«Rikardo maktabining tanazzuli, - deb yozgan edi K.Marks,
-
m ana
shu kimsadan boshlanadh.
J.Mill qiymat, ish haqi va foydani o ‘ziga
xos yo‘l bilan talqin etdi. U ishchilaming ish haqini oshirish yo‘lidagi
iqtisodiy kurashi o‘rinsizligini asoslamoqchi bo‘ladi.
J.Mill kapitalistning foydasi bilan yollanm a ishchining m aoshi
o ‘rtasidagi qarama-qarshilikni rad etib, yer rentasini tanqid qilgan
edi. U Rikardoning renta to ‘g‘risidagi nazariyasini davom ettirib, yer
rentasining davlat tomonidan qo‘shib olinishi, ya’ni yemi milliy-
lashtirish (natsionalizatsiya)ni talab qilib chiqdi.
J.Mill o‘zining «Siyosiy iqtisod elementlari» (1821) asarida qiy-
matning mehnat nazariyasiga butunlay qarshi chiqdi va qiymatning
manbayi sifatida faqat jonli mehnatni emas, ishlab chiqarish vositalarida
mavjud bo‘lgan mehnatni ham hisobga olishni talab qildi. Bunga
asoslanib, kapitalistlar va yollanma ishchilar o ‘rtasidagi ekspluatatsiya
inkor qilinib, ulami «teng tovar egalari» sifatida qabul qilishni taklif
etdi, bu esa ishlab chiqarilgan mahsulotning o ‘ziga tegishli foyda ulushini
olishining to‘g‘ri ekanligini isbotlashga asos b o ‘ldi.
London universitetining siyosiy iqtisod bo ‘yicha professori Jon
Ramsey Mak-Kullox (1789-1864) ham klassik maktabning so‘nggi
nomoyandalaridan hisoblanadi. U «Siyosiy iqtisodning boshlanishi»
(1825) kitobida qiymatning mehnat nazariyasini rasman tan olsa ham ,
ishchigina emas, ishlab chiqarish jarayonida ishtrok etgan shamol, bug‘,
koks, mashina ham mehnat qiladi, degan g‘oyani ilgari surdi. Bunga
asoslanib, foyda qiymatning jamg'arilgan mehnat yoki kapital «ishi*
tufayli yaratilgan qismidir, deb tushuntiradi. Merkantilistlar kabi u
ham foyda ayirboshlash jarayonida vujudga keladi, deb da’vo qiladi.
J.Mak-Kullox Maltusning «Aholi nufusi» qonunini to‘la quwatladi.
Agar awalgi iqtisodchilar klassik maktabni turlicha sharhlashga
intilgan bo‘lsalar, XIX asming 30-50-yiIIarida iqtisodchilar o‘rtasida
klassik maktabdan ochiqdan ochiq aloqani uzishga intilish paydo bo‘ldi.
Bu davrda sanoat to ‘ntarilishi nihoyasiga yetdi, sinfiy differensiatsiya
amalga oshdi.
Sinfiy kurash keskinlashayotgan sharoitda (Angliyada chartizm,
Fransiyada Lion to ‘quvchilarining qo‘zg‘oloni, 1848-yil inqilobi va
boshqalar) hukm ron sinflar uchun sotsialistlar tomonidan kapita-
lizmni tanqid qilish va ishchilaming ijtimoiy talablarini asoslab berish
uchun foydalaniladigan qiymatning mehnat nazariyasi, Rikardoning
foyda, kapitalist va ishchilar ish haqining qarama-qarshiligi ta’limoti
va boshqa g‘oyalari katta xavf tug‘dirar edi.
10.1. J .S . Millning iqtisodiy ta ’limoti
Ingliz Jon Stuart Mill (1806-1873) klassik maktabning so‘nggi
nomoyandalaridan biridir. Uning otasi Jeyms Mill (1773-1836) ham
iqtisodchi bo‘lgan va o ‘g‘lining tarbiyasi bilan jiddiy shug'illangan,
oqibatda yoshligidayoq uning dastlabki tadqiqotlari e’lon qilindi. Ammo
1848-yilda bosib chiqarilgan «Siyosîy iqtisod asoslari» (5 jilddan iborat)
kitobi unga shuhrat keltirdi. Mill Ost-Indiya kompaniyasi bilan
bog‘langan edi (1858-yilda yopilgan). 1865-1868-yillarda Parlament
a ’zosi bo‘lgan (D.Rikardoni eslang). So‘nggi yillarda Fransiyaning
Avinon shahrida yashab, ijod etdi.
D.Rikardo g‘oyalariga yaqin turadi va birinchi o‘ringa «ishlab
chiqarish qonunlari»ni qo‘yadi, bu masalani «Taqsimot qonunlari»ga
qarama-qarshi deb biladi. Klassik maktab vakillari kabi, iqtisodiy
rivojlanishda «Qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari» bilan hisoblashmaslik
mumkin emas deb hisoblaydi.
Tadqiqot usulida pulning «neytrallik» konsepsiyasiga amal qiladi,
ammo pulning miqdoriy nazariyasini ham qo‘llaydi. Boylik to‘g‘risida
ancha sodda fikrda bo lib, bozorlarda sotib olinadigan va sotiladigan
narsalaming summasi sifatida qaraladi. Bu olimning metodologiyasida
(ishlab chiqarish qonunlarini taqsimot qonunlariga qarshi qo‘yish
xarakterlidir. Birinchisi o ‘zgarmas bo‘lib, texnik sharoitlar bilan
belgilanadi, bu «fizik haqiqatlar» kabidir, u «tabiiy fanlar xususiyatlari»
xarakteriga ega, unda inson irodasiga bog‘liq hech narsa yo‘q. Ikkinchisi
esa, uni «inson intuitsiyasi» boshqargani sababli, ayrim mamlakatlar
va davrlarda jamiyatni boshqaradiganlaming fikri va xohishiga bog‘liq
bo‘lib, nihoyatda turlichadir.
«Mazkur jamiyat qonun va urf-odatlari» taqsimot qonunlariga bevo-
sita ta’sir eladi va «jamiyatdagi asosiy uch sinflar» o ‘rtasida daromadlar
taqsimoti mulkning shaxslar o'rtasidagi taqsimotini belgilab beradi.
Insoniy qarorlarning taqsimot qonunlari shakllanishidagi ahamiyatidan
kelib chiqib, J.S.Mill jamiyatni ijtimoiy jihatdan isloh qilish bo‘yicha
o‘z takliflarini ishlab chiqadi. Olimning tadqiqotlariga «statika» va
«dinamika» tushunchalari kiritiladi. Awalgi olimlar tomonidan jamiyat-
ning «statsionar va o ‘zgarmas» iqtisodiy qonunJari o ‘iganilgan bo‘lsa,
endilikda statikaga siyosiy iqtisodning dinamikasini q o ‘shish kerakligi
aytiladi.
Ammo M.Blaugning flkricha, Millda «dinamika»ga tarixiy o‘zga-
rishlami tahlili sifatida qaraladi, «statika» de ganda esa hozirgi statik
tahlil tushuniladi. Demak, u hozirgi davrdagi dinam ik tahlildan keskin
farq qiladi, chunki endilikda iqtisodiy munosabatlardagi o ‘zgarish
zamon va makonda, diffensial hisob-kitoblar yordamida matematik
modellashtirish orqali amalga oshiriladi.
Millning qiymat nazariyasida «almashuv, iste’mol qiymatlari»,
qiymat va boshqalardan tashqari, qiymat (qimmat) bir vaqtda barcha
tovarlarda o‘sishi mumkin emas degan qisqacha xulosalar chiqariladi,
chunki qiymat nisbiy tushunchadir. Qiymat m ehnat tufayli yuzaga
kelishi va birinchi darajali ahamiyatga egaligi ta ’kidlanadi.
Pul to‘g‘risidagi g‘oyasida miqdoriy masala birinchi o ‘ringa qo‘yiladi,
ya’ni pulning ko‘payishi yoki kamayishi tovarlam ing nisbiy bahosi
o ‘zgarishiga ta’sir etadi. Boshqa sharoitlar teng bo'lganda «pulning
qiymati uning miqdoriga teskari nisbatdadir», pulning har qanday
kamayishi esa xuddi shunday proporsiyada uning qadrini oshiradi.
Pulning neytralligi to‘g ‘risida fikr yuritilib, pul vaqtni va mehnatni
iqtisod qilish uchun hizmat qiladi, deyiladi. Boylik, moddiy ne’matlar
faqat unumli mehnat natijasida yaratiladi. Yangilik shundan iboratki,
mulkni qo'riqlash, malaka orttirishga qaratilgan m ehnat ham unumli
deb hisoblanishi kerak. Unum li mehnat, jam iyat ishlab chiqarish
kuchlarini ko‘paytirishga olib kelsa, unumli iste’molga ega bo‘ladi.
Aholining iqtisodiyotdagi o ‘m i to‘g‘risida so‘z yuritilib, Angliyada
1821-yildan keyin 40 yil davomida tirikchilik vositalarini ishlab chiqa-
rish sur’atlari aholi o ‘sishidan yuqori bo‘lmagan. Aholi sonini kamayti-
rish bo‘yicha takliflar beriladi (ixtiyoriy tug‘ilishni kamaytirish, ayollar
emansipatsiyasi).Bu masalada Mill Maltus bilan hamfikrdir.
Kapital deganda «awalgi mehnat bilan ilgari to‘plangan mahsulotlar
zaxira» lari tushuniladi. Kapital jamg'arish investitsiya uchun asos
hisoblanadi va bandlikni oshiradi, ishsizlikning oldi olinadi (J.M.Keyns
ta’limotiga qarang).
Daromadlar borasida awalgi olimlar fikri qo‘llanadi, uni mehnatga
haq deb qaraladi va ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifga bog‘liq
deyiladi. Minimal ish haqi g‘oyasiga amal qilib, «ishchi fondi» doktrinasi
ilgari suriladi, unga ko‘ra, sinfiy kurash ham, kasaba qo‘mitalari ham
ish haqini yashash minimumi darajasida saqlashning oldini ola olmaydi.
Ammo 1869-yil bu doktrina g‘oyasi inkor etiladi va kasaba qo‘mitalari,
haqiqatan ham , ish haqiga ta’sir etadi, bu «mehnat bozoridagi raqobat
oqibatlari» kabidir. Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda past mehnatda
ish haqi kamroq bo‘Iadi. Mill «minimum ish haqi» bilan «fiziologik
minimum»ni farqlaydi, birinchisi ikkinchisidan yuqoridir. Ish haqi
manbayi sifatida allaqanday «kapital zaxira» keltiriladi.
Rentaga yerdan foydalanganlik uchun to ‘lanadigan kompensatsiya
deb qaraladi. Shu bilan birga, yer uchastkasidan foydalanish shakliga
qarab, bu renta mavjud bo‘ladi yoki foydani yo‘q qiluvchi xarajat
bo‘lishi mumkin.
Jamiyatdagi iqtisodiy islohotlar, xususan, sotsializm va sotsialistik
qurilish to ‘g ‘risida ham flkr yuritiladi. Ijtimoiy tengsizlikning xususiy
mulk bilan bog‘liqligini inkor etadi. Masala bunda xususiy mulk bilan
bog'liq individualizm va suiiste’molchilikka barham berishdir, degan
xulosa chiqariladi.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida davlat mavqeyini faol-
lashtirish masalalari qarab chiqilgan. Bunda davlat markaziy bankining
foizlari oshirishga intilishi maqsadga muvofiq deb qaraladi, chunki bu
xorij kapitalini mamlakatga kirib kelishini rag‘batlantiradi, milliy valuta
kursi mustahkamlanadi, oqibatda davlatdan oltin chiqib ketishining
oldi olinadi. Davlat harajatlarining ko‘payishi tanqid qilinadi.
Erkin savdo munosabatlari (laisser faire)ni qo‘llash bilan birga,
«bozor kuchisiz» ayrim sohalarda (infratuzilma, fan, qonunlam i
chiqarish, bekor qilish va b.) davlat aralashuvi kerak deb hisoblanadi.
Mill, ayniqsa, ta’lim sifatiga alohida e ’tibor qiladi, xususiy maktablar
tarafdori (faqat chekka joylardagina umumiy maktabga yo‘l beriladi),
davlat imtihonlari tizimi, yomon o‘qiganlar uchun jarim a tak lif etadi.
Aytib o ‘tilganidek, bu olim ishlab chiqarish qonunlarini o'zgartirish
mumkin emas, balki laqsimot qonunlarini o‘zgartirish kerak degan
aqidaga amal qiladi.
Bu olimning katta xatosi bo‘lib, aslida ishlab chiqarish va taqsimot
bir-biridan alohida-alohida yashay olmaydi; ular bir-birlariga har
tomonlama bog‘liq.
Millning ijtimoiy islohoti uch pozitsiyani o‘z ichiga oladi:
1. Kooperativ ishlab chiqarish assotsiatsiyasi yordamida yollanma
mehnatni tugatish.
2. Yer solig‘i yordamida yer rentasini ijtimoiylashtirish.
3. Merosxo‘rlik qonunini cheklash yordamida boylikning tengsizligini
cheklash.
10.2. Iqtisodiyotda matematik usiublar
(A.O. Kumo, I.G . Tyunen)
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, XIX asming
o ‘rtalarida iqtisodiyot fanida inqiroz holatlari kuzatildi. Mafkuraviy
yondashuvni talab qiluvchi g‘oyalar tobora kuchayib bordi. Siyosiy
munozaralarda iqtisodiy ta’limotlardan o ‘z xohishlaricha foydalanish
holatlari faollashdi. Iqtisodchi-olimlaming obro‘yi eng past darajaga
tushib qoldi. Shu davrda mafkuradan holi bo‘lgan tadqiqotlarga ehtiyoj
sezildi, iqtisodiyotda matematik uslublami qo‘llash bo ‘yicha dastlabki
tadqiqotlar paydo bo‘ldi, bu iqtisodiyotda «maijinalistik inqilob»ga-
cha ro‘y bergan yangi yo‘nalishdir.
Ko‘pgina iqtisodiy hodisa va jarayonlar o ‘z tabiatiga ko‘ra miqdoriy
xarakterga ega. Odatda, iqtisodiy ko‘rsatkichIar orasida miqdoriy bog‘-
lanish mavjud. Masalan, agar ulardan bin o‘zgarsa, m a’lum qonun
asosida o‘zaro bog‘langan bir yoki bir nechta boshqa ko ‘rsatkichlar
ham o ‘zgaradi. Agar bir tovar bahosi oshsa, ko‘pincha unga b o ‘lgan
talab pasayadi. Bu boglanishni muayyan fiinksiya bilan ifodalash
mumkin.
Taxminan xuddi shunga o ‘xshash g‘oyalar XVIII asrdayoq ayrim
olimlar orasida paydo bo‘ldi va iqtisodiyotni, iqtisodiy hodisalam i
o ‘rganish uchun matematika fanini qo‘Uash kerak degan ilkr yuzaga
keldi, shunday tadqiqiy intilishlar boshlandi. Keyinchaiik esa nazariy
iqtisodning ayrim bosh masalalarini hal etishda bu usul keng qo‘llanila
boshladi.
Iqtisodiy tadqiqotlarda matematik uslublami ongli ravishda va muttasil
q o ‘llagan dastlabki olim fransiyalik Antuan Ogyusten Kurnodir (1801-
1877). K urnoga sharaf keltirgan «Boylik nazariyasi m atem atik
prinsiplarining tadqiqoti» asan 1838-yilda bosilib chiqdi. Uning hayoti
davrida bu asar olimlar o ‘rtasida deyarli qiziqish uyg‘otmadi va uni
ishi yurishmagan «iqtidorli fan ñdoyisi» sifatida eslab qoldilar. U oliy
m aktab professori, o ‘quv yurtlarining administratori lavozimida yaxshi
va to ‘q hayot kechirish bilan birga, o‘zining asarían va g‘oyalariga
bo'lgan sovuq munosabatni ham doim sezib turdi.
A.O. K um o 1829-yilda Parij universitetidagi matematika bo‘yicha
ishlari uchun doktorlik darajasini oldi, ko'pgina olimlar, jumladan,
taniqli Puasson bilan yaqindan tanishdi, uning yordamidan foydalandi.
Bu olim ehtimollar nazariyasining falsafiy talqini bo‘yicha buyuk ishlar-
n i amalga oshirdi. Asosan, matematika bilan shug‘ullangan olim qanday
qilib iqtisodiy masalalarga e ’tibor bergan, degan jum boq haligacha
yechilmagan. Arrnno qomusiy bilimlarga ega bo‘lgan Kumo, shubhasiz,
Sm it, Rikardo, ayniqsa, Seyning asarlari bilan tanish bo‘lgan. Shular
tufayli u matematikani iqtisodiyot bilan bog‘lagan, degan fikr bor.
K um o o ‘z asarlarida ijtimoiy fanlarga aniq matematika tilini tatbiq
etishga harakat qildi. U bu turli bozor munosabatlari sharoitida,
y a’ni xaridor va sotuvchilar kuchi turlicha joylashtiriJganda tovar bahosi
va unga bo‘lgan talabning o‘zaro bog'lanishi to‘g‘risidagi masalani to‘liq
o ‘rgandi. Talab va baho o ‘rtasidagi nisbat masalasi bilan shug'ullangan
olim fanga talabning elastikligi to ‘g‘risida muhim tushunchani birinchi
b o ‘lib kiritdi. Tajribaning ko‘rsatishicha, tovar bahosi oshuvi bilan
unga bo‘lgan talab kamayadi, baho pasaysa, talab ortadi.
Bu Kumoning «talab qonuni» bo‘lib, talab «D» harfi bilan, baho
esa «r* harfí bilan belgilanganda uning funksiyasi D = f (p) shaklida
yoziladi. Kumo tadqiqotlarda birinchi bo‘lib grafika metodini qo‘llagan.
Bunda tovar sotilish hajmining uning bahosiga bog‘liqligi ko‘rsatiladi,
y a ’ni talab (egri chiziqi) paydo bo‘ldi.
K um o shuni ham ta ’kidlaydiki, turli tovarlar uchun bu bog‘lanish
turlicha bo'ladi. Uningcha, baholaming nisbatan uncha katta bo‘lmagan
o‘zgarishlari tufayli talab ancha keskin o'zgarishi mumkin. Bu talabning
yuqori elastiklik holatidir. Va aksincha, baholar o ‘zgarishi talabga kam
ta’sir qiladigan holat talabning past elastikligidir. Oxirgi holat zeb-
ziynat predmetlari va hatto eng kerakli mahsulotlarga ham tegishli
bo‘lishi mumkin. Masalan, skripka yoki astronomik teleskopning
bahosi ikki hissa pasayganda, ularga bo'lgan talab deyarli o ‘zgarmaydi,
chunki bu buyumlar tor doiradagi muxlislarga kerak va ulam í bu
buyumlaming bahosi uncha qiziqtirmaydi. Boshqa tomondan, o ‘tin -
ning narxi ikki marta oshsa ham, unga b o ‘lgan talab kam, chunki
qish sovug‘ida issiq o‘tirish uchun boshqa narsalardan voz kechiladi.
Shunday qilib, talab funksiyasi turlicha bo'ladi va turli egri chiziqlar
bilan ifodalanadi, lekin muhimi, bu funksiya uzluksizdir, y a’ni
bahoning cheksiz kichik o ‘zgarishiga talabning cheksiz kichik o ‘zga-
rishi mos keladi. Bu iqtisodiy prinsip, ya’ni tamoyil bozor qancha-
lik keng va iste’molchilar orasidagi kombinatsiyalar soni qanchalik
ko‘p bo‘lsa, shunchalik to‘laqonli amalga oshadi. Ba’zi hollami istis-
no qilganda, uzluksiz funksiyalami differensiyalash mumkin. K um o
birinchi marta oliy matematika (matematik analiz)ni iqtisodiyotga bevo-
síta qo‘IIash mumkinligini isbotlab berdi va bu favqulodda muhim va
kelajagi bor bo'lgan talab va tovaming bahosi o ‘rtasidagi o ‘zaro
bogianish misolida qarab chiqilgan.
Mazkur tovaming ma’lum P D yoki P f(p) ko‘paytma soni uch u n
umumiy tushum, ya’ni pul miqdori funksiyasi v shaklida izohlanishi
mumkin. Kumo bu funksiyani differensiyalaydi va uning maksimumini
qidiradi, bunda har bir tovar ishlab chiqaruvchi «iqtisodiy odam»
sifatida o‘z daromadining imkoni boricha yuqori bo‘lishiga intiladi. Turli
o'zgartirishlar orqali eng yuqori tushum (daromad)ga tegishli tovar
bahosi topiladi.
Bu baho talab funksiyasi ko‘rinishiga, ya’ni uning elastiklik
(egiluvchanlik) xarakteriga bog‘liq. Ravshanki, har doim ham eng
yuqori baho m aksim um tushum ni beraverm aydi, b ir q a n c h a
sinovlardan so‘ng sotuvchi tomonidan belgilanadigan aniq b ir baho
tufayli eng katta daromad olinadi. Kumo o ‘z tahlilini eng oddiy holatdan
boshlaydi, masalan, tabiiy monopoliyani oladi. Masalan, bir odam
xususiyatlarí bo‘yicha juda noyob m a’danli suv chiqadigan buloqqa
egalik qiladi, deylik. Suv egasi eng yuqori daromad olish uchun qanday
bahoni qo‘yishi kerak? Bu savolga javob berish uchun Kumo nisbatan
ancha murakkab bo ‘lgan holatlarga o‘tadi, yangi omillami (ishlab
chiqarish chiqimlari, raqobat va boshqa cheklashlar...) kiritadi.
U
Do'stlaringiz bilan baham: |