Borone, shvetsiyalik Kassel
, amerikalik
Leontev
va boshqalar
qo‘shildi. L.Valrasning «Sof iqtisodiy fan elementlari» (1874) asari
iqtisodiyotda matematikaning shaxdam qadamlariga asos soldi. Shu
sababli u m atem atik maktabning davomchisi hamdir. Har qanday
iqtisodiy tahlilni matematik izohlashga intilish bu maktab va uning
izdoshlariga xos xususiyat hisoblanadi. Valrasning fîkricha, har qanday
iqtisodiy nazariyani faqat matematika asosida qisqa, aniq va ochiq
isbotlash mumkin. Uning o ‘zi matematikani yaxshi bilgan va Kumoni
o'zining ustozi deb hisoblagan holda, undan ilhomlangan. Keyinchalik
«engyuqori foydaîiîik»
(naf) deb atalgan tushunchani L.Valras «
noyob
-
lik»
(rarete) deb izohlaydi. Buni u miqdor iste’molning kamayuvchi
funksiyasidir deb ifodalaydi (ya’ni biror noz-ne’matning iste’mol
soni oshishi bilan uning noyoblik miqdorining ko'rsatkichi tobora
pasayadi). L.Valras shuni aniqladiki, eng yuqori foydalilik iste’molchi
tom onidan (m azkur daromad doirasida) sarflanayotgan mablag‘-
laming so‘nggi ulushining iste’mol qilinayotgan barcha noz-ne’mat-
lardan bir xil qoniqish hosil qilishidir. Shu bilan birga, iste’molchi
ne’matlar qim m atini o‘zi belgilaydi. Masalan, uning uchun paypoq
galstukdan, go‘sht paypoqdan qimmatliroq va hakozo. Boshqacha qilib
aytganda, iste’molchi o ‘zining belgilangan daromadini galstukka
nisbatan paypoqqa tezroq, paypoqqa nisbatan go‘shtga tezroq sarflaydi.
M ana shunday turli-tum an ehtiyoj bo‘lganligi tufayli, iste’molchi
har bir n e ’m atdan shunday miqdorda xarid qiladiki, so‘nggi juft
paypoq, oxirgi galstuk va so‘nggi nimta go‘shtdan bir xil qoniqish
hosil bo‘ladi. Faqat shundagina barcha sotib olingan narsalar unda
maksimal um um iy qoniqishni paydo qiladi. L.Valras hamma iste’-
molchilar o ‘z ehtiyojlarini qoniqtirishda maksimumga ega boHsalar
(yuqorida aytilganlarning ham m asini, shuningdek, har birining
cheklangan daromadini hisobga oigan holda) iqtisodiy muvozanat
yuzaga keladi deb hisoblaydi. U bundan umumiy bozor muvozanati
nima ekanligi to‘g‘risidagi masalani haï etishga muhim qadam qo‘yadi.
G ap shundaki, har bir iste’m olchi va har bir ishlab chiqaruvchi
(har bir xaridor va sotuvchi) o ‘z sheriklaridan va iqtisodiyotda ro‘y
berayotgan barcha jarayonlardan to‘la ajralgan holda harakat qila olmaydi.
Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyotda hamma narsalar, barcha
jarayonlar o ‘zaro bog‘Iiq. Har bir baholash boshqa baholarga bog‘liq,
ammo u ham boshqalarga ta’sir etadi. Bunga hayotda m isoilar bisyor.
Masalan, mamlakatning biror hududida qishloq xo‘ja!igining ortda
qolishi shu mamlakat poytaxtida zargarlik buyumlariga talabning
oshuviga olib kelishi mumkin.
Qisqacha xulosalar
XIX
asming 70-yillarida Avstriya maktabining shakllanishi iqtisodiyot
fanida katta voqea bo‘ldi. Uning nazariyotchilari fanda maijinalizm deb
nom oigan iqtisodiy nazariyani ilmiy asoslab berdilar. Bu nazariya
qoidalari klassik iqtisodiy maktabdan shu darajada farq qilardiki, u
ayrim hollarda fandagi to'ntarish deb ham baholanadi. Yangicha yo‘na-
lishni taklif qilgan iqtisodchilar tovarlar (ne’matlar) qim m atini unga
bo‘lgan subyektiv munosabatlar bilan aniqladilar. Har qanday n e ’m at
lar kishilaming talabini qanoatlantirishi darajasiga qarab, foydalilik
kasb etishi mumkin.
«Foydalilik» va «qimmat» kategoriyalari o ‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik
mavjud bo‘lib, har qanday ne’mat foydalidir, lekin u qim m atli bo‘l-
masligi ham mumkin. Foydali bo‘Igan n e’matlargina m a’lum darajada
qimmatli bo‘ladi. Foydalilik va qimmat kategoriyalarini ajratib ko‘rsatish
bilan birga maijinalistlar qiymatning mehnat nazariyasini butunlay
inkor etdilar. Ular bozorlardagi iqtisodiy ne’matlaming narxini unga
sarf bo‘lgan m ehnat va ishlab chiqarish xarajatlari bilan em as, balki
iste’molchining subyektiv ravishda bu n e ’mat qimmatini belgilashida
o ‘z o ‘mini topadi, deb hisoblaydilar.
«Êng yuqori foydalilik» nazariyasi o ‘ta subyektivligi uchun tartib-
sizligi va to ‘la isbotlangan faktlardan keng foydalanganligi uchun ko‘p
marta haqli tanqid qilindi. Lekin hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarida
Avstriya maktabining g‘oyalarida, ayniqsa, mikroekono-mika bo ‘limida
keng foydalanib kelinmoqda. Bu nazariyaning ustun tom oni shu bilan
belgilanadiki, unda nafaqat harajatlaming hisobi, balki ishlab chiqarish
va muomalaning natijalari to‘liq inobatga oiinadi.
Maijinaiizm inqiiobi to'g'risida gap borganda Avstriya maktabi qatori
Lozanna maktabini ham alohida ta’kidlashimiz zarurdir. Bu maktab
asoschilari maijinalistik g‘oyalami qo‘llagan holda uning qisqa, ochiq
va aniq matematik ifodasini topishga harakat qildilar.
Valras foydalilik o ‘miga noyoblik tushunchasini kiritdi va miqdor
iste’molining kamayuvchi funksiyasini taklif etdi. Umumiy bozor
muvozanati nazariyasini ishiab chiqdi va uning tenglamasini yaratdi,
iqtisodiyot va matematikani bir-biriga bog‘iadi. Valras qonuni bo‘yicha,
bozor muvozanati sharoitida umumiy talab umumiy taklifga tengdir.
Agar Valras bozor muvozanati masalasini qo‘ygan va uning qachon-
lardir yechilishini bashorat qilgan bolsa, V. Pareto bu muammoni
hal etishga muhim hissa qo‘shdi va tartibli foydalilik tushunchasini
kiritdi. V.Pareto optimal holati (eki Pareto optimum!) bu bozor
ishtirokchilarining hammasi o ‘z foydasi uchun intilib, o‘zaro manfaat
va foydalar muvozanatiga erishmoqdalar.
Shved olimi K.Viksell normal almashuv sharoitida ikkala tomonning
ham muvaffaqiyatga erishuvini isbotlab berdi. Ya’ni «almashuvdan
ham m a manfaatdordir» degan g‘oya ilgari suriladi.
Asosiy tushuncha va iboralar
Maijinaiizm, eng yuqori (chegaraviy) naf, noyoblik, ekonomiks,
subyektiv-psixologik, iqtisodiy liberalizm, robinzonada usuli, subyek-
tiv, spekulyatsiya.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. XIX asming oxiri va XX asming boshlarida vujudga kelgan iqtisodiy
ta ’limotlarga xos xususiyatlar nimadan iborat?
2. XIX asming 70-yillarida shakllangan qaysi nazariy maktablami bilasiz?
3. Maijinalizmning iqtisodiyot fanida tutgan o‘m i qanday bo‘lgan?
4. K.M enger, E.Byom -Baverk va V .Fizem ing asosiy asarlari
qaysilar?
