«tuproq unumdorliginingpasayib
borishh
nazariyasidan foydalanadi. Bu nazariyaga ko‘ra, yerga sarflangan
qo‘shimcha kapital go‘yoki mahsulotni proportional tarzda ko‘paytirishga
im kon bermas emish, binobarin odamlar o ‘zlarini oziq-ovqat va boshqa
tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradigan mahsulotlami to‘la hajmda
yetishtira olmaydilar. Shu tariqa mahsulotlaming yetishmasligi tabiatning
tabiiy-biologik qonunlari bilan izohlanadi. Bu «qonun»da jon bor albatta,
masalan bir gektar yer bilan dunyoni boqib bo‘lmaydi, lekin ilmiy-
texnika taraqqiyoti tufayli ko‘pgina davlatlar yerdan nihoyatda unumli
foydalanib, oziq-ovqat va boshqa muammolami hal etmoqdalar. Demak,
bu «qonun» ham nazariya, ham amaliyot tomonidan inkor qilinadi.
Bunga «ko‘k inqilob»ni misol keltirish mumkin.
«Ko‘k inqilob» 1960-yillaming oxirida paydo bo‘ldi, u qishloq xo‘jali-
gida ilmiy-texnika taraqqiyotini qo‘llash yo‘li bilan uning m ahsul-
dorligini oshirishni anglatadi. Bu jarayon 1950-yillaming o ‘rtalarida
donning yuqori hosilli gibrid navlari kashf qilinishi bilan bogliq.
Bir qancha mamlakatlar «ko‘k inqilob»dan foydalanib, ancha katta
yutuqlami qo‘lga kiritdilar. Masalan, H indiston 70-yillaming oxiri va
80-yillaming boshida o'zini o ‘zi don bilan ta ’minlashga erishdi. Bu
yerda 1976-yilda 120 million tonna don olindi, bu 1950-yilga nisbatan
2.5 marta ko'pdir, 1989-yilda esa 200 million tonnaga yaqin don olindi,
shundan 165 million tonnasi guruch va bug‘doydir.
Filippinda 1965-89-yillardasholi hosildorligi 1,7 mln tonnadan
9.5 mln tonnaga o'sgan bolsa, Indoneziyada bu ko‘rsatkich gektariga
18,1 sentnerdan 42.3 sentnerga o‘sdi. XXR da yiliga 430-465 mln tonna
don otinishi natijasida bu yerda 1 mlrd. 250 mln. kishilik aholi uchun
oziq-ovqat muammosi hal etilgan.
Qiymat va daromad nazariyasi
Maltusning qiymat, daromad, foyda va realizatsiya bo‘yicha g‘oyalari
diqqatga sazovor. Maltus bu masalalami hal etishda D.Rikardoning
g‘oyalariga qarshi chiqdi va A.Smitdan foydalandi. Uningcha, tovaming
qiymati shu tovami sotib olishga ketgan m ehnat bilan aniqlanadi.
Maltus g‘oyasining «yangiligi» «qimmat o ‘lchovi»ni izohlashdir. M altus
tovaming qiymatini ishlab chiqarish xarajatlaridangina iborat deb
ko‘rsatadi va xaridor tovar sotuvchiga ish haqidan tashqari foydani
ham to‘lashi kerak, deb o‘ylaydi, foyda tovam ing qiymatiga nom inal
qo‘shimcha, deb hisoblanadi. Foyda m ehnatdan ajratib qo‘yiladi, ya’ni
kapitalistning foydasi qo‘shimcha emas, balki tovami o ‘z qiym atidan
ortiqqa sotish tufayli paydo boMadi, noekvivalent ayirboshlashning
mavjudligi isbotlanadi. Shunday qilib, aslida merkantilizm g‘oyalariga
qaytish ro‘y beradi, qiymatning hosil bo‘lishida mehnatning roli ikkin-
chi darajali qilib ko‘rsatiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari konsepsiyasidan realizatsiya nazariyasi
(takror ishlab chiqarish) ham kelib chiqadi va unda jamiyatda yer
egaligi, ruhoniy, chinovnik, soldat va boshqa shaxslaming mavjudligi
oqlanadi. Asiini olganda, bunda inqirozlar muammosi izohlanib,
«uchinchi shaxslar» nazariyasi yuzaga keladi, undan shuni tushunish
mumkinki, kapitalist va ishchilar ishlab chiqarilgan hamma tovarlami
sotib olishga qodir emaslar, chunki qiymatning ta’rifiga ko‘ra jami ish
haqi ishlab chiqarilgan barcha mahsulotning qiymatidan foyda miqdoriga
kamdir. Bu holatdan chiqish yo'li jamiyatda ishlab chiqarmaydigan
sinflar, ya’ni «uchinchi shaxslai>ning borligidir, ortiqcha mahsulotlar
ular tomonidan sotib olinadi. Maltus yetarli talabni qondirish uchun
yer aristokratiyasini ulug‘laydi, yuqori renta, soliq va boshqa yig‘im-
lami oqlaydi.
«Ishlab chiqarishni kengaytirish chegaralari mavjud emas», - deydi
T.Maltus. Ortiqcha ishlab chiqarish (inqirozlar) to‘g‘risida fikr yuritib,
bu jarayon umumiy bo ‘lishi, yoki iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida
uzluksiz yoki vaqtincha bo‘lishi mumkinligi aytiladi. D.Rikardo va boshqa
klassik maktab vakillaridan farqli ravishda, T Maltus bo‘yicha nafaqat
xususiy, balki um um iy inqirozlar bo‘lishi bashorat qilinadi (bu tarixan
isbotlandi). Ammo barcha inqirozlar vaqtincha bo‘lib, ular o ‘tkinchi
deb qaraladi.
Maltus «Nufus nazariyasi»ga ko‘ra, ishchilaming sonini kamayti-
rishni taklif etgan bo ‘lsa, ishlamay yeydiganlaming sonini oshirishni
jamiyat uchun foydali deb hisoblaydi.
Bu g‘oyalar aslida Sismondiga tegishli ekanligi keyingi boblarda
izohlangan. Faqat Sismondi kapitalizmdan voz kechish va mayda ishlab
chiqarishni rivojlantirishni taklif etgan bo‘lsa, Maltus kapitalizmdan
voz kechmagan holda, awalo, yirik yer egalari va ruhoniylar manfaatini
ta ’minlashni qo‘Ilaydi.
Maltus g‘oyalaridagi bu ilmiy chalkashliklarga qaramasdan, unda
bir qancha ijobiy fikrlar mavjud. Hozirgi davrda rivojlanayotgan mamla-
katlardagi og‘ir ahvolni tushuntirishda bu olimning qarashlari to ‘g‘ri
keladi. Ayniqsa, Koreya Respublikasi rivoji xarakterUdir. Agar bu yerda
1950-60-yillarda aholining o‘sishi yiliga 3 foizni tashkil etgan paytda
iqtisodiy rvojlanish past bo‘lgan bolsa, 90-yillarda aholining o'sishi
1 foizga tushgan paytga kelib iqtisodiy o‘sish keskin oshdi. Markaziy
Osiyo mamlakatlarida ham aholining o‘sishi katta bo‘lib, iqtisodiy
rivojlanish muammolarini hal etishda bu olimning ba’zi g‘oyalaridan
foydalanish yaxshi sam ara beradi.
Maltusning «Nufus nazariyasi» XIX asrda juda keng tarqaldi va
mashhur bo‘lib ketdi. Hozirgi davrda ham yangi zamonaviy maltus-
chilar G.Butul, N.Chemberlen, P.Erlix, U .Fogtlar Maltusning «ikki
progressiya» to ‘g‘risidagi dastlabki qarashlarini biroz o ‘zgartirib,
«aholining qarib borishi», «aholining eng maqbul miqdori», «qimmatli»
va «arzon» kishilar kabi turli-tuman g‘oyalami ilgari surmoqdalar. Bu
konsepsiyalarda ilmiy-texnika taraqqiyotining oqibatlari, atrof-muhitni
muhofaza qilish bahonasi bilan, Yer kurrasida «ortiqcha» odamlar
ko‘payib ketdi, deb ulaming sonini turli yo‘llar bilan kamaytirish
rejalari taklif qilindi.
XXI asr boshida planetamizda 6 mlrd dan ortiq aholi istiqomat
qilmoqda (1945-yilda aholi soni 2,5 mlrd. edi) va bu ko‘rsatkich tobora
ortib bormoqda. Eng muhim va ayanchli tom oni shundaki, kam
rivojlangan va qoloq davlatlarda bu o‘sish tez bo‘lib, aholining 75 foizi
shu davlatlarga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun demografiya muammosi
hozirda ham nihoyatda dolzarbdir.
9.4.Senior, Bastia, Keri va boshqalaming iqtisodiy ta ’limotlari
Klassik maktab g‘oyalarini boyitishga Angliyada N.Senior, Fransiya-
da F.Bastia, AQSHda G.Keri, Germaniyada tarixiy maktab namo-
yandalari katta hissa qo‘shdilar. Bular ichida N .S enior alohida o‘rin
egallaydi.
Nassau Vilyam Senior (1790-1864) Londondagi m ashhur Oksford
universitetining siyosiy iqtisod kafedrasi professori, «tiyilish» va «so‘nggi
soat» nazariyalarining muallifi sifatida mashhur b o ‘ldi.
N.Senior g‘oyalari «Siyosiy iqtisod fani ocherklari» (1836) va
«Fabrika qonunchiligi to (g*risidagi xatlar»da bayon etilgan.
U o'zining qiymat nazariyasida qiymatni baho bilan bir narsa deb
hisoblaydi va qiymat talab bilan taklifga bog‘liqligini aytadi. U mehnat
(ishchilaming «qurboni») bilan bir qatorda kapitalistning «tiyilishi*ni
ham qiymatning manbayi deb e’lon qiladi.
«Hyilish» nazariyasida N .Senior kapitalni kapitalistning berayotgan
«qurboni» deb hisobladi. Uning ta ’kidlashicha, kapitalist o‘z kapitalini
ishlab chiqarish sohasiga q o ‘yganda (investisiya) o'zining shaxsiy
iste’molidan go‘yo m a’lum davr «tiyilib» turadi, m ehnat esa o ‘z
navbatida, ishchining dam olish va tinchlik evaziga qilgan «qurboni»
deb qabul qilinadi. Shuning uchun ish haqi va foyda kapitalist va ishchi
bergan tegishli «qurbonlar» uchun bab-baravar mukofot emish.
N. Senior Rikardoning qiymatni ish vaqti bilan belgilashiga qarshi
chiqadi. U foyda kapitalistning «mehnati»dan, foiz esa uning sabr-
qanoatidan hosil bo‘lishini kashf qildi. N.Senioming yana bir «kash-
fiyoti» «so‘nggi soat» nazariyasidir. Sanoat to ‘ntarilishi va mashina-
laming kirib kelishiga qaramasdan, ishchilaming ish soatlari nihoyatda
yuqori bo‘lib, shu sababli XIX-asming 30-yillarida Angliyada 10 soatlik
ish kuni uchun kurash kuchayib ketdi. N.Senior esa o‘sha davrda
mayjud bo‘lgan 11,5 soatlik ish kunini qisqartirishning «ilojsiziigini»
nazariy jihatdan asoslashga urinib, ish kunining 10,5 soatida sarflangan
kapitalning qiymati yangidan vujudga keladi, faqat oxirgi bir soatidagina
foyda yaratiladi, deb uqtirdi. Shu sababli ish kunini 10 soatgacha
qisqartirish foydaning, bu bilan ishlab chiqarishni rivojlantirishga har
qanday qiziqishning yo‘q boMib ketishiga olib borgan bo‘lar edi, deb
da’vo qildi. Bu bilan u sohibkorlami ochiqdan-ochiq himoya qiladi.
XIX asming 40-50-yillarida fransuz va xalqaro ishbilarmonlar orasida
F.Bastianmg (1801-1850) nomi va iqtisodiy qarashlari keng omma-
lashdi. U boy fransuz ishbilarmoni oilasida tug‘ildi. Bastia 40-yillari bir
qancha pamfletlar chiqarib, ularda erkin savdo foydasiga proteksionizmni
inkor etuvchi, vino ishlab chiqaruvchilar manfaatini himoya qiluvchi,
sotsialistik g‘oyalarga qarshi bo‘lgan qarashlami faol targ‘ib etdi. Bu
pamfletlar g‘oyasi mazmun jihatdan original bo‘lmasa-da, yozilish
shakli bilan ajralib turadi.
F.Bastianing eng asosiy g‘oyasi jamiyatdagi ijtimoiy antagonizmning
m avjudligini in k o r etishdir. U ningcha, o ‘sha davrdagi jam iyat
d u n y o d a g i
Do'stlaringiz bilan baham: |