professori Zombart K.Marksning olimligini uning revolutsionligidan
ajratib, mana shu ikki negizning bir-biriga zidligi to ‘g‘risidagi fikmi
ko‘tarib chiqdi. Shuningdek, markscha siyosiy iqtisodning iqtisodiy
kategoriyalarini chunonchi, qiymatning mehnat nazariyasi «ishning
g‘oyasi» deb e ’ion qilindi va fikran mantiqiy bir ishdan iborat deb
k o ‘rsatildi. Zombart ishlab chiqarishning uch omili xususidagi naza-
riyaning tarafdori bo‘lib (kapital, mehnat, yer), antagonistik ziddiyatlar
va iqtisodiy inqirozlaming muqarrarligini inkor etdi. Uning fashizmga
yaqinligi Yangi tarixiy maktab vakillari orasida yagona jiddiy kamchiiik edi.
M aks Veber m a’lumotli va ko‘pqirrali olim edi. U falsafa, tarix,
sotsiologiya va iqtisodiyot fanlarining rivojiga katta hissa qo‘shdi. Uning
ijodida tarixiy maktab o ‘zining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tariIdi.
M.Veber hammadan ko‘proq darajada noto‘g‘ri fikrga asoslangan
millatchilik va bir taraflama «tarixiy usul»dan ozoddir. 0 ‘zining dastlabki
asarlarida M.Veber tarixiy fanlarga faqat bayonchilik yetarü emasligini
ko‘rsatdi. U
«yuksak benuqson tiplar»
konsepsiyasini ilgari surdi.
Yuksak
va benuqson tip - bu o ‘z mohiyatiga ko‘ra olim shaküantiigan kon-
kret faktlar va u yoki bu xalqning tarixiy rivojlanish jarayonlarini
tushuntirib berishi uchun tuzadigan muayyan sxemasidir. M.Veber-
ning XV-XVI asrlarda Yevropaning xo‘jalik burilishiga deformatsiya-
ning ta’siri sohasidagi izlanishlari fanda juda katta iz qoldirdi. Bu
izlanishlaming markazida «Protestant etikasi va kapitalizm ruhi»
asari
turadi. Ma’lum m a’noda Veber Zombart amalga oshira olmagan ishni,
ya’ni fundamental tarixiy-iqtisodiy asami yaratdi. Bu kitob sayo-
xatchining kelajak haqidagi yozuvlari emas, balki kosmosdan turib
kuzatishi edi.
Qisqacha xulosalar
F.List va tarixiy maktab namoyandalari o ‘z asarlari va uslubiyatlari
bilan Germaniyada iqtisod fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar.
List asarlarining betakrorligi va ilmiy ahamiyati xo‘jalik siyosiy
m uam m olarini c h u q u r tah lil qilishda ham da kam rivojlangan
m am lakatlarning iqtisodiy rivojlanish qiyinchiliklarini oldindan
ko'rsatib berishda o ‘z o ‘m ini topadi. F.Listning traktati to‘rtta asosiy
kitobdan iborat bo‘lib, «Tarix», «Nazariya», «Sistemalar» va «Siyosat»
deb nomlanadi. Birinchi kitobda u Yevropa xalqlarining iqtisodiy tarixini
TO‘RTIN CH I Q IS M
XIX A S R O X IR I - XX A SR LA R D A G I IQ T IS O D IY
TA’L IM O T L A R
XIV b o b. M ARJINALIZM
14.1. Maijinalizmning umumiy ta ’rifi va rivojlanish bosqichlari
XIX asming ikkinchi yarmi — XX asming boshlarida iqtisodiy
ta’limotlaming rivojlanishi (evolutsiyasi) kapitalizm iqtisodiyotida uning
siyosiy ustqurmasida yuz berayotgan tub siljishlami aks ettirar edi.
XIX asming so‘nggi choragida erkin raqobatning monopoliyaga aylanishi
iqtisodiyotdagi eng muhim hodisa b o ‘ldi. Bu jarayon kapitalizm
ziddiyatlaming, ayniqsa, mehnat bilan kapital o ‘rtasidagi ziddiyat-
laming chuqurlashuvi va keskinlashuvi bilan ayni bir vaqtda ro‘y berdi.
XIX asming 70-yillaridan boshlab qiymat nazariyasi va uni ilmiy tahlil
qilishda ham chinakam inqilobiy o ‘zgarish yuz berib aynan shu davrda
Yevropaning bir nechta mamlakatlarida turlicha nazariy m aktablar
shakllandi. U shbu maktablar yaratgan iqtisodiy ta ’lim ot fan d a
«maijinalizm» ta ’limoti deb nomlanib, XX asming 30-yillarigacha
o‘z mavqeyini saqlab turdi.
Do'stlaringiz bilan baham: