A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

*Savdo-sanoat ittifoqi
»ni tuzdi. 
1825-yilda  Germaniyani  tark  etib,  AQSHga  doimiy  yashash  uchun 
ketdi.  1832-yildan  F.List  Yevropaga  qaytib,  AQSHning  Leypsigdagi 
elchisi bo‘lib ishladi.  U o‘zining bor kuchini, idroki va iqtidorini iqtisodiy 
m u am m o larn i  keng  o ‘rganishga  qaratdi.  S anoat  burjuaziyasi 
m anfaatlarining  ifodachisi  b o ‘lgan  F.List  iqtisodiy  birlik  uchun 
birinchilar  qatori  maydonga  chiqdi.  U o‘zining  «Siyosiy  iqtisodning 
milliy  sistemasi»  (1841)  nom li  asosiy  asarida  milliy  siyosiy  iqtisodni 
yaratish  vazifasini  o ‘rtaga  qo‘ydi.  Mamlakatning  ishlab  chiqaruvchi 
kuchlari to ‘g‘risidagi ta ’limot unga asosbo‘lishi kerak edi.  F.List dav- 
latning faoliyatini, dinni,  axloqni,  ma’naviyati  kabilami  ishlab chiqa­
ruvchi kuchlarjumlasiga qo‘shdi.  F.Listningta’limotiga ko‘ra, qiymatni 
ishlab  chiqaruvchi  kuchlar,  «millatning  ruhi»  (toj-taxtning  meros 
b o ‘lib  qolishi,  huquq,  sud,  armiya,  polisiya  va  shu  kabilar)  yaratadi.
F.List ta’limotida xo‘ja!ik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari to ‘g‘ri- 
sidagi g‘oyalar katta o‘rin egallaydi.  U tarixiy taraqqiyotni beshta bos- 
qichga:  badaviylik,  cho‘ponlik,  dehqonchilik,  dehqonchilik-manu- 
faktura,  dehqonchilik  -   manufaktura  -   savdo  bosqichlariga  bo‘ladi. 
B unday  boMishdan  kuzatilgan  maqsad  G erm aniyada  sanoatning 
o ‘sishini har tomonlama qo‘llab-quwatlash, biryoqlama rivojlanishdan
-  qishloq  xo‘jaligining  ustunligidan  voz  kechish  kerak,  degan  fikmi 
isbotlashdan iborat edi.
List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa, uning yirik namoyan- 
dasi  b o ‘lgan  A.Smit  iqtisodiyotini  tanqid  qiluvchi  bo ‘lib  faoliyat 
k o ‘rsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bo‘lgan qiymat va daromadlar 
nazariyasini  mutlaqo tahrir qilmadi.  Iqtisodiyotning bu kategoriyalari 
olim n i  qiziqtirm adi.  Asosiy  e ’tibor  iqtisodiy  siyosatning  asosiy 
masalalariga,  ayniqsa,  tashqi  savdo  siyosatiga  qaratildi.  F.List  Smit 
iqtisodiy  tizimini  kosmopolitizmda  ayblab,  uni  ayrim  mamlakatlar 
xo ‘jalik rivojlanishining milliy xususiyatlarini ko‘rmasdan, barchasiga 
um um iy  «tabiiy»  qonun-qoidalam i  dogmatik  ravishda  majburiy 
kiritayotganini  ta’kidlaydi.
Listning iqtisodiy nazariyasi  o ‘z tarixi va xo‘jaligining xususiyatiga 
k o ‘ra  jah o n   ham jam iyatining  so‘nggi  qatorlaridan  o ‘rin  oigan


mamlakatlaming iqtisodiy qoloqligini bartaraf etish yo‘lidagi dastlabki 
urinish  edi.
13.3.  Tarixiy  maktab  (V.Rosher,  K.Knis  va  B.Gildebrand)
Gettingem va  Leypsig universitetlarining professori  Vilgelm  Georg 
Fridrix  Roshcr  (1817-1894)  Germ aniyadagi  tarixiy  m aktabning 
asoschisi  hisoblanadi.  1843-yilda  u  «Tarixiy  usul  nuqtayi  nazaridan 
siyosiy  iqtisod  kursining  qisqa  asoslari»  kitobini  chiqardi.  Iqtisodiy 
qonunlaming obyektivligini  rad  qilish  bu  ta’limotning  o ‘zagidir.
Rosher 
tarixiy Jiziologik
  deb  ataladigan  usulni  ishlab  chiqdi.  Bu 
usul  kapitalizm  taraqqiyotining  prusscha  yo‘lini,  unga  xos  bo ‘lgan 
feodal  sarqitlami  (dehqonlaming  yer  egalariga  bo‘ysunishi,  hunar- 
mandlaming uyushmalariga va tabaqalariga xos cheklashlarini) tarixan 
oqlashdan va ko'klarga ko‘tarib  maqtashdan,  faktlami to ‘plashdan va 
shu  faktlami  tarixiy o ‘xshashliklar asosida  izohlashdan  iborat.
Rosher o‘zining nazariy qoidalarida  qiymatni  iste’mol  qiymatidan 
(foydalilikdan) iborat deb bildi, kapital deganda unumli iste’m ol uchun 
mo'Ijallangan  har  qanday  m ehnatni  tushundi.
Tarixiy  maktab g‘oyalarini  Karl  Knis  (1821-1892) jon-jahdi  bilan 
o‘çgandi.  1853 yilda uning «Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod» 
kitobi  bosilib  chiqdi.  Bu  kitobda  u  mazkur  maktabning  qarashlarini 
himoya  etish  va  muntazamlashtirishga  harakat  qildi.  K.Knis  alohida 
iqtisodiy qonunlar yo‘q,  faqat doim o va hamma joyda amal qiladigan 
tabiiy qonunlar bor deb  da’vo  qildi.
Uning  fikricha,  siyosiy  iqtisod  faqat  iqtisodiy  hodisalami  tasvirlab 
berishi  mumkin,  u  nazariy  umumlashmalami  berishga  qodir  emas. 
Knis  millat  turmushining iqtisodiy  sharoitlari  uchun  individ  (shaxs), 
jam iyat  va  davlatning  mas’uliyatim   eklektik  (qorishm a)  tarzda 
birlashtirmoqchi  bo‘ldi.
1848-yilda  Bruno  Gildebrand  (1812-1878)  «Hozirgi  zamon  va 
kelajakning  siyosiy  iqtisodi»  kitobini  e ’lon  qildi.  Bu  kitobda  u
F.Engelsning «Angliyada ishchilar sinfîning ahvoli» asariga qarshi chiqdi.
B.Gildebrand  kapitalizm  ishchilar  sinfîning  ahvolini  yaxshilaydi  va 
bu  tuzum ga  qarshi  k u rash d an   m a ’no  yo ‘q,  deb   h iso b lay d i.
B.Gildebrand  qiymatni  foydalilikdan  iborat  deb  bildi  va  xususiy 
mulkchilikning himoyachisi bo‘lib maydonga chiqdi.


B.Gildebrand  taklif etgan  insoniyat taraqqiyotining  tizimi  natura, 
pul va kredit xo‘jaligini o ‘z ichiga oladi. U ayirboshlash konsepsiyasiga 
asoslanib  ish  tutadi.
13.4.  Yangi  tarixiy  maktab va  «ijtimoiy  yo‘nalish*
XlX -asm ing  ikkinchi  yarmida  ham Germaniyada  iqtisodiyot  fani 
tarixiy  usul  asosida  rivojlanmoqda  edi.  Nemis  iqtisodchilari  bundan 
awalgi davrda iqtisodiy adabiyotda vujudga kelgan an’analami davom 
ettirib,  kuchaytirdilar.  Ular Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti­
ning o ‘ziga xosligini aks ettirib, feodalizm sarqitlarining uzoq vaqtdan 
beri saqlanib kelayotganligini keskin tanqid qildilar. Shu davr Germaniya 
iqtisodiy tadqiqotlarida Yangi tarixiy maktab yetakchi o‘rinlardan birini 
egallar  edi.  Ushbu  maktabning  yetakchi  olimlari,  Gustav  Shmoller 
(1838-1917)  bo‘lsa,  Lun  Brentano  (1844-1931),  V em er  Zombart 
(1863-1941),  Maks  Veber  (1864-1921)  o‘zlarining  ijtimoiy  yo‘nali- 
shlari bilan «Yangi tarixiy maktab»ning ilmiy ishlarini davom ettirdilar.
B erlin  universiteti  professori  Gustav  Shmoller  o ‘zining  «Xalq 
x o ‘jaligi  to ‘g‘risidagi  umumiy  m a’lumot  asoslari»  (1900-1904) 
nom li  asosiy  iqtisodiy  asarida  tarixiy  maktabning  asosiy  vakillari 
V .R osher va  B.Gildebrandning asosiy qoidalari va usullarini yanada 
rivojlantirdi.  Bu  iqtisodiy  am aliyotdan  uch  xil  faoliyat  turi  -  
xususiy x o ‘jalik,  davlat xo‘jaligi va  diniy xo‘jalikni  alohida ajratib 
ko ‘rsatadi.  Birinchisida  xususiy  manfaat,  ikkinchisida  jam iyat, 
ijtimoiy manfaat va uchinchisida xayr-ehson asosiy deb belgilanadi. 
U m u m an ,  G .Shm ollerning qarashlariga davlatning belgilovchilik, 
yetakchilik rolini ko‘rsatish xosdir.  G.Shmoller marksizmga qarshi 
k u rash ib ,  ijtim oiy  va  sinfiy  m uam m olarni  siyosiy  iqtisoddan 
chiqarib tashlab,  uni xalq xo ‘jaligi tarixi faniga aylantirdi.  U  fakt- 
larni va statistika m anbalarini o ‘rganish,  xalq xo‘jaligidagi hodisa- 
larni  bayon  etib  berishni  siyosiy  iqtisodning  bosh  vazifasi  deb 
hisoblaydi.
G .S h m o ller  um um an,  xalq  xo‘jaligi  o ‘zgarishsiz  qolaveradi, 
degan fikrga asoslanib, uning ayrim bo‘g‘inlarida ju z ’iy o‘zgarishlar 
b o ‘lishi  haqidagina  gapirish  mumkin,  deb  hisoblaydi.  Tadqiqot- 
larning  q a t’iyan  rad  etilayotgan  abstrakt  usuliga  qaram a-qarshi 
qo‘yilgan empirizm (nazariy mashg‘ulotlardan ko‘ra amaliy faoliyatga 
ko ‘proq  moyillik)  olim va  uning  izdoshlariga xos  xususiyat  edi.


G.Shmoller iqtisodiyotda odob-huquq omilini belgilovchi om il deb 
hisoblab,  har  bir  xalqning  hayot  tarzi  odob  qoidalarida,  x o ‘jalik 
huquqida o ‘zining asosiy ifodasini topadi, deb ta’kidlaydi. Yangi tarixiy 
maktab iqtisodchilari Germaniyada kuchli milliy davlat tashkil etilishi 
tarafdori edilar.
G.Shmoller  tomonidan  tuzilgan  «Ijtimoiy  siyosat  uyushmasi»nng 
faoliyati shu maqsadga xizmat qilar edi.  Uning yetakchi nazariyotchilari 
universitet professorlari bolib,  ulaming dasturlari  «

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish