besh sinf
mavjud, bu haqiqatga
yaqindir. U yollanma ishchida qo‘l kuchidan boshqa ishlab chiqarish
vositalari yo‘qligini ochib beradi, kun kechirish uchun u o ‘z
mehnatini boshqalarga sotishi zarurligini ko‘rsatadi. A.Tyurgoning
bunday fikrga kelishida vaqtning ham ta’siri bor, chunki u Kenedan
keyinroq yashadi.
Tyurgoning ta’limotida pul, qiymat, sinflar va daromad nazariyalari
tahlil etiladi.
Uning fikricha, oltin, pul ham, agar ular miqdori oshib ketsa,
boshqa tovarlar kabi o ‘z qimmatini (foydalilik- naflik) yo‘qotishi
mumkin (marjinalistik g‘oya). Pulning miqdori jamiyatdagi ishlab
chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlarga mos kelishi shart. U shuni qayd
etadiki, «milliy boyligi» bu, awalo, yerlar va ulardan olinadigan «sof
mahsulot»dir.
Bu olim ham qiymatning sarf-xarajat konsepsiyasini qo‘Uaydi.
Noyoblikka e’tibor berib, tovar xarid etishda eng muhim element deb
qaraladi (marjinalizm mavzusiga qarang).
A.Tyurgo boshqalar kabi erkin sohibkorlik m ehnatini qo‘llab-quv-
vatladi, dehqonchilik qo'shimcha, ya’ni sof mahsulot manbayi ekanli-
gini (bu fikr Keneniki) tan oigan holda sanoat va savdoga ham ko‘p
e’tibor qiladi.
U kapitalni Kenega nisbatan ancha chuqur va to ‘la tahlil etdi. Kene
kapital deganda asosan natural (mahsulot) shaklidagi bo ‘naklar
summasi (xomashyo, mehnat haqi va boshqalar)ni tushungan, shu
sababli uning tizimida kapital jamiyatdagi sinflar o ‘rtasidagi mahsulotlar
taqsimoti muammosi bilan chambarchas bog‘lanmagan. Kenening
tizimida foyda, o ‘rin yo‘q, kapitalist faqat «ish haqi oigan», bu «ish
haqi»ning qanday vujudga kelishi ham tahlil etilmagan.
Bu sohada A.Tyurgo ancha ilgarilab ketadi. U foydani chetlab o ‘ta
olmaydi, hatto to‘g‘ri tuyg‘u asosida uni tadqiq etishni sanoat kapi-
talistidan boshlaydi; bu yerda foydaning kelib chiqishi, haqiqatan ham,
aniqroq ko‘rinadi. Vaholanki, boshqa fiziokratlar (Kene ham) «barcha
ortiqcha mahsulot yerdan kelib chiqadi» degan no to ‘g‘ri aqidaga asos-
ianadiiar.
U o‘z ustozlari va maslakdoshlaridan «tabiiy tartib» konsepsiyasini
buzayotganligi uchun kechirim ham so‘rab qo‘yadi, chunki u tahlilni
sanoatdan boshlaydi va dehqonchilikni keyin qarab chiqadi. Ammo
uning uzri noo‘rindir, aksincha u m uam m oni yechishga to ‘g‘ri
yondashgan; yollanma ishchi kuchidan foydalanuvchi fermer kapitalist
o ‘z kapitalidan kam deganda xuddi fabrikant singari foyda olishi va
renta sifatida yer egasiga berishi kerak bo'lgan m a’lum ortiqcha-
(qo‘shimcha)ni ham olishi kerak.
Eng ajoyib teorema 62-tezis bo‘lib, unga ko‘ra ishlab chiqarishga
q o ‘yilgan kapital o 'z-o ‘zidan ortib borish qobiliyatiga egadir. Xo‘sh,
o ‘z-o‘zidan ortib borish darajasi va nisbatlari nim a bilan belgilanadi?
A.Tyurgo kapital tom onidan yaratiladigan m ahsulot qiymati
nimadan iborat ekanligini tushuntirmoqchi bo‘ladi (aslida kapital emas,
balki mazkur kapital asosida harakatga keladigan m ehnat yaratuvchidir).
Avvalo, uning fikricha, m ahsulot qiy m ati k a p ita l sarflarini,
shuningdek, ishchilaming ish haqini qoplashi kerak. Qolgan qismi
(aslida qo‘shimcha qiymat) uch qismga ajraladi: birinchisi, foyda bolib,
kapitalist pul kapitalining egasi sifatida «hech qanday mehnatsiz» olishi
mumkin bo‘lgan daromadga teng. Bu ssuda (pul) foiziga mos foydadir.
Foydaning ikkinchi qismi fabrika yoki ferma ochishga tavakkal qilgan
kapitalistning «mehnati, tavakkalchiligi va san’atini» to‘lashga sarf etiladi.
Bu tadbirkorlik daromadidir. Shunday qilib, A.Tyurgo sanoat foyda-
sining ssuda va funksional kapitalga bo'Iinishini ko‘rsatib berdi. «Agar
pul foizi past bo ‘lsa, bilingki, bu kapitalning ortiqchaligi oqibati ham-
dir», - deydi u.
Foydaning uchinchi qismi rentadir. U faqat dehqonchilikda band
kapitalistlar uchun mavjud. So‘zsiz> bu tahlil iqtisodiyot fanida aytilgan
yangicha g'oyadir.
Ammo olim ning keyingi fikrlari izchil bo‘lmay, yana fiziokratizm
qobig‘iga qaytadi. Boshida foydani foizdan chiqaradi, bu minimum
bo‘Iib, unga har bir kapitalist egalik qilish huquqiga ega.
Agar kapitalist idorasida xotiijam o'tirmasdan fabrikaning faoliyatiga
yoki qishloq xo‘jaligida batraklar ishiga boshchilik qilsa, unga o'ziga
xos qo‘shim cha maosh beriladi. Foiz oxir-oqibatda yer rentasiga
tenglashtirüadi, chunki kapital bilan eng oson bajariladigan operatsiya
bu yer uchastkasi olish va uni hech tashvishsiz ijaraga topshirishdir.
Endi qo'shim cha qiymatning asosiy shakli yer rentasi bo‘lib qoldi,
qolgani esa uning hosilalaridir. Yana butun jamiyat faqat yer yaratadigan
«ish haqida o ‘tirgan» bo‘Iib chiqadi.
Yuqorida aytilganidek, A.Tyurgo nazariyotchi olim bo‘lishdan
tashqari amaliyotchi amaldor edi. U qirol Ludovik XVI davrida moliya
vaziri bo‘lib ham ishladi, o‘zining bir qancha ilg‘or g‘oyalarini ilgari
surishga intildi.
U birinchi b o ‘lib davlat moliyasini soglomlashtirishga harakat qildi,
bu sohada uzoq muddatli dastur tuzib chiqdi, unga ko‘ra yer egaligidan
tushadigan daromadlardan olingan soliqlar tizimi tugatilishi kerak edi.
Umuman, u sanoat va savdodagi odil bo‘lmagan soliqlami tartibga
solishga kirishdi. Ü budjet chiqimlarini cheklashga intildi, bundan saroy
xodimlarining ortiqcha sarf-xarajatlarini keskin kamaytirish m oljal-
landi va bu sohada m a’lum yutuqlarga erishildi.
A.Tyurgoning muhim muvaffaqiyatlaridan biri shuki, u don va
unga erkin savdoni kiritdi, bu sohadagi monopoliyaga chek qo‘ydi. Bu
ishlar nihoyatda og‘ir kechdi, chunki feodalizm ildizlari hali kuchli
edi, bu kuchlar yangilikka tish-tirnog‘i bilan qarshi turdi.
ATyurgo 1776-yilning 12-mayida (yilga e’tibor bering, shu yili
ASm itning «Xalqlar boyligi» asari chop etildi) iste’foga chiqishga
majbur bo‘ldi. Eski tuzum davom etdi, barcha ijobiy ishlar inkor
etildi, demak, hali ularni amalga oshirish uchun kerakli shart-
sharoitlar mavjud emas edi.
1778-yili A.Tyurgo amerikalik do‘sti Franklinga atab o ‘zining so‘nggi
iqtisodiy asari bo'lgan «Soliqlar to ‘g‘risidagi esdaliklar»ini yozadi.
Olimning zamondoshi E.Kondilyak (1715-1780) tom onidan 1776-
yilda qimmatga oid subyektiv qarash ilgari surildi. Uning fikricha, qimmat
bu buyumda emas, balki unga biz berayotgan bahoga bog‘liq. Bu baho
esa bizning talab - ehtiyojlarimizga bog‘liq: baho ana shu talabga qarab
yo ortadi,
yo
pasayadi. Narsalaming qimmati uning noyobligi bilan
oshadi va mo‘lligi bilan pasayadi. Deyarli 100 yil aw al aytilgan bu g‘oya
XIX asr 70-yillarida maijinalistlar tomonidan isbotlandi. Iqtisodchilar
butun asr davomida qiymatning insonlar xohishidan q at’iy nazar,
substansiyasi (obyektiv asosi) nimada degan savolga javob izladilar. Bu
kashfiyot fiziokratlaming savdo (almashuv) sohasida boylik yaratilmaydi,
chunki almashuvda teng qiymatlar almashadi degan g ‘oyalarini chip-
pakka chiqardi. Aksincha, bozorga o‘ziga kerakmas buyum bilan kelgan
xaridor o‘ziga ko‘proq foydali boylikni olib qaytadi.
7.4. Fiziokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri
A.Smit o‘z vaqtida: «Fiziokratizm tizimi qanchalik nomukammal
bo‘lmasin, shu dav/gacha chop etilgan iqtisodiy g‘oyalar ichida haqiqatga
eng yaqini edi», - deb aytgan. Bu ta’limotning merkantilizmni inkor
qilishi, mehnat bilan yer boylikning asosi ekanligini ta n olishi, savdo-
sotiqda bojxona cheklovlarini olib tashlashni taklif etishi nihoyatda
muhimdir. Fiziokratlar boylik tezisi to‘g‘risida fikr yuritib, boylik jamiyat
mehnati bilan har yili yaratiladigan iste’mol qiymatlaridir, deydilar.
Bu tezis ham A.Smit tom onidan qabul qilingan. Ishlab chiqarish va
ta q sim o t jarayoniga xos um u m iy m eh n at d o k trin a s i, ishlab
chiqarishning takroriyligiga alohida urg‘u berilishi k atta yutuq
hisoblanadi. Kapital va uning ikki qismga ajratilishi (asosiy va aylanma),
takror ishlab chiqarish, erkin sohibkorlik to ‘g ‘risidagi g‘oyàlar,
jamiyatning sinflarga ajratilishi iqtisodiy ta’limotlaming rivojida keyingi
muhim qadamdir. Hozirgi zam on tili bilan aytganda, fiziokratlar sof
bozor munosabatJarining unsurlarini, asosan, to‘g‘ri hal etib berdilar.
Ulaming mehnat bilan birga yemi boylik asosi deb qabul qilinishida
davr ta ’siri kuchlidir. Chunki mamlakatdagi asosiy sinf dehqonlar
bo‘lib, asosiy boylik qishioq xo‘jaligida yaratilayotgan edi.
F.Kene misoüda uch sektor o ‘rtasidagi munosabatlar keltirilgan.
Amalda, ayniqsa, hozirgi davrda esa bu sektorlar miqdori xiyla ko‘p
bo‘lib, ular o ‘rtasidagi aloqalar V.Leontevning «xarajatlar - chiqarish»
tizimida N ta tarmoq uchun ishlab chiqilgan. Ko‘rinib turibdiki, bu
g‘oyaning kurtaklari fiziokratlaming asarlarida ko‘ringan. Hoziigi davrda
bu tarmoqlararo baians deb yuritiladi va u makroekonomik tahlilda,
umuman, iqtisodiyotda muhim ahamiyatga egadir. 0 ‘sha paytda bo‘lajak
iqtisodiy modellaming asoslari vujudga kelgan edi. Bu g‘oya klassik iqtisodiy
maktab ta ’limoti zanjirining muhim ajralmas qismi sifatida muhim o‘rin
egallaydi. Shu bilan birga, hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari nuqtayi
nazaridan fîziokratizm g‘oyalari o ‘z ahamiyatini tezda yo‘qotdi va o‘tkinchi
xarakterga ega bo‘ldi, chunki jahon ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi
o ‘zgarishlar nisbatan mukammal g‘oyalar ishlab chiqilishi zarurligini
taqozo etdi va bu amalda ro‘y berdi. Ayniqsa, boylikning asosi (sof
mahsulot) faqat qishioq xo‘jaligi sohasi bilan chambarchas bog‘liq qilib
cheklab qo ‘yilganligi to‘g‘risidagi xato tez namoyon bo‘lib qoldi, sanoat
inqilobi natijasida ro‘y bergan o ‘zgarishlar tufayli fîziokratizm g‘oyalari
unutilayozdi.
Qisqacha xulosalar
XVIII asming o ‘rtalarida Fransiyada iqtisodiy ta’limotlar tarixida
fîziokratizm yo‘naIishi yuzaga keldi. Bu ta’limot klassik iqtisodiy
m aktabning tarkibiy qismi sifatida muhim ahamiyatga egadir. Bu
oqimning asosiy vakillari F.Kene va ATyurgo mamlakatdagi o‘sha
davr iqtisodiy holatini har tom onlam a tahlil etib, iqtisodiyotning
muhim kategoriyalari bo'yicha qimmatli fikrlar berdilar. Ular fermer-
lami himoya qilgan holda, aw alo, merkantilizmdan voz kechib, boy-
likning asosiy manbayi mehnat va yer ekanligini ko‘rsatdilar. «Tabiiy
tartib» konsepsiyasi asosida «unumli mehnat», «sof mahsulot», kapital
to‘g‘risidagi ta ’limotlar ilgari surildi. Kapitalistik munosabat, xususiy
mulk, erkin baholar, erkin raqobat, davlatning iqtisodga kam aralashuvi
«tabiiy hol» deb tan olindi.
U lam ing fikricha, qiymat iste’mol qiymati bo‘lib, hatto tabiat,
yer in’omi sifatida talqin etiladi. Dehqonchilikdan boshqa sanoat, savdo
va xizmat tarmoqlari unumsiz soha deb qaraladi. Bunday n o to ‘g ‘ri
fikming paydo bo‘lishi Fransiyaning o ‘sha davrdagi iqtisodiy ahvoli
(agrar mamlakat) bilan bog‘liqdir. Kapital tushunchasining kiritilishi
va uning boshlang'ich va yillik bo'nak kabi ikki qismga b o ‘linishi
iqtisodiyot tarixida muhim qadamdir. Shundan doimiy va aylanma kapital
g‘oyalari ham kelib chiqadi.
F.Kenening «Iqtisodiy jadval» asarida jamiyatdagi sinflar masalasi
ko‘tariladi, ammo bunda ba’zi kamchiliklar bor, uni A.Tyurgo rivoj-
lantirib, o ‘sha davr uchun to ‘g‘ri qisqacha xulosalarlar chiqaradi.
Takror (uzluksiz) ishlab chiqarish jarayoni va yalpi ijtimoiy m ahsulot
muomalasi birinchi bor kun tartibiga qo‘yiladi. Oddiy takror ishlab
chiqarish chizmasi beriladi va tayyor mahsulotning aylanish tamoyillari
ko‘reatiladi, bu o ‘sha davr uchun katta kashfiyot edi. Tarmoqlar, y a’ni
sektorlararo taqsimotning aniq proporsiyalari bo'lishi zarurügi qayd
etiladi, m a’lumki bu tamoyil hozirgi davrda ham muhim.
Olim va davlat arbobi A.Tyurgoning iqtisodiy g'oyalari an ch a
mukammal bo‘lib, o ‘sha davrdagi jam iyat va iqtisodiyotdagi jarayon-
lami ancha izchil tahlil etadi va sanoatda kapitalistlar va yollanm a
ishchilar mavjudligi hamda beshta sinf borligi e’tirof etiladi.
A.Tyurgo sanoat va xizmat sohalariga ijobiy yondashadi. U kapital
va qo‘shimcha mahsulot (qiymat) masalalarini ancha m ukam m al hal
etadi, sanoat, ssuda va kapital haqida fikryuritadi, lekin oxir-oqibatda
fiziokratizm qobig‘idan chiqa olmaydi, qo‘shimcha mahsulotning asosiy
shakli yana yerga, yer rentasiga qaytadi. A.Tyurgo moliya vaziri sifatida
bir qancha iqtisodiy islohotlami o ‘tkazishga erishadi. A mm o m am -
lakatdagi ijtimoiy tuzum bu islohotlarga to ‘siq edi. Hozirgi davr tili
bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor munosabatlarini qo ‘lladilar,
ammo ulaming g‘oyasi, asosan, qishloq xo'jaligi bilan cheklab q o ‘yildi,
barcha fíkrlarda mukammallik yetishmas edi. Bu vazifalar esa keyingi
olimlar tomonidan hal etildi.
Asosiy tushuncha va iboralar
Fiziokratizm, F.Kene, tabiiy tartib konsepsiyasi, erkin bo zo r m u-
nosabatlari, unumli va unumsiz m ehnat, sof mahsulot, kapital, «Iq
tisodiy jadval», oddiy takror ishlab chiqarish, A.Tyurgo, qiymat tarkibi,
sof bozor iqtisodiyoti, sinflar, E.Kondilyak, subyektiv o‘lchov.
1. Fiziokratizm so‘zining mazmuni va bu ta’Iimotning asosi nima,
uning muhim xususiyatlari nimadan iborat?
2. F.Kene hayoti va ijodining o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatib bering.
U qaysi sinf manfaatlarini himoya qiladi?
3. «Tabiiy tartib» konsepsiyasi, «sof mahsulot», «unumli» va «unum-
siz» mehnat, «unumli» va «unumsiz» sinf, «qo‘shimcha mahsulot»
tushunchalariga xarakteristika bering.
4. F.Kenening asosiy asarining nomi nima, u qachon yozilgan va
asosiy mazmuni nim adan iborat? Takror ishlab chiqarish jarayoni
qanday sikllardan o‘tadi? Jadvalni izohlab bering.
5. Kapitalga qanday izoh beriladi, uning bo‘lak!ari jadvaida nimani
bildiradi?
6. Nima uchun va qanday sabab bilan sanoat sohalari «unumsiz»
deb sanaladi?
7. F.K enening qaysi g ‘oyalaridan hozirgi davi iqtisodchilari
tom onidan foydalanmoqda?
8. A.Tyuigoning hayoti va ijodidagi asosiy xususiyatlar nima? Uning
bosh asari qanday nomlanadi va u qachon yozilgan?
9. A.Tyurgo jamiyatni qaysi sinflarga bo‘ldi? Uning F.Kenedan
farqi nimada? Qaysi olimning fikri to ‘g‘riroq?
10. A.Tyurgo tom onidan kapitalning izohi, ishlab chiqarishga
q o ‘yilgan kapitalning o ‘z -o ‘zidan o ‘sib borish qobiliyati qanday
tushuntiriladi?
11. Olim davlat xizmatchisi sifatida qanday islohotlami amalga
oshirmoqchi bo‘ldi?
12. Fiziokratizm ta ’limotining kamchiliklari nimadan iborat?
13. Fiziokratizmning ahamiyati va tarixiy taqdiri to*g'risida nima
deya olasiz? E .K ondilyakning dastlabki m aijinalistik g‘oyalari
nimalardan iborat?
V ra b o b. A. SM ITNING IQ TISO D IY TA’LIM OTI
(2-bosqich)
8.1. Klassik maktab g‘oyalari shakJlanishining tarixiy shart-
sharoitlari. Klassik iqtisodiy maktabning to ‘la shakllanishi
XVIII asming ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy maktab britaniyalik
olimlar A.Smit va D.Rikardo asarlarida eng yuksak cho‘qqiga ko‘tariIdi.
Bu hol tasodifiy emas edi, chunki bu olim lar yashab ijod etgan
davrda Angliyada chuqur iqtisodiy, sotsial va siyosiy o ‘zgarishlar ro ‘y
berayotgan edi.
XVIII
asming ikkinchi yarmida «Texnik yo‘nalishda»gi ishbi-
larmonlarguruhi iqtisodiyot tarixida butunlay yangi insonlami vujudga
keltirdi.
Sanoat inqilobi dastlab yengil sanoatda, xususan, to ‘qimachüik
sohasida boshlandi va mashinasozlik vujudga kelishi bilan nihoyalandi.
J.Key to‘quv mokisini, 1733-yilda J.Xargrivs o ‘z qizining nomi bilan
atalgan «
Jenni
» mexanik to ‘quv dastgohini kashf etdi. Mexanik K.Vud
uni 1772-yilda takomillashtirdi, 1783-yilda esa S.Krompton «myul-
mashina»ni yaratdi, 1785-yilda E.Kartrayt mexanik to‘quv stanogini
ijod qildi, bu dastgoh 40 odamning ishini bajarardi. R.Arkraytning
to ‘quv mashinasi esa bu sohaning unumdorligini keskin oshirdi.
Ishlab chiqarishning energetik bazasi qo ‘l va suv oqimidan 1782-
yilda J.U att tomonidan ishlab chiqilgan bug‘ mashinasi ixtiyoriga o‘tdi.
Bu mashina asosida 1805-yilda bug‘ kemasi-paroxod yaratildi, 1811-
yilda J.Stefenson parovoz yasadi, 1830 yilda esa Manchester-Liverpul
ternir yo‘li qurildi.
Metallurgiya sohasida 1735-yilda A.Derbi pistako‘mir o ‘m iga
toshko‘mirdan foydalanib, domna pechidan nisbatan sifatli va ko‘proq
miqdorda metall olish yo‘lini topdi. J.Uilkinson hamma narsa, ko‘prik,
quvur va hatto paroxod ham metalldan bo‘lishi kerak, degan g‘oyani
ilgari surdi.
n i
Sanoat inqilobi iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda keskin o‘zgarishlarga
olib keldi. 1701 -1802-yillar oralig'ida to‘qimachilik rivoji tufayli Angliya-
da paxta tolasidan foydalanish 6000 foizga o‘sdi. 1788-1838 yillarda
cho‘yan eritish 68 ming tonnadan 1347 ming tonnagacha oshdi.
Fransiyada 1815-yiIdan keyingi 30 yil ichida temir olish 5 marta,
toshko‘mir qazish 7 marta, yuk tashish hajmi 10 marta ko‘paydi.
Vaholanki, A.Smit davrida Shotlandiyaning ayrim joylarida mix pul
o‘mida ishlatilgan. Bu o ‘zgarishlar, ya’ni texnikaning kirib kelishi buyum
- tovarlar turini keskin oshirdi, ilgari ayrim odamlaigagina tegishli
bo‘lgan narsalar kundalik buyumlarga aylanib qoldi. Asta-sekin kapitalizm
hayot darajasining o ‘sishiga olib keldi, moddiy ne’matlar tun tizimli
ravishda ko‘paydi, sifati yaxshilandi, eng muhimi, bu imkoniyatlardan
jamiyatning aksariyat qismi foydalandi.
8.2. A. Smitning iqtisodiy g'oyalari. Uning «Xalqlar boyligi...»
asaridagi iqtisodiy qarashlar
Adam Smit (1723-1790) Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida bojxona
amaldori oilasida dunyoga keldi. Glazgo va Oksford universitetlarida
ta’lim oldi.
U 1766-yilda o'zining bosh asan - «Xalqlar boyligining tabiati va
sabablari to ‘g‘risidagi tadqiqot»ni yozishga kirishdi. Asar 1776-yil
martda Londonda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan ilgari
yaratilgan iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy
prinsiplar asosidanisbatan batartib iqtisodiy fanlar tizimigaaylandi.
A.Smitning bu asari besh kitobdan iborat bo‘lib, birinchisida
qiymat va qo‘shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida
- kapital jam g‘arilishining shakllanishi davrida Yevropaning iqtisodiy
rivojlanishi, uchinchisida - turli xalqlarda farovonlik, kapitalizm
taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari, to‘rtinchisida - merkantilizm
va fiziokratlaming ta ’limotiga munosabati, beshinchisida esa davlat
moliya tizimi tadqiq etilgan. Asar A.Smit tirikligida to ‘rt marta, o*li-
midan so‘ng uch marta nashr etildi. Asarga Angliyadagina emas,
chet ellarda ham qiziqish ortdi. Rossiyada bu asaming taijimasi birinchi
marta 1802- 1805-yillarda chop etildi.
ASmit 1778-yilning boshida Edinbuigda bojxona komissari lavozimiga
tayinlandi va umrining oxirigacha shu yerda ishladi.
A.Smit tomonidan tadqiq etilgan insonning tabiati, inson va jamiyat
orasidagi munosabat klassik maktab qarashlarlning asosini tashkil etadi.
Bunda «iqtisodiy odam» tushunchasi keyinroq paydo bo'lishiga
qaramasdan, uning kashfiyotchilari A.Smitga tayanganlar.
A.Smitning tadqiqot predmeti va metodologiyasi
Jam iyatning iqtisodiy rivojlanishi va uning m oddiy-turm ush
darajasini oshirish muammolari A.Smit tadqiqotining predmctini
tashidl etadi. Qanday shart-sharoitlar va qanday qilib insonlar yuqori-
roq moddiy turmush darajasiga erisha oladilar degan fikr asaming
asosiy g‘oyasini aks ettiradi. Iqtisodiy o ‘sishning pul shakli inkor etiladi
va asosiysi moddiy ne’matlar yaratish deb qaraladi, bular esa faqat
ishlab chiqarish sohasida yuzaga keladi va shu sababli ustuvor deb
hisoblanadi. Ammo qaysi (sanoat, qishloq xo‘jaligi) soha afzalligi aniq
aytilmaydi. Asaming 2-kitobida dehqonchilikka kapital qo‘yish yaxshiroq
samara beradi deb uqtiriladi. lqtisodiyot rivojlanishi bilan sanoat
tovarlami narxi pasayish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi esa o‘sish
tendensiyasiga ega deb hisoblaydi. Demak agrar soha ustun (bu xato).
Metodologikjihatdan bu tadqiqot iqtisodiy liberalizm konsepsiyasiga,
ya’ni fiziokratlaming tabiiy tartibi, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga
asoslanadi.
Olim o‘z asarían va tadqiqotlarida odamlar ba’zi tabiiy xususiyatlarga
ega, ana shunday xususiyatlardan biri - egoizm (xudbinlik) bo‘lib,
odamlar o‘z xo‘jalik faoliyatlarida unga amal qiladilar. Ammo ayrim
shaxsninggina manfaatlari jamiyat manfaatlariga m os tushadi, deb
uqtiradi. Har bir odam o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zda tutadi, ammo
bu holatda ko‘p boshqa holatlardagi kabi, u «ko‘rinmas qo‘l» tomonidan
uning niyatida ham bo‘lmagan maqsad sari yo‘naltiriladi...
Bunda u ongli ravishda xususiy manfaatlarga intilgandan ko‘ra
ko‘proq haqqoniy ravishda jam iyat manfaatlariga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |