A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

{laissez faire)
  prinsipi,  «kichkina va ar­
zón  davlat»  va  uning  iqtisodiyotga  aralashuvini  keskin  qisqartirish 
tarafdori sifatida Smit bilan hamfikr. Sey bu sohada fiziokratik an’ana- 
larga yaqin bo‘lgan.  Uning iqtisodiy liberalizm tamoyili Napoleonning 
iqtisodiy  siyosatiga  to‘g‘ri  kelmas  edi  (kontinental  blokada  siyosati 
Angliya  bilan  iqtisodiy  aioqalami  keskin  cheklagan).  Burbonlaming 
restavratsiya qilinishi Seyning obro‘si oshishiga imkon yaratdi.
U hayoti davomida siyosiy iqtisod masalalarini imkoni boricha sod- 
da  va  aniq  izohlashga  intildi.  Birinchilardan  bo‘lib  ishlab  chiqarish 
omillari:  mehnat, kapital va yerning mahsulot qiymatini hosil qilishda 
teng ishtirokini aniq ifodaladi (bu fikr yuqorida eslab o ‘tilgan).  Hozirgi 
davr olimlari kapitalizmning (bozor)  tizimini shu uch omil bilan bog‘- 
laydilar.
XIX 
asming  boshlarida  shu  uch  omilga  asoslangan  g‘oyalar  rivoj 
topdi.  M ehnat  -   ish  haqi,  kapital  -   foyda,  yer  -   renta:  shu  uch 
o‘zaro bog‘liq (uch birlik) formula  Sey ta’limotida m uhim  o ‘rin égal- 
laydi.  Uning  qiymat  va darom adlar  to ‘g‘risidagi  ta ’lim oti  o ‘ziga  xos 
ravishda hal etildi. Klassik maktabdan farqli ravishda tovar qiymati uni 
ishlab  chiqarishga  sarflangan  m ehnat  bilan  emas,  uning  foydaliligi 
bilan aniqlanadi. Shunday qilib, «Foydalilik nazariyasi»ga asos solindi. 
Bu  nazariyaga  ko‘ra  ishlab  chiqarish  foydalilikni  yaratadi,  foydalilik 
esa  predmetlarga  qimmat  beradi.  «Qimmat  foydalilik  oichovidir»,  - 
deydi  u.  A.Smitning  qiymat  nazariyasidan  farqli,  qiym at  faqat  sarf-


langan  m ehnat  bilangina  emas,  balki  mehnat  mahsulotining  nailik 
darajasi  bilan  ham  o‘lchanadi,  bu  katta  yangilikdir.  Shunday  qilib, 
Sey qiymatni iste’mol qiymati bilan aynan bir deb tushunadi.  Demak, 
qiymat va taqsimot muammosida taqsimot nazariyasi ajratib olinadi va 
alohida  qaraladi.  Shuni cslatib  o ‘tish  kerakki, A.Smitgacha almashuv 
qiymati foydalilik bilan bevosita bog‘liq bo‘lmasligi mumkin, masalan, 
nihoyatda  foydali,  hayotiy zarur bo ‘lgan  narsalar ham  past qiymatga 
ega b o ‘lishi  mumkin,  ayrim  narsalaming  esa  umuman  qiymati  yo‘q, 
bunga  havo,  buloq  boshidagi  suv  va  boshqalami  ko‘rsatish  mumkin. 
Bu masala bo‘yicha turli fikrlar mavjud (maijinalizm g‘oyasining asosi 
ham   shu  flkrdir).  Iqtisodiyotning  bu  kategoriyasi  davrdan,  tarixdan 
tashqari qaraladi va abadiy deb hisoblanadi, ekspluatatsiya inkor etiladi.
Qiymatni foydalilik bilan almashtirish oqibatida daromadlar masalasi 
ham  shu  asosda yechib beriladi.  Ishlab chiqarishda uch omil ishtirok 
etadi (m ehnat, kapital, yer) va ulaming har bin qiymatni hosil qilishda 
m a’lum xizmatni amalga oshiradi.  Uch omil uch xil daromadni yuzaga 
keltiradi.  Bunday tushuntirish nihoyatda sodda va yuzaki hisoblanadi. 
Chunki unda ishlab chiqarish omillari to‘la huquqli hamkorlik asosida 
uyg‘un  -  garmonik  harakat  qiladi,  hech  qanday  ekspluatatsiya  tan 
olinmaydi.  Seyning izdoshi Ffederik Bastianing bosh asari  «Iqtisodiy 
garmoniyalar » deb atalishi bejiz emas.
Seyning  daromadlar  nazariyasida  «mehnat»  ishchilar  uchun  ish 
haqini  «kapital» sohib uchun foydani  «yer» esa yer egasi uchun renta 
daromatlarini yuzaga keltiradi deb izohlanadi.  M a’lumki,  foyda ssuda 
foizi va tadbirkorlik daromadidan iborat, uning birinchisi kapital egasi 
sifatida  kapitalist  tomonidan  (kapital  yaratadi),  ikkinchisi  korxona 
boshlig‘i sifatida kapitalist tom onidan o‘zlashtiriladi.  Seyning fikricha, 
tadbirkorlik  foydasini  yollanma  boshqaruvchi  ham  olishi  mumkin 
bo‘lgan  ish  haqi  turi bo'lmay,  maxsus va  muhim jam oat funksiyasini 
bajarganlik, ya’ni mohiyat - e’tiboriga ko‘ra ishlab chiqarish omillarini 
ratsional  birlashtirganligi  uchun beriladigan mukofotdir.  Shunday qi- 
üb, tadbirkor va ishchi o‘rtasidagi farq ish haqi darajasida deb ko‘rsati- 
ladi. Tadbirkor, ishbilarmonning maoshining yuqori bo‘lishi esa yuqori 
labozimlari,  talanti,  faoliyati,  tartib  va boshqarish  ruhi  tufaylidir.
Sey  ishchilaming  ekspluatatsiyasini  inkor  etib  qolmasdan,  ular- 
ning  kelajagi  porloq  degan  g‘oyani  ilgari  suradi.  U ,  kapital  o ‘sishi


bilan  «quyi  sinflar»ning  ahvoli  yaxshilanadi  va  ular  «yuqori  sinflar» 
safini  to‘ldirib  boradi,  deb  o‘ylagan.  Sey  sanoat  to‘ntarilishi  bilan 
vujudga  kelgan  salbiy  hodisalarni  yum shatib  ko‘rsatishga  u rin d i, 
«kompensatsiyalar  nazariyasi»ni  ilgari  surdi.  Uning  tasdiqlashicha, 
m ashinalar  birinchi  paytda  ishchilarni  ishdan  siqib  c h iq arad i, 
keyinchalik ular ishchilaming ish bilan bandligini oshiradi va m ahsu- 
lotlar ishlab chiqarishni arzonlashtirib, ishchilarga «eng yuqori foyda» 
keltiradi.  Shunday  qilib,  Seyning  fikricha,  kapitalizm  davrida  sanoat 
to ‘ntarilishidan  ishchilarsinfi manfaatdordir. Oqibatda m ehnat m an- 
faatlari kapital bilan «garmoniya»da — uyg‘unlikda bo‘lishi «isbotlanadi» 
(uyg‘unlik  nazariyasi).
Takror  ishlab  chiqarish  nazariyasi  Seyning  eng  muhim  kashfi- 
yotlaridan  biri  «Sey  qonuni»,  «bozorlar  qonuni»  yoki  «sotish  naza­
riyasi»  hisoblanadi.  Fiziokratlar  merkantilizmni  tanqid  qilganda  shu 
g‘oyadan foydalanganlar. Unda shunday fikr keltiriladi: «Har bir odam  
bir  vaqtning  o ‘zida  ham  sotib  oluvchi,  ham   sotuvchidir».  K enening 
fikricha,  hamma  sotib  olingan  narsa  sotilgan,  barcha  sotilgan  narsa 
sotib olingan («Iqtisodiy jadval»ga e ’tibor bering) bo‘ladi.  Seyga asos- 
lanib,  J.M.  Keyns  «taklif shunga  mos  talabni  yaratadi»  degan  fikmi 
ilgari suradi.  Bu  fikr  Sey g‘oyasini  chippakka chiqarish  uchun  o ‘ylab 
topilgan, chunki u yoki bu tovar alohida-alohida ortiqcha ishlab chiqa- 
rilishi mumkin. Vaholanki, barcha tovarlar ortiqcha ishlab chiqarilishi 
mumkin  emas.
Keynsning  fikricha,  Sey  qonunini  tan  oluvchi  barcha  mualliflar 
klassik  deb  atalishi  mumkin  ekan.  Bundan  kapitalistik jam iyatning 
takror ishlab chiqarishida «garmoniya» mavjudligi va oqibatda um um iy 
ortiqcha ishlab chiqarish  inqirozlari «prinsipda bo‘lmasligi» isbotlana- 
di, ya’ni taklif avtomatik ravishda talabni vujudga keltiradi. Bu qonun 
Maltusning  «Nufus  qonuni»ni  eslatadi  (keyinroq  ko‘rib  chiqiladi). 
Agar  barter  (mahsulotni  mahsulotga  almashuv  -   T-T)  iqtisodiyoti 
ko‘zda  tutilsa,  bunda  pul  faqat  hisob  birligi  bo‘ladi,  unga  um um iy 
talab barcha pulga almashtirilishi kerak bo‘lgan tovarlar qiymatiga teng 
boMadi,  bunda esa ortiqcha ishlab chiqarish mumkin bo‘lmay qoladi. 
M.Blaugning  fikricha,  «M ahsulotlar  m ahsulot  uchun  to ‘lanadi* 
qoidasining  ichki  va  tashqi  savdoda  qo'llanilishi  Sey qonunining  m o - 
hiyatidir.


Seyning  «bozorlar  nazariyasi»  ko‘p  munozaralarga  sabab  bo‘ldi. 
Haqiqatan ham, ibtidoiy davrda almashuv natural holda olib borilgan, 
ya’ni  mahsulot  boshqa  mahsulotga  ma’lum  nisbatda  almashtirilgan, 
unda  xarid  qilish  va  sotish jarayonlari  mos  kelgan.  Ammo eng  oddiy 
tovar  muomalasida  yoki  xarid  qilishda  tovami  sotgan  odam  darhol 
boshqa  tovar  xarid  qilmasligi  ham  mumkin  bo‘lib  qoldi.  Sotish  va 
xarid qilish vaqt va m akon jihatdan ajralib turadi,  shu tufayli inqiroz- 
laiga  abstrakt  imkoniyat  tug‘iladi.  Kapitalizm  davrida  bu  imkoniyat 
haqiqatga  aylanib  qoldi.  Dastlabki  kuchli  iqtisodiy  krizis  1825-yilda 
ro ‘y berdi va m a’lum  qonuniyatlar asosida takrorlanib turibdi.
0 ‘z davrida  Sismondi,  Maltus va J.Mill bu  qonun  to‘g‘risida fikr- 
mulohazalar bildirdilar.  Bunda kapitalistik xo‘jalikda tovarlaming bahosi 
xo‘jalik  konyunkturasiga  mos  ravishda  absolut  moslashuv  va  darhol 
reaksiya qilish xususiyatiga ega deb hisoblanadi.
Hozirgi  davrda  ham   bu  masala  bo‘yicha  iqtisodchilar  o‘rtasida 
neoklassik  yo‘nalish  bilan  keynschilik  tarafdorlari  orasida  munozara 
davom etmoqda (bu haqda quyida gapiriladi). «Sey qonuni»ning ijobiy 
tomoni shundaki, unga ko‘ra kapitalizm o‘z rivoji davomida o‘ziga olzi 
bozor  yaratadi,  kelajagi  bor  jamiyat  deb  qaraladi  va  Sismondining 
kapitalizm rivojiga qarshi fikrini inkor etadi, realizatsiya muammosini 
hal etishda «Uchinchi shaxslar»ga ehtiyoj qolmaydi (bu haqda oldingi 
bobda fikr yuritilgan).
Sey argumentlariga asoslanib, buijuaziya demokratik davlat apparatini 
qisqartirish,  savdo  va  sohibkorlik  erkinliklari  to ‘g‘risida  progressiv 
g‘oyalar  ilgari  surildi.
9.3.  T.R.  M altus  va  uning  «nufus  nazariyasi»
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus demografiya muammolari 
to ‘g ‘risida  birinchilardan  bo‘lib  fikr  yuritgan  bo‘lmasa-da,  «Nufus 
nazariyasi»ni  yaratdi.  Bu  muammo bo‘yicha  barcha  munozaralarda 
uning nomi birinchilardan tilga olinadi. Masalan, Aristotel (m.av. 384- 
322)  «Siyosat» asarida aholisi kam sonli mamlakatni ideal davlat deb 
hisoblagan,  chunki  aholi  m e’yordan  ko‘p  boMsa,  sotsial  ziddiyat 
kelib chiqadi.  U  nikoh to ‘g‘risida qonun taklif etgan,  unda erkaklarga 
37,  ayollarga  18  yoshgacha  farzand  ko‘rish  taqiqlangan,  uningcha, 
aholi ko'pligi yer yetishmasligiga olib keladi va u qashshoqlikka mahkum 
etiladi.


F.Kene  (1694-1774)  «Aholi»  (1756)  maqolasida  insonlar  «boylik* 
manbayi ekanligiga ancha yaqin fikrlami ilgari surdi.  «Mamlakatning 
buyukligi  uning  aholisi  bilan»,  -  degan  edi  u.  Aholi  mahsulot  ishlab 
chiqarishni  ko‘paytirib,  odamlar  mehnatidan  foydalanish  masalalari 
davlatning bosh iqtisodiy siyosati obyekti bo‘lishi kerak.  Bu fikr A Sm it 
tomonidan rivojlantirildi.
V.Petti  aholining  mehnat  qiladigan  qismini  boylik  yaratuvchi  deb 
hisoblagan,  birinchi  bo‘lib  «insoniy  kapital»  tushunchasini  kiritgan.
T.R.  Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug‘ildi,  1788 yil Kemb- 
rij  universitetini  bitirgach,  qishloq  ruhoniysi  sifatida  ishlay  boshladi, 
ilohiyot  fanidan  ilmiy darajaga ega bo‘ldi.  1807-yildan boshiab  «Ost- 
Ind* kompaniyasi koliejida siyosiy iqtisod professori lavozimida leksiyalar 
o ‘qidi.
Uning  asosiy  asarían  «Aholi  nufusi  qonuni  to ‘g‘risidagi  tajriba» 
(1798),  «Yer rentasining tabiati va o‘sishi to ‘g‘risidagi tajríba» (1815), 
«Siyosiy iqtisod prínsiplarí»  (1820-yilda yozilgan va awalgi kitob qayta 
ishlanib, ikki jildli asarga aylantirilgan). Bu asar D.Rikardoning «Siyosiy 
iqtisodning boshlanishi»  asaridan uch yil keyin chiqqan bo‘lib,  nazariy 
metodologik  jihatdan  undan  farq  qilmaydi.  Bu  asarlarda  Maltus 
lendlordlar manfaatini  himoya  qiladi,  ammo  yer  egalari  va  kapitalist- 
fabrikantlaming  manfaatlari  mos  kelsa  va  ishchilaiga  qarshi  qo‘yilsa, 
ulam ing  ikkalasini  qoMlab-quwatladi,  hukm ron  sinflam i  oqladi, 
ommaning och-yalang‘ochligi va og'ir ahvolida ulam ing hech qanday 
aybi  yo‘qligini  isbotlamoqchi  boldi.  Mayjud  tizimni  takomillashtirish 
kerakligini xayoliga ham keltirmadi, buni o‘ziga xos utopiya deb hisobladi.
Asosiy  iqtisodiy  masalalami  yagona  bir  omil  asosida  oddiygina 
tushuntirishga harakat qildi.

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish