A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

Tadqiqot predmeti
  sifatida,  awalo,  ishlab  chiqarish  sohasini  rivoj- 
lantirish yo‘li bilan jamiyatning moddiy boyligini yanada ko‘paytirish 
masalasi  qaraladi.  Shu  bilan  birga,  birinchi  m arta  iqtisodiy  o ‘sish 
muammosini aholining o‘sishi bilan bogiashga harakat qilingan. Awalgi 
tadqiqotlarda aholi o‘sishi o ‘z-o ‘zidan milliy xo‘jalik rivojiga olib kelishi 
(va  aksincha)  masalasi  qo‘yilgan  bo‘lsa,  bu  olim   muammoga  o‘ziga 
xos ravishda yondashadi.
Tadqiqot usulida
 iqtisodiy liberalizm konsepsiyasini tan  oigan holda, 
iqtisodiy o‘sish sur’atlari bilan aholi soni o‘rtasida o ‘zaro aloqadorlikni 
ilmiy jihatdan isbotlashga urunishining o ‘ziga xos yo ‘llari mavjuddir.


Jahonga  m a ’lum  bo‘lgan  Ch.Darvin,  D.Rikardo va boshqalaming 
qarashlari unga metodologik asos sifatida xizmat qildi.
Bu olim metodologiyasining yangiligi va ahamiyati shundaki, undan 
milliy  iqtisodiyotni  rivojlantirish  va  qashshoqlik  sabablarini  aniqlash 
va undan chiqish uchun amaliy xulosalar chiqarish mumkin. Yashash 
minimumi  sifatida  belgilanadigan tirikchilik vositalari va  aholi o ‘sish 
soni o‘rtasidagi oddiy nisbatni isbotlashga harakat qilinadi.
M.  Blaugning  ta ’kidlashicha,  Maltus  bo‘yicha  insoniy  jamiyatni 
ijtimoiy  qonunlar  (sotsial  islohotlar)  yordamida  har  qanday  ongli 
takomillashtirishga urinish yengib bo‘lmas insonlar ommasi tomonidan 
surib  tashlanadi  va  shu  sababli  har  bir  odam  o ‘zi  haqida  o ‘zi  jon 
kuydirmog‘i va o ‘zining xatolari uchun to‘la javob berishi kerak.
Aholi  nufusi  nazariyasi
Maltus  tabiat  bilan  hamohang  o ‘simlik  va  hayvonlaming  cheksiz 
ko‘payishi va yashash uchun kerakli  mablag‘lar o ‘sishi yo‘nalishlarini 
tadqiq etadi. Agar insonlar har 25 yilda ikki marta ko‘payib, geometrik 
progressiya  asosida  ortib  borsa  (1,  2,  4,  8,  16,  32,  64,  128,  256  va 
hokazo),  tirikchilik  vositalari  eng  qulay  sharoitlarda  ham  arifmetik 
progressiya asosidagina ko'payishi  mumkin (1,  2,  3,  4,  5,  6,  7 va ho­
kazo).
Bunday  sharoitda  200  yildan  so‘ng  aholi  sonining  tirikchilik 
vositalariga nisbati  256  :  9,  300 yildan so‘ng esa 40096  :  13 boMadi va 
hokazo (2-jadvalga qarang).
2  - j a d v a 1
T .R .  M altus  «Nufus  qonuni»ning  matematik  ifodasi
Aholi o'sishi
Geometrik progressiya
1,2,4,8,16,32,64,128,va 
hokazo
Tirikchilik
vositalarining
o'sishi
Arifmetik progressiya
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10
200 yildan so‘ng
Aholining o‘sishi 256 
marta
Tirikchilik 
vositalarining 9 marta
300 yildan so‘ng
Aholining o‘sishi 9096 
marta
Tirikchilik 
vositalarining  13 marta


Tirikchilik vositalariga nisbatan doimo tezroq ko‘payishga intilishi 
«aholining  nufus  qonuni»dir,  bu  qonun  jamiyat  paydo  bo ‘lgandan 
buyon  mayjud  bo‘iib,  doimo  harakatdadir.  Aholining  ortiqcha  qismi 
zarurat tufayli  qirilishga mahkum etilgan.
M altusning  fikricha,  qashshoqlikning  asosiy  va  doim iy  sababi, 
boshqarish  tarzi  yoki  mulkning  notekis  taqsimlanishiga  hech  ham 
bog‘liq emas; bu jarayon «tabiiy qonunlar va insoniy hirs»,  tabiatning 
nochorligi va insoniyatning favqulodda tez ko‘payishi bilan bog‘liqdir. 
Shu sababli xalq o ‘z azob-uqubatlari uchun o‘zini o‘zi ayblashi кегак». 
Uni  to ‘g‘rilashga  hech  qanday  inqilob  va  sotsial  islohotlar  yordam 
bera  olmaydi.  Bunda  faqat  bir  to ‘g‘ri  yo‘l  bor  -  bu  aholi  sonini 
qisqartirish.  0 ‘ta  ko'payishning  oldini  olish  vositasi,  chorasi  sifatida 
«axloqiy  chidam»  (kambag‘allar  nikohdan  o ‘zlarini  tiyishlari,  kech 
turmush  qurishlari),  og‘ir  m ehnat  yoki  turli  baxtsizliklar  (ochlik, 
qashshoqlik,  kasallik,  epidemiya,  urush  va  boshqalar)  taklif  etiladi 
(3-jadval).
3  - j a d v a 1
Aholi o‘sishini  cheklovchi omillar
Avlodni
davom
ettirish
instinkti
Aholining o‘sish potensiali
Aholining o‘sishinig 
cheklovchi omillar
Oldini olish choialari: 
tug'ilish kamayishi
Real omillar: 
o‘lim ortishi
Aholoqiy
xususiyatdagi
cheklovlar
Soliq
pastligi
Noo'rin
hayot
Kambag'allik
Tirikchilik vositalarining cheklaneanlui
Maltusning fikricha, tabiiy biologik instinktga ko‘ra insoniyat ko‘pa- 
yish  imkoniyatiga  ega  va  doimo  shunga  intiladi,  ammo  jonivor  va 
o ‘simliklar  qarama-qarshi  ravishda  bu  jarayonni  cheklash  imkoniga 
ham ega bo‘Ub, hayvonot dunyosidan ajralib turadi. Quyidagi jadvalda 
ana shu imkoniyatlar aks etgan.
Maltusning bu reaksion xulosalari qattiq tanqidga uchradi.  Maltus 
bu tanqidlardan xulosa chiqarib,  1820-yilda asarini qayta ishlab chiqdi 
va unda o‘z flkrlarini ancha yumshatishga intildi; ayniqsa, ustiga dam- 
badam yog‘ilib turadigan va aholini  o ‘limga mahkum  etadigan  balo-


ofatlam i  zaniriy  deb  hisoblashdan  voz  kechdi  va  kechirim  so‘radi, 
u n i  no to‘g‘ri  tushunganliklarini  aytib  o ‘tdi,  ammo  u  o ‘zining  bosh 
fikrini inkor etmadi.
M altus  markaziy  g‘oyasi,  y a’ni  aholi  soni  o‘sish  sur’atlarining 
jamiyat farovonligiga ta’siri to‘g‘ri va dolzarbdir. Ammo olim tomonidan 
berilgan prognozlar baxtimizga normal bo‘lib chiqdi.  H ar 20-25 yilda 
aholining ikki marta ko‘payishi insoniyatni to‘la qashshoqlikka mahkum 
etishi kerak edi.
M altus «doktrinasi», aw alo,  metodologik jihatdan xato edi, chunki 
hech  qanday  isbotsiz  tabiat  qonunlari jamiyat  hayotida  qo‘llaniladi. 
V aholanki,  insonlar  o ‘simlik  va  hayvonot  dunyosidan  farqli  o ‘laroq 
faqat iste’mol qilmaydilar, balki o ‘zlari ishlab chiqaradilar va tirikchilik 
vositasini  ko‘paytirish  imkoniyatlariga  egadirlar.  Shuni  eslab  o ‘tish 
joizki,  o ‘z  davrida  Petti  va  Smit  mamlakat boyligining  asosi  unumli 
m ehnat bilan shug‘ullanuvchi aholi ekanligini isbotlab berganlar. Maltus 
klassiklaming  bu  fikrini  inkor  etadi.  Bundan  tashqari,  Maltus  o‘zi 
ochgan qonunni abadiy deb e ’lon qiladi. Aslida esa kapitalizm davrida 
ortiqcha ishchi kuchi hisobiga aholining nisbiy ortiqchaligi yuzaga keladi, 
bu  yerda  aholining  nisbiy  ortiqchaligi  uning  absolut  ortiqchaligi  deb 
ko‘rsatilgan.
M altus  progressiyalari  statistik  va  amaliy  (faktik)  materiallami 
o ch iq d an   ochiq  soxtalashtirishdir  (falsifikatsiya).  U nda  berilgan 
m a ’lum otlar AQSHning  XVI-XVIII  asrlardagi  aholi  o ‘sishiga  nisbat 
sifatida keltiriladi, bu mamlakat aholisining asosan Yevropa aholisining 
emigratsiyasi hisobiga ko'payganligi haqidagi «arzimas» fakt esa hisobga 
olinm agan  (tabiiy o ‘sish bor,  emigratsiya bor).
Maltus o‘z fikrini «isboüash» uchun 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish