A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

UIug‘bek 
(1394-1449)  tarixda  ko‘proq davlat  arbobi  sifatida emas, 
bunyodkor inson,  yuksak zehnli  olim  sifatida  mashhurdir.  Bu  davrda 
mamlakat  iqtisodiyotining  asoslariga  alohida  e’tibor  qilinadi,  busiz 
rivojlanish  bo‘lmas!igini  hokim lar  yaxshi  tushunishgan.  Sug‘orish 
tarmoqlari qurilib,  ular toshhovuz,  darg‘ot,  navo,  chig‘ir,  charxpalak, 
qaynama,sharshara,  osma  ko‘prik,  handoq,  tazar  va  sardobalar  kabi 
turli-tuman  suv  inshoatlari  bilan jihozlandi.
0 ‘sha  davrda  ham  iqtisodiy  rivojlanishning  soliq  tizim i  bilan 
chambarchas bogliqligi yaxshi m a’lum edi. Soliq yig‘imi qancha yuqori 
bo‘lsa,  ishlab  chiqaruvchilar  manfaatdorligi  kamdir,  am m o  soliqning 
pastligi  aholi  uchun  qulay  b o ‘lgani  bilan,  davlatning  boshqaruv, 
mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to‘g‘ri kelavermaydi. Shulami 
yaxshi  tushungan  hukmdorlar  soliqni  iloji  boricha  m e’yorida  saqlab, 
uni  yig‘ishning  ma’lum  adolatli  usullarini  qo‘llanganlar.  Masalan, 
Ulug‘bek  hukmronligi  davrida  g‘alla  g‘aram  qilinmasdan  aw al  soliq 
to ‘plash  qat’iyan  man  etilgan,  chunki  dehqon  hosil  yig‘ib  olgachgina 
real soliq to‘!ash imkoniga ega bo‘ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon 
hosili pishishiga qarab bo‘lingan:
Bu  davrda  ichki  va tashqi  savdoga  katta ahamiyat  berilgan.  Xitoy, 
Hindiston,  Tibet  va  boshqa  ko‘pgina  davlatlar  bilan  savdo  aloqalari 
olib  borilgan.  Bu  borada  savdogarlar  u chun  q u lay   sh aro itlar 
yaratilganligini  alohida ta’kidlab  o‘tish  kerak. Elchilar  «Buyuk ipak 
yo‘li» xavfsizligini ta’minlash borasida katta ishlami amalga oshiiganlar.
Mamlakat  iqtisodiyotining  ahvoli,  ayniqsa,  hunarm andchilik  va 
savdoning  rivojlanishi,  to v a r-p u l  m unosabatlari,  m illiy  valuta 
mustahkamligiga bevosita bog‘liq. M a’lumki, pulning uchta asosiy vazifasi 
mavjud:  1) qiymat olchovi; 2) almashuv vositasi;  3) jam g'arm a vositasi. 
Agar pulning  miqdori,  uning  nufuzi  mustahkam  bo‘lmasa,  iqtisodiyot 
posangisi,  muvozanati buziladi.  Shulami hisobga olib, vaqti-vaqti bilan 
pul islohotlari 
0
‘tkazib turiladi.  1428-yili Ulug‘bek tomonidan o ‘tkazilgan 
islohot  katta  ijobiy ahamiyatga  ega  boldi.  Muomaladagi  fulusiy pullar 
almashtirildi.  Ulug‘bek  davridagi  islohotlar  tovar-pul  munosabatlari 
rivojiga muhim hissa qo‘shdi.  Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi.


Buyuk  mutafakkir  Alisher  Navoiy  ijodida  ham  iqtisodiy  g‘oyalar 
muhim o’rinniegallaydi.  Uningasarlaridavafaoliyatida, ayniqsa, tijorat, 
savdo  masalalari  ancha  mukammal  yoritilgan.  A. Navoiy  asarlarida 
savdogarlik  ishi  m a’qullanadi,  lekin  tovlamachi  va  chayqovchi  qattiq 
tanqid  qilinadi.  A.Navoiy  davlat  arbobi  sifatida  mamlakatni  tinch 
saqlash, obodonlashtirish ishiga katta hissa qo‘shdi. Navoiyning dastlabki 
ijtim oiy-iqtisodiy  fikrlari  shakllangan  asari  1469-yilda  Husayn 
Boyqaroning taxtga kelishiga bag‘ishlangan 
«Hiloliya»
 asaridir.
1482-yilda  yozilgan  «Vaqfiya»  asarida  A.Navoiy  shaxsan  o‘zining 
yerlaridan  olingan  daromadi  misolida  daromadning  o‘z  xarajatiari  va 
oila ahliga yetarli  qismini  olib qolib,  qolgan qismini  aholining foydali 
mehnatiga sarflashga chaqirgan. 0 ‘g‘rilik, ta’magirlik va zo‘rtik hisobiga 
boylik  orttirishga  Navoiy  keskin  qarshi  chiqadi.  U  bunday  ishlardan 
nafratlanadi  va  shu  yo‘l  bilan  boylik  orttirayotgan  kishilami jamiyat 
hisobiga yashayotgan va boylik orttirayotgan qatlam deb ta ’riflaydi.
A.Navoiy  ijodining  durdona  asarlaridan  biri  1500-yilda  yozilgan 
«Mahbub-ul-qulub»  asaridir.
Navoiy  bu  asarida  jamiyatni  ijtimoiy  tabaqalarga  bo‘lib,  ulaming 
jamiyatda tutgan o‘mini ko‘rsatib berishga harakat qiladi. Asaming birinchi 
qismida ulaming tabaqalariga va kasblariga tavsif beradi. Ikkinchi va uchinchi 
qismlarda yaxshi fe’llar va yomon xislatlar to‘g‘risida ma’lumot beriladi. 
Navoiyning fikricha,  dehqonlar,  hunarmandlar va chet el bilan aloqasi 
bor savdogarlar jamiyatda  moddiy  ne’mat  yetishtirishda,  yaratishda  va 
mamlakat boyligini oshirishda muhim o ‘rin tutadi.
A.Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi roli to‘g‘risida quyidagi 
fikrlami  bildiradi:  «Don  sochuvchi  dehqon  yemi  yorish  bilan  rizq 
yo‘lini  ochuvchidir».  Dehqon,  ya’ni  ishchi  kuchi  mahsulot  ishlab 
chiqarish  vositalari  bilan  qo‘shilishi  lozim  va  shartdir.  Navoiy  ishlab 
chiqarish  vositalarining  moddiy  boylik  yaratishdagi  rolini  quyidagicha 
e’tirof  etadi:  «Qo‘shi  ham  ikki  zo‘r  polvon  bo‘lib,  yukiga  bo‘ysunib 
oldida yuradi, ishlashda hamdam va hamqadam, dehqon ulami surishda 
xuddi  odam.  Dunyo  obodi  xuddi  ulardan.  Har  ne  qilsalar  harakat, 
xalqqa  ham  yetar ovqat  ham barakat!».
N avoiy  qishloq  xo‘jaligining  rivojlanishi  m am lakat  qudratini 
oshirishda katta ahamiyat kasb etadi degan o‘ta ilg‘or fikmi ilgari suradi.


Bu  fikr  o ‘sha  davr,  ya’ni  feodalizm  davri  gullab-yashnagan,  uning 
negizini  dehqonchilik  ishlab  chiqarishi  tashkil  qilgan  bir  pallada  o ‘ta 
to ‘g‘ri fikrgina bo'lib qolmay,  balki  tarixiy haqiqat hamdir.
A.Navoiy jamiyatda  muhim  tabaqa  bo‘lgan  savdogarlaming  o ‘zini 
ham ikki guruhga bo'ladi.  Birinchi guruh - chet el bilan savdo aloqalari 
olib  boruvchi  savdogarlar  guruhi.  Ikkinchi  guruh  -  m am lak at 
ichkarisidagi  olibsotarlar  guruhi.
Alisher  Navoiy  o ‘z  asarlarida  iqtisodiyotning  ravnaqi  in so n  
m a’naviyatining  kamoloti  bilan  uyg‘unligini  tak ro r-tak ro r  qayd 
etganlar.  Jumladan,  mamlakat  obodligi  va  el  farovonligini  yuksak 
ma’naviyat bilan quyidagicha bog1 lagan:
To  xirs-u  havas  xirmoni  barbod  d'lmas,
 
to  nafs-u  havo  qasri  baraftod  o'lmas,
 
to jabr-zulm joniga  bedod  o'¡mas,
 
el  shod  o'lmas,  mamlakat  obod  o'lmas.
4.4.  Bobur  va  boburiylar  davridagi  iqtisodiy  g‘oyalar
Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur (1483- 
1530)  va  uning  avlodlari  tomonidan  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  huquqiy 
masalalarda  katta  ishlar amalga  oshirilganligi  bizga  tarixiy  bitiklardan 
ma’lum.  Xususan,  Bobuming «Bobumoma»  asarida,  «Mubayyin»  kabi 
to‘plamlarida  iqtisodiyotga  oid  m a’lumotlarga,  shu  jum ladan,  soliq 
siyosatiga katta o‘rin berilgan. «Zakot to ‘g‘risidagi katta kitob»da esa o ‘sha 
davrdagi  soliq,  uning  turlari  to‘g‘risida  qimmatli  fikrlar bildiriladi.  Bu 
asarlami  mutolaa  qilar  ekanmiz,  ulardan  mamlakatimizning  bugungi 
hayotida ro‘y berayotgan iqtisodiy islohotlami, o‘zgarishlami tahlil qilish, 
qisqacha  xulosalar  chiqarish  va  amaliyotda  foydalanish  uchun  yangi 
fikrlar,  maslahatlar  topamiz.
Bobuming  «Mubayyin»  asari  qonunlar  va  iqtisodiy  masalalarga 
bag‘ishlangan.  Asaming nomi  ham  «qonunlar izohi»  m a’nosiga  ega.
Butun  islom  mamlakatlaridek,  Movarounnahr va  Xurosonda  ham 
«zakot»  m a’lum  miqdorda  va  muayyan  shart-sharoitlarda  olinadigan 
soliq m a’nosida qo‘llaniladi hamda naqd pul va savdo yig‘imi shaklida 
to'planadi.  Soliqni  hisoblash  uchun  soliq  olish  obyektining  «hisobi», 
ya’ni mol-mulkning zakot berishga layoqatli bo‘lishi uchun belgilangan 
miqdori aniqlanadi,  hisobdan  kam mulkdan  soliq olinmaydi.


«Agar yerdan  ikki  hosil  olsang,  xirojni ham  ikki  marta  to‘la»,  -  deb 
yozadi  Bobur.  Xiroj,  ya’ni  yer solig‘i  ikki toifaga bo‘lingan:  muqassam 
va  muvazzar.  Birinchisi,  olingan  hosilning  miqdoriga  bog‘liq  bo‘lib, 
uchdan birdan-yarimgacha teng bo‘lgan, ikkinchi esa, soliq solinadigan 
yeming maydoniga bog'liq ravishda olingan.
Yemi  sug‘orish  masalalari  Sharqda  o‘ta  muhim  edi,  chunki  ob- 
havo  nihoyatda  quruq  va  issiq,  yer-tuproq  sharoiti  sun’iy sug‘orishni 
talab  etganligidan  sug‘oriladigan  yerlar,  tabiiyki,  laímikor  yerlardan 
ko‘p  hosil  bergan.  Shu  sababli  suv  solig‘i  ham  bo‘lgan.
Hisobga  etgan  miqdordagi  mol-mulkdan  Qur’oni  Karim,  «Mux- 
tasar»,  «Hidoya»  va boshqa  manbalarda qat’iy belgilab qo‘yilgan qismi 
ixtiyoriy  ravishda  miskinlarga  berilgan,  masalan,  boqiladigan  mollar, 
ya’ni  echki,  tuya,  sigir,  otlardan,  xususan,  qo‘ylardan  soliq  (zakot) 
quyidagicha  olingan:  40  qo‘ydan  bitta  (2,5%),  120  tasidan  ikkita,  201 
dan  boshlab  uchta,  400  dan  ortiq  bo‘lsa,  har  100  qo‘ydan  bittasi  za­
kot  qilib  berilgan.  Shuningdek,  «Bobumoma»da  bir  yurt  tovarining 
boshqa yurtlarga olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondiri- 
lishi va ulaming iqtisodiyot  ravnaqidagi ahamiyati to‘la bayon qilinadi.
Boburdan  keyin  uning  o ‘g‘Ii  Xumoyun,  keyinchalik  nevarasi 
A kbarshoh  Jaloliddin  (1542-1605)  1556-1605  yillari  Hindistonda 
muvaffaqiyatli  podshohlik  qilgan.  Akbarshoh  tomonidan  1574  yildan 
boshlab  islohotlar  o‘tkazdi,  dehqonlarga  yagona  soliq  tizimi  kiritdi, 
yagona uzunlik va og'irlik oMchovlarini joriy qildi.  Bu shoh to ‘g‘risida 
1601  yil  «Akbamoma»  kitobi  chop  etildi,  unda  mamlakatdagi  soliq 
tartibi  o‘z  aksini  topgan.

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish