Asosiy tushuncha va iboralar
Iqtisodiyotni boshqarish (Devoni buzruk va devon), vazirlar vakolati,
yer egaligining 5 ko‘rinishi, ulufa (oziq-ovqat, maosh), soliqqa tortish
tartibi, tanho, Ulug‘bek islohotlari, «Fulusi adliya» tashqi savdoga
e’tibor, tamg‘a bojidagi o ‘zgarishlar, A.Navoiyning «Vaqfiya» (1482),
«M ahbub-ul qulub» (1500) asarlari, Z a h irid d in M u h am m ad
Bobuming «Mubayyin», «Zakot to‘g‘risida asar» kitoblari, «Hiroj»,
«Muqassam», «Muvazzan>.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Amir Tem ur davlatining ilmiy qonun-qoidalari qaysi asarda
keltirilgan?
2. Amir Tem ur davrida davlatni boshqarish tartibi qanday b o ‘lgan?
3. Amir Temur davridagi soliq tizimi va maoshni belgilashning
xususiyatlarini so‘zlab bering.
4. Ulug‘bek davridagi islohotlar qaysi sohani barqarorlashtirishga
qaratilgan?
5. Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalaming mohiyatini
gapirib bering.
6. Alisher Navoiyning «Vaqfiya» asarida qanday iqtisodiy g‘oyalar
bayon etilgan?
7. Zahiriddin M uham m ad Boburning iqtisodiy g‘oyalari qaysi
asarlarda bayon etilgan?
8. «Akbamoma»da qanday iqtisodiy g‘oya!ar ilgari surilgan?
9. «Fulusi adliya» deganda nima tushuniladi va u qaysi davrga te-
gishli?
10. A.Navoiy boylik to ‘plashning qanday yo‘llari to‘g‘risida gapir-
gan?
V b o b. MERKANTILIZM IQTISODIY TA’LIM OTI
5.1. Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
«Merkantilizm» iborasi birinchi bo‘iib Adam Smitning asarlarida
uchraydi. Lug‘aviy ma'nosiga ko‘ra bu so‘z italyancha bo‘lib, savdogar
mazmuniga ega. Bu so'z yangi ta’limotning m azm un va mohiyatini
o‘zida aks cttiradi.
Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi
mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilikda deb
kelinaredi. Lekin XV astga kelib, ahvol keskin o‘zgardi. Bu ta’limotning
kelib chiqishiga bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy sabablar turtki bo‘ldi.
Awalo, féodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining
o‘sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi yerlaming ochilishi,
buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizim ining paydo
bo‘lishi, ayniqsa, savdo-sotiqning rivojiga turtki b o ‘ldi. Noekvivalent
savdo tufayii metropoliya koloniyalar hisobiga beqiyos boyidi. Ana shu
o‘zgarishlami asoslab beruvchi iqtisodiy ta’limot — merkantilizm yuzaga
keldi va muomala sohasini o ‘rganish bilan shug‘ullandi. Merkantilizm
sinfiyjihatdan savdo kapitalini himoya qildi. Shu daviga kelib Yevropada
oltin va kumush qahatchiligi boshlandi. «Hindistonda nodir metallar
ko‘p» degan mish-mishlar va u yerdagi mavjud ziravorlar insonlami
yangi yerlar ochish, yangi boylik makonlarini izlab topishga otlantirdi.
Pul vazifasini bajargan nodir metailar (hali qog‘oz pul yo‘q), ulaming
kuch-qudrati hammani oyoqqa turg‘azdi, insonni o ‘ylashga, ixtirolar
qilishga, harakatga undadi. Oqibatda, suvda kemalar orqali xavfli yo‘lga
otlanish taraddudi boslilandi, xaritalar tuzildi, kompas kashf etildi,
kerakli odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog‘ to‘plandi.
Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi davlatga
ko‘proq oltin va kumush keltirish deb bilindi. Bu davrda pul sifatida
qimmatbaho metallar - oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli oltin
va kumush zaxiralarini ko‘paytirish borasida m a’lum iqtisodiy siyosatlar
ishlab chiqarildi.
1492-yilda portugaliyalik Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan tasodif
tufayli Amerika qit’asini ochdi (u o‘zini Hindistondaman deb o ‘ylagan,
shuning uchun qit’a nomi boshqa dengizchi - Amerigo Vespuchchiga
nasib etdi, tarixning bu xatosini to ‘g‘rilash uchun bu qit’adagi bir
davlatga K olum biya nomi berildi). Ammo Amerika, ko‘pchilik
o'ylaganidek, oltin-kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonga suv
yo‘li qidirish yana davom etdi va 1498-yilda Vasko da Gama tomonidan
ko‘pchilik intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo‘l ochildi. Boshqa dengizchi-
Magellanning butun dunyo bo‘y!ab qilgan sayohati tufayli yangi yer,
orollar kashf etildi, ular qisqa vaqt ichida Yevropa davlatlarining
mustamlakasiga aylantirildi, u yerlarda oltin-kumush konlari ochildi,
yangi xomashyo, ekin, hayvon turlari topildi, ulaming Yevropaga kirishi
boshlandi
{paxta, makkaj&xori, tamaki, kofe
,
kakao
). Yevropadagi
davlatlar (Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya-Gollandiya, Fransiya
va Angliya) o ‘rtasida kurash ham qizidi.
Shakllanib kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlaming rivoji
uchun muhim moddiy turtki paydo bo‘Idi. Kapitalizmning shaklianishi
va rivoji uchun kapitalning dastlabki jamg‘arilish jarayoni kuchaydi.
5.2. Mcrkantilizm iqtisodiy ta ’limotining mohiyati
Merkantilizm rivojida ikki davmi ajratish mumkin:
1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr o‘rtalari).
2. Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura
sistemasi) (XVI-XVIII asr o‘rtalari).
Yangi ta ’limot vujudga kelishi manufaktura bilan bevosita bog‘liqdir.
Iqtisodiyot tarixida sanoatning uch xil shaklini ajratish mumkin: uy
hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida
sohalar, tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam
yoki shogird, oila bilan birga bajariladi. Manufakturada esa kooperatsiya
yuzaga keladi, eng muhimi, chuqur m ehnat taqsimoti, xususiy
tadbirkor, yollanma ishchi kuchi paydo bo‘ladi (XV asr).
Merkantilizmning birinchi davri, o ‘sha davr iborasi bilan aytganda
monetar, ya’ni oltin va kumush pullar to'plash bilan bog'liq edi. Bunda
pul balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor
tovar sotib olishga urinilgan. Qimmatbaho metallni chetga olib ketish
taqiqlangan. Savdogarlarga olib chiqilgan mahsulotning bir qismiga pul
olib kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar bo ‘lishi mumkin).
Chet eilik savdogarlami esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar
sotib olishga majbur qilingan (pul olib chiqib ketmasliklari uchun). Bu
siyosat nazorat kuchli bo'lishini talab etgan, tashqi iqtisodiy aloqalaming
rivojini susaytirgan.
Taniqli iqtisodchi N.D. Kondratevning fikricha, merkantilistlaming
iqtisodiy tizimi amaliy siyosat bo‘lib, xalq xo‘jaligi qanday bo‘lishi
kerak va unga nisbatan davlat hokimiyatining munosabati masalasi asosiy
maqsaddir.
Merkantilizmni qisqacha qilib quyidagicha ta ’riflash mumkin:
iqtisodiy siyosatda: mamlakatda va davlat xazinasida imkoni boricha
nodir metallami (oltin, kumush, javohir, zar va durlam i) ko‘proq
to ‘plash; nazariya va ta’limotda: savdo, pul aylanmasi, ya’ni muomala
sohasida iqtisodiy qonuniyatlami izlab topish.
«¡nsonlar metall uchun
qurbon b&lmoqda»,
ya’ni oltin fetishizmi butun kapitalistik jamiyat
rivojiga hamohang bo‘lgan yangi hayot tarzi va fikrlashning tarkibiy
qismidir. Ayniqsa, savdo kapitali davrida bu yorqin nam oyon bo‘ldi.
Savdo kapitalining asosiy tamoyili - qimmatroq sotish uchun sotib
olish (bu hodisa O‘zbekistonda ham hozirgi davr o ‘zgarishJarida uchrab
turadi). Sotib olish va sotish farqi esa sariq metall shaklida namoyon
bo‘ladi. Farq, ya’ni foyda faqat ishlab chiqarishda, faqat m ehnat yo‘li
bilan yuzaga kelishi mumkinligi haqida o‘ylanmaydi.
Faylasuflar va ularning aqidalariga amal qilgan merkantilizm
amaliyotchilari davlatga murojaat etib, insonlaming tabiiy huquqlarini
ta’minlashni talab etganlar. Ana shu talablar orasida mulkchilik va
xavfsizlik bor. Bu ta’limotning ijtimoiy ma’nosi shuki, davlat yangi
jamiyat boyligi o ‘sishini ta ’minlovclii sharoitni yaratishi va qo ‘llashi
shart edi. Iqtisodiy ta’limotlaming tabiiy huquq bilan aloqasi keyinchalik
merkantilizmdan klassik iqtisodiy maktabga ham o ‘tdi. Lekin bu aloqa
mazmuni keyingi davrda ancha o ‘zgardi (Fransiyadagi fiziokratizm,
Anglíyadagí Smit), chunki bu davrda buijuaziya davlat homiyligiga
unchalik muhtoj emas edi, hatto u davlatning im koni boricha
iqtisodiyotga aralashuviga qarshi bo‘lgan.
M.Blaus fikricha, merkantilistlar ilmiy dunyoqarashining yetakchi
tamoyiUari quyidagilar: 1 )oltin va boshqa qimmatbaho metallarga boy-
likning asosi sifatida qaraladi; 2) mamlakatga oltin va kumushlaming
oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; 3)
arzón xomashyoni impon qilish yo‘li bilan sanoatni qo‘llab-quwat!ash;
4) import qilinadigan tayyor sanoat tovarlariga proteksionistik (yuqori)
tariflar; 5) eksportni, ayniqsa tayyor mahsulot eksportini rag‘batlan-
tirish; 6) ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholi
sonining o ‘sishi. Shak-shubhasiz, milliy farovonlikning asosiy sharti
sifatida aktiv savdo balansi hisoblangan va bu merkantilizm g‘oyasining
yuragi edi.
Ulaming mohiyati quyidagilardan iborat:
• T ah lil predm eti (iqtisodiy tahlil) sifatida m uom ala sohasi
muammolarini o‘rganish afzal deb qaraladi, bunda uni ishlab chiqarish
muammolari bilan bog'lab o'rganish butunlay inkor etiladi;
• Tahlil uslubi sifatida, asosan, empirizm (tajriba)dan foydalaniladi,
bunda iqtisodiy hodisalarning tashqi ko‘rínishlarigina ta ’riflanib,
iqtisodiyotning barcha sohalarini o‘z ichiga oigan ma’lum tizim asosida
tahlil etish istisno etiladi;
• Pulning kashf etilishi insonlaming sun’iy kashfiyoti oqibati deb
hisoblanadi, pulning o ‘zi esa aynan boylik deb qaraladi;
• Pul qiymati kelib chiqishini oltin va kumushning «obyektiv (jonli)
tabiati»dan va ulaming mamlakatdagi miqdori bilan belgüanadi;
• M ehnatga taklifning o ‘sishi ish haqining yuqori emas, past bo‘lish
zarurati bilan bog‘lanadi;
• Davlatning tartibga solishi tufayli iqtisodiy o‘sishga mamlakat pul
boyligining ko‘payish oqibati sifatida qaraladi, bunda tashqi savdo va
savdo balansi saldosining ijobiy (aktiv) boMishi ta’minlanishi kerak.
M anufakturalarning rivoji mustamlakalardan keltirilgan arzón,
ko‘p va sifatli xomashyo hisobiga ro‘y berdi, tayyor mollar esa o ‘sha
va boshqa mamlakatlarga olib borilib, ancha qimmatga pullangan.
Noekvivalent almashuv oqibatida metropoliya boyib borgan. Bu sohada
Angliya yuksak yutuqlami qo‘lga kiritdi. Agar Angliya hududini 1 deb
olsak, u o ‘zidan 120 marta katta bo'lgan yemi koloniyaga aylantirgan
va undan ustalik bilan foydalangan.
Demak, merkantilizm bo‘yicha boylikning asosi pul (davlatda qancha
pul ko‘p bo ‘lsa, u shuncha boy deb hisoblangan) va pul miqdorini
davlat hokimiyati yordamida oshirish mumkin. Aslida merkantilizm
buyuk geografik kashfiyotlardan oldinroq paydo bo‘ldi va XVI asming
o ‘rtalarigacha (asosiy oltinlar yig‘ib olinguncha) yashadi.
Bu siyosatning muhim namoyandalari Angliyada U.Stafford, Italiyada
G.Skaruffí va boshqalardir. Masalan, florensiyalik (Italiya) bankir
B.Divanzetti (1529-1606) pul (chaqa)ni iqtisodiy o^ganizmning qoniga
o ‘xshatadi, demak. agar chaqa (pul) bo‘lmasa (qon kabi), organizm
o'ladi. Kapitalizmning o'sishi, savdoning rivoji tufayli bu siyosat o ‘zini
oqlamadi (XVII asrdan boshlab XVIII asrgacha), pul balansi siyosati
savdo balansi siyosati bilan almashdi. Bunda davlatdan pul olib chiqishga
ruxsat berildi.
Rivojlangan merkantilizm yoki savdo balansi nazariyasi XVI asming
ikkinchi yarmida paydo boldi va XVII asming o‘rtalarida asosan Angliyada
avj oldi. Uning asosiy mafkurachisi Tomas Mann (1571-1641) edi.
Uning fikricha, pul tashqi savdo aylanmasida boshlang‘ich maskantni
tashkil etadi, ya'ni P-T-P. T. Manning fikricha, har bir savdo kapitalisti
o‘z pulini ma'lum foyda olish uchun aylanmaga qo‘yadi. Tovar, pul,
foyda va kapital orasidagi aloqadoiiikning sababini topishga harakat qilingan.
U Makedoniya podshosi Filipp Makedonskiyning
Do'stlaringiz bilan baham: |