yerda amalda doimiy va aylanma kapital to‘g‘risidagi g‘oya berilgan, ammo
bu tushunchalar boshqa so‘zlarda ifoda etilgan, xolos. Shunisi diqqatga
sazovorki, F.Kene kapitalni asosiy va aylanma kapitalga bo‘lganda'faqat
ishlab chiqarish kapitali bilan bog‘lagan holda bei^an, uni muomala
kapitali (savdo kapitali) bilan qo‘shib yubormagan. Shu sababli
u pul va
tovami ishlab chiqarish kapitalining biror tarkibiy qismiga kiritmasdan,
to‘g‘ri fikr yuritgan. Shunday qilib, fiziokratlar asosiy va aylanma kapitalga
oid muammoni nazariy jihatdan yechishga asos soldilar.
F.Kene iqtisodiyot tarixida takror ishlab chiqarish jarayonini va
yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasini butunicha ko'rsatish uchun
birinchilardan bo‘lib urinib ko‘rdi. U o ‘sha davr jamiyati fuqarolarini
uch sinfga bo‘ladi: birinchisi - unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi —
mulkdoriar sinfi (pomeshchik, cherkov...) va uchinchisi - unumsiz
sinf (hunarmand, ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon sxematik
ravishda «Iqtisodiy jadval»da tasvirlangan. U nda mamlakatda ishlab
chiqarilgan tayyor mahsulotning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi
ko‘rsatilgan, buning oqibatida ishlab chiqarishning awalgi hajmida
qayta boshlash uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
«Iqtisodiy jadval»ning bir necha variantlari mavjud. Biri Versalda 1758-
1759-yillarda chop etilgan. 1894-yilda bu jadvalning boshqa varianti topildi.
Birinchi variant bo'yicha (2-chizmaga qarang) kapital aylanishi
quyidagicha ro‘y beradi: qishloq xo‘jaligida yaratilgan jami qimmat 5
mingga teng bo‘lib, shundan 3 mingi yemi ishlashga ketgan xarajatdir.
Fermerlar yetishtirilgan mahsulotning 2/5 qismidan aylanma kapital
uchun foydalanadilar, 1/5 qismi unumsiz sinfga sotiladi va unga asosiy
kapitalni (asbob-anjomni) ta’mirlash uchun kerakli asbob-uskuna
olinadi. Bu yerda fermerlar faqat «boshqarish uchun haq olganliklari»
sababli unumdor narsa fermer mehnati emas, balki yerdir. Qoldiq esa
yer egasiga renta sifatida to‘lanadi.
Yer egalari o‘zlarining 2 minglik daromadining yarmini sanoat
tovarlari olishga sarf qiladilar, «unumsiz sinf» 2 mingga xomashyo va
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib oladi. Bu jarayon natural ko‘rinishda
ham namoyon bo‘lishi mumkin. Bunda 3/5 qism mahsulot muomalaga
kiritiladi, undan xuddi pul shaklida ham foydalanish mumkin. Bu
jarayon boshida fermerlar iqtisodiyotdagi 2 ming pul massasiga ega
bo‘ladilar. Yerdan foydalanish huquqiga ega b o ‘lish uchun bu summa
egalariga (yer uiamiki) beriladi, ular esa bu summani oziq-ovqat