5. U.Jevonsning iqtisodiy mavzudagi asosiy asarlarini aytib bering.
6. L.Valrasning iqtisodiy g‘oyasiga qanday tushunchalar asos qilib
olingan? Miqdor iste’molining kamayuvchi funksiyasini izohlab bering.
H O Z IR G I Z A M O N IQ T ISO D IY TA’L IM O T LA R IN IN G A S O S IY
YO‘N A LISH LA R I
Birinchi navbatda «hozirgi zamon» tushunchasiga aniqlik kiritish
kerak. Ba’zi iqtisodchilaming fikricha, XIX asr oxirlarida vujudga kelgan
iqtisodiy g‘oya, ta ’limot va konsepsiyalar hozirgi zamonniki deb tan
oîinadi.
Bu izohda mantiq bor, albatta, chunki o‘sha davrda yuzaga kelgan
iqtisodiy g‘oyalar keyingi iqtisodiy qarashlar uchun tayanch, asos rolini
o‘ynaydi. Ammo bu izohning cheklanganligini ham aytish kerak, negaki
XX asming o ‘rtalari, ayniqsa, ikkinchi Jahon urushidan keyin iqtisodiy
ta’limotlar bir qancha yangi qarash, g‘oya, konsepsiya va nazariyalar
bilan boyidi. Ulami «hozirgi zamon» iqtisodiy g‘oyalariga kiritilishi tabiiy.
Ilgarilari dam-badam bo‘lib turadigan inqirozlar soni va ko ‘lami
keskin kamaydi, ammo yo‘qolgan emas. Bu nisbiy yutuqlar bir tom o-
ndan, ilmiy texnika inqilobi natijalaridan omilkorlik bilan foyda-
lanilganügi va ikkinchidan aholi ijtimoiy talablarini to‘laroq qondirish
bilan bog‘liq bo ‘lgan ta’limotlar q o ‘llanilayotganligidir. O qibatda
ko‘pchilik mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy barqaroiiik hukm surmoqda.
Ammo kapitalizm yo‘lini tanlab olgan, bozor iqtisodiyotidan foyda-
lanayotgan yuzlab qoloq davlatlar borligini ham inkor etish m um kin
emas. Demak, iqtisodiy rivojlanishning yana boshqa omillari ham b o ‘lsa
kerakki (iqtisodiy konsepsiya, siyosat...), ulardan samarali foyda-
lanayotgan davlatlar (ulaming soni 20-25 ta) jahon iqtisodiyotida
yutuqlarga erishmoqdalar. Shu tajribani o ‘rganish va amaliyotda foyda-
lanish hayotiy zaruriyatga aylandi.
Ko‘rinib turibdiki, hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari tobora chu-
qurlashib, nazariy masalalar hayot bilan chambarchas bog‘liq b o ‘lib
bormoqda.
Biz yuqorida keltirgan iqtisodiy ta ’limotlar doimo rivojlanishda
bo‘lib, ulaming hech birisofholda birorbir mamlakatda qo‘llanilmaydi.
Amaliyotda mavjud iqtisodiy ta ’lim otlar, ulaming turli oqim lari,
maktablaming qorishmalari qo‘llaniladi.
Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosan, uch yo‘nalishini
ajratish mumkin:
1. Neoklassik (yangi klassik).
2. Ijtimoiy-institutsional.
3. Keynschilik.
XV b о b. YANGI KLASSIK (NEOKLASSIK)
YO‘N A LISH N IN G SHAKLLANISHI
15.1. Alfred Marshallning iqtisodiy ta ’limoti
A.Marshall (1842-1924) iqtisodiyotda neoklassik (yangi klassik)
y o ‘nalishning yetakchi vakili, marjinalizmning «Kembrij maktabi»
lideri hisoblanadi. Kembrij universitetida o‘qidi, uni tugatib, shu yerda
butun hayoti davomida siyosiy iqtisod fanidan (1863-yildan to 1908-
yilgacha) dars berdi. 1902-yildan boshlab yangi «Ekonomiks» fanini
kiritdi va siyosiy iqtisod fani asta-sekin siqib chiqarildi. Marshall
maijinalizm g‘oyasini ijobiy ravishda (Jevonsni bilmagan holda) aniq-
ladi.«Ekonomiksprinsiplari» (1890) A.Marshallning bosh asaribo‘lib,
oltijilddaniborat.
Bu kitob doim toUdirib borildi va olim hayoti davomida 8 marta
qayta nashr etilgan (ruschaga - «Принципы экономики» deb taijima
qilingan). Kitobning boshidayoq fanning predmeti to ‘g‘risida fikr
yuritiladi. Bu fan jamiyatning normal hayot faoliyatini tadqiq qilish
bilan shug‘ullanadi. Individual va ijtimoiy jarayonlaming farovonlikning
moddiy asoslarini yaratish bilan chambarchas bogMiq bo‘lgan sohani
o ‘rganadi. Mashhur «Ekonomiks» kitobining muallifi P.Samuelsonning
bu fan predmeti nomi «iqtisodiyot» bolib, iqtisod yoki maksimal-
lashtirishni bildiradi. Unda ishlab chiqarish hajmlari optimal bo‘lganda,
so f foyda maksumumga erishuviga katta e’tibor qaratilgan.
Tadqiqot usulida klassik maktab g'oyalariga vorislik mavjud bo‘lib,
u lar yanada rivojlantiriladi. A.Marshall insonlaming iqtisodiy faoliyatini
«sof» iqtisodiy nazariya pozitsiyasida turib, «mukammal raqobat» tufayli
bo'lishi mumkin bo‘lgan xo‘jalikning ideal (benazir) modelini, tadqiq
etdi. Ammo bir qancha iqtisodiyotning mo‘tadilligi (muvozanati) bilan
bo g ‘liq maijinal g‘oyalar orqali u bu fanni «xususiy» hoi, ya’ni firma,
soha (mikroekonomika) darajasida qaraydi. Bunday yondashuv olim
yaratgan «Kembrij maktabi» va XIX asr oxiri - XX asr boshidagi
k o ‘pchilik neoklassiklar uchun xosdir. Ammo shuni alohida ta’kidlash
kerakki, A. Marshall o ‘zidan oldin o ‘tgan ortodoksal klassiklardan
farqli ravishda, iqtisodiy kategoriyalami «isbot» talab etuvchi u yoki
bu asosiy chegaralanishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Olimníng tadiqotlarida bozorda erkin bah o n in g shakllanish
muammosi asosiy o‘rin egallaydi. Bunda bozor muvozanati yagona
organizm sifatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar chaqqon va bir-biri
to‘g‘risida yaxshi ma’Iumotga ega deb qaraladi.
Bozor bahosiga «eng yuqori naf asosida aniqlanadigan talab bahosi
va eng yuqori xarajatlar bilan topiladigan taklif bahosining kesishish
natijasi» deb qaraladi. Bu «Marshall xochi» deb yuritiladi, u talab va
taklif chiziqlarining kesishgan grafik shaklidir. Chiziqlar kesishgan
joyda ular orasidagi muvozanat, ya’ni muvozanatli, mo‘ta’dil baho
o ‘matiladi.
Shu yerda olimning tovar qimmatining mohiyati to*gxarakterlidir. Uning fikricha, qimmatni yaratishda naflik va ishlab
chiqarish xarajatlari (qaychining ikki tig‘i) birdek faoldir. U qaychini
misol sifatida keltirib, qog‘oz qirqqanda qaychining qaysi (ustki yoki
pasti) tig‘i asosiy rol o‘ynashi haqidagi savolni aytadi.
Marshall «iste’mol ortiqchaligi» tushunchasini kiritadi, bu xaridor
olishi zarur bo‘lgan ilojsiz narsa uchun to‘langan va amalda tolayotgan
baholar o ‘rtasidagi farqdir, ya’ni xaridoming q o ‘shimcha talabini
qondirishning iqtisodiy o ‘lchovidir.
Ilk maijinalistlarning baho, talab va taklif kabi omillaming funksional
bog‘lanish umumlashtiriladi. U xususan, baho pasayishi bilan talab
ortishi (baho ortishi bilan talab pasayishi), baho pasayishi bilan taklif
pasayishi (baho ortishi bilan takiif ortishi)ni ko‘rsatib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |