘oya nima?
8. «Tuproq unumdorligi pasayib borish qonuni» oqibatlari qanday
boUishi mumkin?
9. N im a uchun «Uchinchi shaxslar nazariyasi» vujudga keldi?
10. Senioming «tiyilish» va «so‘nggi soat» nazariyalarining mohiyatini
ochib bering.
11. Bastia va Kerining iqtisodiy uyg‘unlik g‘oyalarida qanday
umumiyliklar bor?
X b o b. JEYMS MILL, J.MAK-KULLOX VA
BOSHQALARNING IQ TISO D IY G ‘OYALARI
(4-bosqich)
Angliyada klassik maktabni boshqacharoq izohlovchilar orasida
Jeyms Mill (1773-1836) muhim o ‘rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |