A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

M asa

lan,  nonning  bahosi  va  ish  haqining  p u l  miqdori  o'rtasida  bevosita
 
bogUiqlik  bor,-  deydi  u,
  - 
agar  nonning  bahosi  oshganda  ish  haqi
 
o'zgarmasa,  ishchilar och qoladi va  o'limga  mahkum  etiladi.
Rikardo  M altus  kabi  (bu  olim ning  fikrlari  quyida  b erilad i) 
ishchilaming haqlari ochlik darajasida ushlab turilishi kapitalizmga xos 
qonun  emas,  barchaga  tegishli  tabiiy  qonunlar  tufaylidir,  deydi. 
Ma’lum qulay sharoitlardagina ishlab chiqarish kuchlari aholi o ‘sishini 
ta’minlay oladi va ishchilar kam haq olganliklaridan norozi b o ‘lm as- 
liklari  kerak,  degan  fikr  ilgari  suriladi.  Rikardo  qo‘shimcha qiym atni 
uning konkret shakllari - foyda, ssuda foizi,  renta sifatida tahlil etadi.
«Ishchi  o‘z  mehnati  bilan  ish  haqi  sifatida  oladigan  m iqdordan 
ko‘proq qiymat yaratishi o ‘z-o‘zidan  ravshan»,  - deydi u.  Ammo uni 
ish haqi va foyda nisbati, ya’ni ishchining qancha olishi va kapitalistga 
qancha  qolishi  qiziqtiradi.  U  qiymat  strukturasi  va  tovar  bahosini 
aniqlaganda «Smit dogmasi»dagi xatoga yo‘l qo‘yadi, ya’ni doimiy kapi­
tal S ning yangi mahsulotdagi hissasini inkor etadi (ish haqi va foyda- 
dan iborat bo‘lgan).
Tovar qiymati ish haqi va foydadan iborat bo‘lganligi sababli, foyda 
ish haqiga teskari proporsional va unga bog‘liq. Foyda amalda qo‘shimcha 
qiymat sifatida qaraladi.  Rikardo foydaning yer rentasini  to ‘lagandan 
keyingi holatni o ‘rganadi,  Undan tashqari, foyda avans qilingan kapital 
miqdoriga proporsional deb hisoblaydi.  U foyda normasining pasayish 
tendensiyasiga alohida e’tibor berdi. U buning bosh sababi kapitalizmga 
xos narsa bo‘lmay, tabiiy omildir, degan.  Foyda normasining pasayishi 
oxir-oqibatda  kapital  jamg‘arilishining  kamayishiga  olib  kelishi 
mumkinligi  uni  tashvishga  solgan.  U  kapital  deb  ishlab  chiqarish


vositalari  va  kapitalistning  ishchilarga  ish  haqi  sifatidagi  xarajatlami 
tushungan.  U  kapitalni  natura holda va  tarixdan tashqari tushungan. 
Uningcha, ibtidoiy ovchi va baliqchi kapital egasi bo‘lgan (bu, albatta, 
xato fikr).
Rikardo  yer  rentasini  tahlil  qilishda muhim  yutuqlaiga erishdi.  U 
renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib tekshirdi. 
Rentaning  manbayi  m a'lum   mulkiy  munosabatlar  sharoitida  yerga 
qilinadigan  mehnatdir,  deb  hisobladi,  Resurslari  cheklangan,  unum- 
dorligi  va joylashuvi  turlicha  bo‘Igan  yerlar  ishlanishi  tufayli  qishloq 
xo‘jaligi  mahsulotlarining  qiymati  yomon  uchastkalardagi  mehnat 
sarflari bilan aniqlanadi. Bunday yerlar sohibkorga o‘rtacha foyda beradi 
va renta bermaydi.  Nisbatan yaxshi yerlarda foyda o ‘rtacha normadan 
yuqori bo‘ladi, ana shu ortiqcha foyda renta sifatida yer egasi tomonidan 
olinadi.  Yomonroq  yerlar  xo‘jalik  hisobiga  jalb  etilishi  orqali  yer 
egalarining oladigan  rentasi  o ‘z-o‘zidan  ortadi,  vaholanki,  ular biror 
ish  ,  sarf-xarajat  ham  qilmaydi.
Rikardo bu yerda  differensial  renta hosil  bo‘lishini ko‘rsatib berdi. 
U xususiy mulkchilik sharoitida yomon yerlar ham m a’Ium renta kel- 
tirishi  mumkinligini  inkor  etdi.  Lekin  shunday  renta  bor,  u  absolut 
renta bo‘lib, uni Marks va boshqa olimlar atroflicha o‘rganganlar.
Rikardo  pul  va  pul  muomalasi  masalalariga  katta  e’tibor qildi.  U 
dastlabki asarlarida pulni ichki qiymatga ega bo‘lgan tovar deb qaragan. 
Pul  qiymati  unga  sarf  qilingan  mehnat  bilan  aniqlangan.  Rikardo: 
«Pulning xususiyati shuki, u alohida tovar, boshqa tovarlaming qiymat 
o ‘lchovi va muomala vositasi sifatida harakat qiladi. Qog‘oz pullaming 
miqdorida  muomalada  bo‘lgan  tovar  massasi  qiymatiga  mos  (ya’ni 
proporsional)  bo‘lishi  kerak,  ortiqchasi bank tomonidan iste’moldan 
chiqarilishi  zarur»,  deydi.
Ammo  o‘zining  bosh  asarida  bu  konsepsiyadan  chekinadi,  awal 
pullaming  ichki  qiymati  bor,  degan  bolsa,  keyinroq  pul  —  texnik 
vosita deb izohladi va pulning miqdoriy nazariyasini ishlab chiqa boshladi. 
Uning fikricha, muomaladagi pulning miqdori turlicha va erkin bo‘lishi 
mumkin, pulning qiymati esa muomala sohasida belgilanadi va uning 
miqdoriga  bog‘liq  bo‘ladi.  Rikardo  erkin  savdo  tarafdori  bo‘lgan,  u 
merkantilistlardan  farqli  ravishda  tovar  ishlab  chiqarish  tovar  kiri- 
tishdan  ortiq,  ya’ni  eksport  kam  va  import  ko‘p  bo‘lishidan,  mam-


lakatdan oltin chiqib ketishidan xavfsirashga hojat yo‘q, deydi, chunki 
erkin import avtomatik ravishda oltin muomalasi va baho o‘zgarishini 
tartibga soladi, shuning uchun iqtisodiy tanglik ta ’minlanishiga yordam 
berishiga Rikardoning ishonchi komil edi.
Rikardo Angliyaning tashqi aloqalari iqtisodiyotda katta mavqega ega 
ekanligini  alohida  o‘rgandi.  U   birinchilardan  bo ‘lib  ayrim tovarlam* 
ishlab chiqarishdangina emas, balki mamlakatlar o ‘rtasida ham xalqaro 
mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning foydaliligini isbotlab berdi. Bunda 
nisbiy  afzallik prinsi pi  mavjudligini  ishlab  chiqdi. Bu  prinsip  univer- 
salroq bo‘lib,  A.Smitdagi  mutlaq  afzallik prinsip  (yuqoridaberilgan) 
xususiy hal sifatida  qabul qilinadi.  Bu prinsipgako‘ra  ayrim mamla­
katlar  ma’lum  tovarlami  ishlab  chiqarishda  ayrim  qulayliklarga  ega 
bo‘ladi va kam xarajat sarf qiladi.  Bunda tabiiy va iqlimiy faktorlar ham 
katta rol o‘ynaydi (mutlaq ustunlik). Ma’lum tovarlami ishlab chiqarish 
bu  mamlakat  uchun  boshqa  mamlakatlardagiga  nisbatan  qulayroq 
bo'lishi mumkin.  Mamlakatlardagi tabiiy, texnologik va madaniy farqlar 
tufayli  ishlab chiqarish  xarajatlari  turlicha bo‘ladi.
Rikardoning  1815-yilda  yozilgan  «Nonga  bo‘lgan  past  bahoning 
kapital foydasiga boigan  ta ’siri to‘g4risida tajriba*  nomli pamfletida 
sinflaming iqtisodiy munosabatlari va kapitalizm rivojlanish nazariyasi 
qisqa, lo‘nda tarzda bayon etilgan. Uning asosiy xulosalari quyidagilar- 
dan  iborat:  agar  iqtisodiyot  rivoji  o‘z  holiga  q o ‘yilsa,  aholining o ‘si- 
shi  va  kam  unumdor yerlarga  ishlov berishga  o ‘tilishi  tufayli  qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarining bahosi oshib boradi.  Buning barcha foydasi 
yer egalari bo‘lgan lendlordlarga o ‘tadi.  Kapitalga bo ‘lgan foyda nor- 
masi  pasayadi.  Bundan esa  ishchilar  ziyon  ko‘radi,  chunki  ulaming 
mehnatiga talab pasayib boradi. Xo‘sh, buning oldini olish mumkinmi? 
Demak,  xorijdan  arzon  don  import  qilish  kerak,  bundan  «Non 
qonunlari»ni  bekor  qilish  kerak  degan  xulosa  chiqariladi 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish